G‘arbda-antik dunyo va o‘rta asrlarda notiqlik san’ati
5000 so'm

Slayd 1
G‘ARBDA-ANTIK DUNYO VA O‘RTA ASRLARDA NOTIQLIK SAN’ATI
Slayd 2
REJA:
1
Qadimgi Yunon – Rim notiqlik san’ati.
2
Qadimgi Afina (yunon) notiqligi.
3
Qadimgi Rim notiqligi.
4
O‘rta asrlarda notiqlik.
Slayd 3
Tayanch so‘z va iboralar:
Ritorika, ritor, sofistik, sofistlar ta’limoti, Arestotel, Protagor, Prodik, Korak, Perikl, Kleon, Isokrat, Demosfen, Mark Antoniy, Sitseron, diniy notiqlik, universitet notiqligi.
Slayd 4
Qadimgi yunon-rim notiqligi
1.
Slayd 5
Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’ati rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillar bor edi. Afina davlatchiligida hokimiyat uchun kurash avj olgan, sinfiy ziddiyatlar keskinlashgan bir davrda ko‘plab ijtimoiy- siyosiy omillar qatorida notiqlik mahoratiga ham zarurat paydo bo‘ldi. Ko‘p siyosatchilar va davlat arboblarining taqdiri inson faoliyatining ana shu turiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Sisteronning insonni yuqori pog‘onaga olib chiqishning ikki vositasi – sarkardalik va notiqlik haqidagi gapi o‘sha davrlarda paydo bo‘lgan.
Slayd 6
Qadimgi Afina (yunon) notiqligi
2
Slayd 7
Sinfiy kurash Gretsiyada notiqlik san’atining rivojlanishiga asosiy sabab bo‘ldi. Siyosiy arboblar yig‘inlarda o‘zlarining sinfiy manfaatlarini ochiq himoya qilishgan. Gapira olish, nutq so‘zlash mahorati ularning siyosiy taqdiriga aylangan edi. Shu tarzda quldorlik jamiyati siyosiy notiqlikning rivojlanishiga olib kelgan. Antik davrda maishiy notiqlik ham rivojlangan. Birovlarga nutq yozib beruvchi logograflar paydo boʻlgan. Maqtov nutqlari rivojlangan. Bezak epitetlar maqtov nutqlarida ko‘p qo‘llangan. Maxsus notiqlik san’ati maktablari vujudga kelgan. Notiqlik san’ati nazariyasi – ritorika yaratilgan.
Slayd 8
Urug‘chilik davrlarida harbiylar oldida chiqishlar qilish boshlangan paytlardan so‘z san’ati qadrlana boshlagan. Gomerning “Iliada”sidagi Odissey va Menelay kabi dohiylar-da notiq bo‘lishgan. Birinchidan, ular batafsil va shiddat bilan gapirgan. Ikkinchidan kam, ammo mantiqli so‘z aytgan.
Slayd 9
Protagor shogirdlarini yaxshi so‘zlay olish san’atiga o‘rgatgan. Katta bilim bilangina notiqlik san’atida yuksaklikka erishish mumkin, deb hisoblagan. Ortoepiyaga (fikrni grammatik jihatdan aniq ifodalash haqidagi bilim) alohida e’tibor bergan.
Protagor (e.a 481-411) antik dunyoning mashhur faylasuf va sofist-ritori. Qirq yildan ko‘proq ritorlik qilgan, notiqlik maktabi ochgan. Jahon tarixida birinchi boʻlib nutqni tasnif qilgan. Nutqni to‘rt toifaga ajratgan: iltimos, savol, javob, buyruq.
Protagor
Slayd 10
Korak (e.a.466) notiqlik san’atiga ishontirish san’ati deb qaragan va shu fandan dars bergan. Jahon notiqligi tarixida birinchi marta qo‘llanma yaratgan.
Korak
Slayd 11
Perikl
Perikl (e.a.500-429) – davlat arbobi, harbiy qo‘mondon. Afinani 15 yil boshqargan Perikl davrida quldorlik demokratiyasi rivojlangan. U nafaqat atoqli davlat arbobi, ayni paytda, ajoyib notiq bo‘lgan. Afsuski, uning bironta nutqi matni hozirgi zamonlargacha yetib kelmagan.
