GLOBAL JARAYONLAR VA BARQAROR TARAQQIYOT

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
GLOBAL JARAYONLAR VA BARQAROR TARAQQIYOT
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati.
2. Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari.
3. Global jarayonlarning tasnifi. Migratsiya va urbanizatsiya barqarorlik va beqarorlik omili.
4. Pandemiya – XXI asrning global muammosi. Global makonda axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va virtual haqiqiylikning mutanosibligi.
=== Taqdimot 3 ===
Globallashuv
Globallashuv (lot. globus – yer kurrasi) jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
Globalistika
Globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
=== Taqdimot 4 ===
Barqaror taraqqiyot
Ekologik o‘lchov: resurslarning takrorlanishi;
Iqtisodiy o‘lchov: samaradorlik, o‘sish;
Ijtimoiy o‘lchov: tenglik.
=== Taqdimot 5 ===
Globallashuvni ancha keng-davlatlararo va hududlararo munosabatlarning kengayishi bilan bog‘liq hodisa sifatida talqin etuvchi olimlar uni Sharq va G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning kengayishini ta’minlagan Buyuk Ipak yo‘lining shakllanish davri bilan bog‘laydi.
Globallashuv jarayonining boshlanishi va sabablari – yangi hodisa emas
=== Taqdimot 6 ===
Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu dardi-dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
=== Taqdimot 7 ===
Globallashuv hodisasining “tug‘ilishi” ni esa XX asr ikkinchi yarmi bilan bog‘lash to‘g‘riroq bo‘ladi. Aniqrog‘i, “globallashuv” tushunchasining paydo bo‘lishi va keng iste’molga kirishi 1983-yili e’lon qilgan maqolalaridan birida “globality” so‘zini qo‘llagan amerikalik sotsiolog R. Robertson nomi bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 8 ===
Iqtisodiy yondashuv globallashuvni mehnat, kapital, tovar va xizmatlarning umumjahon bozori taraqqiyoti bilan bog‘laydi.
Ekologik yondashuv globallashuvni yer sayyorasidagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi va shunga muvofiq iqtisodiy taraqqiyotning chegarasini belgilash bilan bog‘liq ravishda talqin etadi.
Siyosatshunoslik nuqtayi nazaridan yondashgan mutaxassislar jahonda yangi tartibotning o‘rnatilishi bilan bog‘liq global siyosiy jarayonlar, globallashuv va aksilgloballashuv, globallashuv va hududchilik ziddiyatlarini tadqiq etadi.
Globallashuvga yondashuvlar:
=== Taqdimot 9 ===
Globallashuvning asosiy belgilari mavjud:
Xalqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi xalqaro kapital aylanmasi va uning yo‘lidagi to‘siqlarning bartaraf etilishi, elektron kommunikatsiya inqilobi natijasida moliyaviy munosabatlarda sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar, transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tashkil topishi. Globallashuvning asosiy jihatlari dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab yetishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishida namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 10 ===
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda “globalistika” atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Globalistika tushunchasi
=== Taqdimot 11 ===
Barqaror taraqqiyot tushunchasi G.X. Brundtland tomonidan ilk marta qo‘llanilgan. Bunda iqtisodiyotning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash insonning atrof-muhit (biosfera) bilan o‘zaro harakatda rivojlanishi bilan qay darajada kelishilganligiga bog‘liq. Makro-mezo va mikro darajada ijtimoiy ekologik-iqtisodiy tizimlar barqaror rivojlanishiga o‘tish – umuman, iqtisodiyot, soha, korxona darajasida – yangi huquqiy normalar, yangi boshqaruv tizimini talab etadi.
Barqaror taraqqiyot tushunchasi
=== Taqdimot 12 ===
Bu jamiyatning hamjihatligini va uning a’zolarini umumiy maqsadlarga erishish uchun birgalikda hamkorlik qilishda qo‘llab-quvvatlash qobiliyatini saqlab turadigan narsa, sog‘liq va farovonlik, etarli ovqatlanish va boshpana, o‘zini namoyon qilish va o‘ziga xoslik uchun shaxsiy ehtiyojlarini qondirish bilan parallel ravishda siyosiy majburiyatlarni belgilab olishlari hisoblanadi.
Ijtimoiy barqaror rivojlanish
=== Taqdimot 13 ===
Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuv jarayonining ijobiy jihatlariga quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Davlatlar o‘rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayganligi, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarning ortishi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi;
2. Global kommunikatsiya tarmog‘ining vujudga kelganligi, axborotlar almashinuvining tezlashuvi inson manfaatlari uchun ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ixtiro va tadqiqotlarni yuqori sur’atlar bilan o‘sishiga olib keldi, yoki bu ham jamiyatning global axborotlashuvi ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining o‘zagini tashkil etmoqda;
=== Taqdimot 14 ===
3. Iqtisodiy globallashuv, turli davlatlarda, qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishi, transmilliy korporatsiyalar hududlarga tez kirib kelishi bilan xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi hamda bugungi kunda mahalliy biznesga jiddiy qo‘shimcha bo‘lib, minglab odamlarni ish bilan ta’minlash va shu orqali ijtimoiy muammolar hal etiladi; 4. Tamadduni taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytiradigan jihatlari qatorida insoniyat hayot faoliyatining o‘ta muhim tarmoqlarida xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi turli xalqaro tizimlarning paydo bo‘lishi, tamadduni muammolarni hal etish, mamlakatlarning umumjahon tartibot asosida yagona hamjamiyatiga integratsiyalashuv imkonini beradi. (BMT, YUNESKO, MAGATE, Interpol, SHXT, Jahon banki kabi tashkilotlar faoliyatlari).
=== Taqdimot 15 ===
Globallashuv sharoitidagi axborot almashuvining tezlashishi va erkinlashishi (internet, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish natijasida) yoshlarni shakllantiruvchi jamiyatning madaniy-ma’naviy sohalariga ta’sir o‘tkazib, ulardagi muayyan o‘zgarishlarga olib keladi, ularning ma’naviy-axloqiy, psixologik qiyofasiga jiddiy ta’sir o‘tkazib yoshlarning vatanga, ota-onaga bo‘lgan muhabbat oila muqaddasligi hamda kattalarga bo‘lgan hurmat his-tuyg‘ularning yo‘qolishiga olib kelishi;
Globallashuvning salbiy jihatlari quyidagilarda ifodalanadi
=== Taqdimot 16 ===
Umum tamadduni globallashuv jamiyatning madaniy-ma’naviy sohalarga ta’sir o‘tkazib, ulardan muayyan o‘zgarishlarga olib keladi, milliy an’anaviy va qadriyatlarning yo‘qolib ketishiga milliy madaniyatlarning kam sonli xalqlarning o‘z tilini unutishi, hattoki yo‘qolib ketishi holatlarini yuzaga keltirishi;
Yetakchilikka da’vogar mafkuralarning rivoji, xalqaro tashkilotlar sonining tez sur’atlar bilan o‘sishi, manfaatlar yo‘lida jahon bozorini egallash, xom ashyo va energiya zaxiralaridan foydalanish uchun butun dunyoda demokratik boshqaruv tamoyillari niqobi ostida uni joriy etish, inson huquqlarini himoya qilish yoki terrorizmga qarshi kurash niqobi ostidagi xom-ashyo zaxiralariga boy hududlarga ta’sir o‘tkazish, buning oqibatida iqtisodiy o‘sishni ko‘zlab daromad orqasidan quvish, natijadagi tarbiyatga texnogen ta’sirining ortishiga olib kelmoqda.
