Geometrik chizmachilik
4000 so'm

Slayd 1
Geometrik chizmachilik
Slayd 2
Ish joyini tashkil qilish
1
Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari
Reja:
2
3
Chizma buyumlari asboblari va moslamalari
Slayd 3
Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari
Chizma bu – maxsus chizma asboblari yordamida ma’lum qonun va qoidalar asosida bajarilgan tasvir bo‘lib, u bizga buyum haqida, ya’ni uning ichki va tashqi tuzilishlari, o‘lchamlari bo‘yicha to‘la ma’lumot beradigan hujjatdir. Hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizma alohida o‘rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi.
Slayd 4
1
Chizma qog‘ozlari, millimetrli qog‘oz, kalka
Chizmalarni bajarish uchun quyidagi buyum, asbob va moslamalar bo‘lishi zarur:
2
Chizma taxtasi, chizg‘ich, uchburchakliklar, transportir
3
Qalamlar, o‘chirg‘ich, qadoqlar (knopkalar)
Slayd 5
Chizma qog‘ozlari
Chizmaning sifati, uning tashqi ko‘rinishi, shuningdek, chizmani bajarish uchun sarflanadigan vaqt, chizma uchun ishlatiladigan qog‘ozning xususiyatiga bog‘liq. Barcha ishlab chiqarish tashkilotlarining konstruktorlik byurolarida va chizmachilikka bog‘liq bo‘limlarida, shuningdek, o‘quv yurtlarida quyidagi asosiy chizma qog‘ozlari: oq chizma qog‘ozi, millimetrli qog‘oz (millimetrovka) va kalkadan foydalaniladi.
Slayd 6
Chizma qog‘ozi
Qalin, silliq oq qog‘oz bo‘lib, unda qalamda chizilgan qismlarini bir necha marta o‘chirish mumkin. Bunday qog‘ozlarda tushda chizilgan chiziqlar yoyilib ketmaydi.
Slayd 7
Oq chizma qog‘oz
GOST 597-56 ga muvofiq В va О markalarda ishlab chiqariladi va list (varaq) ko‘rinishida A4, АЗ, A2, A 1, A 0 formatlarda kesilgan bo‘ladi. Ba’zan metrli rulon holida ham sotuvga chiqariladi. So‘nggi paytlarda A3 formatda kesilgan, papkaga solingan 10 varaqdan iborat chizma qog‘ozi chiqarila boshlandi.
Slayd 8
Slayd 9
Chizma formati, o‘lchami (mm), tavsifi
A0
A1
A2
A3
A4
A5
841 × 1189
Eng katta format, ko‘p chizmalar uchun asos
420 × 594
Detallashgan chizmalar uchun mos
210 × 297
Eng ko‘p ishlatiladigan format
594 × 841
Yirik chizmalar
297 × 420
O‘rta o‘lchamli chizmalar
148 × 210
Kichik eslatma yoki sxemalar uchun
Slayd 10
B
В markali qog‘oz yuqori sifatli bo‘lib, unga uzoq vaqt saqlanadigan muhim chizmalar chiziladi.
Slayd 11
O
O markali qog‘ozdan esa uzoq vaqt saqlash talab qilinmaydigan chizmalar konstruktorlik byurolarida va o‘quv yurtlarida chizishda foydalaniladi.
Slayd 12
Millimetrli qog‘oz
GOST 334-56 ga muvofiq rulon yoki varaq ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Millimetrli qog‘ozdan diagramma, sxema va turli grafikalarni, shuningdek, detallarning eskizlarini chizishda foydalaniladi.
Slayd 13
Kalka
Kalka yupqa shaffof qog‘oz bo‘lib, GOST 892-47 ga asosan rulon ko‘rinishida ishlab chiqariladi. GOST 1111-61 ga asosan U v a D markali qalambop kalkalar ham ishlab chiqariladi. Bu kalkalarda chizmalar to‘g‘ridan to‘g‘ri qalam bilan chiziladi. Kalka chizmaning asl nusxasidan ko‘chirib olishda va ko‘chirilgan asl nusxalardan ko‘plab nusxalar ko‘paytirishda ishlatiladi.
Slayd 14
Qalamlar
Chizmalar chizish uchun turli xil qattiqlikdagi qalamlar to‘plami (komplekti) bo‘lishi kerak. Qattiq, o‘rta qattiqlikdagi va yumshoq qalamlar bo‘ladi. Rossiyada ishlangan qattiq qalamlar T, o‘rta qattiqlikdagi TM va yumshoq qalamlar M harflari bilan belgilanadi.
T va M harflar oldiga qalamning qattiqlik va yumshoqlik darajasining ortib borishini ko‘rsatuvchi raqamlar qo‘yiladi. Chizmalarni bajarishda “Konstruktor” markali turli qattiqlikdagi qalamlar ishlatiladi. Shuningdek, chizmachilik ishlarida H, В va HB (o‘rta qattiqlikdagi) markali chet el qalamlari ham ishlatiladi.
Slayd 15
Chizma chizig‘ini aniq va chiroyli bo‘lishi qalamni to‘g‘ri tanlashga va uni ushlashga bog‘liq. Chizish uchun qalamni tanlashda chizma bajaradigan qog‘ozning pishiqligiga e’tibor beriladi. Qog‘oz qalin va pishiq bo‘lsa, chiziladigan va chiziqni yo‘g‘onroq qilib qoraytirish uchun ishlatiladigan qalam qattiqroq, yumshoq qog‘ozga yumshoqroq qalam ishlatiladi. Agarda qalam noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, chizma titilgan, bo‘yalgan va aniqmas bo‘lib chiqishi mumkin. Hozirgi vaqtda turli qattiqlikdagi va yumshoqlikdagi sterjenli qalamlar sotuvga chiqarilmoqda. Ulardan ham foydalanish mumkin.
Slayd 16
Yog‘och va mexanik qalamlar
Qalamlar
1
2
Slayd 17
O‘chirg‘ich
Qalam izini o‘chiradigan o‘chirg‘ich yumshoq bo‘lishi kerak. Noto‘g‘ri tanlangan o‘chirg‘ich qog’ozda iz qoldiradi va chizmaning ko‘rinishini buzadi. O‘chirg‘ichdan foydalanganda bir tomonga yo‘naltirib o‘chiriladi. Aks holda qog‘oz titilib, uning yuzasi buziladi.
Slayd 18
O‘chirg‘ichlar
Slayd 19
Chizg‘ich. Chizg‘ich qalam bilan to‘g‘ri chiziqlami chizish uchun ishlatiladi.
Chizma taxtasi. Chizma taxtalari GOST 6671-85 ga muvofiq chizma qog‘ozining АЗ, A2, A1 formatlariga mo‘ljallanib, yumshoq daraxt navlaridan tayyorlanadi.
Chizg‘ichlar
Lekalolar. Sirkul yordamida chizib bo‘lmaydigan egri chiziqlarni chizish uchun lekalolar ishlatiladi
Slayd 20
Chizmani sifatli va unumli chizish uchun chizma qog‘ozini chizma taxtasiga mahkamlash zarur. Avval chizma qog‘ozining yuqoridagi chap burchagi bitta qadoq bilan mahkamlanadi. So‘ngra qog‘ozning yuqori chetiga reysshina qo‘yiladi. Chizma qog‘ozining yuqori chetki chizig‘i reysshinaning qirrasiga parallel bo‘lguncha buriladi va yuqoridagi o‘ng burchagi, keyin chap burchagiga qadoq qadaladi. Shundan so‘ng qog‘ozni tarang tortib, pastki o‘ng burchagi, keyin chap burchagi ham qadoq yordamida mahkamlanadi. Ishlashga qulay bo‘lishi uchun chizma taxtasi stol ustida biroz qiya joylashishi kerak. Buning uchun chizma taxtasining ostiga biron narsa yoki taxtadan yasalgan maxsus og‘ma burchakli taglik qo‘yiladi.
Chizma taxtasi
Slayd 21
Uchburchakliklar
Uchburchakliklar chizmalar chizishda zarur bo‘lgan asboblardan hisoblanadi. Ular yordamida perpendikulyar va parallel chiziqlami aniq va tez o‘tkazish mumkin. Ular to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklida yog‘ochdan, plastmassadan va selluloiddan ishlab chiqariladi. Chizmalar chizishda o‘tkir burchaklari 45° li hamda 30° va 60° li ikkita uchburchaklik bo‘lishi kerak.
Slayd 22
Chizma taxtasi, uchburchakliklar
Slayd 23
Reysshina
Reysshina uzun chizg‘ichdan va unga to‘g‘ri burchak ostida ikki qavat qilib mahkamlangan 2 ta kalta planka (yupqa taxtachalar) dan iborat.
Slayd 24
Reysshina
Reysshinadan to‘g‘ri va unumli foydalanish uchun uning plankasi chap qo‘l bilan chizma taxtasining chap qirrasiga jipslashtiriladi. O’ng qo‘l bilan reysshinaning chizg‘ichi chizma qog‘oziga bosiladi, so‘ngra chap qo‘l bilan reysshinaning dastlabki vaziyatini saqlagan holda gorizontal (yoki og‘ma) chiziq o‘tkaziladi. O‘tkazilgan chiziqqa parallel chiziqlar yasash uchun reysshinaning plankasi chap qo‘l barmoqlari bilan chizma taxtasining chap qirrasiga jips bosilgan holda pastga yoki yuqoriga siljitiladi, so‘ngra chiziq o‘tkaziladi. Chizmani reysshina yordamida bajarish ishni keskin tezlashtiradi va yasashda aniqlikni ta’minlaydi.