Slayd 12
Donishmand notiqligiga, yuksak mahoratga ega ekanligiga qaramay, puxta tayyorgarlik ko‘rmaguncha minbarga chiqmagan. U nutqida qo‘llanadigan fakt va hujjat, misol va dalillarni shunday joylashtirganki, natijada uning nutqini eshitgan tinglovchida notiq pozitsiyasining to‘g‘riligiga hech qanday shak-shubha qolmagan. U iloji boricha fikrini obrazli ifodalashga harakat qilgan. Minbarda mag‘rur va xotirjam turgan. Kulmagan, kuldirishga ham harakat qilmagan, qo‘lini harakatlantirmagan.
Slayd 13
Kleon – Perikldan keyingi mashhur notiq. Munozara bobida tengsiz, so‘zi o‘tkir va fantaziyasi kuchli boʻlgan.
Prodik (e.a.V asr) ritor sifatida sinonimlar haqidagi ta’limoti bilan tanilgan, ma’nodosh so‘zlarni yonma-yon ishlatish va bu uslubdan keng foydalanishning ustasi boʻlgan.
Prodik
Kleon
Slayd 14
Demosfen
Demosfen (e.a.384-322) – davlat arbobi va yirik notiq. Falsafani Platondan, notiqlik asoslarini Isokratdan o‘rgangan. Isey to‘rt yil davomida faqat Demosfen bilan shug‘ullangan. Demosfen birinchi marta xalq majlisida so‘zga chiqqanda, olomon uni kalaka qilib minbardan tushirib yuborgan. Keyin yerto‘lada mashq qilishni boshlagan. Boshini mag‘rur tutishni, talaffuzni, nafasni ushlab turishni, yelkasini to‘g‘ri tutishni, mimika bilan so‘zlay olishni o‘rgangan, oynadan foydalangan.
Slayd 15
Demosfen uslubining ibratli jihatlari quyidagilar bo‘lgan: Arxaizmlardan qochgan, latif va jozibali so‘zlarni qoʻllamagan, yangi so‘z, ibora va atamalarni toʻqimagan, ba’zan xalq maqollaridan foydalangan; sinonimlarni ko‘p qo‘llagan; uzun, choʻziq bo‘g‘inlarni qo‘llashni xush ko‘rgan, gapning boshi va oxiriga mantiqiy urg‘u tushuvchi, muhim ma’no kasb etuvchi so‘zlarni qo‘ygan: musiqiylik va ta’sirchanlikka erishish uchun jumlalarning oxirini she’r bilan tugatgan; kompozitsion yaxlitlik va mutanosiblikka harakat qilgan; soʻzlarni ongli ravishda takrorlashni yoqtirgan; so‘z ya jumlalarni qarama-qarshi qo‘yish usulidan foydalangan; ritorik savollarni koʻp bergan, jestikulyatsiya va mimikadan unumli foydalangan.
Slayd 16
Qadimgi Rim notiqligi
3
Slayd 17
Rim notiqlik san’ati grek va ellinizm notiqligining davomi va nutq san’ati rivojida yangi davr boʻlgan. Bu yerda ham sinfiy kurash notiqlik san’atida yorqin iz qoldirgan. E.a. II asrda ijtimoiy-siyosiy keskinliklar tufayli notiqlik ham rivojlangan.
Rim sud notiqligi bilan shuhrat qozongan. Buning uchun qulay sharoit bo‘lgan. Chunki Rim qonunchiligida sudda himoyachilarning chiqishlari nazarda tutilgan boʻlgan. Rimda nutqning uch ko‘rinishi amalda bo‘lgan: sud nutqi, siyosiy nutq, o‘quv (maktab) nutqi. Ba’zi manbalarda maqtov nutqining rivojlanganligi ham aytiladi.
Slayd 18
Rimning mashhur notiqlari quyidagilar:
Mark Portius Katon
aka-uka Tiberiylar
Kay Grakx
Kvintilian
Mark Tuliy Sitseron
Mark
Antoniy
Slayd 19
MarkPortius Katon
Mark Portius Katon davlat arbobi, e.a.III-II asr. Katon nutq san’ati nazariyasi va amaliyoti bilan maxsus shug‘ullangan. Nafis nutq sohibi va o‘ta madaniyatli, maqsadga intiluvchan kishi bo‘lgan. Muloyim gapirgan, nutq jumlalarini to‘g‘ri tuzgan, antiteza va takror usullaridan mohirlik bilan foydalangan va hamisha ko‘tarinki ruhda gapirgan. Masalani keskin qo‘yishi va juda qisqa bayon eta olishi stilistik nazokat Katon nutqining asosiy sifatlari boʻlgan.
Slayd 20
Katon omma oldida chiqishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. mavzuni chuqur o‘rgangan va bosh notiqlardan ham shuni talab qilgan Shiori shunday bo‘lgan: “Ishni yaxshi bilib ol, so‘zning o‘zi keladi” Uning nutqlari qisqaligi va ishonchliligi bilan ajralib turgan. U nutqlarida Karfagen urushida g‘alaba qozonishga da’vat etgan. Uning “Ammo men Karfagen vayron bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman”, degan gapi o‘sha davr odamlariga yod bo‘lib ketgan. Katon davlat, siyosat va sud masalalariga doir 150 ga yaqin nutq soʻzlagan. O‘zidan keyingi Rim notiqlariga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Slayd 21
Mark Antoniy (e.a.143-87) davlat arbobi va yirik notiq. Ekspromt tarzida nutq so‘zlagan. Ammo zamondoshlarining guvohlik berishicha, chiqishlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Tinglovchini hayajonlantirishning uddasidan chiqqan. “Tarixning birlamchi qonuni – har qanday holatda ham yolg‘on aralashtirmaslik, qiziqqonlikdan ham, qahr-u g‘azabdan ham biror nishona bo‘lmasligi kerak”.
Slayd 22
Mening nutq uslubim va uni talqin etish mahorati uchta asosga tayanadi: birinchisi -tinglovchilarni jalb etish, ikkinchisi o‘tkirlikni, uchinchisi qudratni”, degan fikrlar Mark Antoniyga tegishlidir.
U koʻproq xalq yig‘inlarida va senatda chiqish qilgan. Rim notiqlariga quyidagicha maslahat bergan: “Notiqning tinglovchilarni o‘ziga rom etishdan muhim vazifasi yo‘q. Tinglovchilar nutqqa shunchalik maftun bo‘lsinki, ularni kuchli ruhiy hayajonlanish boshqarsin, aql bilan mulohaza qilishdan ko‘ra o‘zini yo‘qotadigan darajada zavqlansin.
Slayd 23
Chunki odamlar huquqiy me’yorlar haqiqatidan koʻra, koʻpincha muhabbat, nafrat, qiyinchiliklar, azoblanishlar, motam, quvonch, qo‘rqinch, adashish – umuman ruhiy ta’sir ostida hukm chiqaradilar, xulosa qiladilar”. Mark Antoniydan notiqlar yana ikki narsani o‘rganadilar: nutqning emotsional tomoniga e’tibor berish va tinglovchilarning hissiyotiga ta’sir o‘tkazish.
Slayd 24
Mark Tuliy Sitseron (e.a.106-43) Qadimgi Rimning buyuk davlat arbobi, siyosatchisi va notig‘i. Antik davr notiqligining klassigi va nazariyotchisi. Sud notiqligida shuhrat qozongan. Zodagonlarni himoya qilgan, demokratik guruhlarning ashaddiy dushmani boʻlgan. Notiqlikka oid ishlab chiqqan nazariyalarini amaliyotga mahorat bilan tatbiq etgan. Uning notiqlik san’atiga bag‘ishlab yozgan uch traktati “Notiq haqida”, “Brut yoki mashhur notiqlar haqida”, Notiq antik og‘zaki nutq nazariyasining nodir yodgorliklari hisoblanadi.
Slayd 25
Sitseron “Notiqlik haqida” traktatida ta’kidlashicha, u falsafiy bahsda erkin yo’lni tanlagan. Uningcha, qiyin ish boʻlganligidan haqiqiy va yaxshi notiqlar kam uchraydi. Notiqlik ko‘p bilish va uddaburonlikdan tug‘iladi. Sitseron shunday degan: “Faqat so‘zni tanlash emas, balki joylashtirish ham nutqqa zeb beradi. Notiqlikning butun qudrati va san’ati tinglovchi qalbini tinchlantirish yoki larzaga solishda namoyon boʻladi.Tarixni, qonunlarni va inson huquqlarini yaxshi bilish lozim. Tana harakatlari, jestlar, yuz ifodalari, tovushlar, ovoz ottenkalari, Va nihoyat, barcha bilimlar xazinasi boʻlgan xotira ham muhim”.
Slayd 26
Sitseron fikricha, notiqlik san’atining asosi, eng avvalo, predmetni chuqur bilishdir. Agar uni anglab yetmasa, notiqning barcha urinishlari behudadir. Inson tabiatini, qalbini chuqur tushungan kishigina notiqlikka da’vo qilishi mumkin.