=== Taqdimot 17 ===
axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuz berayotgan tub sifatiy o‘zgarishlar;
davlatlarning investitsiya sohasida olib borayotgan yangicha siyosati;
innovatsion ta’limning qamrovlik darajasining oshib borishi;
jahonda dunyoviy tartibning o‘zgarishi natijasida mavjud borliqqa nisbatan yangicha dunyoqarashning vujudga kelishi;
Globallashuv jarayonlarining manbai deb, ularning kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan omillarga aytiladi
=== Taqdimot 18 ===
Texnologiya sohasida dunyo miqyosida mahsulotlar ishlab chiqarishni monopollashtiruvchi moliyaviy jarayonlarni keltirib chiqarayotganligi, xalqaro maydonda moliyaviy kompyuter tarmog‘i orqali dunyoning bir burchagidan boshqasiga istalgan miqdorda mablag‘ning o‘tkazilishi, xalqaro maydonda raqobatni rivojlantiruvchi metatexnologiyalarning rivojlanishi (kosmik yo‘ldosh, kompyuter, uyali telefon, internet va h.k.) bilan belgilanishi;
Ekologiya sohasida, iqtisodiyotning rivoji uchun yer resurslari (energetik va xom ashyo zaxiralari)dan foydalanish, buning evaziga insoniyat hayotiga xavf tug‘dirayotgan tabiat va atrof-muhit holatining keskin yomonlashuvi, biosferaga texnogen ta’sirlarning kuchayishi, jonivor va o‘simlik turlarining yo‘qolib ketishi;
=== Taqdimot 19 ===
Iqtisodiyot sohasida, dunyo miqyosida transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida savdo va xizmatlarning jadallashuvi;
Madaniy sohada, ommaviy madaniyatning rivojlanishi, ayniqsa, musiqa, kino, teatr, shou-ko‘rsatuvlar, kiyinish, ommaviy-axborot vositalari faoliyatlarining bir xillashuvi, turli xalqlar madaniyatining o‘zaro ta’siri, bir-birini boyitishi tufayli madaniyatlararo aloqalarning mustahkamlanishi va yangi zamonaviy an’analarning shakllanishi.
=== Taqdimot 20 ===
Ko‘chish degan ma’noni bildiradi, ya’ni odamning doimiy yoki vaqtinchalik yashash uchun bir hududdan ikkinchi bir hududga ko‘chishini bildiradi.Migratsiya ichki migratsiya va tashqi migratsiyaga bo‘linadi. Ichki migratsiya – aholining mamlakat ichkarisida, uning rayonlari o‘rtasida yoki qishloq joylardan shaharlarga ko‘chib yurishi. Tashqi migratsiya – mamlakatdan ko‘chib ketish (migratsiya) yoki mamlakatga ko‘chib kelish (immigratsiya).
Migratsiya
=== Taqdimot 21 ===
1. Oilaviy va boshqa sabablarga ko‘ra, doimiy yashash maqsadida bir davlatdan ikkinchi davlatga ketgan muhojirlar. 2. Migrant-mehnatkashlar. 3. Noqonuniy muhojirlar. 4. Qochoqlar. 5. Talabalar, stajyor-tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar. 6.Turli maqsadda ko‘chib yuruvchilar-turistlar, dam oluvchilar, anjumanlarga qatnashuvchilar va h.k.
XXI asr boshlarida dunyo hududlarida xalqaro migratsion jarayonlar kuchaydi. Mutaxassislar bu jarayonda ishtirok etayotgan aholini asosan olti guruhga ajratganlar:
=== Taqdimot 22 ===
“Urbanizatsiya” so‘zi lotin tilida shahar ma’nosini anglatib, mamlakat (mintaqa) aholisi tarkibidagi shahar aholisining salmog‘i orqali o‘lchanadi.Bu migratsiya jarayonlari, yer boshqaruvi samaradorligi, shaharni rejalashtirish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy qurilishi masalalarini o‘z ichiga olgan bir qator masalalar va harakatlar bo‘lib, shahar aholisining o‘sishi bilan birga keladi. Urbanizatsiyaning asosiy maqsadi shaharlarning kompleks rivojlanishi hisobiga barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishdan iborat bo‘lib, ular mehnat va sarmoya resurslariga jozibador bo‘ladi.
Urbanizatsiya
=== Taqdimot 23 ===
Epidemik kasallikning bir mamlakat, bir necha mamlakat, qit’a yoki kontinentda yoppasiga tarqalishi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yo‘li bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos.
COVID-19 pandemiyasi -, ya’ni og‘ir o‘tkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasidir.
Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.
Pandemiya
=== Taqdimot 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“GLOBAL JARAYONLAR VA BARQAROR TARAQQIYOT” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar