Inklyuziv ta’lim kursining maqsadi va vazifalari

5000 so'm


Inklyuziv ta’lim  kursining maqsadi va vazifalari
=== Taqdimot: Inklyuziv ta’lim kursining maqsadi va vazifalari.pptx ===

=== Slayd 1 ===
Inklyuziv ta’lim kursining maqsadi va vazifalari

=== Slayd 2 ===
01
Inklyuziv ta’limning mazmuni.
02
Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari.
03
Inklyuziv ta’limni joriy qilishning maxsus ta’lim muassasalarida o‘rni.
04
Ta’lim-tarbiya jarayoni, umum va maxsus korreksion ta’lim talablari.
05
Integratsiyalashgan ta’lim va inklyuziv ta’lim o‘rtasidagi farqlar.
Reja:

=== Slayd 3 ===
Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatimiz oldida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ta’lim tizimini yangilash, yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbiyalash, ularning ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muhim vazifalarni qo‘ymoqda.
Inklyuziv ta’lim. “Inklyuziv” so‘zi inglizcha inclusion – uyg‘unlashish degan ma’noni bildiradi. U butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta’lim sifatida tan olingan.
Inklyuziv ta’limning mazmuni nima?

=== Slayd 4 ===
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun psixologik-pedagogik korreksion sharoitlar yaratish.
Ularning imkoniyatiga mos umumta’lim dasturlarini ishlab chiqish. Ruhiy rivojlanish va ijtimoiy moslashuvni ta’minlash.
Jamiyat va oilaning faol ishtirokida sog‘lom va nogiron bolalarning ehtiyojlarini qondirish.
Bolalarni jamiyatga erta moslashtirish.
Imkoniyati cheklangan bolalarni oilasidan ajratmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish.
Jamiyatda do‘stona, mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish.
Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari:

=== Slayd 5 ===
Bola qanday imkoniyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar, har doim kattalar yordamiga muhtoj. Uni “anormal bolalar”, “ko‘r”, “kar” kabi tushunchalar bilan alohida ajratib ko‘rsatish mumkin emas.
1994-yilda YUNESKO tomonidan “Maxsus ta’lim zaruriyatli” hujjati qabul qilindi. Unda maxsus ta’limga muhtoj bolalar uchun ta’limni tashkil etish, ularni reabilitatsiya qilish, jamiyatga tiklash masalalari belgilandi.
Asosiy maqsad – bolani jamiyatdan ajratmasdan, qo‘lidan keladigan ish turiga o‘rgatish, tarbiyalash va o‘z o‘rnini topib ketishiga yordam berishdir.

=== Slayd 6 ===
Inklyuziv ta’lim – davlat siyosati. U nogironligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun moslashuvchan, individual yondashuvni nazarda tutadi.
Ta’lim samarador bo‘lishi uchun oila, mahalla, maktab jamoasi, sinfdoshlar, mutaxassislar, sog‘liqni saqlash tizimi va xalq ta’limi tizimining hamkorligi zarur.

=== Slayd 7 ===
Barcha uchun ochiqlik.
Bog‘lanishning mavjudligi.
Kompleks yondashuv.
Moslashuvchanlik.
Malakaviylik.
O‘quvchilarning imkoniyatlariga yo‘naltirish.
Inklyuziv ta’lim tamoyillari:
Masalan, eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar ko‘rish sezgisi orqali materialni yaxshi qabul qiladi, ko‘zi ojizlar esa eshitish va daktil sezgisi orqali o‘rganadi.

=== Slayd 8 ===
Inklyuziv sinflarda:
O‘quvchilar soni 25 nafardan oshmasligi kerak.
Ulardan 2 nafardan ortiq maxsus ehtiyojli bola bo‘lmasligi belgilangan.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolalar toifalari:
Eshitishida muammosi bo‘lganlar.
Ko‘rishida muammosi bo‘lganlar.
Tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lganlar.
Nutqida muammosi bo‘lganlar.
Rivojlanishi sustlashganlar.
Yengil darajadagi aqli zaif bolalar.
Autizmning yengil darajasi.
Koxler implantli bolalar.

