INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOGOPEDIK ISHLARNI TASHKIL ETISH

4000 so'm


Inklyuziv-ta’lim-jarayonida-davlat-maktabgacha-ta’lim-tashkilotlarida-logopedik-tekshiruvni-o‘tkazish

Slayd 1

Inklyuziv ta’lim jarayonida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida logopedik tekshiruvni o‘tkazish

Slayd 2

1
Inklyuziv ta’lim jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti logopedining asosiy vazifalari.
2
Logoped ish faoliyatida bolalar nutqini tekshirishning ahamiyati.
3
Bolalar nutqini tekshirishda nutq xaritasi va anamnestik ma’lumotlar haqida tushuncha.
Reja:

Slayd 3

01
nutqining rivojlanishidagi buzilishlarni aniqlash;
02
yengil nutq buzilishlarini bartaraf etish;
03
nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni poliklinikaga yuborish;
04
tegishli ta’lim shakli va dasturini aniqlash;
05
MTT mutaxassislari bilan hamkorlik;
06
ota-onalari o‘rtasida uslubiy, tarbiyaviy ishlar olib borish;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti logopedining asosiy vazifalari:

Slayd 4

Nutq faoliyatining rivojlantirishga qo‘yiladigan talablarni aniqlash maqsadida quyidagi maxsus ishlar amalga oshiriladi:
– talaffuz malakalarini shakllantirish;
fonematik idrokni rivojlantirish;
tovush analiz va sintezi;
ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Slayd 5

01
Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar nutqini logopedik tekshirish

Slayd 6

Tekshirish texnikasi
Dastlab fiziologik eshitishning saqlanganligiga amin bo‘lish lozim. So‘ngra bolaga bir-biridan keskin farq qiladigan, shuningdek o‘xshash tovushlarni boshqa tovushlar orasidan ajratish taklif etiladi.
Masalan, unli tovushlar (a, o, u) ichidan “u” ni, undosh tovushlar (b, d) dan “d” tovushini ajratish. Masalan, bola ushbu tovushlarni eshitganida qo‘lini ko‘tarishi lozim.

Slayd 7

Bolaga quyidagi tovushlar juftini – p-b, b-p, s-sh, sh-s, r-l va boshqalarni bo‘g‘inlarni (ushbu tovushlardan tuzilgan) – sa-sha, sa-ja, da-ta, pa-ba va h.k.larni takrorlash taklif etiladi.
Bunda sirg‘aluvchi, shovqinli, jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratishga diqqat qaratiladi.
3-4 ta tovushlarni, masalan b-d-f yoki sodda bo‘g‘inlarni takrorlash (ba-pa, da-ta, va-fa) so‘raladi. Bolaga akustik va artikulyatsiya jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlardan tuzilgan so‘zlarni differensiatsiya qilishni ham taklif qilish mumkin. Masalan, sim-shim, kuz-tuz, bosh-tosh va h.k. Tekshiruvchi bu so‘zlarni aytadi va boladan shu so‘zlarga mos rasmlarni topish so‘raladi.
Tekshirish texnikasi

Slayd 8

– fonematik idroki rivojlanmagan bolalar o‘xshash tovushlarni to‘g‘ri takrorlay olmaydilar, tovushlarga mos harflarni topa olmaydilar;
– fonemalarni ajrata olmaydilar, fonematik idrokning qisman rivojlanmaganligida esa boshqalarini yaxshi ajratgan holda bir guruhdagi tovushlarni aniqlay olmaydi;
– bu qiyinchiliklar so‘zning tovush tahlili va sintezining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.
Tekshirish natijalarini tahlil qilish

Slayd 9

Diagnostik ish: logopedik xulosalarni shakllantirish, shuningdek nutq markaziga besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni ro‘yxatga olish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarining barcha yosh guruhlarini (yil boshi va oxiri) logopedik tekshiruvdan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Ushbu bolalar guruhi orasida yanvar oyida logopedining xulosalarini aniqlashtirish uchun nutqni rivojlantirishning nazorat bo‘limi o‘tkazildi. Va may oyida logopedik markaziga yozilgan bolalar o‘rtasida tuzatish ishlari natijalari chiqarildi.
O‘quv yili davomida logopedik markaz quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi: diagnostika, tuzatish va rivojlantirish, profilaktika

Slayd 10

Maktabgacha ta’lim muassasasida logopedik xizmat markazining ishi uchun pedagogik va sanitariya-gigiyena talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va bolalar bilan individual va kichik guruh mashg‘ulotlariga, ota-onalar uchun maslahatlarga javob beradigan maxsus xona ajratiladi.
Tuzatish ishlari:

Slayd 11

Ota-onalarning birgalikdagi faoliyati bilan belgilanadi.
Bola haftasiga 2-3 marotaba individual tuzatuvchi yordam oladi.
Pedagoglar, musiqa direktori, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog bilan munosabatlar juda dolzarbdir.
Profilaktik ish:

Slayd 12

Guruhga qabul qilingan bolalar mukammal logopedik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tekshiruv natijalari mashg‘ulotlar vaqtida bolani kuzatish natijalari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Bolalarni tekshirish uchun logoped o‘quv yilning ikkita birinchi haftalarini ajratadi.
Tekshirish maxsus “Nutq kartasi”da ko‘rsatilgan reja asosida o‘tkaziladi.
Logopedik tekshirish:

Slayd 13

LOGOPEDIK TEKSHIRISHDA ANAMNEZ MA’LUMOTLARINI YIG‘ISH
02

Slayd 14

Ona bilan suhbatda logoped ba’zi nasliy omillarni belgilaydi:
ota-onalarning bola tug‘ulgunga qadar salomatligining ahvoli, ularda asab-ruhiy, teri-tanosil kasalliklari, nutqiy patalogiya bo‘lganmi?
ota-onadan biri alkogolizm, yuqumli va boshqa kasalliklarga uchraganmi?
Tekshirishning asosiy bosqichida logoped bola haqidagi anamnez ma’lumotlarini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan suhbat o‘tkazadi. a) tug‘ruqqacha bo‘lgan davr

Slayd 15

onaning bola tug‘ilayotgan vaqtdagi yoshi;
homiladorlikda boshdan kechirgan kasalliklari (qizilcha, gripp, toksoplazmoz, qandli diabet, jigar, buyrak kasalliklari, angina, anemiya);
homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida shikastlanishlar, qorin yuzasida lat yeyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi bo‘lganmi?;
homiladorlik davrida dorilar bilan davolanganmi yoki yo‘qmi?
Shuningdek

Slayd 16

Homiladorlik davridagi noqulay omillarni aniqlash logopedga bu omillarni bolaning keyingi nutqiy taraqqiyotiga bevosita ta’sirini aniqlashda yordam beradi.

Slayd 17

b) tug‘ruq davri. Logoped ona bilan suhbatda tug‘ruq o‘tishining tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi:
tug‘ruqning boshlanishi vaqti – o‘z vaqtida;
homiladorlikning 8 – oyida, 7 – oyida suvning barvaqt ketishi bo‘lganmi;
tug‘ruqning uzoq davom etishi, qisqichlarning qo‘llanishi;
vakuum-ekstraktorning qo‘llanishi;
tug‘ruq faoliyatining muvofiq ta’minlovchi dorilar qo‘llash, homilani qo‘l bilan yoki kessar operatsiyani qo‘llab ajratib olish.

Slayd 18

v) tug‘ruqdan keyingi davr.
Bolaning tug‘ilgandan keyingi davrdagi somatik rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni logoped ona bilan olib boriladigan suhbat jarayonida aniqlaydi:
bolani onaga tug‘ilgandan keyin necha soat o‘tgach olib kelingan, bola ko‘krakni qanday olgan va emgan (faol, faol emas, tezda charchab uxlashi);

Slayd 19

Bola uyg‘oq vaqtida o‘zini qanday tutar edi:
tinch yoki notinch, baqiroq, yig‘loq va boshqalar; (tagiga chizilsin)
hayotining birinchi yilida – 3 yoshgacha;
pnevmoniya: ko‘k yo‘tal, dispepsiya, dizentriya kasalliklari bilan og‘riganmi? (tagiga chizilsin)
Shuningdek, bolada qandaydir tug‘ma kasalliklar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi – yurak porogi, maymoqlik va bosh jarohatlanishi bo‘lganmi? (tagiga chizilsin).
Yakuniy xulosa.

Slayd 20

Nutq xaritasi
Bolaning guruhga kelgan vaqti.
Ismi, familiyasi.
Yoshi.
Uy manzili.
Qaysi bog‘cha tomonidan yuborilgan (№,vaqti, manzili).
Ota-ona shikoyati.
Nutq shakllanishi haqidagi ma’lumot.

Slayd 21

Umumiy motorikasining holati.
Eshitishi.
Bolaning umumiy rivojlanishi.
Diqqati, ish qobiliyati.
Nutqning umumiy tomonlari (sur’ati, ovozi, artikulyatsiyasi, nafas olishi).
Artikulyatsion apparatining holati (tuzilishi, harakatlanishi).
Tovushlar talaffuzi va farqlanishi.
Nutqning tovush tarkibi analizi va sintezi.
Murakkab bo‘g‘in tarkibli so‘zlarning talaffuzi.
Nutqning grammatik qurilishi.
Lug‘ati.

