=== Taqdimot 1 ===
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etish masalalari va mavjud to‘siqlar
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish masalalari.
Inklyuziv ta’lim tizimining rivojlantirishning maqsadi va ustuvor yo‘nalishlari.
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish oldida turgan muammolar va to‘siqlar.
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Inklyuziv o‘qitish masalasi butun jahon hamjamiyatida tan olingan va xayrixohlik bilan amalga oshirilishi ta’lim siyosatining eng asosiy yo‘nalishidir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 50-moddasida: “Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi” deb belgilab qo‘yilganligi mamlakatimizda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim jarayoni tashkil etilganligining qonuniy dalilidir.
=== Taqdimot 4 ===
Bugungi kunda respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda (keyingi o‘rinlarda – ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) 21,2 ming nafar, 21 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda o‘qitiladi.
=== Taqdimot 5 ===
2014-2016 yillarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida:
Respublikaning 5 ta hududida tajriba-sinov maydonchalari tashkil etildi;
150 nafardan ortiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va 1,3 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar inklyuziv ta’lim xizmatlariga o‘qitildi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etishga doir 3 ta o‘qitish moduli kiritildi;
=== Taqdimot 6 ===
2 ming nafardan ortiq alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga inklyuziv ta’lim xizmatlari tashkil etildi;
Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida 5 ta tajriba-resurs markazi hamda 15 ta tajriba maktablari tashkil etilib, ularga 800 nafardan ortiq bolalar qamrab olindi.Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
2014-2016 yillarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida:
=== Taqdimot 7 ===
Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish, ularning sog‘lom bolalar qatoridan o‘rin olib o‘z qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata olishiga, ma’naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
=== Taqdimot 8 ===
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida vazifalar qayd etib o‘tilgan.
=== Taqdimot 9 ===
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
=== Taqdimot 10 ===
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
=== Taqdimot 11 ===
jamoatchilik o‘rtasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini optimallashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.
=== Taqdimot 12 ===
Bundan tashqari, “Zamonaviy maktab”larni qurishda ushbu maktablarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus infratuzilma bo‘lishi va jihozlanishini ta’minlash maqsadida inklyuziv ta’limni tashkil etish bo‘yicha “Zamonaviy maktab”ga qo‘yiladigan me’yoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi.
Kelgusida “Zamonaviy maktab”larni ushbu talablar asosida qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
=== Taqdimot 13 ===
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish oldida turgan muammolar va to‘siqlar.
=== Taqdimot 14 ===
Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida bugungi kunga qadar ham juda ko‘plab muammolar va to‘siqlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Salbiy munosabat;
Hamjamiyatda ko‘rinmaslik;
Moddiy mablag‘ muammolari;
Jismoniy moslashtirish;
Sinfdagi o‘quvchilar soni;
Qaramlik;
Jinsiy belgilarga qarab kamsitish;
Favqulodda vaziyatlar, mojarolar va qochoqlar.
=== Taqdimot 15 ===
ota-onalar uchun nogiron bolalarni o‘qitish tizimi, inklyuziv ta’lim tizimi haqidagi o‘quv qo‘llanmalarning yo‘qligi;
maxsus ehtiyojli bolalarni uyda o‘qitish uchun mutaxassislarning mablag‘ bilan ta’minlash tizimining joylarda talab darajasida yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi;
inklyuziv ta’limni joriy qilish bo‘yicha davlat normativ hujjatlarida qayd etilmaganligi;
nogiron bolalar oilasi bilan maktabning uzviy aloqasi yo‘qligi;
nogiron bolalarni maktabga kelishi uchun transport bilan ta’minlash masalalari;
Amalga oshirilgan ma’lum bir darajadagi yutuqlar bilan birga ayrim hal etilishi kerak bo‘lgan quyidagi muammolar ham mavjud:
=== Taqdimot 16 ===
Amalga oshirilgan ma’lum bir darajadagi yutuqlar bilan birga ayrim hal etilishi kerak bo‘lgan quyidagi muammolar ham mavjud:
chekka qishloqlardagi tashxisning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi;
nogironlar aravachalari, qo‘ltiq hassalar, eshituv apparatlari, ko‘zoynaklar, travmatologik poyabzallarning yetishmasligi;
davlat tomonidan kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash, muammolari to‘laqonli hal qilinmaganligi;
nogiron bolalarga qarovchi ota-onalar uchun nafaqaning yo‘qligi;
tevarak-atrof muhitini nogiron bolalarga nisbatan salbiy munosabati;
nogiron bolalar bilan ishlash mahallalarda yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi va nodavlat-notijorat tashkilotlarning faoliyati yetarli emasligi;
=== Taqdimot 17 ===
Amalga oshirilgan ma’lum bir darajadagi yutuqlar bilan birga ayrim hal etilishi kerak bo‘lgan quyidagi muammolar ham mavjud:
nogiron bolalarning ota-onalaridagi huquqiy bilimining yetarli emasligi va davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarni bilmasligi;
ta’lim muassasalari uchun kadrlarning yetarli emasligi;
inshootlarning maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun moslashtirilmaganligi;
malaka oshirish tizimida umumta’lim pedagoglarini maxsus ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash ishlari talab darajasida emasligi.
=== Taqdimot 18 ===
Huquqiy yo‘nalishda:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga Inklyuziv ta’lim haqida modda kiritish;
Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy va korreksion pedagogik jihatdan qo‘llovchi qonun loyihasini tayyorlash;
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning uzluksiz ta’lim Nizomini tasdiqlash;
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonli bolalar va o‘smirlarni uzluksiz inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish;
Inklyuziv ta’limni qo‘llovchi moliyaviy manba mexanizmini aniqlash, uni qonuniy jihatdan himoyalash;
“Nogironlarni ijtimoiy himoyalash” haqidagi Qonunning bajarilishi yuzasidan takliflar tayyorlash.
Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish uchun quyidagi masalalar o‘z yechimini topish kerak. Ular:
=== Taqdimot 19 ===
Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish uchun quyidagi masalalar o‘z yechimini topish kerak. Ular:
Ilmiy-metodik yo‘nalishda:
Imkoniyati cheklangan bolalarga yagona korreksion yordam tizimi Konsepsiyasini ishlab chiqish;
Metodik majmualar ( dastur, darslik o‘quv reja metodik qo‘llanma; va tavsiyalar) yaratish;
Yangi tahrirdan chiqqan DTS larini maxsus ta’limga moslashtirish, shuningdek imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim maktablarida ta’lim olishlarini inobatga olgan xolda inklyuziv maktabga mos keluvchi variativ o‘quv rejalarini ishlab chiqish;
Respublikadagi imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning korreksion yordamga yo‘naltirilgan yagona ma’lumotlar bazasini yangi zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida yaratish.
=== Taqdimot 20 ===
Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish uchun quyidagi masalalar o‘z yechimini topish kerak. Ular:
Boshqaruv yo‘nalishida:
Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan aloqador turli tashkilotlar, bo‘limlarni birlashtirib turuvchi, muvofiqlashtiruvchi markaz yaratish;
Davlatlararo ko‘pqirrali rivojlantirishni ta’minlash; (seminarlar, anjumanlar uyushtirish, ish tajriba almashish, jurnallar chop etish va hokazo).
Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy moslashish va reabilitatsiya qilish bosh muvofiqlashtiruvchi respublika ilmiy-amaliy markazini tashkil etish.
=== Taqdimot 21 ===
Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish uchun quyidagi masalalar o‘z yechimini topish kerak. Ular:
Maktab yo‘nalishida:
Inklyuziv ta’limni amaliyotga tatbiq etishda moliyaviy ta’minot va xususiy manbalardan foydalanishni kengaytirish;
Inklyuziv maktab uchun kerakli moddiy texnik ba’zan o‘rganish bo‘yicha takliflar kiritish.
=== Taqdimot 22 ===
Inklyuziv ta’lim tiziminirivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
inklyuziv ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish:
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlarini joriy etish, inklyuziv ta’lim metodikasiga oid o‘quv materiallarini takomillashtirish;
inklyuziv ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarini tashkil etish hamda ta’lim berishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashga sharoit yaratish;
o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-ona, jamoat tashkilotlari mutaxassislari, keng jamoatchilik uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar va ommabop nashrlar yaratish;
=== Taqdimot 23 ===
Inklyuziv ta’lim tiziminirivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
inklyuziv ta’limda o‘qitish usullarini takomillashtirish, mazkur jarayonga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga nisbatan shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
=== Taqdimot 24 ===
Inklyuziv ta’lim tiziminirivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
bolalarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini hamda qulaylikni ta’minlash bo‘yicha davlat kafolatlarining amalga oshirilishini ta’minlovchi tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini yaratish;
=== Taqdimot 25 ===
Inklyuziv ta’lim tiziminirivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, bolaning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga erishish:
inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini ommalashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun sport to‘garaklarini tashkil qilish;
=== Taqdimot 26 ===
Inklyuziv ta’lim tiziminirivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ota-onalar o‘rtasida inklyuziv ta’lim tizimi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik (bulling)ning oldini olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
=== Taqdimot 27 ===
Inklyuziv ta’lim tiziminirivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
=== Taqdimot 28 ===
Inklyuziv ta’lim tiziminirivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish:
barcha inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan ta’lim muassasalarini ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha yagona tarmoqqa birlashtirish;
ta’lim muassasalarini inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘quvchilar uchun maxsus jihozlangan kompyuter texnikasi, interaktiv doska, eshitish moslamalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
=== Taqdimot 29 ===
Inklyuziv ta’lim tiziminirivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv ta’lim jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimini joriy etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun darslik va metodik materiallarning elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab borish;
inklyuziv ta’limga jalb qilingan bolalar uchun mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish;
inklyuziv ta’lim jarayoni uchun multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish;
=== Taqdimot 30 ===
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimi samarali yo‘lga qo‘yilsa, jamiyatimizda alohida yordamga muhtoj bolalarga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ishlar salmog‘ini yanada oshirgan bo‘lamiz. Mamlakatimizda alohida yordamga muhtoj bolalar va sog‘lom bolalarning teng huquqda ta’lim olishlarini ta’minlagan bo‘lar edik.
=== Taqdimot 31 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.