INKLYUZIV TA’LIMNING HUQUQIY ASOSLARI
5000 so'm

Slayd 1
Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari
Slayd 2
Reja:
01
O‘zbekistonda integratsiyalashgan (inklyuziv) ta’limni rivojlantirish siyosati.
02
Jahon miqyosida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasida amaliy tajribalar.
03
Markaziy Yevropa va Osiyo davlatlarida inklyuziv ta’limning joriy etilishi.
Slayd 3
“Har qanday xalqning ma’naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bo‘lgan e’tibori bilan ham belgilanadi”.
SH.M.Mirziyoyev
Slayd 4
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, biz har kuni yurgan yo‘llardan ayrim bolalar yura olmaydi, biz har kuni ko‘rgan go‘zallikni, atrof olamdagi voqea-hodisalarni eshita olmaydi, ko‘ra olmaydi, chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan, uning ko‘zlari ojiz, quloqlari eshitmaydi. Ammo bu bola ham har tomonlama sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi, hamma qatori jamiki go‘zalliklardan bahra olib yashashi mumkin edi, biroq salbiy omillar ta’sirida u bundan bebahra qolgan. Turli xildagi sabablarga ko‘ra ruhan yoki jismonan nuqsonli bo‘lib qolgan bolalarni jamiyatdan alohida e’tiborsiz holda tashlab qo‘yib bo‘lmaydi.
Slayd 5
Shuning uchun ham bu vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni huquqlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni joriy etish maqsadida jahon miqyosida “Inklyuziv ta’lim” siyosat darajasiga ko‘tarilib xalqaro huquq normalari, jumladan, BMT ning “Bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya”si, Dakar Deklaratsiyasi, Salamanka bayonoti va Ish rejasi kabilarda o‘z aksini topgan. Biroq juda ko‘p hollarda maxsus yordamga muhtoj bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bunga asosiy sabablar birinchi navbatda ota-onalarning farzandiga bo‘lgan e’tiborining sustligi bo‘lsa, keyingi galda bu bolani o‘qitish uchun ta’lim muassasalarining o‘sha hududda yo‘qligi yoki juda uzoqda joylashganligidir..
Slayd 6
Bunday bolalar nuqsonliligi sababli imkoniyatlari cheklanib qolgan. Imkoniyatlarining chegaralanib qolganligi oqibatida korreksion yordamga muhtoj. Nogiron bolalar bilan korreksion ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, o‘z-o‘ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga ma’lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Slayd 7
Bolada mavjud nuqson tufayli uning imkoniyatlari chegaralanib qolgan, ma’lumki bola ta’lim-tarbiya olmasa va undagi nuqsonni tuzatish ishlari olib borilmasa, nuqson darajasi yanada og‘irlashadi, ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqadi va uning o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalari shakllanmay qoladi. Ijtimoiy hayotga moslashishi qiyinlashadi. Bir so‘z bilan aytganda u “nogiron” bo‘lib qolaveradi. O‘z navbatida jamiyatda nogironlarning ko‘payishi shu jamiyat taraqqiyotini orqaga tortadi. Mana shunday oqibatlarga olib kelmasligi, maxsus yordamga muhtoj bo‘lagan bolalarning haq-huquqlarini to‘laligicha ta’minlash maqsadida ham inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari keng tus olmoqda.
Slayd 8
Inklyuziv ta’limning mohiyati shundan iboratki, ruhiy yoki jismoniy rivojlanishda orqada qolganligi sababli maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalardan “nogiron” degan tamg‘ani olib tashlab, normal rivojlanishdagi bolalar bilan birga teng huquqlilikni ta’minlash, jamiyatga to‘laqonli, erta moslashtirish, mavjud imkoniyatlaridan foydalana olishlarini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari tizimida o‘qitishdan iborat.
Slayd 9
Bu maqsadlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasida ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Natijada inklyuziv ta’limga doir xalqaro huquqiy me’yoriy hujjatlar, rivojlangan chet el davlatlarning inklyuziv ta’lim tajribalari o‘rganib chiqildi va ularga asoslangan holda yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi, “Inklyuziv ta’lim” deb nomlanib, “Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan”ligi qonuniy asos bilan mustahkamlandi.
Slayd 10
Inklyuziv ta’lim masalasi Respublikamiz Prezidenti tomonidan davlat siyosatining eng ustuvor vazifasi sifatida qaralib, P.Q-4860-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda Vazirlar mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 638-sonli qarorida o‘z aksini topdi.
Slayd 11
Mazkur ishlarning natijasi sifatida inklyuziv ta’limning barcha jihatlari, joriy etish yo‘llari, maqsad va vazifalari, bu sohadagi islohotlar “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Slayd 12
2020-2021 yillarda
2020-2025 yillarda
Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi.
Amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi.
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar kutilmoqda:
Slayd 13
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi;
Davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
Inklyuziv ta‟lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi.
Slayd 14
Rossiyada inklyuziv ta’limning keng tarqalgan modeli ommaviy maktablarda maxsus sinflardir. Ular quyidagi alohida yordamchi muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan:
• Intellektida buzilishi bo‘lgan bolalar uchun;
• Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun korreksiya sinflari.
“Tavakkal” guruhi bolalar uchun (ta’lim olishida, xulq- atvorlarida qiyinchiliklarga ega, sog‘ligi zaif) kompensatsiya qiluvchi ta’lim, pedagogik yordam, adaptatsiya va sog‘lomlashtirish sinflari. Moskvadagi ta’lim markazining ijtimoiy ta’lim bo‘limi umumiy ta’lim tizimida imkoniyati cheklangan bolalar integratsiyasi modelini tayyorlash g‘oyasini ilgari suradi.
Slayd 15
AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya kabi bir qator mamlakatlarda maktab turini tanlash qonun tomonidan belgilanadi, ota-onalar esa, ta’lim turini tanlashni yozma ravishda tasdiqlanishi, ayrim hollarda asoslab berishlari lozim deb topilgan. Buyuk Britaniyada integratsiya jarayonida maxsus maktab o‘quvchilari uchun alohida ishlab chiqilgan. Maxsus maktab o‘quvchilarining ma’lum qismi ommaviy maktabda ta’lim oladilar. Integratsiyani amalga oshirish uchun o‘yin, jismoniy tarbiya, amaliy faoliyat turlari alohida tanlangan.
Slayd 16
Jahon miqyosida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasida amaliy tajribalar
Buyuk Britaniya maxsus maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan og‘ir nuqsoni bolalarni integratsiyalash dasturi ishlab chiqilgan edi. Qaysi maktabda integratsion ta’lim tizimi joriy etilgan bo‘lsa, o‘sha maktabga maxsus maktablarda o‘qiyotgan bolalarning bir qismi qamrab olindi. Integratsiya tizimini yanada puxtaroq joriy etish maqsadida o‘yinlar, jismoniy tarbiya, raqs va bir qancha amaliy mashg‘ulotlar kiritdi.
Slayd 17
Shveytsariyada
Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta’limning asosiy qismini ommaviy maktabda olishlarini ko‘zda tutuvchi dastur mavjud. O‘qituvchilar 4 kishidan ommaviy maktabning 3 ta o‘qituvchisi va imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega 1 ta o‘qituvchidan iborat guruh faoliyat ko‘rsatadi. Maktab ma’muriyati 3 oyda bir marotaba ta’lim psixologiyasi doirasidagi mutaxassislar bilan uchrashib, zarur tadbirlar va ota-onalar bilan uchrashuvlar borasida maslahatlashib oladilar. Bunday yondashuv, o‘qituvchi mehnatining samaradorligini oshirish, integratsiya sinflarida ta’lim metodlarini qo‘llash sifatida muhim omildir.
Slayd 18
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish tanlab olingan davlat maktablari va xususiy o‘quv muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislar guruhi ommaviy maktablarda ta’lim olish uchun imkoniyati cheklangan bolalarni tanlab oladi. Ularning bazasida o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalliy hokimiyat vakillari uchun uchta seminar. Ta’lim Vazirligi va mahalliy ta’lim departament uchun respublika miqyosida konferensiya ham o‘tkazilgan.
Qirg‘izistonda
Slayd 19
Qozog‘istonda
2003-yil ”Maxsus ehtiyojli bolalarni korreksion ijtimoiy va tibbiy pedagogik qo‘llab-quvvatlash” haqidagi qonun qabul qilinadi. Bu qonun asosida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik ish olib borish maqsadida reabilitatsion markazlar, psixologik-pedagogik korreksiya xonalari, maxsus maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari qoshida qisqa muddatli guruhlar tashkil etildi. Inklyuziv ta’limga kadrlarni tayyorlash uchun oliy ta’limda “Maxsus pedagogika”, “Maxsus psixologiya”, “Maxsus metodika” kurslari kiritildi. Bu kabi kurslar kadrlar malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Slayd 20
Xitoyda
Integratsiyalash jarayoni barcha umummillat ma’lumotlarini yig‘ish, tajriba almashish, muloqot va fikr almashish, kadrlarni tayyorlash, maktab o‘quv jarayonlarini isloh qilish, maktab xodimlari bilan uchrashuv va savol javoblar o‘tkazish hamda barcha axborotlarni yig‘ib tahlil qilishdan boshlandi.
Xitoyning ta’lim bo‘yicha milliy tadqiqot Instituti Yuneskoning maqsadli grant mablag‘lari yordamida alohida ehtiyojli bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash maqsadida VEB resurs markazini tashkil etish bo‘yicha innovatsiya dasturini ishlab chiqdi.
Slayd 21
Hindiston
Hindistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 2.000.000 ni tashkil etadi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning asosiy bandida rivojlanishida alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalarni barchalar qatori ta’lim olishi va ular o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf qilinishi qayd etilgan.
Hindistonda bolalarning ko‘pchilik qismi maktablarda o‘qitilishiga qaramasdan 35.000.000 6-14 yosh bo‘lgan bolalar hanuz ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bunga sabab maktablarning yetishmasligi binolarning nogiron bolalarga moslashtirilmaganligi.
Slayd 22
V.A.Berezina, L.M.Shipsinalarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra hozir Rossiyada maxsus ta’lim ikkita yo‘nalishida: differensial va integratsiya tarzida tashkil etilgan. Differensial ta’lim 8 yo‘nalishda tashkil etilgan. Oxirgi paytlarda Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa Rossiyaning bir qator shaharlarida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etish borasida ilmiy izlanishlar va psixologik-pedagogik amaliy ishlar olib borila boshladi.
Rossiya
Slayd 23
1. Aqliy rivojlanishida orqada qolgan bolalar uchun guruhlar va sinflar;
2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun guruh va sinflar;
3. Xulqi og‘ir bolalar uchun guruh va sinflar. Nogiron bolalarni o‘qitish bo‘yicha xorijiy tajribani tahlil qilgandan so‘ng shuni ta’kidlash mumkinki, bir qator mamlakatlarda bunday bolalarni birlashtirish muhimligi to‘g‘risida aniq kelishuv mavjud.
Slayd 24
BMT tomonidan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida:
Ta’lim olish har bir insonning asosiy va ajralmas huquqi ekanligi alohida e’tirof etilgan;
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi barcha insonlarning huquq va erkinliklarini kafolatlar ekan, bu Deklaratsiyaning barcha bandlari maxsus ehtiyojli insonlarga ham tegishliligi aniqlandi;
Nogiron shaxslarning huquqlarini yanada mustahkamlash va kafolatlash maqsadida BMT:
Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi.
Yevropa davlatlarida inklyuziv ta’limning joriy etilishi
Slayd 25
Deklaratsiyada ta’kidlanishicha: Nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug‘ilishi bilan mavjud bo‘ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va jiddiylik darajasidan qat’iy nazar, fuqaro o‘z yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil huquqlarga egadirlarki, shu bilan birga ular mumkin qadar to‘laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham ega
(Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya, 3-modda).
Slayd 26
Xuddi shunday bolalarning huquqlarini muhofaza qilish maqsadida BMT Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani qabul qildi. Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya bolalarning huquqlarini hamma joyda himoyalash maqsadida ishlab chiqilgan inson huquqlari borasidagi xalqaro shartnoma hisoblanadi. U qariyb butun jahon mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan 191 mamlakat ko‘ngilli tarzda zimmalariga Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarini ma’muriy qonunchilik, sud va boshqa chora-tadbirlar yordamida hayotga tatbiq etish majburiyatini oldilar.
Slayd 27
Mazkur Konvensiyaning 2-moddasida – Bolalar, ularning ota-onalari, boquvchilarining irqlari, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sog‘lig‘i, qanday holatda tug‘ilganliklari va boshqa holatlaridan qat’iy nazar kamsitishlarga mahkum etilmasligi kerak deb qat’iy belgilangan.
Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish huquqini ham kafolatlaydi. Aynan
28-modda Ta’lim insonning siyosiy huquqi, deb nomlangan bo‘lib, unda ishtirokchi davlatlar barcha bolalarning ilm olish huquqini e’tirof etadilar.
Slayd 28
Insonparvarlik nuqtayi nazaridan jahondagi ko‘plab mamlakatlarda maxsus-segregatsiya ta’lim tizimini inkor eta boshladi. Buning natijasida Tailandda o‘ta muhim Umumjahon Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu konferensiyada -Ta’lim hamma uchun Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilindi. Ta’lim hamma uchun Umumjahon Deklaratsiyasini dunyoning 155 ta davlat hukumatlari va 150 dan ortiq nodavlat tashkilotlari qabul qildilar.
Slayd 29
Maktablar bolalarning imkoniyatiga qarab emas, ish sifati va maktab ta’limiga javob berishi bilan xarakterlanadi. Ular quyidagilardan iborat:
har bir bolaning huquqi ommaviy maktabda ta’lim – tarbiya olishni talab etadi;
o‘qitishning metod va metodikalari bolaning nuqsoniga qarab tanlanadi;
maktabda to‘laligicha korreksion pedagogik yordam tashkil etiladi;
bolalar to‘g‘risidagi qaror kompleks tarzda qabul qilinadi;
bolaning har bir shaxsiy huquqi kafolatlanadi;
maktabda integratsiya tamoyiliga o‘quv rejaning asosi sifatida qaraladi;
inklyuziv maktablarning moddiy ta’minoti yaxshilanadi.
Slayd 30
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (41-modda).
O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risidagi qonun (19, 27-moddalar).
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun (O‘.R.Q-637 23.09.2020, 20-moddalar).
Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun (ta’lim olishdagi teng imkoniyatlar va alohida kafolatlari, 28, 29-moddalar).
Ijtimoiy himoya yili davlat dasturi (4.2-modda), ―Yoshlar yili Davlat dasturi.
Harakatlar strategiyasi davlat dasturi va boshqalar.
O‘zbekistonda ta’lim olish huquqining qonunchilik asosi
Slayd 31
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slayd 32
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.