=== Slayd 9 ===
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib, nogiron bolalarning ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojlari bor bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi.
Inklyuziv ta’limning mohiyati – turli ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan ixcham dars berishga yondashadigan ta’lim turini amalga oshirishdir. Agar inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish samarali va unumli bo‘lsa, bunda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar, balki barcha bolalar yutadi.

=== Slayd 10 ===
Inklyuziv ta’lim. Imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?
O‘z imkoniyatlarini kashf qilishni.
Mustaqil harakatlanish imkoniyatini.
Birlashib, hamkorlikda ishlash tajribasini.
Dunyoqarashini kengaytirishni.
Hayotiy tajribasining ortishini.
O‘qishga bo‘lgan ehtiyoj va qiziqishning ortishini.

=== Slayd 11 ===
Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari – uning mazmun-mohiyatini ochib berish bilan bir qatorda tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim muhiti o‘rganilib, maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim ehtiyojlariga umumiy baho beriladi.
Asosiy ma’nosi shundaki, sog‘ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishning orqada qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bolalarning ham umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shilishi mumkin degan xulosa qilinadi.
Inklyuziv ta’limda diqqat markazida bola turadi. Bu jarayon asosiy hisoblanadi. Yondashuvlar bolalar turli sharoitda o‘qishi, rivojlanishi va ma’lumotni har xil tezlikda qabul qilishiga asoslanadi. Ularning har bir ehtiyojini, shu jumladan maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muhiti yaratiladi.

=== Slayd 12 ===
Inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Tengdoshlari ehtiyojlarini his qilishadi.
G‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi.
Qo‘llab-quvvatlash va yordam berishga intilish paydo bo‘ladi.
Insonparvarlik hissi tarbiyalanadi.
Atrofdagilarga nisbatan pozitiv munosabat shakllanadi.
Yordamga muhtoj insonlarga befarq bo‘lmaydigan shaxs sifatida kamol topadilar.

=== Slayd 13 ===
Inklyuziv ta’lim vazifalari:
Talabalarga inkluziv va integratsiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish.
Huquqiy asoslarini ochib berish.
Muammolarni o‘rganish va hal qilish yo‘llarini topish.
Joriy qilish tamoyillarini tahlil qilish.
O‘zbekiston Respublikasida tizimni joriy etishdagi nazariy, amaliy va huquqiy ahvolini o‘rganish.
Inklyuziv ta’lim muassasalarining maqsad va vazifalarini belgilash.
Xodimlarning vazifalari bilan tanishtirish.
Mutaxassislarning ota-onalar bilan hamkorligini o‘rganish.
Islohotlarni kuzatish.
Inklyuziv ta’limga jalb qilish bosqichlarini o‘rganish va tajribalarni tahlil qilish.

=== Slayd 14 ===
Integratsiyalashgan ta’lim va inklyuziv ta’lim farqlari:
Integratsiya – nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish.
Diqqat markazi – bolani maktabga qatnatish.
Integratsiyada bola muammo sifatida ko‘riladi.
Shakllari: jismoniy, funksional, ijtimoiy integratsiya.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda inklyuziv ta’limni joriy qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, milliy qadriyatlar va maxsus ta’lim tizimi bilan uyg‘un holda umumta’lim bilan bog‘lanib, bosqichma-bosqich milliy modulga asoslangan ta’lim joriy etilmoqda.

=== Slayd 15 ===
Inklyuziv ta’limda o‘qituvchiga tavsiya:
O‘quv materialini maxsus ehtiyojli o‘quvchining qabul qilish darajasiga moslashtirish.
Barcha analizatorlarga ta’sir qilgan holda dars olib borish.
Interfaol usullarni qo‘llash.
Kasbga yo‘naltirishda maktab psixologi bilan hamkorlik qilish.
Rag‘batlantiruvchi usullarni qo‘llash.
Do‘stona muhit yaratish.

=== Slayd 16 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Inklyuziv ta’lim kursining maqsadi va vazifalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar