Inson eshitish analizatorlari tizimi va tovushni his etish
8000 so'm

Slayd 1
Inson eshitish analizatorlari tizimi va tovushni his etish.
Slayd 2
Reja:
Inson eshitish analizatorlari tizimi
Insonda tovushni his etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Zamonaviy yordamchi eshitish apparatlari turlari va ularni tavsiya etish
Slayd 3
Eshitish — odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul qilish xususiyati;
Slayd 4
Tovush tebranishlari tashqi E. Yoʻli (tashqi quloq) orqali oʻtib, nogʻora pardani tebratadi. Tebranishlar oʻrta quloqdagi suyakchalar orqali ichki quloq suyuqligi (perilimfa va endolimfa)ga oʻtadi. Paydo boʻlgan gidromexanik tebranishlar chigʻanoq toʻsigʻi (asosiy, yaʼni bazilyar membrana)ni va unda joylashgan retseptor apparat (Korti organi)ni tebratadi. Bazilyar membrananing mexanik xususiyati uning uzunligi boʻylab bir xil boʻlmaydi: yuqori chastotali tebranishlar bazilyar membrananing ichki quloq chigʻanogʻi asosida, past chastotali tebranishlar esa uning uchki qismida maksimal amplitudaga ega boʻlgan tebranishlarni paydo qiladi.
Slayd 5
Korti organida tovush tebranishlari mexanik energiyasi retseptorlarni qoʻzgʻatadi, qoʻzgʻalish retseptorlardan E. Nervlari tolalariga beriladi. Nervlarda paydo boʻlgan bioelektr potensiallar E. Sistemasi markazi boʻlimiga oʻtkaziladi. E. Signallari faqat havo orqali emas, balki kalla suyaklari orqali ham ichki quloqqa oʻtkazilishi mumkin.
Slayd 6
Tashqi quloq — quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Tashqi quloq yo‘lining oxirida biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib, u tashqi quloq yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burunhalqumga tutashgan. O‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandon, uzangi) tovush to‘lqinlari ta’sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni ichki quloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq — bo‘shliq va yarimdoira kanalchalar sistemasidan, ya’ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda perilimfa suyuqligi bo‘ladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa suyuqligi bo‘ladi. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya’ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Slayd 7
E. Sezgirligi E. Ning absolyut chegarasi orqali baholanadi. Bu chegara tovushning E. Mumkin boʻlgan minimal intensivligi ditsibal (db) hisobida belgilanadi. Qabul qilinadigan tovush tebranishlari chastotasi diapazoni E. Egri chizigʻi, gers yoki kilogers bilan ifodalanadi.
Slayd 8
Odam 10—20 gs dan 20 kgs gacha boʻlgan tovush tebranishlarini qabul qiladi, 10 gs dan past tebranishli tovushlar uzluksiz tovush tarzida qabul qilinmaydi. Odamda E. Ning eng quyi chegarasi 1—3 kgs chastotaga teng. Juda yuqori tebranishli tovush toʻlqinlari — shovqin (mas, 140 db ogʻriq paydo qiladi; 150 db tovushga odam chiday olmaydi). Har xil hayvonlar turli diapazondagi tovush toʻlqinlarini (mas, hasharotlar 0,2 kgs — 500 kgs, baliqlar 50—100 gs — 3—5 kgs, delfinlar 100 gs —200 kgs) qabul qiladi.
Slayd 9
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organi normal bo‘lishi kerak, ya’ni u eshitgan so‘zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug‘ilishidanoq eshitish organining faoliyati buzilgan bo‘lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so‘zlarni takrorlay olmaydi, ya’ni uning nutqi rivojlanmaydi.
Slayd 10
Eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishi ko‘pincha ortirilgan bo‘ladi. Tug‘ma shakli – bolani ota-onasi kar bo‘lsa, eshitadigan ona-otalarga qaraganda ko‘proq uchraydi
Slayd 11
Xomiladorlikning birinchi 3 oyining ichida yuqumli kasallik bilan og‘rish (qizamik, gripp, qizilcha); radiasiyalar bilan nurlanish, ayrim ximiyaviy moddalar, dorillar (streptomitsin, aspirin); antibiotiklar-aminaglyukozidlar, xinin preparatlari; alkogol iste’mol kilish; homiladorlikni birinchi oylarida jarohatlanish sabab bo‘ladi.
Slayd 12
Orttirilgan eshitish qobiliyatni buzilishlarini sabablari turli-tumandir. Eshitish qobiliyatini buzilishini og‘ir turi – tovushni qabul qiluvchi apparat buzilganda kuzatiladi (ichki quloq, eshituv nervi); Yengil turi-quloqni tovush o‘tkazuvchi qismi buzilganda kuzatiladi ya’ni o‘rta quloq kasalliklarida (o‘tkir yiringli otit, surunkali yiringli otit).
Slayd 13
Bolalarda uchraydigan eshitish qobiliyatini pasayishiga olib keladigan sabab burun va burun-halqum kasalliklari va shu kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan yevstaxiy nayni o‘tkazuvchanligini buzilishi.
Slayd 14
Sabablardan, yuqumli kasalliklar ahamiyatga ega. Chunki bolalar bunga moyil bo‘lishadi. Eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishga quyidagi yuqumli kasalliklar olib keladi: serebrospinal meningit, qizamik, skarlatina, gripp, parotit (tepki). Bu kasalliklardan ayrimlari (meningit, virusli gripp, tepki) eshitish analizatorini nerv apparatini (Kortiev a’zo yoki eshituv nervni); boshqalari (qizamiq, qizilcha) – asosan o‘rta quloqni zararlaydi, lekin yallig‘lanish o‘rta quloqdan ichki quloqqa o‘tib Kortiev a’zoni retseptor hujayralarini qisman yoki butunlay zararlashi mumkin.
Slayd 15
Eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishni tasnifini tuzishda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
Eshitish faoliyatini buzilishini darajasiga;
Patologik jarayonni paydo bo‘lish vaqti va rivojlanish tezligiga;
Nutq rivojlanganligi yoki yo‘qligi;
Eshitish qobiliyati buzilgan bolaning yashash shart – sharoiti
Bolaqanchalik yomon eshitsa, shuncha yomon gapiradi;
Eshitish qobiliyati erta yo‘qolsa, nutq ham og‘ir shunchali buziladi;
Nutqni o‘stiradigan, saqlab qolishga qaratilgan maxsus choralar qancha erta boshlansa–bolada nutqni saqlab qolishga sharoitdir yaratiladi.
Slayd 16
Eshitish qobiliyatini buzilshini asosan ikkita shakli ajratiladi
Karlar.
Zaif eshituvchilar.
Kar bolalar.
Ularni ikki guruhga bo‘linadi:
Nutqi yo‘q karlar (kar soqovlar)
Nutqi saqlangan karlar (ya’ni karlik keyinchalik, nutqi rivojlangandan keyin yuzaga kelgan).
Slayd 17
Orttirilgan karlikda eshitish qobiliyati qisman saqlanib qolgan bolalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
I – eng past chastatalarni qabul qiluvchi bolalar (128-256 Gs).
Ii – past chastatalarni qabul qiluvchilar (512 Gs- gacha)
Iii – past va o‘rta chastatalarni qabul qiluvchilar (1024 Gs-gacha)
Iv- keng diapazondagi chastatalarni qabul qiluvchilar (2048 Gs-va undan yuqori).
Slayd 18
I – guruhdagi kar bolalrni ayrimlari quloq oldida chiqarilgan kuchli tovushga reaksiya beradi, hech qaysi undoshli tovushlarni, so‘zlarni ajrata olmaydi.
II – guruhdagi kar bolalar quloq oldidagi kuchli tovushga (masalan, kuchli baqiriq) javob reaksiyasini beradi, ayrimlari (a, u) harflarni ajratadi, lekin so‘z va jumlalarni ajrata olmaydi.
III – guruhdagi kar bolalar to‘g‘ri ovoz bilan gapirganda reaksiya beradi, 3-4 harflarni ajratadi, ayrim tanish so‘zlar va jumlalarni ajratishadi.
IV – guruhdagi kar bolalar – 2 m masofadagi gapni eshitishadi hamda tanish bo‘lgan jumla va so‘zlarni ajratishadi.
Slayd 19
Agar nutqini rivojlantirish ustida ish olib borilmasa, 4-5 yoshida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar maktab yoshiga yetganda gapirmaydilar. 2-3 Yoshda eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan nutqni rivojlantirish maqsadida maxsus ish olib borilsa, ularning nutqi yo‘qolmasdan aksincha rivojlanadi.
Slayd 20
Nasliy karlik va zaif eshituvchilikning 80%i oilalarda retsessiv tipda ketadi, 19%i dominant tipda ajdodlardan yosh avlodlarga, birgina ota-onadan bolalariga o‘tadi, 1%I aralash tipda bo‘ladi.
Slayd 21
Nutq diapazonidagi eshitishni pasayishiga qarab zaif eshituvchilar quyidagi darajalarga bo‘linadi (L. V. Neyman)
Zaif eshitishni (qulog‘i og‘irlikni) darajasi
Nutq diapazondagi eshitishni yo‘qolishi
I –engil
Nutq diapozondagi eshitishni yo‘qolishi 50 (db) dan oshmaydi.
II – o‘rta
Nutq diapozondagi eshitishni yo‘qolishi 50 dan to 70 db – gacha.
III – og‘ir
Nutq diapozondagi eshitishni yo‘qolishi 70 – dan oshadi (o‘rtacha 75 – 80 db)
Slayd 22
Eshitish apparatlari — tovushni kuchaytirib beradigan asboblar. Eshitish pasayganda, karlikda ishlatiladi (qarang Karlik). Hozirgi zamon Eshitish apparatlari tovushni quchaytirib berishga asoslangan. Eshitish apparatlari mikrofon, tovush kuchaytirgich va telefondan iborat. Tovushni bevosita suyak orqali oʻtkazib berish uchun quloq orqasiga telefon yoki tovushni havo orqali oʻtkazib berish uchun tashqi eshituv yoʻliga maxsus moslama tiqib qoʻyiladi. Eshituv aʼzosining tovush qabul qiluvchi yoki tovushni oʻtkazib beruvchi qismi zararlanganiga qarab, unga loyiq Eshitish apparatlari buyuriladi. Eshitish apparatlarining qoʻzoynakka oʻxshash, shuningdek, choʻntakda turadigan xillari bor. Eshitish apparatlaridan foydalanganda koʻpincha eshitish, xususan, nutq bir qadar yaxshilanadi.
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.