Slayd 27
Birinchidan, tabiat in’om etgan iste’dod, aql va hissiyotning, idrok va xotiraning jonliligi.
1.
Ikkinchidan, notiqlik san’ati nazariyasini o‘rganish.
2.
Uchinchidan, amaliyot, mashq.
3.
“Notiq bo‘lishning qanday shartlari bor?”, deb savol qo‘yadi Sitseron
Slayd 28
Sitseron “Notiq haqida” asarining birinchi qismida bilimli notiq -notiq-siyosatchi idealini chizib berishga harakat qiladi. Agar notiq falsafani, tarix va huquqni yaxshi bilsa, u faylasufdan ustun boʻladi, deydi u. Sitseron boshqa asarlarida ham fanlarning oʻzaro hamkorligi masalasini o‘rtaga qo‘yadi va bu yerda ham fikrini notiqlikka olib kelib bog’laydi. Barcha fanlar oʻz doirasida amal qiladi. Notiqlik esa chegara bilmaydi, ularning hammasiga ham xizmat qilaveradi. Sitseron o‘sha davr an’analariga ko‘ra nutqni uchga boʻlgan: majlislarda, sudda aytiladigan nutqlar va maqtov nutqi. Uningcha, so‘zning imkoniyatlarini muttasil rivojlantirib borish kerak.
Slayd 29
Sitseron fikricha, yana quyidagilar notiqning vazifasiga kiradi: tinglovchilarni oʻziga jalb qilish, masalaning mohiyatini bayon qilish, bahsli savol qo‘yish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, raqibning fikrini rad etish va oxirida yana o‘z mavqeyiga e’tibor berish. Notiq uchun eng muhimi fikrni og‘zaki ifoda etish va talaffuzga e’tibor berish. Notiqqa qo‘yiladigan birinchi talab nutqning tozaligi va aniqligi. Bu o‘qish-o‘rganish bilan shakllanadi. Tinimsiz so‘z va morfologik vositalar ustida ishlash kerak. Notiq nutq organlarini va tovushlar talaffuzini boshqara bilishi zarur.
Slayd 30
Sitseron sud nutqini tahlil qilgan. Himoya qilinayotgan kishining haq ekanligini isbotlash, kimning oldida chiqish qilayotganini his qilib turish va zarur tomonga qarab nutqni yo‘naltirish, dalillarni joy-joyiga qo‘yish haqida mulohaza yuritgan. Notiqlikka psixologik yondashuv haqida gapirgan.
Sitseron yumorga qiziqmagan. U tabiatdan beriladi, unga o‘rganib bo‘lmaydi, deb hisoblagan. O‘ylab topishni, topganni tartib bilan joylashtirish va aytishni, unga nutqiy shakl berishni va xotirada saqlashni hamda ijro etishni notiqning asosiy vazifasi deb bilgan. Buni “nutqda fikrlashdan yuzaga chiqarishga qadar bo‘lgan mashaqqatli yoʻl”, deb izohlagan.
Slayd 31
Haqiqiy notiq, deydi Sitseron, kuzatuvchan boʻlishi, nutqni qayta eshitishi va qayta oʻqishi, muhokama qilishi va hal etishi, inson hayotida uchraydigan hamma narsani sinab ko‘rishi kerak. Bularning barchasi notiq uchun material boʻlib xizmat qiladi. Notiqlik inson axloqining oliy darajada namoyon bo‘lishidir. Bilimga asoslangan notiqlik ham bizning ongimizga so‘z yordamida shunday kuch bilan ta’sir o‘tkazadiki, uning bosimi tinglovchini har qanday tomonga bura oladi. Sitseron notiq obrazini shunday tasavvur qiladi. Chunki so‘z, notiqlik san’ati so‘zlovchining shaxsi – aqli, salohiyati, bilimi, tajribasi, tinglovchiga nutq orqali ta’sir o‘tkazadigan irodasi bilan bog‘liq, deydi u.
Slayd 32
Sitseron nutqning chiroyliligini uning sofligida, shiraliligida, nozikligida, ilmiyligida, aslligida, jozibaliligida, nafisligida, ehtirosliligida ko’radi. Sitseron nutq kompozitsiyasining namunasini ishlab chiqqan va bunda u: nutqning kirish qismi; ishning mohiyatini ochish; keyingi qismlarning rejasi; asosiy qism (dalillar); oxirgi qism, ya’ni nutq davomidagi asosiy masalalarni qisqa-qisqa eslatib o’tish va yakun yasash; xulosa kabilarni qayd etgan. U asosiy e’tiborini ishontirish, isbotlash, nutqqa puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavzuni yaxshi bilish kabi holatlarga qaratgan. Haddan tashqari, yorqin bo‘yoqlarda ifodalangan nutq tez esdan chiqadi, deb hisoblagan. Shu tarzda Sitseron notiqlikda o‘zining betakror uslubini yaratdi, notiqlik nazariyasini yangi tamoyillar bilan boyitdi.
Slayd 33
Mark Fibiy Kvintilian
Mark Fibiy Kvintilian (35-96 yy.) yirik notiq va notiqlik san’ati nazariyotchisi. Rim notiqlik maktabining asoschisi, Imperator Domitsian davrida yozgan “Notiqning paydo bo‘lishi haqida” traktati bizning davrimizgacha yetib kelgan. Unda notiq bo‘lib shakllanishning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan Kvintilian ham notiq, birinchi navbatda, chuqur bilimga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi qarashni ma’qullaydi. Notiq fazilatli kishi bo‘lishi kerak, deydi u. Agar inson yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmasa, u haqiqiy notiq bo‘la olmaydi.
Slayd 34
Kvintilian Rim notiqlik san’ati davlat maktablarining asoschisi, birinchi o‘qituvchisi va ajoyib ma’ruzachi bo‘lgan. Rim imperatori Vespasian bu maktab o‘qituvchilariga juda yuqori darajali maosh belgilagan. Maktab ko‘plab notiqlar tayyorlab bergan. Uning nutq oldiga qo‘ygan talablari quyidagilar bo‘lgan: material tanlash, uni joylashtirish, fikrni so‘zda ifodalash, eslab qolish va talaffuz qilish. Kvintilian bo‘lajak notiqlarga koʻplab maslahatlar bergan. Jumladan, shunday degan: Shunday gapirki, seni tushunmaslikning iloji bo’lmasin. U notiqlarning keng doiradagi bilimga ega bo‘lishini istagan, qadimgi notiqlik san’ati an’analarini tiklashga harakat qilgan.
Slayd 35
O‘rta asrlarda notiqlik
4
Slayd 36
O‘rta asrlarda notiqlik. (V-XVII asrlar)
Bu davrga kelib quldorlik tuzumi tugatiladi, uning o‘rnini feodalizm egallaydi. Feodal davlatni boshqarishning mutlaq monarxiya davri boshlanadi. Kapitalizmga yo‘l ochiladi. Bu o‘zgarishlar davr mafkurasiga, binobarin, notiqlik san’atiga ham muayyan ta’sir ko‘rsatadi. V-XI asrlar notiqlik san’ati rivoji uchun eng noqulay davr bo‘lgan. Notiqlik san’ati o‘zining siyosiy mavqeyini yo‘qotgan va uning o‘rnini diniy aqidalar egallagan. Masalan, cherkov notiqligining yirik vakili Avreliy Avgustin antik ritorikani din va ilohiyot talablariga moslashtirishga qaror qiladi. “Haqiqiy notiqlik- bu diniy notiqlikdir. Ritorika haqiqatni anglashga xizmat qilishi kerak, haqiqat esa xudoni anglashdan iboratdir”, deydi u.
Slayd 37
XI-XII asrlarda universitet notiqligi paydo boʻlgan. Unga sxolastika (diniy aqidalarga asoslangan idealistik ta’limot) salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Universitet notiqligi qanday edi? Professor kafedraga ko‘tariladi. Unda turgan kitobni ochib talabalarga o’qib beradi. Kerakli joylarini izohlab beradi. U paytlarda kitob kam bo‘lgan, talabalarning qo‘liga deyarli berilmagan. Iqtibos – sitata keltirish kuchli bo‘lgan.
Bu davrda eng atoqli notiq Praga universiteti o‘qituvchisi Yan Gus (1369-1415) boʻlgan. Oddiy xalq tilida, auditoriyaga moslab nutq soʻzlagan. Ta’lim jarayonida munozaraga keng o‘rin berilgan. Agar talaba ilmiy daraja olishga da’vogar bo‘lsa, ochiq munozarada ishtirok etib, o‘z fikrini himoya qila olishi zarur bo‘lgan.
Slayd 38
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 39
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.