Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari
4000 so'm

Slayd 1
INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Slayd 2
REJA:
1
Inklyuziv ta’lim mazmuni.
2
Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari.
3
“Inklyuziv ta’lim”ni joriy qilishning maxsus ta’lim muassasalarini ta’lim-tarbiya jarayonini umum va maxsus korreksion ta’lim talablari.
4
Integratsiyalashgan ta’lim va inklyuziv ta’lim o‘rtasidagi farq.
Slayd 3
Tayanch iboralar:
alohida yordamga muhtoj bolalar
korreksion ta’lim
maxsus ta’lim
segregatsiya
inklyuziv ta’lim.
Slayd 4
Inklyuziv ta’lim mazmuni
01
Slayd 5
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan ta’lim tizimini yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muhim vazifalarni qo‘ymoqda.
O‘RQ-637 23.09.2020 “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasida “Inklyuziv ta’lim” Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlar ta’minlashga qaratilgan.
Slayd 6
YUNESKO tomonidan, “Maxsus ta’lim zaruriyat nomli” hujjat tayyorlanib, unda maxsus ta’limga muhtoj bolalar va yoshlar uchun ta’limni tashkil etish va takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu ta’lim turida asosiy o‘rin reabilitatsiya masalalariga ajratilgan. Hujjatda maxsus ta’limni alohida yordamga muhtoj kishilarga tashkil etishdan maqsad: “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o‘smirlarni mustaqil, hamma qatori yashash sharoitida jamiyatga tiklash”, – deb ta’kidlangan. Bolada nuqson bo‘lishiga qaramay, unga qo‘lidan keladigan ish turini o‘rgatib, o‘qitib, tarbiyalab, jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishiga yordam berish – ijtimoiy reabilitatsiya. Rivojlangan mamlakatlarda “Maxsus ta’lim zaruriyati” nomli hujjatga javoban – Reabilitatsiya tashkiloti tashkil etildi.
Slayd 7
Tashkilot nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, sog‘likni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza etish hamda kasaba uyushmalari vakillarini o‘z ichiga qamrab olgan. Bunday nufuzli tashkilotning asosiy maqsadi – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni himoyalash, huquqlarini tiklash, vakolat berish, ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, jamiyat va rahbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdan iborat.
Slayd 8
Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv ta’lim ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion-uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi. Nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish.
Inklyuziv ta’lim-davlat siyosati bo‘lib, nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga muhtoj, tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar, bolalar uchun moslashuvchan, individuallashgan yordam tizimi va barcha bolalarni teng ko‘rishni ko‘zda tutadigan ta’lim turidir.
Slayd 9
Maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishini ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’limning siyosati turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llaydi hamda yaxshi hayot ko‘rishiga imkon yaratadi.
Slayd 10
Inklyuziv ta’lim usuli alohida yordamga muhtoj bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan teng sharoitlarda o‘qishi, ular bilan o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvni yengillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Inklyuziv ta’lim jarayoniga o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lib, shu sohada ishlaydigan mutasaddilar , o‘qituvchilar zimmasiga jiddiy talablar qo‘yadi. Bunday ta’lim sinf rahbari, fan o‘qituvchilari, tarbiyachilar, kasbiy mahorat ustalari yordam ko‘rsatish borasida xizmatlari orqali asosiy vazifani bajaradi.
Slayd 11
Inklyuziv ta’limning maqsadi – maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarning ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo‘llab–quvvatlash. “Moslashtirish” deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan qolganidir. Maktab muhiti moslashuvchan bo‘lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida har bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
Slayd 12
– talabalarga inklyuziv va integratsiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish; – inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;- inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o‘rganish va bu muammolarni hal etish yo‘llarini izlab topish;- inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashning asoslarini o‘rganish;- inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini tahlil qilish;- O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasidagi nazariy, amaliy va huquqiy ahvolni o‘rganish;
“Inklyuziv ta’lim” maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator quyidagi vazifalarni hal etadi:
Slayd 13
– resurs o‘qituvchining ish faoliyati va maqsadi bilan tanishish;- inklyuziv ta’lim muassasalarining xodimlari vazifalari bilan tanishish;- inklyuziv ta’lim muassasalari mutaxassislarining ota-onalar bilan hamkorligining yo‘lga qo‘yilganlik darajasini aniqlash;- inklyuziv ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlarni o‘rganish;- inklyuziv ta’limga jalb qilish bosqichlarini, amaliyotga joriy etish yo‘llarini o‘rganish, ish tajribalarini tahlil qilish kabilardan iborat.
Slayd 14
‘‘Inklyuziv ta’lim”ni joriy qilishning maxsus ta’lim muassasalarini ta’lim-tarbiya jarayoni umum va maxsus korreksion ta’lim talablari
Maxsus ta’lim va tarbiyaning korreksion-pedagogik ish sifati yuqori darajada bo‘lsa-da, biroq aynan alohida ehtiyojli bolalarning sog‘lom muhitda ta’lim-tarbiya olmayotganliklari sababli ijtimoiy hayotimizga moslashishlarida ayrim muammolar paydo bo‘ladi. Shu bois imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning Yoshi segregatsion ta’lim tizimida o‘qitilishi ko‘plab salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishi jahon hamjamiyati tomonidan ham tan olinib, inklyuziv ta’lim siyosati qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Slayd 15
Uzoq yillar davomida maxsus ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi turli millat olimlari va amaliyotchilari rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarni umumta’lim maktablarida emas, aksincha, maxsus maktablarda o‘qitish yaxshi deb kelganlar. XX asrning 60-yillarigacha bunday bolalar uchun maxsus maktablar tizimi rivojlanib kelgan. Ayrim mamlakatlarda 12-15 turdagi tabaqalashtirilgan maktablar tashkillashtirilib kelingan. Masalan, Belgiyada, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya va Qirg‘iziston davlatlarida 8 turdagi, Niderlandiyada esa 15 turdagi maxsus maktablar mavjud.
Slayd 16
O‘zbekistonda ham maxsus ta’lim integratsiyaning rivojlanishini o‘ziga xos xususiyati mavjud. AQSHda va Janubiy Yevropa mamlakatlarida integratsiyani rivojlanishi va bu jarayonni boshqarish uchun qonuniy normativ baza yaratilgan. O‘zbekistonda ham integratsiya va inklyuziv ta’limni joriy qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Respublikada umumta’lim maktablari va inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan bolalarga korreksion yordam berish ularning alohida ehtiyojlarini qondirish, rag‘batlantirish va kompensator imkoniyatlarini rivojlantirish, shuningdek ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalarida olib borishga ehtiyoj mavjud. Har bir bolaning ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, “Shaxs huquqlari Deklaratsiyasi” va “Ta’lim hamma uchun” Umumjahon Deklaratsiyasida (Tailand) tasdiqlangan.
Slayd 17
Maxsus maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari, ota-onalar orasida olib borilgan so‘rovnomalarning tahlili imkoniyati cheklangan bolalarning muayyan qismi o‘z tengdoshlari bilan birga umumta’lim maktablarida o‘qish istagini bildirayotganlarini ko‘rsatmoqda. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, har qanday ta’lim tizimida bolalarning bir qismi ta’limdan chetda qolib ketadi, chunki bunday bolalarning individual ta’limini qondirishga umumta’lim tizimi tayyor emas. Shu sababli xalqaro miqyosda bolalarning umumiy sonidan 15 foizi maktabga jalb qilinmasdan qolish yoki umumta’lim tizimidan chetda qolish hollarini kuzatish mumkin. Bunga sabab maxsus maktablarning o‘quvchilar turar joyidan ancha uzoqda bo‘lganidir. Shuni esda tutish kerak-ki, bunda bolalar emas, aksincha tizim inqirozga uchraydi.
Slayd 18
Integratsiyalashgan ta’lim va inklyuziv ta’lim o‘rtasidagi farqlar
Slayd 19
Biroq inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati to‘g‘risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. “Inklyuziv” va “Integratsiyalashgan” atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo’yiladigan birinchi qadamdir.
Slayd 20
Integratsiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud:A) Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin. B) Funksional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.V) Ijtimoiy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab–quvvatlaydi. G) Jamiyatga integratsiya qilish kabilar.
Slayd 21
Integratsiyalashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan tomonlari mavjud:Umumta’lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish imkoniyati bo‘lmaydi. Umumta’lim maktab pedagogi maxsus metodikani bilmaganligi sababli imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi. Umumta’lim maktablarda tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bo‘lmaydi.
Slayd 22
Sinfda o‘quvchilar soni 25 tadan 35 gacha yetadi va oqibatda ularning barchasiga ko‘p vaqt ajrata olmaydi. Umumta’lim maktablarda o‘quvchilarda maxsus malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun mutaxassislar bo‘lmaganligi sababli, imkoniyat topishi qiyin. Umumta’lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimi integratsiyalashgan ta’lim tizimidan o‘zining mazmun-mohiyati, maqsadi, vazifalari va harakat dasturi bilan farqlanadi.
Slayd 23
Inklyuziv ta’lim – bu nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, o‘smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimidir.
Slayd 24
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.