Hujayra irsiyatining o’zgarishiga olib keladigan jarayonlar
8000 so'm

Slayd 1
Hujayra irsiyatining o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar
Slayd 2
Gen muhandisligi maqsadi – rekombinant DNK yaratish va shu asosda chuqurlashdi. Xromosoma tarkibi DNK va oqsildan iboratligi aniqlandi. Bu organizm uchun foydali yangi belgilarni va xususiyatlar hosil qilishdir. davrda ko‘pchilik olimlar irsiyatning asosi oqsil deb tushunar edilar.
Slayd 3
Transformatsiya.
Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo‘lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga «transformatsiya» deb ataladi.
Slayd 4
Pnevmokokklardagi transformatsiya hodisasi 1928-yili ingliz bakteriologi F. Griffi t tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi pnevmokokklarning ikki xil – S- va R-shtammlari ustida o‘tkazilgan.
Slayd 5
Pnevmokokk bakteriyasining S-shtammi maxsus qo‘shimcha kapsulaga ega bo‘lib, sirti silliq, R-shtammda esa kapsula bo‘lmaydi va sirti g‘adir-budur (S – inglizcha smooth – silliq, R – inglizcha rough – g‘adir-budur). S-shtamm bakteriyaning kapsulasi sichqon organizmi immun sistemasi ta’sirini o‘tkazmaganligi sababli, u kasallik qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o‘ladi.
Slayd 6
R-shtamm esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtammlar bilan yuqtirilgan sichqonlar nobud bo‘lmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi S-shtamm qizdirilganda ular o‘ladi va o‘ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga yuborilganda sichqonlarda kasallik paydo bo‘lmaydi.
Slayd 7
Sichqonlarga qizdirish natijasida o‘lgan bakteriyalar S-shtammi bilan kasallik qo‘zg‘atmaydigan R-shtammga kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qo‘shib yuqtirilganda sichqonlarning o‘lishi kuzatilgan. O‘lgan sichqonlarda bakteriyalarning S-shtammi topilgan.
Slayd 8
Pnevmokokkning S-shtammidan qandaydir modda R-shtammga o‘tishi natijasida R-shtammning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya hodisasi ro‘y bergan. Lekin F. Griffi ts S-shtamm bakte riya larning qanday moddasi irsiy axborotni tashib yurishini bila olmagan.
Slayd 9
1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffi ts tajribasini qaytadan takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar. Ular pnevmokokk bakteriyalarning 2 xili streptomitsinga chidamli va chidamsiz shtammlari ustida tajriba olib bordi.
Slayd 10
Transduksiya. Transduksiya jarayoni 1952-yilda N. Jinder va F. Lederberg tomonidan kashf etilgan. Bu kashfi yotga qadar bakteriya hujayrasiga fagning irsiy materiali (nuklein kislota) kirganda faglar ning hujayrada ko‘payishi oqi batida bakteriyaning hujayra qobig‘i yorilib o‘lishi, ya’ni lizis bo‘lishi ma’lum edi, xolos. Bu jarayon faglarning litik reaksiyasi deb ataladi. Bunda bakteriya hujayrasiga kirgan faglar 37°C da, 15–60 daqiqa ichida litik siklga kiradi.
Slayd 11
Fag nobud bo‘lgan hujayradan sog‘lom hujayraga o‘tayotganida nobud bo‘lgan bakteriya xromosomasining biror bo‘lagini o‘zi bilan birga olib o‘tkazishi mumkin. Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o‘tishiga transduksiya deyiladi. Faglar orqali ikkinchi bakteriya hujayrasiga o‘tgan genlar bu bakteriyaning irsiyatini o‘zgartiradi
Slayd 12
Konyugatsiya (lot. conjugatio – «qo‘shilish» degan ma’noni anglatadi).
Bakteriyalarda konyugatsiya ja rayo ni bir bakteriya hujayrasidagi ge netik materialni ikkinchi bakteriyaga olib o‘tkazish usuli bo‘lib, bunda ikkita bakteriya ingichka ko‘prikcha bilan bog‘lanadi va shu ko‘prikcha orqali bir hujayra (donor)dan boshqasi (retsipiyent)ga DNKning bir ipi o‘tadi. Retsipiyentning irsiy xususiyatlari DNK bo‘lagida uzatilgan genetik axborot miqdoriga qarab o‘zgaradi
Slayd 13
Savol va topshiriqlar:
Transformatsiya jarayonida tashqaridan kirgan DNK molekulasi mutatsiya hosil qila oladimi?
Qanday hodisalar bakteriya hujayrasini fag tomonidan lizis qilinishidan saqlab qolishi mumkin?
Transduksiya jarayoni qanday kechganda bakteriyada mutatsiya bo‘lmaydi?
Transduksiyada faglar qanday rol o‘ynaydi?
Konyugatsiya jarayonining mohiyatini izohlang.
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.