Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
5000 so'm

=== Taqdimot: Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
GAZLAMA BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
=== Slayd 2 ===
Reja:
01
Gazlama va ip turlari.
02
Gazlamaning xususiyatlari.
03
Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi.
04
Gazlama bilan ishlash metodikasi.
05
Gazlama bilan ishlashda ish joyini to‘g‘ri
tashkil qilish talablari.
=== Slayd 3 ===
Bolalar birinchi sinfga o‘qishga kelgunga qadar qanday gazlamalar va iplar bo‘lishi, ulardan inson qayerda va qanday foydalanishi, ular qanday foyda keltirishi to‘g‘risida ba’zi tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Ulardagi bu tasavvurlar aniq va to‘liq bo‘lmaydi, shu sababli ham bir tizimga solinmagan bo‘ladi. Qizlar va o‘g‘illarda bu tasavvurlar hajmi, to‘liqligi va sifati bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Gazlamalar va trikotaj mahsulotlardan foydalanishda bolalar ko‘pincha ongsiz, noto‘g‘ri ish tutadilar, natijada materiallarning buzilishiga yoki xizmat muddatlarining qisqarishiga olib keladi.
=== Slayd 4 ===
Birinchi sinfdagi gazlama va tolali materiallar bilan ishlash bo‘limi, asosan suhbatlar va chok tikish ilk mashqlari o‘tkaziladi.Gazlama va tolali materiallarning tayyorlanishi;Paxta tolalari, junning qayerlarda yetishtirilishi; dehqonlar va chorvadorlar mehnati haqida tushuncha beriladi. Paxtani qanday yetishtirish toladan tashqari hayotga kerakli yana qanday narsalar olishni tushuntiriladi. Gazlamaning turlari haqida gapirib gazlamalar namunalari ko‘rsatiladi.
=== Slayd 5 ===
Birinchi sinf mehnat darslarida o‘quvchilarga mato turlari, iplarning turlari, kelib chiqishi, tabiiy va kimyoviy tolalar haqida rasmlar va ko‘rgazmali vositalar yordamida to‘liq ma’lumot berish lozim.
Birinchi sinfda kashta tikish turlari bilan tanishtirilgandan boshlab, milliy maktab kiyimi uchun yoqa, nonushta xaltachasi tikish, kiyimlarini tartibga solish mavzularida ish olib boradilar.
Biz birinchi sinfda gazlamaning turlari xossasi, ishlatish o‘rnini suhbat asosida o‘quvchiga tushuntirar ekanmiz, gazlama bo‘lib kelgunga qadar mehnatkashlarning qo‘lidan o‘tishi, ularning ko‘p mehnati singanligi, shuning uchun gazlamalardan bo‘lgan kiyim-kechagimizni asrab avaylashimiz, qadrlashimiz, bu bilan ota-onalarimiz mehnatini ham qadrlagan bo‘lishimizni uqtiramiz.
=== Slayd 6 ===
Ikkinchi sinfda esa birinchi sinfdagi mehnat malakasi davom ettiriladi. O‘qituvchi ip gazlama bilan tanishtirish, gazlama turlarini tanlash, shakl uchun yoqa tikish, gazlama bilan ishlashda asboblardan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish, oddiy chok va operatsiyalarni qo‘llab tikishning asosiy usullari, oralatib tikish, baxya chok kabilar bilan tanishtirish, nonushta xaltachasi tikish, kashta bilan bezashni, kiyimlarni yamash, tugmalarni qadashni o‘rgatadi.
=== Slayd 7 ===
Uchinchi sinfda asosan uchinchi chorakda gazlama va tolali matolar bilan ishlash darslari o‘tiladi. Bunda to‘r tikish, ro‘molcha solinadigan xaltacha tayyorlash, fartuk tikish, ularni naqshli kashtalar bilan bezash mavzulari o‘tiladi. Endi o‘quvchilarni tikish malakalari ancha rivojlangan, bemalol igna bilan ishlay oladilar. To‘rtinchi sinfda endi birinchi chorakning boshidanoq ish fartuklari, salfetkalar tikish, sanitar sumkacha tikish, to‘r xalta tikish ishlarini bajaradilar.
=== Slayd 8 ===
O‘quvchi bu harakatlarni o‘zi bajarishi unda o‘lchov bo‘yicha bichish, “andoza”ga qarab, gazlamalarni rejalash, qismlarini bir biriga choklab birlashtirib olish, tepchima choklar bilan tikish, ayrim choklar bilan bezash, gazlamalar ipini tikish usullarini bilish, chizmaga qarab mustaqil rejalash, applikatsiya usuli bilan chetlarini chok bilan bezash malakalarini hosil qilgan bo‘ladilar. To‘rtinchi sinf o‘quvchilarini mahalliy mehnat faoliyati bilan tanishtirish, kichik ekskursiyalar uyushtirish maqsadga muvofiq.
=== Slayd 9 ===
Gazlama – arqoq va tanda iplarining o‘rilishidan hosil bo‘ladigan pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Gazlama qadimda daraxt po‘stloqlaridan qo‘lda, keyinchalik tolalardan yog‘och dastgohlarda, to‘quv dastgohlarida to‘qilgan, hozirda avtomat stanoklarda to‘qiladi.
=== Slayd 10 ===
01
Gazlamalar va tolali materiallar bilan ishlash darslarini samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e’tibor berishli lozim buladi:
Gazlama va tolali materiallar haqida o‘quvchilarga unumli tushuncha berish, ularning turlaridan namunalar ko‘rsatish;
Gazlamalarning asosan nimalarga mo‘ljallanganligini o‘quvchilar bilishi va u bilan ularni tanishtirish, kiyim-kechak, turmushda buyumlardan namunalar ko‘rsatish;
Buyumlarni tayyorlashda, bajarishda foydalaniladigan asbob uskunalardan qanday foydalanish kerakligini o‘quvchilarga amaliy ko‘rsatish bilan birga texnika xavfsizligiga rioya qilishni tushuntirish;
02
03
=== Slayd 11 ===
Tayyor mahsulotni andozalar yordamida bichish, kiyib olish va tikish usullarini o‘rgatish;
O‘quvchilar gazlamalar bilan ishlash, bichish, tikish tartib va uslublarini puxta o‘rganganlaridan so‘nggina amaliy bajarishga o‘tish.
Tayyor bichilgan qismlarni tikib biriktirish, chok usullarini amaliy ko‘rsatish;
04
05
06
=== Slayd 12 ===
Birinchi sinf o‘quvchilari o‘qituvchi rahbarligida o‘z hayot tajribalarini ishga solib, ko‘ylaklar, palto va kostyumlar, turli bosh kiyimlari, dasturxon va yostiqlar, pardalar, sochiqlar va dastro‘mollar, divan, stullar uchun qoplamalar, bayroqlar, sumkalar tikilishini aniqlaydilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qituvchining eng oddiy tajriba ishlaridan asta-sekin ravishda to‘qimachilik tolalari, undan tayyorlanuvchi iplar va gazlamalar, turli gazlamalarning tayyorlanish xususiyatlari to‘g‘risida ko‘p yangi va foydali ma’lumotlarni o‘rganadilar. Shu tariqa o‘quvchilarda to‘qimachilik materiallari, ularning asosiy xususiyatlari va ishlov berish usullari to‘g‘risidagi bilimlar sayqal topa boshlaydi. Bular o‘z navbatida esa bolalarda materiallarni bir-biridan farqlash, ulardan to‘g‘ri foydalanish va ishlov berish malakalari shakllanib boradi.
=== Slayd 13 ===
II sinfning dastlabki texnologiya darslaridan e’tiboran bolalarda gazlamalarning tuzilishi va tayyorlash usullari bo‘yicha ma’lumotlarga asta-sekin ega bo‘lib borish ehtiyojlari sezila boshlanadi. Eng oddiy mahsulotlarda gazlamalar va iplardan foydalanishning elementar masalalarni amaliy hal etishdayoq to‘qimachilik tolalari va gazlamalar, ularning texnika, ishlab chiqarish va ayniqsa turmushda, kundalik hayotda qo‘llanishi to‘g‘risida bo‘lgan bilimlarni aniqlash va umumlashtirish zarurati paydo bo‘ladi.
