Generativ organlar masala va mashqlar yechish
4000 so'm

Slayd 1
O‘simliklarning generativ organlari yuzasidan masala va mashqlar yechish.
Slayd 2
Darsning maqsadi: O‘simliklarning generativ organlari haqida bilimga ega bo‘lib, masala va mashqlarni tuza olishi va yechishni o‘rganish.
Darsning jihozi: uslubiy qo‘lanmalar, turli o‘simliklarning gullarining rasmlari, urug‘lar kolleksiyalari, gerbariylar, slaydlar, kodoskop, kompyuter, elektron darsliklar, filmlar.
Slayd 3
Generativ organlarning vazifasi o‘simliklarni jinsiy ko’payishiga xizmat qilishdir. Evolyutsiyaning dastlabki bosqichlarida generativ organlar vazifasini bir hujayrali gameta bajargan bo’lsa yuksak o‘simliklargacha ma’lum evolyutsion bosqich bosib o’tilgan. Konyugatlar, diatom suv o’tlari, bazidiyali zamburug’larda jinsiy ko’payish organi yo’q. Saprolegniya zamburug’ida oogoniy va anteridiy hosil bo’lgan bo’lsa, xaltachali zamburug’lar, lishayniklarda arxegoniy hosil bo’ladi. Moxsimonlarda, paporotniklarda jinsiy ko’payishga xizmat qiluvchi arxegoniy va anteridiy hosil bo’lgan.
Slayd 4
Gul yuksak o‘simliklar uchun xos bo‘lib evolyutsion taraqqiyotning so‘ngi bosqichida vujudga kelgan. Gul – shakli o’zgargan, o’sishi chegaralangan spora hosil qilishga xizmat qiladigan organ hisoblanadi. Gulning taraqqiyoti natijasida changlanish jarayonidan keyin otalanish natijasida tuxum hujayrasi rivojlanib urug’ va meva hosil bo’ladi.
Slayd 5
Slayd 6
Gultojibarglar – gulning ikkinchi qoplamini hosil qiladi. Ularning rangi xromoplastalar va hujayra shirasi pigmentlarga bog’liqdir. Hujayra shirasi tarikibidagi axtosian va antoxlor pigmentlari kislotali va ishqoriy muhitga bog’liq holda o’z rangini nomoyon qiladi. Gul tekisligi tuzilishiga qarab gullarni 3 guruhga ajratish mumkin.
Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetrik gullar
Aktinomorf gullarda (to’g’ri) uning yuzasidan bir necha simmetiriya o’tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simmetriya o’tkazish mumkin.
Masalan: Labguldoshlar, dukkakguldoshlar shunday gul hosil qiladi. Asimmetrik gullar yuzasidan birorta ham simmetriya o’tkazish mumkin emas. (Kanna, valeriana gullari).
Changchilar yig’indisi androtsey deyiladi. Ular mikrospora hosil qilishga xizmat qiladi.
Changchilarga ta’rif berishda ularning soniga, joylashish doirasiga tutashganligiga va uzunligiga e’tibor berish kerak.
Slayd 7
O’quvchilarning bilish faoliyatini axloqiy sifatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etish:
•o’qituvchining ko’rsatmasi yoki tavsiyasiga binoan, tavsiya etilgan adabiyotlami topish;
•qo’shimcha o’quv adabiyotlar bilan tanishish;
•o’rganilgan axborotlarni tahlil qilish va baholash;
•adabiyot muallifning jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy sohasida yoki fan rivojiga qo’shgan hissasini aniqlash va baho berish;
•o’quvchilarning o’z xulqi va axloqiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan umumiy xulosasi.
Slayd 8
Changchi quyidagi qismlardan tuzilgan bo’ladi. 1. Changdon. 2. Chang ipi. 3. Bog’lagich.
Changdonning shakli sharsimon, lentasimon, yoysimon ko’rinishida bo‘lib, ko’pchiligida 6 burchakli – paralelopiped shaklida bo’ladi.
Mazkur ma’lumotlarni o‘rgangan talaba-o‘quvchi o‘simliklarning generativ organlari mavzusi yuzasidan masala va mashqlarni mustaqil tuza olishi va uning yechimini topa olishi mumkin.
Slayd 9
Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
1-Masala. Bug‘doyning changchilari nima uchun juda erkin joylashgan. Urug‘chi tumshuqchasini tuzilishiga e’tibor bering. Nima uchun o‘rik guliga nisbatan tumchuqchasi keng va patsimon.
2-Masala. Nima sababdan meva, urug‘ va sabzavot ekinlari pishish oldidan sug‘orish man etiladi.
3-Masala. To‘pgulli o‘simliklarning keng tarqalishiga va evolyutsion taraqqiyotda progress holatida bo‘lishiga asosiy sabab nima?
4-Masala. Nima deb o’ylaysiz, nima uchun ikki urug’pallalilarda gulkosacha rivojlangan, lekin bir urug’pallalilarda gulkosacha rivojlanmagan. Fikringizni dalillang?
5-Masala. Kungaboqar o’simligi doimo quyoshga qayrilib turadi. Lekin ba’zi paytlar kungaboqarlar bir-biriga qarab olar ekan. Aytingchi nima uchun ularda bunday hodisa kuzatiladi?
6-Masalasi. Banan, zaytun, hurmo (finik falmasi) o‘simliklari vatanimizda o‘stirilayapti, lekin ular bizning sharoitimizda nima uchun meva tugmaydi?
Slayd 10
Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
7-Masala. Lola gulini hamma sevadi. Lekin uni uzish man etilgan. Uni uzib olganda ham poyaning yerga yaqin qismidagi ikkita bargni qoldirib uzish lozim. Nima uchun lolani bunday tartibda uzish tavsiya qilinadi?
8-Masala. Ba’zi paytlarda bodring mevasining noto’g’ri shaklli xillarini uchrashini ko’rganmiz. Aytinchi, siz buni qanday izohlaysiz?
9-Masala. Meva va urug‘larning tashqi tuzilishiga qarab, ularning qanday yo’l bilan tarqalganligini aniqlash mumkinligini isbotlang.
10-Masala. Og‘irligi 600 g ga teng olma mevalarida 84 g shakar, 18 g oqsil, olma kislotasi, kletchatka va yog‘ bor. Qolgan 498 g modda nima?
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.