=== Taqdimot 1 ===
Inklyuziv ta’lim jarayonida umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya shaxobchasi faoliyati
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya shaxobchasi
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni aniqlash;
01
jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni korrektsiyalash;
02
o‘quvchilarning og‘zaki nutqidagi nuqsonlarini bartaraf etish uchun tashkil etiladi.
03
=== Taqdimot 4 ===
Logopediya shoxobchasi maktablarda har yili shakllantiriladigan logoped yordamiga muhtoj bolalar ro‘yxatiga asosan xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan tashkil etiladi
=== Taqdimot 5 ===
Logopediya shaxobchasi
Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-oktyabrda 2722-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qoʻshma qarori bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizom asosida tashkil etiladi va ish olib boriladi.
=== Taqdimot 6 ===
Logopediya shoxobchalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi
01
=== Taqdimot 7 ===
o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlariga to‘sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish;
murakkab nutq nuqsoniga ega bo‘lgan, jismoniy va psixik rivojlanishida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilar bilan korreksion mashg‘ulotlarni olib borish;
mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning nutq a’zolarini tizimli ravishda kuzatib borish;
Logopediya shoxobchasining vazifalari quyidagilardan iborat:
=== Taqdimot 8 ===
O‘quvchining o‘quv dasturlarini ongli ravishda tanlashi va o‘zlashtirishiga ko‘maklashish;
o‘quvchilar nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir logopedik bilimlarni ta’lim jarayoni ishtirokchilari, o‘qituvchilar va aholi o‘rtasida targ‘ib qilish.
=== Taqdimot 9 ===
Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish:
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
Ishchi guruh raisi o‘rinbosari -psixolog.
Ishchi guruh tarkibi kamida 5 nafardan iborat bo‘ladi.
Biriktirilgan tibbiyot xodimi.
Logopediya shoxobchasi mudiri.
Ishchi guruh raisi-direktor.
01
03
05
02
04
06
Ishchi guruh kotibi.
=== Taqdimot 10 ===
Logopediya shoxobchasiga quyidagi o‘quvchilar qabul qilinadi:
nutq apparati a’zolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) bo‘lgan I – IV sinf o‘quvchilari.
I va III darajali nutqi to‘liq rivojlanmagan I sinf o‘quvchilari;
tovushlar talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan I – IV sinf o‘quvchilari;
=== Taqdimot 11 ===
Logopediya shoxobchasida korrektsion jarayonni tashkil etish:
Mashg‘ulotlar umumta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan jadval asosida darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi.
Guruhlarga nuqsonlari o‘xshash bo‘lgan bir xil yoshdagi o‘quvchilar qabul qilinadi.
Yoshidan qat’i nazar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bir guruhga jamlanishi mumkin.
=== Taqdimot 12 ===
Guruhli va yakka tartibda olib boriladigan mashg‘ulotlarning davomiyligi quyidagicha belgilanadi:
tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan 8 – 10 nafar I – IV sinf o‘quvchilariga guruhli tarzda 40 – 45 daqiqadan, bir o‘quv yili davomida haftasiga uch martadan;
nutqi to‘liq rivojlanmagan 8 – 10 nafar I – sinf o‘quvchilariga guruhli tarzda 40 – 45 daqiqadan, bir o‘quv yili davomida haftasiga ikki martadan;
=== Taqdimot 13 ===
Nutq apparati a’zolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) bo‘lgan I – IV sinf o‘quvchilari bilan yakka (individual) tartibda 15 daqiqadan, nutq nuqsoni bartaraf etilgunga qadar haftasiga uch martadan olib boriladi.
=== Taqdimot 14 ===
Nutq nuqsonlari bartaraf etilgan o‘quvchilar logopediya shoxobchasi mudirining ishchi guruh bilan kelishilgan xulosasiga asosan o‘quv yilining 15 – 25 may kunlari logopediya shoxobchasi o‘quvchilari safidan chiqariladi.
=== Taqdimot 15 ===
Haftalik ish yuklamasi 18 o‘quv soatidan oshmagan holda, belgilanadigan o‘quvchilar guruhlari va haftalik mashg‘ulotlar soatlaridan kelib chiqib kiritiladi.
Logopediya shoxobchasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish:
Logopediya shoxobchasida o‘qituvchi-logoped lavozimida oliy ma’lumotli o‘qituvchi-logopedlar va defektologlar faoliyat yuritishi mumkin.
Umumta’lim muassasalarida mavjud har 25 ta boshlang‘ich sinfga 1,0 birlik (20 taga 0,8 birlik, 30 taga 1,2 birlik) shtar birligi ajratiladi.
01
02
03
=== Taqdimot 16 ===
Logopediya shoxobchasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
O‘qituvchi-logopedlarni ishga qabul qilish hamda ular bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining tavsiyasiga asosan logopediya shoxobchasi joylashgan umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ularning mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va mehnat ta’tiliga haq to‘lash uchun zarur mablag‘lar logopediya shoxobchasi joylashgan umumta’lim muassasasining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
04
05
=== Taqdimot 17 ===
O‘qituvchi-logopedlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
=== Taqdimot 18 ===
O‘qituvchi-logoped
Nizom va umumta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etish;
rejalar, mashg‘ulotlar jadvalini ishlab chiqish va pedagogik kengashiga taqdim etish;
nutq xaritasini va sinf jurnalini yuritish;
=== Taqdimot 19 ===
o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlariga to‘sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish, ulardagi mavjud nutq nuqsonining turini va ifodalanish darajasini aniqlash;
mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun guruhlar tashkil qilish, kundalik mashg‘ulotlar ishlanmasini tayyorlash, guruhli va yakka (individual) tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali artikulyatsion organlardagi nuqsonlarni to‘g‘rilash, nutq nuqsonlari natijasida kelib chiqqan psixik buzilishlarni korreksiyalash;
=== Taqdimot 20 ===
umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari va ota-onalarga nutqiy rivojlanishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus usullarini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berish;
o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish, uslubiy birlashmalar faoliyatida va boshqa metodik ishlarda ishtirok etish.
=== Taqdimot 21 ===
O‘quvchilarning guruhlarga qatnashish davomatini qayd etib borish uchun sinf jurnali yuritiladi hamda har bir guruhga maxsus sahifalar ajratiladi.
Yakka (individual) tartibda mashg‘ulotlar olib boriladigan o‘quvchilar uchun sinf jurnalida alohida sahifalar ajratiladi hamda ular ham guruhli mashg‘ulotlar kabi to‘ldiriladi.
=== Taqdimot 22 ===
Logopediya shoxobchasi mudiri o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar quyidagi hisobotlarni topshiradi:
o‘qituvchi-logopedlar yillik shaxsiy ish rejasining bajarilish holati;
o‘quvchilar kontingentining o‘zgarish dinamikasi;
o‘quvchilarning nutq nuqsonlarini bartaraf etish ko‘rsatkichlari.
=== Taqdimot 23 ===
Logopediya shoxobchasida ta’minlanishi lozim bo‘lgan jihozlar ro‘yxati
1. Yakka holda shug‘ullanish uchun deraza yoniga osilgan 50×100 sm. li devoriy ko‘zgu – 1 dona.
2. Elektr yoritqich (devoriy ko‘zgu uchun) – 1 dona.
3. O‘quvchilar soniga qarab 9×12 sm. li ko‘zgu – 10 dona.
4. O‘quvchilar uchun parta – 5 dona.
5. Sinf doskasi – 1 dona.
6. O‘qituvchi – logoped uchun stol, stul – 1 komplekt.
7. Ko‘rgazmali qurollar uchun shkaf – 2 dona.
8. Stul – 10 dona.
9. Logopedik zond, shpatel – 1 komplekt.
=== Taqdimot 24 ===
Logopediya shoxobchasi ta’minlanishi lozim bo‘lgan jihozlar ro‘yxati
10. Kesma harf va bo‘g‘inlar jamlanmasi – 10 dona.
11. Devoriy harf kassasi – 1 komplekt.
12. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini tekshirishda ishlatiladigan ko‘rgazmali materiallar o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda.
13. Predmetli, mazmunli va seriyali ko‘rgazmali rasmlar o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda.
14. Daftar va o‘quv qo‘llanmalar o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda.
15. Turli maqsadda ishlatiladigan didaktik o‘yinchoqlar o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda.
16. Metodik adabiyotlar o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda.
17. Sochiq va sovun o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda.
=== Taqdimot 25 ===
Belgilanishicha, oʻqituvchi-logopedning ish vaqti yil davomida 43 ish haftasi, haftalik 36 soatni tashkil qiladi. Oʻquv jarayoni yiliga 34 hafta olib boriladi, oʻquv mashgʻulotlari haftasiga 18 soat oʻtkaziladi. Qolgan vaqt yillik shaxsiy ish rejasiga muvofiq boshqa ish turlariga ajratiladi.
=== Taqdimot 26 ===
Maktablar qoshidagi logopedik shaxobchalarda yana quyidagi qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin:
1. Fonematik malakani rivojlantirish uchun maxsus materiallar.
2. Gap tuzish uchun rasmlar va turli so‘zlar to‘plami; hikoya tuzish uchun tayanch jumlalar to‘plami; so‘zlari tushib qolgan jumlalar.
3. Turli logik grammatik qurilishga mos keladigan gaplar to‘plami.
=== Taqdimot 27 ===
4. Ayrim harflari tushirib qoldirilgan soʻzlar toʻplami; ayrim soʻzlari tushirib qildirilgan matn va hikoyalar; diktant matnlari.
5. Antonim, sinonim, omonim soʻzlar toʻplami.
6. Katta-kichik harf va sonlar toʻplami.
7. She’rlar, masallar va masallar yuzasidan tuzilgan savollar, tez aytishlar, hajviy hikoyalar.
=== Taqdimot 28 ===
8. Boshi, oʻrtasi yoki oxirgi soʻzlari tushirib qoldirilgan matnlar.
9. Predmet va harakatni ifodalovchi rasmlar, turli murakkablikdagi syujetli rasmlar.
10. Oʻqish kitobi, diktantlar toʻplami, alifbe, geografik xarita, plastinkalar toʻplami.
=== Taqdimot 29 ===
Logopedning hisoboti. Logoped o‘quv yilining oxirida qilgan ishlari yuzasidan hisobot yozadi. Hisobotda quyidagi ma’lumotlar ko ‘rsatiladi:
1. Guruhlarning komplektlashtirish vaqti (bolani guruhga kelgan vaqti).
2. Logopedik mashg‘ulotlarga jalb qilingan bolalar soni.
3. Nutq guruhlaridan chiqarilgan bolalar soni va ular nutqiga qisqacha tavsif.
4. Bolalarning qanday muassasalarga borishi haqida yoʻllanma (umumta’lim maktabi, logopedik shaxobcha, kasalxona, bolalar bog‘chasi).
5. Guruhlarga qayta qoldirilgan bolalar soni (sababi koʻrsatiladi).
6. Yil davomida turli sabablar bilan nutq guruhlaridan chiqib ketgan bolalar soni.
=== Taqdimot 30 ===
Hisobotda yana qanday logopediyaga oid targ‘ibot ishlari olib borilganligi, qanday nutq nuqsonli bolalar aniqlanganligi koʻrsatilishi kerak bo‘lgan taxminiy ish tuzilishi:
1. Bolalarning familiyasi, mashg‘ulotga kelgan vaqti.
2. Nutq nuqsonlariga qisqacha tavsif.
3. Tuzatish ishlari (tuzatish ishlari olib borilayotgan nuqson koʻrsatiladi).
4. Tuzatish ishlarining muddati.
5. Mashg‘ulotning tashkiliy shakllari.
6. Natijalar.
7. Izohlar.
=== Taqdimot 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.