O‘quv dasturi o‘quvchilarning xotirasini ikkinchi darajali ma’lumotlar bilan to‘ldirish emas, balki, ularga tolali materiallardan tayyorlangan gazlamalar to‘g‘risidagi bilimni to‘ldirish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirib borish kerak.
=== Slayd 14 ===
Bunda to‘qimachilik materiallari (tolalar, iplar, gazlamalar va trikotaj), ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlarni, o‘quvchilar uyda olishini hisobga olish va esda tutish kerak. Qiz bolalar boshlang‘ich ta’limdan keyingi sinflarda ham to‘qimachilik materiallari bilan nazariy va amaliy tanishuvni davom ettirishi, o‘g‘illar esa bu materiallar bilan ishlashni III sinfda tugatishni aytish o‘rinlidir. O‘quvchilar to‘qimachilik materiallari namunalarini ko‘rib, ularning sifat xususiyatlari va ishlov berish hamda pardozlashning o‘ziga xosligini aniqlashi muhim. Shuning uchun ham oddiy kuzatishlar va tajribalarni tashkil etilish maqsadli bo‘ladi.
=== Slayd 15 ===
To‘qimachilik tolalari
Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to‘plamini tuzish va o‘rnatish.
O‘quvchilar to‘qimachilik tolalari va materiallari to‘g‘risida dastlabki tasavvurlarga ega bo‘lishlari uchun shu materiallardan foydalanib amaliy ishlarni bajarish kerak.
=== Slayd 16 ===
O‘quvchilarga darslarda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar davomida sanoat korxonalari tomonidan chiqariluvchi materiallar to‘plami, ularga qo‘lda ishlov berish usullarini ko‘rsatuvchi asosiy jarayonlarni ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatilishi ahamiyatli bo‘ladi. Shuningdek, materiallar va ularning muhim xususiyatlarini o‘rganish uchun qo‘lbola ko‘rgazmalarni tayyorlash bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil amaliy ishi alohida ahamiyatli ham bo‘ladi.
=== Slayd 17 ===
O‘quvchilarning materiallar to‘plash va to‘plam tuzish ishini I sinfdan boshlab, keyin III va IV sinflarda materiallarning yangi turlarini o‘rganib borib davom ettirishlarini hisobga olish zarur. Birinchi sinf o‘quvchilari o‘simlikdan olinuvchi tolalar to‘g‘risida bilimlarni o‘zlashtirib borishlari uchun tolalardan tayyorlangan iplar va gazlamalar bilan amaliy tanishib borishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar, odatda, to‘plamlar uchun materiallarni tanlashda elementar, ya’ni to‘plangan materiallar namunalarini ongli tasniflashga yo‘naltirilgan izlanishlarni o‘tkazish ishlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunday izlanishlar o‘quvchilarga mavjud to‘plamni, yoki oldindan tanlangan va mantiqan asoslangan tasnifi belgi bo‘yicha to‘ldirishga imkon beradi.
=== Slayd 18 ===
O‘simlik tolalaridan tayyorlanuvchi iplar – tikuvchilik, yamoqchilik, kashtachilik iplarining kichik to‘plamini o‘quvchilar alohida joylashtiradilar. Shu to‘plamning o‘zida turli qalinlik, turli ranglar bilan farqlanuvchi iplar namunasini ham ko‘rsatadilar. Birinchi sinf o‘quvchilarining iplar va gazlamalar namunalarini to‘plash, to‘plamlarni tuzish va joylashtirish ishlari bo‘yicha oladigan bilimlari o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan “Qanday gazlamalarni bilamiz”, “Gazlamadan nimalar tayyorlanadi”, “Qanday iplarni bilamiz” mavzularidagi suhbatlarni o‘tkazish uchun asos, ko‘rgazmali material bo‘lib xizmat qilishi lozim.
=== Slayd 19 ===
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko‘ra taqqoslashni bilishlari kerak. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan “Qanday iplarni bilamiz” mavzusida suhbat o‘tkazishi orqali o‘quvchilarning iplar to‘g‘risida nimalarni bilishini, ularni vazifasiga ko‘ra farqlay olishi, ulardan o‘z amaliy zaruratlarida foydalana olishini aniqlaydi. O‘qituvchining iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko‘ra taqqoslash ishlariga oid suhbat va u bilan bog‘liq ko‘rsatishlari birinchi sinf o‘quvchilarining ko‘p qo‘llanuvchi iplarning vazifasi, qalinligi, rangiga ko‘ra navlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini umumlashtiradi.
=== Slayd 20 ===
O‘qituvchining oddiy tikuvchilik iplari o‘ramini o‘quvchilarga ko‘rsatib berishi va qator savollar berib o‘quvchilar bilimini oshirishi natijasida: tikuvchilik iplari, ulardan kiyimlar, bosh kiyimlari, yostiq anjomlari, pardalar, xaltalar va ko‘pgina boshqa narsalarni tikish uchun foydalanilish mumkinligini o‘quvchilar tushunib olishga da’vat etadi. Shuningdek, o‘qituvchi oq va qora ip o‘ramini ko‘rsatib, ulardan qayerda foydalanilishini so‘rashi ham ahamiyatli. Oq ipdan oq matodan detallarni tikish, qora ipdan – qora matolardan detallarni tikishda foydalaniladi. Oq tugmalar oq ip bilan qadaladi. Rangli gazlamalardan narsa tikish kerak bo‘lsa-chi? Rangli gazlama rangiga mos tanlanuvchi rangli iplardan foydalaniladi va hokazo.
=== Slayd 21 ===
To‘qimachilik hamda tikuvchilik sanoatlarida chiqariladigan mahsulot, to‘quvchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanilganlarning ish faoliyatlari, kasb-kori to‘g‘risida o‘quvchilarda umumiy tasavvur hosil qilish uchun bu sanoat sohalari tipik mahsulotlarini ko‘rsatib suhbat o‘tkazish foydali. Bunday ko‘rsatishlar uchun o‘qituvchi mahsulot namunalari (masalan, o‘quvchilar kiyimi), rasmlar, suratlar, kitob va jurnal rasmlari, diafilmlar, slaydlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, gazlamalar, iplar, kiyim, uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan bir qatorda o‘quvchilarga lentalar, tasmalar, to‘rlar, trikotaj mahsulotlarini ko‘rsatish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
=== Slayd 22 ===
O‘quvchilarni to‘qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishtirishda ekskursiyaning ahamiyati katta. Bunday ekskursiyalarni korxonalar, tikuvchilik atelyelariga uyushtirish mumkin. Bolalarning to‘qimachilik hamda tikuvchilik sanoatlari va ularning yetakchi kasblari to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlari yanada yaqqolroq bo‘ladi. O‘quvchilarning to‘qimachilik materiallarining asosiy xususiyatlarini amaliy jihatdan o‘rganish ishlari III sinfda ham davom ettiriladi. Texnologiya darslarida ishlatiluvchi materiallarning muhim xususiyatlarini o‘rganish uchun kuzatishlar va oddiy tajribalar katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular jarayonida bolalar qog‘oz va gazlamaning tuzilishi, mustahkamligi, egiluvchanligini taqqoslaydilar.
=== Slayd 23 ===
Qog‘oz va gazlama yupqa materialligi, ularning uzunligi va enini taqqoslashdagi qalinligi ahamiyatsizligini;
Qog‘oz va gazlama tolalardan iborat materiallar bo‘lib, bu tolalar qog‘ozda chirmashtirilib, yelimlangan, gazlamalarda esa tolalar dastlab ip hosil qilish uchun yigirilgan, keyin esa to‘qilganligini;
Dastlab o‘quvchilarga qog‘oz va gazlamada nimalar umumiyligini aniqlashni o‘rgatish zarur:
Qog‘oz va gazlama
=== Slayd 24 ===
Qog‘oz va gazlama tuzilishiga ko‘ra turli yo‘nalishlarda – turlicha bo‘lishini (gazlamalarda bu yo‘nalishlarni ko‘pincha tanda va arqoq yo‘nalishlari deb atashadi). Shuning uchun qog‘oz va gazlama xususiyatlari turli yo‘nalishlarda turlichaligini (masalan, bu materiallar mustahkamligi va cho‘zilishini solishtirish kifoya);
Qo‘lda ishlov berishda qog‘oz va gazlama bir xil asbob – qaychi bilan kesilishni;
Qog‘oz va gazlamadan mahsulot detallari yelimlash yoki tikish orqali birlashtirilishini;
Qog‘oz va gazlama, kerak bo‘lsa, bo‘yalishi, ularda rasmlar, bezaklar, naqshlar, yozuvlar qayd etilishini o‘rganib olishi kerak.
=== Slayd 25 ===
O‘qituvchi o‘quvchilarga qog‘oz va gazlamaning muhim xususiyatlardagi farqlarni o‘rgatishi kerak. Buning uchun o‘quvchilarga o‘lchamlari bir xil bo‘lgan qog‘oz va gazlama berib ularni yo‘llarni yirtishga harakat qildirish tajribasini o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar gazlamalar qog‘ozga qaraganda yirtilishga nisbatan ancha ko‘proq mustahkamlikka ega ekanligini tushunib oladilar. O‘quvchilar qog‘oz va gazlamani bukish va egishga harakat qiladilar. Ular qog‘oz oson bukilishi va tekislanishi, uni hamma taxlamlar yaxshi saqlanib qolishida ishonch hosil qiladilar. Gazlamada taxlamlar uzoq saqlanib qolishi uchun ularni issiq dazmol bilan bosishga to‘g‘ri keladi (masalan, shimlar, yubkalarda va hokazo taxlamlar).
=== Slayd 26 ===
Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalari o‘quvchilarda shakllantirilishi kerak. II sinf texnologiya darslarida o‘quvchilar gazlama iplardan tashqari hayvondan olinuvchi tolalardan tayyorlangan iplarning, tabiiy ipak va junning sifat xususiyatlarini o‘rganishlari lozim. Buning uchun oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan amaliy ishlardan foydalanish mumkin. O‘quvchilarga bu iplar ip-gazlama iplar bilan nimasi bilan o‘xshash va nimasi bilan farqlanishini aniqlashga oid topshiriq beriladi.
=== Slayd 27 ===
Tabiiy ipak va tabiiy jundan tayyorlangan gazlama va iplar to‘plamini tuzish va bezash ishlari ham muhim bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga turli (shu jumladan ipak va jun) iplar va gazlamalarni farqlash va to‘g‘ri ayta olishga o‘rgatishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga to‘plamlarini nomlash va har bir namuna ostiga uning nomini yozishni topshiradi. O‘quvchilarga iplar namunasi yoniga mos etiketkalarni yopishtirishni taklif etish foydali, bu etiketkalarni bolalar ip g‘altaklari, o‘ramlaridan ehtiyotkorona olishadi. O‘quvchilariga uyda kattalar yordamida tabiiy jun va tabiiy ipak tolalardan tayyorlangan mato bo‘laklarini topish vazifasini berish lozim.
=== Slayd 28 ===
Iplar tasnifi bilan tanishishII va III sinflarda texnologiya darslarida o‘quvchilar to‘qimachilik materiallari – tolalar, ularning muhim xususiyatlari to‘g‘risida asta-sekin bilimlar to‘playdilar. Joriy amaliy ish uchun zarur bilimlar uchun o‘quvchilarni qurollantirish maqsadida ko‘rsatishlar, kuzatishlar va oddiy tajribalar qatori o‘tkaziladi. IV sinfda o‘quvchilarda iplar tasnifi, ularning ishlab chiqarilishi, muhim xususiyatlari, mehnatda qo‘llanishi to‘g‘risidagi mavjud bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish maqsadida suhbatlar, ko‘rsatishlar, kuzatishlar va tajribalar o‘tkazish foydali.
=== Slayd 29 ===
Turli vazifali iplar to‘plami:
1 – tikuvchilik g‘altak ipi;
2 – tikuvchilik ipi bobinasi;
4 – muline (kashta tikish uchun rangli iplar);
5 – yamash ipi o‘rami
3 – yamash ipi;
=== Slayd 30 ===
Turli tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko‘rib chiqish. Uchinchi sinf o‘quvchilari har bir namunani ko‘rib, ushlab ko‘rib, ular gazlama qalinligi va rangini uning pardozi xususiyatlarini, cho‘ziluvchanligi, zichligi, mayda nuqsonlar borligi va hokazo aniqlaydilar. Olingan ma’lumotlar va namunalarning sifat xususiyatlarini taqqoslash o‘quvchilarga o‘rganilayotgan gazlama qanday toladan tayyorlanganini, taxminan bo‘lsa ham, aniqlashga yordam beradi. To‘rtinchi sinf o‘quvchilariga tola turiga ko‘ra gazlamalarning bo‘linishini eslatish maqsadida o‘tkazilgan qisqa suhbatdan keyin o‘qituvchi o‘quvchilarga sun’iy va sintetik tolalardan qilingan bir necha gazlama namunalarini tanlashni taklif qiladi.