Slayd 25
Reysshinalar
Slayd 26
Lekalolar
Lekalolar yupqa fanyerdan yoki plastmassadan yasaladi. Odatda, egri chiziqning topilgan nuqtalari qo‘lda qalam bilan ingichka chiziq yordamida birlashtiriladi. Egri chiziq ravon bo‘lishi uchun lekalo qirrasi chiziladigan egri chiziqning 3—4 nuqtasini, mos ravishda, 1,2,3 ga to‘g‘ri keladigan qilib qo‘yiladi
Egri chiziqning qolgan qismini chizish uchun lekalo qirrasi navbatdagi 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 nuqtalarga to‘g‘ri keladigan qilib qo‘yiladi. So‘ngra bu nuqtalar tutashtiriladi. Keyin barcha nuqtalami birlashtiruvchi ingichka chiziq ustidan qalam yoki tush bilan yurgizib chiqiladi.
Slayd 27
Lekalolar
Slayd 28
Qadoqlar (knopkalar)
Qadoqlar chizma qog‘ozi listni chizma taxtasiga mahkamlash uchun ishlatiladi.
Slayd 29
Gotovalnya
Gotovalnya g‘ilofga joylashtirilgan chizma asboblari to‘plamidan iborat bo‘lib, u GOST 6100-68 ga asosan ishlab chiqariladi. O‘quv yurtlarida У10, У11 va У14 markali gotovalnyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Slayd 30
Turli burchaklarni o‘lchash yoki yasash uchun transportirdan foydalaniladi.
Transportir
Slayd 31
Chizmachilik ko‘p mehnat talab qiladigan fan. Shuning uchun chizmachilik bo‘yicha ishni shunday tashkil qilish kerakki, kam mehnat sarflab chizmani samarali bajarish imkoniyati yaratilsin. Buning uchun avvalo chizma bajariladigan joyning ozoda va tartibli bo‘lishini ta’minlash lozim. Asboblar va buyumlar toza hamda kerakli joyda saqlanishi kerak, chunki bajarilayotgan chizmalarning sifati ko‘p hollarda buyumlar va asboblarning sifatiga va ulardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. Asbob va buyumlarni quruq holda, yuqori harorat bo‘lmaydigan joyda saqlash kerak. Chizg‘ich, uchburchakliklar va reysshinani deraza va pechkadan uzoqroq joyda osig‘liq holda saqlash maqsadga muvofiqdir. Chizmachilik xonalarida asboblarni chizma doskasining o‘ng yoniga joylash lozim.
Ish joyini tashkil qilish
Slayd 32
Ishni boshlashdan avval va keyin chizma asboblari, chizma taxtasi yumshoq latta bilan artiladi. Chizma qog‘ozi ham tekshirilib kо‘riladi. Qog‘oz varag‘i g‘ijimlangan, bukilgan va shuningdek, unga dog‘ tushgan bo‘lmasligi kerak. Uning sifatini tekshirish uchun unga qalam yurgizib, so‘ngra o‘chirib ko‘riladi, o‘chirg‘ichda u titilmasligi lozim. Chizish jarayonida ham qog‘oz kirlanmasligi uchun qo‘l hamda chizma doskasi va asboblar tez-tez tozalab turiladi. Chizmani bajarayotgan vaqtda xat yozayotgan vaqtdagidek stolga nisbatan shunday o‘tirish lozimki, ko‘z bilan chizma qog‘ozi orasidagi masofa 25 mm dan kam bo‘lmasligi kerak va yorug‘lik chizmaga chap tomondan hamda yuqoridan tushib tursin.
Slayd 33
Asboblarni tushib ketishdan va zarbdan saqlash kerak. Sirkulning ignali uchi yetarli darajada o‘tkir bo‘lishi, shuningdek, qalamli oyoqchalarining holatini kuzatib turish lozim. Agarda ular o‘tmaslashsa yoki ikki oyoqchasi jipslashmasa, sirkulni tuzatish lozim. Sifatli chizmalar yaxshi ishlaydigan asboblar yordamida bajariladi. Asboblarni maxsus qutichada yoki gotovalnya g‘ilofida saqlash maqsadga muvofiqdir.
Slayd 34
Mashhur aviakonstruktorlardan biri K. Antonov “Aqlli” qo‘l mehnati kelajakda ham zarur. Har qanday avtomat robotlar va mantiqiy mashinalar insonda vujudga keladigan ilmiy tafakkurni almashtira olmaydi. Aksincha, texnika qanchalik rivojlanib borgan sari insonda shakllanib boradigan, uning o‘ziga xos nozik “zargarlik” ishi bo‘lgan chizmani bajarish bilimi, shuningdek, mehnatsevarlik, sabr-qanoat, ixtirochilik shunchalik zarur” degan edi.
Slayd 35
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 36
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.