Inson psixikasining ontogenezda rivojlanish bosqichlari
8000 so'm

Slayd 1
Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi.
Slayd 2
Reja
Yosh davrini rivojlanish bosqichlari
Ongni rivojlanishi va unga ijtimoiy tarixiy tajribalarni o’zlashtirilishi
O’zlashtirish jarayonining tavsifi.
Yuqori psixik funksiyalarni shakllanishi
Slayd 3
Bolaning rivojlanish bosqichini biz ikki davrga bo’lamiz. Birinchi davr embrionlik davri hisoblansa, ikkinchi davr tug’ilgandan keyingi davr. Embrionlik davrida yosh bola bir xujayralilardan tortib to hozirgi kunga qadar rivojlanish bosqichlarini qaytaradi. Bola tug’ilgandan keyingi davrlar quyidagi bosqichlarga bo’linadi.Chaqaloqlik davri: (tug’ilganidan 1 oylikkacha bo’lgan davr)Go’daklik davri (1 oydan- 1 yoshgacha) Ilk bolalik davri (1 yoshdan – 3 yoshgacha)
Maktabgacha yoshdagi davr ( 3 yoshdan- 7 yoshgacha)Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan -10 yoshgacha) O’smirlik davri (10 yoshdan-15 yoshgacha)
O’spirinlik davri (15 yoshdan-21 yoshgacha)Yetuklik davri (23 yoshdan-55 (60) yoshgacha)
Keksayish davri (60 yoshdan -74 yoshgacha) Keksalik davri (75 yoshdan -90 yoshgacha) Uzoq umr ko’ruvchilar (70 yosh va undan yuqori)
Slayd 4
Chaqaloqlik davri. Bolaning ona qornidagi o’sish davri onaning organizmiga uzviy bog’liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha xayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o’zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hakozolar onaning organizmi orqali amalga oshadi.31
Chaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda himoyaga muhtojroq, nochorroq bo’lib tug’iladi.
Tug’ilish arafasida unda nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan ayrim mehanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo’ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha yengillashtirad32i.
Chaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar ta’sirida vujudga keladi. Chaqaloqlik davrida asosan sezish shakllanadi
Slayd 5
Go’daklik davri. Go’dakning hayotiy faoliyati va taqdiri uni qurshagan, parvarishlaydigan katta yoshdagilarga bevosita bog’liq bo’lib, uning barcha ehtiyoj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Go’daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug’iladi va bu aloqa nutq darvrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida muhim rol o’ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Go’dak o’sishining murakkabligi uning xilma xil faoliyati o’zaro bog’langanidir. Shuning uchun katta yoshdagi odamlar bu davrda go’dakning ehtiyojlarini to’la qondirishga harakt qilishlari kerak.
Slayd 6
Shundagi ularning bola psixik dunyosiga muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir etishi bola bosh miya katta yarim sharlarining po’stining faoliyatini takomillashtiradi. Go’daklik davrida idrok, xotira jarayonlari shakllanadi33.Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davri alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolalarda nutq shakllanadi, yurish ko’nikmalariga ega bo’la boshlaydi. Ilk bolalik davri amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qo’l operasiyalari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bola ijtimoiy qurollardan foydalanish usullarini o’zlashtirishi natijasida unda predmetli harakat ko’nikmasi shakllanadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o’zlashtirishda ulardagi muhim va o’zgarmas alomatlarni ajratish ko’nikmasi hosil bo’ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushunchalarni o’zlashtirish jarayoni yuz beradi
Slayd 7
Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o’sishiga ijobiy ta’sir qiladi. O’z xatti harakatini kattalarning harakatlari bilan solishtirish va uning o’xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o’sishi uchun muhim ahamiyatga ega. Aqliy o’sishni to’g’ri yo’naltirish uchun bola bilan maxsus reja asosida mashg’ulotlar o’tkazish zarur34.
Maktabgacha yosh davri. Maktabgacha yoshdagi davr o’z ichiga 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. 3 yoshda harakatni muvofiqlashtirish jarayonining takomillashuvi bola yugirganida, bir joyda tik turganida muvozanatni saqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida bola mustaqil holda turli harakatlarni amalga oshira boshlaydi. Jismoniy jihatdan mustaqillikka erishish bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o’z xolicha qandaydir ishlarni bajarish, umuman mikro va yashash istagini tug’diradi. Bu davrda egosentrik yeutq muhim ahamiyat kasb etadi. Rolli o’yinlar ularning faoliyatlarida yetakchilik qiladi. Rolli o’yin faqat alohida olingan jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlarni shakllantirishda ham zarurdir35
Slayd 8
Kichik maktab yoshi davri. Kichik maktab yoshi davriga 6-10 yoshli boshlang’ich sinflarning o’quvchilari kiradi. Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanayotganida tayyorlanadi. Kichik maktab yoshdidagi bolalarning eng muhim hususiyatlaridan biri unda o’ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojdar o’z mohiyati bilan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga, tevarak atrofdagi voqyelikni o’zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o’quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ixtiyorsiz diqqat, mexanik xotira yaxshi rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda “vaqt” tushunchasi bilan duch kelishadi, lekin ular kundalik tajribalari doirasidan chiqishmaydi36.