=== Slayd 31 ===
O‘quvchilar gazlamalarda tanda va arqoq iplari xususiyatlarini o‘rganishda, avvalo, gazlamalar nimadan va qanday tayyorlanishini bilish, biron-bir narsa tayyorlash kerak bo‘lgan gazlamaning asosiy xususiyatlari va sifatini, gazlamada bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarni aniqlay olish muhim. Buyumlar va alohida detallarni konstruksiyalashtirish va tayyorlashda gazlamalardan to‘g‘ri foydalanishlari uchun o‘quvchilar eng muhim, ko‘p tarqalgan va ishlov berish oson gazlamalar bilan tanishishlari kerak. Gazlamalar tayyorlashda tanda va arqoq o‘ralishlari to‘g‘risidagi oldingi bilimlarini o‘quvchilar eslashlari uchun ularga to‘quvchilik va unda eng oddiy o‘ralishlar bilan qo‘lbola gazlamaning tayyorlanishi jarayonini ko‘rsatish foydali.
=== Slayd 32 ===
1 – rasmli gazlama (bosma); silliq gazlama (bir xil rangdagi) 1) gazlama o‘ng yuzasi odatda ancha sof va silliq yuzaga ega, unda teskari yuzaga nisbatan tukchalar va tugunchalar kamroq; 2) yaltiroq yuzali gazlamalarda (atlas, satin) o‘ng tomoni yaltiroq, teskari tomoni – xira bo‘ladi; 3) patli gazlamalarda (baxmal) o‘ng yuza patlari uzunroq; 4) gazlama milki o‘ng yuzada sofroq, tekisroq bo‘ladi. Kuzatishlarini xulosalab o‘quvchilar gazlamalar o‘ng va teskari yuzalarini farqlay olish zarur bo‘lgan hollarni eslab misollar keltiradilar.
Gazlamaning o‘ng va teskari yuzalarini aniqlash:
=== Slayd 33 ===
Gazlamalardan turmushda foydalanish: 1. Kiyim (uy, ish, chiqish, yozgi, qishki, mavsumlar, o‘quvchilar formasi va hokazo); 2. Ichki kiyim (ayollar, erkaklar, bolalar ichki kiyimi);3. Yostiq anjomlari;4. Sochiqlar; 5. Oshxona anjomlari (dasturxon, sochiqlar); 6. Bosh kiyimlar; 7. Poyabzal; 8. Yumshoq va yarim yumshoq mebellarni qoplash;9. Uy anjomlari (pardalar);10. O‘yinchoqlar (yumshoq o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoq kiyimlari); 11. Xo‘jalik anjomlari (sumkalar, xaltalar, chang artish, pol yuvish uchun lattalar va hokazo).
=== Slayd 34 ===
Gazlamalarning turmush va texnikada qanday ahamiyat kasb etishini o‘rganish ahamiyatlidir.IV sinfga kelib odatda o‘quvchilarda gazlamalar, ularning turli turlari va navlari to‘g‘risida ko‘pgina alohida tasavvurlar to‘planadi. Dasturda ko‘zda tutilgan “Turmush va texnikada gazlamalar” suhbatining o‘tkazilishi bu alohida tasavvurlarni umumlashtirish, o‘quvchilar bilimlarini tizimga solishga yordam beradi. Bu suhbatga tayyorlanish jarayonida o‘quvchilar material to‘plash, rasmlar tanlash, to‘plamlar tuzish bo‘yicha ta’limiy jihatdan qiziqarli mustaqil ishni amalga oshirishlari mumkin. Suhbat o‘tkazilishidan bir hafta oldin o‘quvchilarga uning mavzusini e’lon qilish, uning maqsadlarini tushuntirib, o‘quvchilarga unga tayyorlanishni topshirish foydalidir.
=== Slayd 35 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.