INSON MA’NAVIY BORLIG‘I. BARQARORLIK VA BEQARORLIK DIALEKTIKASI

4000 so'm


INSON-MA’NAVIY-BORLIG‘I.-BARQARORLIK-VA-BEQARORLIK-DIALEKTIKASI

Slayd 1

INSON MA’NAVIY BORLIG‘I: BARQARORLIK VA BEQARORLIK DIALEKTIKASI

Slayd 2

Reja:
Inson ma’naviy borlig‘i murakkab tizim sifatida.
“Bifurkatsiya” va “fluktuatsiya” jarayonida barqarorlik va beqarorlikning transformatsiyasi.
Ma’naviy hayotda barqarorlikka intilishga yordam beradigan shaxsiy va ijtimoiy omillar.
01
02
03

Slayd 3

O‘quv elementlari
Sinergetika
murakkab tizimlarni, ularning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi tamoyillarni va bunday tizimlar ichidagi qismlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni o‘rganadi (ikki yoki undan ortiq narsalarning birgalikdagi ta’siri ularning individual ta’siri yig‘indisidan kattaroqdir).
Sistema (tizim)
elementlarning o‘zaro bog‘liqligi, yaxlit bir butunlik
Barqarorlik
tizimning o‘z strukturasini o‘zgartirmagan holatda mavjud bo‘lishi va muvozanatni saqlab qolishi
Beqarorlik
tizimdagi o‘zgaruvchan, omonatli holat (tizimdagi harakatchanlik, o‘zgarishlar, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish)

Slayd 4

Bifurkatsiya
(inglizcha – sanchqi); sistema oldida bir necha yo‘llar paydo bo‘lishi va to‘g‘ri variantlardan birini tanlashida sifatiy o‘zgarishlar ro‘y berish.
Fluktuatsiya
(tebranish); sistemaning muvozanat holatidan uzoqlashib xaos, beqaror holatiga o‘tishi. Qalqib turuvchi, tartibsiz bunday holat qandaydir bir alohida tasodif yoki ta’sir sistema holatini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Tartiblilik
tizim qismlarining o‘zaro mutanosib joylashuvi, aloqadorlikning uyg‘unligi, vazifalarini optimal bajarishi, izchillik.
Xaos
qadimgi yunon mifologiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, u yerda tartib yaratilgunga qadar olamning dastlabki holatini nazarda tutgan. Xaotik tizimning boshlang‘ich sharoitidagi kichik o‘zgarishlar vaqt o‘tishi bilan keskin farqli natijalarga olib kelishi mumkin.

Slayd 5

Hozirgi zamon jahon hayotida ijtimoiy hodisalarning tezlanishi natijasida beqarorlik, tartibsizlik, tez o‘zgaruvchanlik, har xillik paydo bo‘lmoqda;
Bugungi kunda istalgan g‘oya, yangilik qisqa muddatga istalgan hududga kirib bormoqda. Bu ochiq tizimlik bo‘lib, tashqi muhit bilan axborot va quvvat almashish imkoniyatlari va suratlari oshgan.
Globallashuv davri eng avvalo inson ongi, tafakkuri, ruhiyati, qadriyatlar o‘lchovi, bir butun ma’naviy tizimida o‘zgarish sodir qildi va “Men”i oldida vazifalarni ko‘ndalang qo‘ydi;
Insonga o‘z-o‘zini tashkillashtirish, o‘z-o‘zini takomillashtirish va o‘z-o‘zini mukammallashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mavjudot sifatida talqin qilish zaruriyati yuzaga keldi.

Slayd 6

Barqarorlik va beqarorlikning ijobiy tomonlarini qamrab olish bizga hayotning boyligi va murakkabligini his qilish, sokin dengizlarda sayohat qilish va chidamlilik va moslashuvchanlik bilan bo‘ronlarga bardosh berish imkonini beradi.

Slayd 7

MUHOKAMA:
Ma’naviy barqarorlik nima?