Slayd 9
O’smirlik davri. O’smirlik insonning balog’atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin farqlanadi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog’at davriga 11-15 yoshgacha bo’lgan qiz va o’g’il bolalar kiradi. Bu davrda jismoniy o’sish va jinsiy yetilish amalga oshadi. Bu davrda jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O’smirlarda jinsiy yetilish sirlarining 17 foizini ota-onadan, 9 foizini o’qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachi va psixologidan, qolgan foizini o’rtoqlaridan, tengdoshlaridan ko’cha kuydan oladilar. O’smirlardagi fiziologik, psixologik nuqsonlar ularni tarbiyasi qiyin o’smirlar qatoriga qo’shilishiga olib keladi.
Slayd 10
O’spirinlik davri. O’spirinlik davri ikkiga bo’linadi ilk o’spirinlik va o’spirinlik. Ilk o’spirinlik davri 15-18 yoshlarni qamrab oladi. Bu kollej va lisey talabalari hisoblanishadi. O’spirinlik davri talabalik davri hisoblanadi 19-23yoshlarni qamrab oladi. Ilk o’spirinlik davri katta hayot ostonasida turgan yoshlar hisoblangani uchun ulardagi eng katta motivlardan biri bu kasb tanlash motivi hisoblanadi. Bu davrda mehnat faoliyati ustunlik qiladi. O’spirinlik davriga kelib mustaqil hayotga qadam tashlanadi, buning natijasida har bir yoshda umr yo’ldoshi tanlash vazifasi ustunlik qiladi. Bunda har motivlar asosida umr yo’ldoshi tanlanadi37.
Slayd 11
Yetuklik davri. Yetuklik davri uch bosqichga bo’linadi: yoshlik, birinchi bosqichi va ikkinchi bosqichi. Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo’lib, bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yetuklik davrining birinchi bosqichiga 28-35 yoshlar kiradi yetuklik davrida odam o’zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o’z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to’la safarbar qila oladi. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichi 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o’z ichiga oladi. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko’proq o’rin egallaydi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra bu, chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo’lishi mumkin.
Slayd 12
Psixogerantologiya keksayish davri. Keksayish davriga 61 (56) -74 yoshli erkak va ayollar kiradi. Bu davrdagi kishilar, xilma xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh davrdagilaridan ajralib turadi. Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: a)mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo’lmagan erkak va ayollar, b)nafaqaxo’r erkan va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat ko’rsatayotgan keskasik alomatlari bosayotgan odamlar. Keksayish davrida biologik organlarning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o’zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo’ladi38.Keksalik davri.
Slayd 13
Keksalik 75-90 yoshdagi erkak va ayollar kiradi va bunday odamlarning boshqa yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko’nikkan qariyalar guruhiga ajratish mumkinOngni rivojlanishi va unga ijtimoiy tarixiy tajribalarni o’zlashtirilishi
Ongni rivojlanishi va unga ijtimoiy tarixiy tajribalarni o’zlashtirilishiYendilikda psixologik va xulq-atvor shakllanishida yangi pog’onaga ko’tarilish uchun organizm ichki tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarni, irsiy axborotni o’zgartirish shart emas.«Oliy psixik vazifalar» tushunchasi fanga L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan bo’lib, bunday vazifalar sirasiga L.S. Vigotskiy tushunchali tafakkur, mantiqiy xotira, ixtiyoriy diqqatni kiritgan edi.
Slayd 14
L.S. Vigotskiy shunday deb yozgan edi: «Oliy psixik vazifalar» tushunchasi va tadqiqotlarimiz predmeti hodisalarning ikki guruhini o’z ichiga oladi… Bular, birinchidan, madaniy rivojlanish va tafakkurning tashqi vositalari – til, yozuv, hisob, rasm chizishni egallash jarayonlari; ikkinchidan, chegaralanmagan va aniq belgilanmagan va an’anaviy psixologiyada ixtiyoriy diqqat, mantiqiy tafakkur, tushunchalarning hosil bo’lishi deb ataluvchi maxsus oliy psixik vazifalarning rivojlanish jarayonlari. Ularning ikkalasi ham birgalikda biz shartli ravishda bola hulq-atvori oliy shakllarining rivojlanish jarayoni deb ataydigan jarayonni hosil qiladi».Mehnat qurollari, belgili tizimlarning kashf etilishi, takomillashtirilishi va keng qo’llanilishi yordamida insoniyat o’z tajribasini turli matnlar, ijodiy mehnat mahsuli ko’rinishida to’plash va saqlab qolish, ta’lim-tarbiya tizimi orqali uni avloddan-avlodga o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Slayd 15
Keyingi avlod vakillari avvalgilari tomonidan ishlab chiqilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirgan holda o’z taraqqiyotlarini davom ettirdilar.Shu tarzda, asta-sekin asrdan asrga o’tgan sayin odamlarning ijodiy layoqatlari takomillashib bordi, borliq haqidagi bilimlari kengayib va chuqurlashib, insonni hayvonot dunyosi uzra yuksak pog’onalarga olib chiqdi. Vaqt o’tishi bilan inson tabiatda o’xshashi bo’lmagan ko’plab jismlarni yaratdi va ularni takomillashtirdi. Bu jismlar insonga moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilish bilan birga, inson qobiliyatlarini rivojlantirish uchun manba vazifasini o’tadilar.Lekin insoniyat kashf etgan belgili tizimlar odamlar rivojlanishiga juda kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ularning yuzaga kelishi matematika, muhandislik, fan, san’at, inson faoliyatining boshqa sohalari rivojiga turtki bo’ldi. Harfli ramzlarning paydo bo’lishi axborotni yozib olish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini yaratdi.
Slayd 16
Axborotni yozib olish, saqlash va qayta ishlash usullarini takomillashtirishda erishilgan alohida muhim yutuqlar yangi ilmiy-texnikaviy inqilobga sabab bo’ldi. Bular – axborotni yozib olishning magnitli, lazerli va boshqa shakllari39.Belgili tizimlar, ayniqsa, nutq odamlar tomonidan qo’llanilishi bilanoq, insonning o’ziga ta’sir ko’rsatishning, o’zini qabul etishi, diqqati, xotirasi, boshqa bilish jarayonlarini boshqarishning samarali vositasi bo’lib qoldi. Insonga tabiat tomonidan ato etilgan his-tuyg’u organlaridan iborat birlamchi signal tizimi bilan bir qatorda (I.P. Pavlov), so’zlashuv layoqatidan iborat ikkilamchi signal tizimiga ham egadir. Odamlarga tanish bo’lgan ma’noga ega bo’lgan so’zlar insonlar psixologiyasi va hulq atvoriga ularning o’rnini bosa oladigan jismlar kabi, ba’zida esa tasavvur qilish qiyin bo’lgan hodisa va jismlarni bildirish (abstrakt tushunchalar) orqali ulardan ham kuchliroq ta’sir ko’rsata boshladilar.
Slayd 17
Ikkilamchi signal tizimi insonning o’zini boshqarishi va muvofiqlashtirishining kuchli vositasi bo’lib qoldi. Idrok jismlilik, o’zgaruvchanlik, anglanganlik; diqqat ixtiyoriy, xotira – mantiqiy; tafakkur – so’zlashuv va abstraktlilik sifatlariga ega bo’ldi.So’z inson hatti-harakatlarining asosiy boshqaruvchisi, ahloqiy va madaniy qadriyatlar elchisi, inson tamadduni, hamda, uning idrokli va ahloqiy barkamolligi manbai va vositasi bo’lib qoldi. Uning o’zi ta’lim va tarbiya berishning bosh omili sifatida namoyon bo’ldi. So’z yordamida individ insonga – shaxsga aylandi. Odamlarning shakllanishida nutq muloqot vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Uning rivojlanishi dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi va turli tillarda so’zlashuvchi odamlarning o’zaro aqlan va madaniy boyishiga ko’mak berdi.
Slayd 18
Taxminan 17 asr o’rtalarigacha bo’lgan davrda ko’pchilik inson va hayvonlar o’rtasida tanasining ichki tuzilishi va hulq-atvorida, shuningdek, kelib chiqishida ham hyech qanday umumiylik bo’lishi mumkin emasligi haqida fikr yuritgan edi. So’ngra tana mexanikasining umumiyligi tan olinib, inson psixikasi va hulq-atvori o’rtasidagi tafovutlar saqlanib qoldi (17-18 asr). 1872 yilda Ch. Darvin o’zining «Odam va hayvonlar hissiyotlarining ifodalanishi» kitobini chop ettirdi, bu kitob biologik va psixologik hodisalar o’rtasidagi aloqani tushunib yetishda burilish yasadi. O’zining bu asarida Darvin evolyutsiya tamoyilining hayvonlarning faqat biologik rivojlanishiga emas, balki ularning psixologik, hamda, hulq-atvor rivojlanishiga ham qo’llanilishi mumkinligini isbotladi. Uning fikriga ko’ra, hayvon va odam hulq-atvori o’rtasida umumiylik ko’pchilikni tashkil etadi. O’zining bunday nuqtai nazarini u hayvonlar va odamlarda turli emotsional holatlarning tashqi ifodalanishi ustidan olib borgan kuzatishlaridan kelib chiqqan holda asoslab berdi.
Slayd 19
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 20
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.