Gemoglobin miqdorini aniqlash Sali usuli
8000 so'm

Slayd 1
Gemoglabinin miqdorini aniqlash.
Slayd 2
Kerakli jihozlar va reaktivlar. Sali gemometri, Jenner perosi, paxta,
qaychi, qon olish uchun pipetka, spirt, yod eritmasi, 0,1N HCl, distillangan suv va
shishatayoqcha.
Slayd 3
Gemoglobin-qonning nafas pigmenti hisoblanadi. Gemoglobin organizmda
kislorod va kabonat angidridni tashish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Bundan
tashqari gemoglobin tarkibidagi gem moddasi qonga qiz illik beradi.
Slayd 4
Eritrotsitlarni ichki tuzilishi asalari uyasi (mumi) kattaklari shaklida bo’lib,
ularda gemoglobin joylashgan bo’ladi, bitta eritrotsit tarkibida 400 mln
gemoglobin molekulasi, har bir eritrotsit tarkibida 33 mkg gemoglobin uchraydi.
Gemoglobinni molekulyar og’irligi 68 000 dalton bo’lib qon tarkibida 34 gr
gemoglobin mavjud. Gemoglobinning 1g mi 1,34 sm
3 kislorodni bog’lab oladi.
Slayd 5
Gemoglobin sog’lom odamlar qonida normada:
Yangi tug’ilganlarda – 210g/l
2-4haftalik chaqoloqlarda – 170,6g/l
1-3oylik bolalarda – 132,6g/l
4-6oylik bolalarda – 129,2g/l
7-12oylik bolalarda -127,5g/l
2yoshdan kattalarda – 116-135g/l
Erkaklarda – 13,5-16 g%, 140-160 g/l,
Slayd 6
Ayollarda – 12,5-14,5 g%, 120-140g/l ni tashkil etadi.
Gemoglobinni qisqartirilgan belgisi «Hb» taklif etilgan.
Gemoglobinning fiziologik jihatdan uch xili farqlanadi.
HbP- birlamchi embrional gemoglobin.
HbF- fetal gemoglobin.
HbA- kattalar gemoglobini.
Embrional gemoglobin sariq haltada qon hosil bo’lish davrida, fetal
gemoglobin embrionning jigarida qon hosil bo’lish davrida vujudga keladi.
Slayd 7
Bola tug’ilganda HbF- fetal gemoglobin 70 % ni, HbA – gemoglobini 30%
ni tashkil etadi. Ikki haftalik bola qonida HbF va HbA miqdori tenglashadi. Bola
yoshiga to’lganda uning qonida HbA umumiy gemoglobinning 97,5% ni tashkil
etadi HbF miqdori 1% dan oshmaydi.
Gemoglobin organizmda gazlarni biriktirib olishiga ko’ra turli xil bo’ladi.
Kislorodni biriktirib oksigemoglobinni-HbO2
, karbonat angidridni biriktirib
karbogemoglobin-HbCO2
, isgazini biriktirib olib karboksigemoglobin- HbCO hosil
bo’ladi.
Slayd 8
Ishning bajarilishi. Oldin Sali gemometrini shkalali probirkasini pastki
aylana chizig’iga qadar 0,1 N HCl kislota solib tayyorlab quyiladi . Chap qo’lning
nomsiz barmog’ini uchki yumshoq qismi 70%li spirt bilan na mlangan paxta bilan
tozalanadi. Tozalangan joy Jenner perosi yordamida 2 -3mm chuqurlikda
jarohatlanadi. Jarohatdan chiqqan birinchi tomchi qon quruq toza paxta ishtirokida
artib tashlanadi. Keyingi chiqqan qon gumbaz hosil qilgandan so’ng pipetka
yordamida uning belgisigacha (0,02ml) so’rib olinadi.
Slayd 9
Olingan qon Sali
gemometrni shkalali probirkasiga solingan 0,1N HCl kislota eritmasi ustiga
quyiladi probirkadagi aralashma shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi va 2 -3
daqiqa tindiriladi. Bu vaqt mobaynida eritrotsitlar membranalari xlorid kislota
ta’sirida emiriladi gemoglobin molekulalari yuzaga chiqadi. Belgilangan vaqt
o’tgandan keyin ko’z pipetkasi yordamida distillangan suvdan oz-ozdan qo’shilib
shisha tayoqcha yordamida aralashtirib boriladi shu bilan birga Sali gemometri ikki
yon tomonidagi standart eritmalarga solishtirilib boriladi.
Slayd 10
Agar o’rtadagi probirka 3
rangi to’q bo’lsa yana oz-ozdan har uchala probirkalar rangi bir xil bo’lguniga
qadar distillangan suv qo’shiladi. Ranglar bir xil bo’lganda o’rtadagi probirkadagi
shkalalarga e’tibor beriladi. Eritma hajmi qaysi raqamni ko’rsatsa shu raqam
gemoglobin miqdorini g% da ekanligini bildiradi
Slayd 11
Oligan natijani g/l ga aylantirishda 10ga ko’paytiriladi, chunki miqdor
ko’rsatgich g%-g/l ga o’tkazishda un birlik siljitiladi.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.