Slayd 8

MUHOKAMA:
Inson ma’naviy borlig‘ida beqaror holatlarning kelib chiqishi sabablari?
Ma’naviy beqarorlik nima?

Slayd 9

Osvald Spengler (1880- 1936)
“Inson ochiq, erkin va mustaqil mavjudotdir. U har doim o‘zi, taqdiri va hayotining mazmuni haqida o‘ylaydi va har doim tanlashga majbur bo‘ladi. Ushbu holat inson ma’naviy olamida beqarorlikni keltirib chiqaradi. Beqarorlik – bu tavakkalchilik, faol harakat va ijoddir. Barqarorlik esa insonning osuda hayotga sho‘ng‘ishdir”.

Slayd 10

Тalcott Parsons (1902 – 1979)
“Insoniyat tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllantirilgan madaniyat, inson ma’naviy olami uning barqaror va beqaror holatlari natijasidir”.
“Har qanday tizimdagi barqarorlik, o‘sha tizimni tashkil etuvchi elementlar faoliyatining o‘zaro uyg‘unligi bilan belgilanadi”.
Vasilkova Valeriya
(1956)

Slayd 11

G.Xaken (1977) “Sinergetika: Kirish”
Tizim bir necha yoki ko‘plab bir xildagi yoki xilma–xil qismlardan tashkil topadi va ular bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi.
Tizimda ichki va tashqi ta’sirlar bo‘ladi.
Bu ichki va tashqi ta’sirlar sifatiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Tizimda barqarorlik va beqarorlik holatlari bo‘lishi mumkin.
Tizim fazoli, vaqtli, fazo-vaqtli yoki funksional strukturaga ega bo‘ladi.
Tizim strukturasi tartiblangan yoki xaotik bo‘lishi mumkin.
Tizim nochiziqdir.

Slayd 12

Murakkab ichki tuzilma;
Namoyon bo‘lish shakllarining xilma-xilligi;
Tashqi muhitga moslashish.

Slayd 13

Insonning ma’naviy borlig‘ida barqarorlik va beqarorlik dialektikasi
E’TIQOD
RUHIYAT
AXLOQ
BILIM
TAFAKKUR

Slayd 14

doimiy tarzda bir-biri bilan aloqadorlikda shakllanadi va rivojlanadi.
bu tizimlar ichki va tashqi ta’sirlarga ega.
sifatiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, bu o‘zgarishlarni ichki va tashqi ta’sirlar keltirib chiqaradi.
tizimda barqarorlik va beqarorlik mavjud bo‘ladi-ijodkorlik, yangilikka intilish, o‘z mavjud holatidan qoniqmaslik beqarorlik sababi.
xaotik yoki tartiblashgan bo‘lishi mumkin.
bu tizimlar nochiziqlidir.
Bakminster Fuller. “Sinergetika: tafakkur geometriyasidagi izlanishlar”

Slayd 15

Turg‘unlik
Muvozanat
Takrorlanuvchanlik
Murosa
BARQARORLIKdoimiy o‘sish, izlanish va moslashish jarayoni.
Ijod
Yangilik
Intilish
Hayotiy ideal
BEQARORLIK (bifurkatsiya) inson ma’naviyati doirasidagi o‘sish va evolyutsiya uchun katalizator bo‘lib xizmat qiladi.

Slayd 16

MA’NAVIY BORLIQ
individuallashgan
ONG
obyektivlashgan
Madaniyat
Iqtisod
Siyosat
Ta’lim

Slayd 17

RUHIY
kayfiyat, mayl, tuyg‘u, kechinma, hayrat, iztirob, zavq, qo‘rquv
Shu elementlarning biri beqarorlik holatiga tushsa butun ruhiyatga ta’sir ko‘rsatadi
MA’NAVIY
axloq, bilim, aql, maqsad, g‘oya, e’tiqod, ijod, muloqot.
Insonning ruhiy sog‘lomligi va ma’naviy barqarorligi fiziologik holatini belgilab beradi