Slayd 22

Logopedik tekshiruvni tugatib, individual ish rejasini tuzgandan so‘ng logoped tarbiyachiga har bir bolaning nutqi shakllanishidagi asosiy kamchiliklarni aytib va ko‘rsatib beradi (nutq kartasiga muvofiq), ayniqsa nutqi shakllanishida og‘ir kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalar bilan o‘tiladigan tuzatuvchi ta’lim mazmuni ustida to‘liq to‘xtalib o‘tadi. Logoped ta’limning turli davrlarida alohida bolalar nutqiga talablar belgilaydi.

Slayd 23

Har bir tarbiyachi bolalarning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni eshitishi, nutq buzilishlarini aniq tasavvur qilishi, tovushlarning nutqqa qo‘yishning asosiy usullarini egallagan bo‘lishi, bolalarning nutqini kuzatish hamda mashg‘ulot va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ularning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuzatish uchun qaysi bolada qanday tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlash yoki differensiatsiyalash zarurligini bilishi kerak.

Slayd 24

60,7%
38,4%
Shovqinli tovushlar (sh,j)
32,1%
Sirg‘aluvchi (s.z)
M.Yu. Ayupova tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keng tarqalganligi aniqladi:
“R” tovushi talaffuzidagi kamchiliklar

Slayd 25

2,5%
7,1%
Chuqur til orqa (q,g‘,x)
5,4%
“L” tovush talaffuzidagi kamchilik
M.Yu. Ayupova tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keng tarqalganligi aniqladi:
Til orqa (k,g)

Slayd 26

Logopedik ta’sirning vazifa va maqsadlaridan kelib chiqib, quyidagi bosqichlarga ajratishni muhim deb topildi: tayyorlov bosqichi, boshlang‘ich talaffuzda bilim va ko‘nikma (malakalar)larni shakllantirish bosqichi.

Slayd 27

Tayyorlov bosqichi. Bu bosqichning asosiy maqsadi bola diqqatini maqsadga qaratilgan logopediya ish jarayoniga qaratish. Muhim umumpedagogik masalalardan biri mashg‘ulotlar yo‘nalishini shakllantirishdir; logoped bolani ishxona jihozlariga, muhitiga o‘rgatishi zarur, chunki bolada mashg‘ulotga nisbatan uyalish, tanglik, indamaslik ba’zi hollarda hatto qo‘rquv hollari ham kuzatiladi.
Logopediyada bola bilan ishlashni quyidagi bosqichlarga ajratishni muhim deb topildi:

Slayd 28

Artikulatsion mashqlar o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan talablar:
Bola toliqib qolmasligi lozim.
Talab qilingan vaziyatni egallay bilish.
Artikulyatsion motorikani rivojlantiruvchi mashqlar.
Lab va til harakat mashqlarini birga olib borish.

Slayd 29

Kinestik sezgini, kinestik analiz va tasavvurni shakllantirishga katta e’tibor berish kerak.
Harakatlarni o‘zlashtiirush bilan birga, tovushlarni realizasiya qilish uchun logoped boshqa tovushlarga kerak bo‘lgan harakatlar ustida ishlashga o‘tadi.

Slayd 30

harakat bo‘lmaydi.
Statik mashq:
artikulyatsiya a’zolari turli hollarga keltiriladi;
Dinamik mashq:
artikulyatsiya a’zolari turli hollarda harakatga keltiriladi.
Artikulyasiya gimnastikaning maqsadi:

Slayd 31

Til uchun harakatsiz mashqlar:
Kurakcha – og‘iz ochiq holatda, keng, bo‘shashgan til pastki lablar ustida yotadi.
Nayza, ninachi – og ‘iz ochiq holatda. Uchli, uzun, zo‘riqqan qattiq til oldinga chiqariladi.
Tarnovcha – og‘iz ochiq holatda. Tilning ikki chekkasi ko‘tarilib, tarnovcha hosil qilinadi.
Qo‘ziqorin – og‘iz ochiq holatda. Tilni tanglayga yopishtirilib suriladi.
Har bir mashq 6 – 8 marta takrorlanadi.

Slayd 32

Til uchun harakatli mashqlar
Soatcha – og‘iz biroz ochiq, lablar tabassum holatida. Til uchi og‘iz burchaklari tomon galma – gal harakatlantiriladi.
Iloncha – og‘iz keng ochiq holatda. Til uzun chiqarilib, so‘ng og‘iz ichkarisiga tortiladi.
Arg‘imchoq – og‘iz ochiq holatda. Tarang til yuqoriga hamda pastga burun va iyak tomon yoki yuqori va pastki tishlar tomon harakatlantiradi.
Futbol, konfetni yashir – og‘iz yopiq holatda. Til o‘ng va chap lunjlarga uriladi.

Slayd 33

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 34

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOGOPEDIK ISHLARNI TASHKIL ETISH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar