=== Taqdimot 1 ===
Gerontopsixologiya
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.
Biologik keksayish.
Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.
Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari.
=== Taqdimot 3 ===
Gerontopsixologiya (yunoncha geron — qari, keksa va psixologiya) —gerontologiya va yosh psixologiyasi sohasi. Umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va fe’lining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Garchi olimlar kishilarda keksayish tufayli paydo bo‘ladigan ruhiy xususiyat va o‘zgarishlarga avvaldan qiziqib kelsalar-da, Gerontopsixologiya alohida fan sohasi sifatida XX asrning 2-yarmidagina shakllana boshladi.
=== Taqdimot 4 ===
Gerontopsixologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan Stenli Xoll asoslagan bo‘lsa-da, lekin bu yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida Mark Tulliy Sitseron («Keksayish haqida» asarida), I.I.Mechnikov («Optimizm etyudlari» kitobida), O‘rta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida falsafiy fikr va mulohazalarni bildirganlar. Amerikalik psixolog Stenli Xoll (1846—1924) «Keksayish» monografiyasida amaliy va metodologik ahamiyatga molik qator g‘oyalarni ilgari surgan. O‘sha asar keng ilm ahli ichiga tez yoyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga ko‘paymadi.
=== Taqdimot 5 ===
XX asrning 30-yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy-biologik tadqiqotlarning ko‘payishi, Shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo bo‘lishi psixogerontologiyaning rivojlanishiga birmuncha ta’sir ko‘rsatdi. Ana shu tariqa keksayishga tibbiy, ijtimoiy jihatdan yondashish bilan bir qatorda psixologik jabha jihatidan yondashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu soha bo‘yicha ingliz tilida maxsus jurnallar chiqa boshladi.
=== Taqdimot 6 ===
Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyutsiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gerontologiya — grekcha so‘z bo‘lib, keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyutsiya tushunchasi evolyutsiyaning teskarisi bo‘lib, o‘sishdan orqaga qaytishni ifodalaydi. Gerogigiena keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasidir. Geroinigina keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi.
=== Taqdimot 7 ===
Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyutsion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. D.Bromley insonning qidirish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi:
1) «Ishdan, xizmatdan uzoqlashish» (iste’fo) — 66-70 Yosh;
2) Keksalik (70 va undan katta Yosh);
3) Munkillagan keksalik (xasta keksalik va o‘lim) — maksimum 110 Yosh.
=== Taqdimot 8 ===
Shu bilan birga keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni;
2) o‘ziga xoslik qonuni;
3) xilma-xillik qonuni.
=== Taqdimot 9 ===
I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozish, faol, harakatchan odamlar bo‘lib, havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasalliklardan holi bo‘ladilar. Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928-yilda umr o‘tishi bilan ko‘ruv apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967-yilda amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan o‘tkazdi va inson keksayishi bilan retseptor apparatining optik funksiyasi zaiflashadi, ko‘ruv sezgisi va idrokini xiralashtiradi.
=== Taqdimot 10 ===
Psixogerontologik nuqtai nazardan sezish vaqtini rad qilgan E.N.Sokolov, E.I.Boyko, A.R.Luriya sezish vaqti yosh davrining informatsion stimul funksiyasidan boshqa narsa emas, deya xulosa chiqaradilar. Ular sezish vaqtining egri chiziqli ko‘rsatkichlarini sxema tarzida ishlab chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar.
=== Taqdimot 11 ===
Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologik xususiyatlarini o‘rganishda ko‘proq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar o‘z maqsadi, mohiyati hamda tizimiga binoan bir nechta ko‘rinishga ega:
Maqsadga yo‘naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar — imtihon — sinov varaqasi;
Insonning aql-zakovatini o‘lchashga moslashtirilgan aql testlari;
Inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo‘ljallangan testlar;
Inson iste’dodi, iqtidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga qaratilgan testlar.
=== Taqdimot 12 ===
Asab sistemasining qarishi V.D.Mixaylova-Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologik va gistologik tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi o‘zgarishi o‘rganilgan bo‘lib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan.
=== Taqdimot 13 ===
Keksalik davrida miyaning og‘irligi 20-30% egallashadi:
Bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida disproporsiya kuchayadi;
Keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va yetuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3-4 ta yo‘l qisqaradi;
Miyaning zichligi ortadi.
Makroskopiya ma’lumotlariga ko‘ra:
=== Taqdimot 14 ===
Nerv hujayralarining umumiy miqdori kamayadi, bu o‘zgarish qobig‘ining III-V zonalarida aniq bilinadi;
Purkine hujayralarining miqdori keskin kamayadi, hujayralarning yo‘qolishi yetuk kuyishlilari nisbatan 25 % ko‘p bo‘ladi;
Nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi;
Nerv tolalari yo‘g‘onlashadi;
Xabar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi.
Mikroskopiyaning natijalariga binoan:
=== Taqdimot 15 ===
Keksayish davri 61 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu yoshdagi kishilar shaxslararo munosabatlarda boshqa yoshdagi kishilardan ajralib turadi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar;
Nafaqaga chiqqan erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalar.
Keksalik davri 75 -90 davrlarni o‘z ichiga oladi. Keksalar jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar guruhiga ajratish mumkin.
=== Taqdimot 16 ===
Biologik qarish, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Sezgi organlari zaiflashadi, asab tizimi kuchsizlanadi. Ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash hamda ongni biror bir obyektda uzoq muddat ushlab turish qiyinlashadi.
=== Taqdimot 17 ===
Grekov so‘z metodi assotsiatsiyasi asosida xotira jarayonining xususiyatlarini o‘rgangan. Uning ma’lumotlari quyidagicha:
70 dan 80 gacha bo‘lgan keksalarda xotira (mexanik xotira) zaiflashadi;
70 dan 80 gacha bo‘lgan keksalarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi;
Obrazli xotira zaiflashadi;
70-89 gacha yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki aloqadorligi yotadi;
Uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi;
90 yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi;
Xotiraning obrazli-hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi.
=== Taqdimot 18 ===
Gerontopsixologiyaning asosiy vazifasi kishilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topishdir. Inson qarigan paytida aqlan zaiflik va organizmning ba’zi a’zolarining ishlash faoliyatida sustlik hamda harakatlanishda sustlik kuzatiladi.
Xulosa
=== Taqdimot 19 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Please keep this slide for attribution
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.