Slayd 18

Asosiy o‘zgarishlar (fluktuatsiya) va sifat o‘zgarishlari (bifurkatsiya)
Ichki va tashqi ta’sirlar natijasida inson ma’naviy borlig‘ida sifatiy o‘zgarishlar tartiblashgan yoki xaotik tarzda sodir bo‘ladi.
fluktuatsiya tasodifiy o‘zgarishlar yoki tizimdagi o‘rtacha qiymatdan chetga chiqishni anglatadi.
tizim parametrlarining kichik o‘zgarishi xatti-harakatlarning keskin sifat o‘zgarishiga olib kelganda bifurkatsiya sodir bo‘ladi.
O‘z-o‘zini anglash: O‘zingizning muhim fikrlaringiz va tebranishlaringizni tan olish, o‘zingizni samaraliroq boshqarishga yordam beradi.

Slayd 19

Vasvasa va qaror qabul qilish: Chalg‘itadigan narsalarga duch kelganingizda (film taklifi), muhim nuqtaga yaqinlashayotganingizni tan olish, diqqatni jamlash uchun ongli ravishda tanlov qilishga yordam beradi.
I.Prigojin. “Xaosdan tartibot”
Bifurkatsiya nazariyasi – xaosni nazorat qilish
Bifurkatsiya

Slayd 20

Chiziqlilik – bir tomonlama harakatlanish, bir yo‘nalishga ega bo‘lish (doimiylik, muvozanat, ketma-ketlik, muqobil variantlarni inkor etish).
Aksiomalarga asoslanadi va barcha qarashlar uchun ushbu aksioma asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yagona sababdan ma’lum oqibatlarni keltirilib chiqariladi.
Har qanday tashqi ta’sirga proporsional munosabat bildirish nazarda tutiladi.
Inson ma’naviy olamining chiziqli va nochiziqli jihatlari

Slayd 21

Nochiziqlilik – ko‘p variantlilik (faoliyat va harakat davomida sistemaning holati, maqsadi o‘sib, o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi.
Tizimdagi nochiziqlik mexanizmini bifurkatsiya jarayoni ta’minlaydi.
Ochiq tizim
O‘z-o‘zini
tashkillashtirish
Evolyusiya surati
o‘sib borishi
Axborot va energiya
almashish
O‘z-o‘zini harakatlantirish
Tanlash imkoniyati

Slayd 22

Ma’naviy hayot barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar
Orttirilgan – genetik xususiyatlar
Hayotiy tajribalar
Ichki motivatsiya
Shaxsiy qadriyatlar
Shaxsiy omillar
Oila va tarbiya
Hamjamiyat va ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy va madaniy muhit
Ijtimoiy omillar

Slayd 23

XULOSA
Insonning ruhiy-ma’naviy olami ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayonida turli to‘siqlarga uchramasa, o‘zining ehtiyojlarini optimal darajada qondirsa, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va inson ruhiy-ma’naviy olami o‘rtasida mutanosiblik mavjud bo‘lsa, inson ma’naviy olamida barqarorlik hukm suradi.
Me’yor inson ma’naviy borlig‘ida barqarorlik va beqarorlik holatining muvozanatini, bu holatlarning o‘zaro aloqadorlikda insonning o‘z-o‘zini mukammallashtirish jarayonini ta’minlab beradi.
Madaniyat inson ma’naviy olami va uning barqaror, beqaror holatlari natijasidir.
Insonning o‘zining mavjud holatidan qoniqish hissi, o‘zini o‘rab turgan ijtimoiy sharoitga ko‘nikish hissi, barqarorlikni keltirib chiqaradi. Inson barqarorlikka emas, barqaror taraqqiyotga intilishi kerak.

Slayd 24

E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 25

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“INSON MA’NAVIY BORLIG‘I. BARQARORLIK VA BEQARORLIK DIALEKTIKASI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar