GANDBOL

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
GANDBOL
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari.
2. Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi.
=== Taqdimot 3 ===
Bundan yuz yillar muqaddam daniyalik o‘qituvchi Xolger Nilson yangi sport o‘yini — “Xandboll”ni o‘ylab topdi. Qo‘l to‘pi, deb nom olgan bu o‘yin dastlab qizlar uchun mo‘ljallangandi. O‘yin qiziqarli bo‘lganligi uchun keyinroq o‘g‘il bolalar ham shug‘ullana boshladilar. Bu sport turida o‘yin boshlanishidanoq har bir o‘yinchi faol va to‘laqonli ishtirokchi bo‘lib qoladi. Gap shundaki, gandboldagi har bir harakat inson bolaligidan boshlab o‘rganadigan harakatlarga juda yaqindir.
=== Taqdimot 4 ===
Gandbol jamoa o‘yini bo‘lganligi sababli, o‘yinchilar harakati jamoa manfaatiga bo‘ysundiriladi. Shu bois o‘yinchi unga o‘zini to‘la bag‘ishlashi kerak. O‘yinda jismoniy sifatlargina emas, balki onglilik, faollik, intizom, maqsadga intilish, o‘zini tutish, hissiyotlarni jilovlash kabilar ham tarbiyalanadi.
=== Taqdimot 5 ===
Shular qatori, o‘yinchida kuzatuvchanlik, e’tiborlilik, ijodiy tafakkur kabi xislatlar ham shakllana boradi. Gandbol o‘yinida ham boshqa o‘yinlarga o‘xshab belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda raqib darvozasiga ko‘proq to‘p kiritish va o‘z darvozasini to‘p kirishidan himoya qilishdir. Ko‘p to‘p kiritgan  jamoa g‘alaba qiladi.
=== Taqdimot 6 ===
Maydonda 7 kishidan iborat ikki jamoa o‘ynaydi (bir darvozabon va 6 maydon o‘yinchisi). Bir jamoadan o‘yinda hammasi bo‘lib 12 o‘yinchi ishtirok etishi mumkin (10 o‘yinchi va 2 darvozabon). Ammo o‘yinchilar maydon markazida almashsalar-da, to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirilavermaydilar.
=== Taqdimot 7 ===
Jamoa tarkibida besh o‘yinchi bo‘lsa, o‘yin boshlanaveradi. O‘yinchi biror sababga ko‘ra maydondan chiqarib yuborilganda ham o‘yin to‘xtatilmaydi. Darvozabon o‘yinchilarni almashtira olmaydi, ammo o‘yinchilar darvozabonning o‘rniga turishlari mumkin. O‘yin 15 daqiqadan 2 taym davom etadi (orada 10 daqiqa tanaffus bo‘lib, darvozalar almashiladi). Gandbol o‘yini har qanday to‘p bilan har  qanday maydon va hatto ko‘cha maydonlarida ham o‘ynalishi mumkin.
=== Taqdimot 8 ===
Faqat maydon chizig‘i hamda 2 · 3 m hajmdagi darvoza belgilansa kifoya. O‘yin maydonini belgilash unchalik qiyin emas, darvoza oldida 6 metrli yarim doira (to‘p aynan shu joydan uriladi) va maydonni ikkiga bo‘lib turuvchi o‘rta chiziq bo‘lsa yetarli.
=== Taqdimot 9 ===
Gandbol o‘yini mashg‘ulotlarida muayyan qoidalarga amal qilinadi. Organizmni mashg‘ulotga tayyorlash uchun tayyorgarlik mashqlari bajariladi. Bu ba’zi noxushliklardan saqlaydi. Tayyorgarlik mashqlarida dastlab sekin yuguriladi, so‘ngra tezlashib, yo‘nalishlar o‘zgartiriladi (oldinga, orqaga burilib), oyoqdan oyoqqa sakrashlar bajariladi.
=== Taqdimot 10 ===
Shundan so‘ng o‘yinni boshlash mumkin:
Maydonda intizom va tartibga rioya qilish kerak.
O‘yin paytida baqiriq-chaqiriq qilmaslik lozim.
O‘yinchilar o‘zaro urilib ketmaslikka harakat qilishlari zarur.
Gandbol o‘ynaganda yengil, yumshoq, qulay poyabzal kiyilgani ma’qul.
To‘pni joyda turib va harakatda bir-biriga uzatish, darvozaga urish mashq qilinadi.
=== Taqdimot 11 ===
Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari
Gandbol o‘yini, tashqaridan kuzatilganida, oson va oddiydek tuyuladi. Ammo bu unchalik to‘g‘ri emas. Bunday oddiylik ortida juda katta mehnat, ya’ni ba’zi bir elementlarni qayta-qayta mashq qilish yotadi.
Gandbol o‘yini harakatda siljishlar, to‘pni olib yurish kabilardan tashkil topgan.
Turish, siljish, to‘xtash. Har bir sport turida o‘yinchi biror bir usulni bajarishdan avval dastlabki (standart) holatni egallaydi. Gandbolchi ham doimo himoya va  hujum holatini egallashga intiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Hujumchining holati himoyachinikiga biroz o‘xshaydi. Qo‘llari tirsakdan bukilgan va ko‘krakka barobar turadi. Oyoqlari biroz bukilgan bo‘lib, bitta oyog‘i va yelkasi oldinga chiqib turadi. Oyoqni ortiqcha keng qo‘yib yuborish ham yaramaydi (40—50 sm dan oshmasligi kerak). O‘yin paytida sportchilar doimiy harakatda bo‘lib, uni siljish, qadamlab, yugurib yurish, tez yurib, sakrab va boshqa harakatlar bilan amalga oshiradilar.
O‘yinchi o‘yinda raqibni aldash, sherik bilan qulay vaziyat tanlash uchun to‘xtashi mumkin. To‘xtash ikki qadam yoki sakrash bilan bajariladi. Oyoqlar bukiladi, gavda harakat yo‘nalishining qarshi tomoniga egiladi.
=== Taqdimot 13 ===
To‘pni bir joyda va harakat chog‘ida ikki qo‘llab tutish va uzatish. O‘yin davomida o‘yinchi ko‘p marta to‘pni ikki yoki bir qo‘llab ushlashiga to‘g‘ri keladi. To‘pni joyda turib ilib olishda panjalar ochiq bo‘ladi. Bosh barmoqlar deyarli birlashadi, boshqalari esa to‘pdan kattaroq voronka hosil qiladi.
=== Taqdimot 14 ===
To‘pni ko‘krak tomondan qo‘llarni harakatga keltirib, kaftlarni siltab uzatiladi. To‘pni harakatda ilib olish ham joyda turib tutishga o‘xshaydi. O‘yinchining qo‘llari ko‘krak oldida turadi. To‘p qadamlab yoki sakrab tutib olinadi.
=== Taqdimot 15 ===
To‘pni olib yurish. Basketbol o‘yinidan kirib kelgan bu usul ko‘proq yordamchi bo‘lib hisoblanadi, negaki gandbolda butun jamoa o‘ynaydi. Shuning uchun qarshida raqib bo‘lmagandagina to‘p yerga urib olib yuriladi. Bu usuldan yana raqiblar tomonidan jamoa zonasiga qaytishda foydalaniladi. To‘pni yerga urib yurishda uni kuzatish zarur: uning sakrash balandligi beldan oshmasin, to‘pga qaramay olib yurishga o‘rganilsa, yanada yaxshi. To‘pni yerga urib yurish mashqiga har bir mashg‘ulotda 2—3 daqiqa ajratiladi.
=== Taqdimot 16 ===
To‘pni otish. To‘pni otish uni sherikka uzatishdan jiddiy farqlanmaydi. Farqi shundaki, to‘pni otganda kuch bilan keskin otiladi. To‘p turli holatlardan turib (yuqoridan, pastdan, yondan, boshdan, orqadan) otiladi.
Joydan turib to‘p otish yetti metrli jarima, to‘qqiz metrli erkin zarbada, turli masofalardan kutilmaganda amalga oshiriladi.
Harakat paytida to‘p otishni bajarish uchun joyda turib to‘p otishni o‘zlashtirib olish lozim.
=== Taqdimot 17 ===
To‘pni tirsakdan bukilgan qo‘l bilan katta tezlikda to‘xtamay turib tayyorgarliksiz otish mumkin. To‘pni otish chog‘ida o‘yinchi og‘irlik markazini oyog‘iga o‘tkazadi, bu otish kuchini oshiradi. Tirsakdan bukilgan qo‘l bilan yondan va pastdan to‘p otish usuli to‘pni uzoqqa ko‘p marotaba otganda qo‘llaniladi. Otish o‘tkir burchak ostida otuvchi tomonidan bel balandligida bajariladi. Otish ikki holatdan turib bajariladi. Birinchi holatda u tizza barobarida, ikkinchi holatda esa yelka barobarida, ba’zida undan pastda ham bajarilishi mumkin.
=== Taqdimot 18 ===
To‘g‘ri qo‘l bilan pastdan otish. O‘yinchi buni har qanday holatda bajaradi. Uni bajarish egilgan qo‘l bilan pastdan otishga o‘xshab ketadi.
To‘g‘ri qo‘l bilan yuqoridan otish. O‘yinchi buni yugurib va sakrab turib bajarishi mumkin. O‘yinchi yuqoriga sakrab o‘z sherigi otgan to‘pni ilib oladi va uni darhol uloqtiradi.
To‘pni 180 ° ga burilib, darvozaga orqa qilib turib ham otish mumkin.
To‘g‘ri qo‘l bilan yondan otish. Bu usul qo‘l egilmagan holda, kaftning qat’iy siltov harakati bilan bajariladi.
=== Taqdimot 19 ===
Otilgan to‘plar yo‘lini to‘sish, darvozani to‘pdan qo‘riqlash faqat darvozabonning emas, balki himoyachining ham ishidir. Bunda himoyachi panjalari yoyilgan qo‘lini to‘p uchib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishga tutadi. To‘sish doim ikki qo‘llab bajariladi. Faqat yondan kelayotgan to‘p bir qo‘l bilan to‘silishi mumkin. Darvozaga urilayotgan to‘p yo‘lini to‘sishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: yuqoriga ko‘tarilgan qo‘llar bilan sakrab to‘sish, uchib kelayotgan to‘pni turli tomonlarga engashib hamda oyoq bilan to‘sish va boshqalar.
=== Taqdimot 20 ===
Yuqoridan uchib kelayotgan to‘p joyda turib, qo‘llarni yuqoriga ko‘targan holda yoki yondan to‘siladi. Agar to‘p balandroqdan kelayotgan bo‘lsa, balandga sakrab kaft bilan uning yo‘li to‘siladi. To‘pni yumshoqroq qabul qilish uchun panjalar yoyilishi lozim.
=== Taqdimot 21 ===
Yerdan 70—170 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sish. Agar to‘p yon tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, unga yaqin turgan qo‘l kafti ochiladi va ikkala qo‘l to‘pning yo‘liga qo‘yiladi.
=== Taqdimot 22 ===
Yerdan 40 — 50 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sish. Himoyachi to‘pning yo‘nalishi tomon odimlaydi va to‘pni qo‘llarini oldinga cho‘zib to‘sadi. Mabodo, to‘p himoyachining o‘ng yoki chap tomonidan o‘tib ketayotgan bo‘lsa, unda biroz oldinga engashish zarur.
To‘pni oyoq bilan to‘sish. Agar himoyachi juda past uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sishga ulgurmasa, unda shu usuldan foydalaniladi. Himoyachi oyog‘i bilan pastga egiladi. Aslida to‘pni oyoq bilan to‘sish qoidada man etilgan, lekin sharoit taqozo qilsa, qo‘llash mumkin.
=== Taqdimot 23 ===
Darvozabon o‘yini. Darvozabon ishi o‘ta mas’uliyatli va ayni chog‘da sharaflidir. Darvozabon o‘yin paytida raqib bilan juda ko‘p ro‘para  keladi. Unga juda katta jismoniy va ruhiy yuk (nagruzka) tushadi. Darvozabon maydondagi holatni tahlil qilib, to‘pni doimiy nazorat qilib boradi va o‘yinchilarga tegishli ko‘rsatmalar berib turadi. U o‘yin davomida 40 — 50 marta kuchli zarbalarni qaytarishiga to‘g‘ri keladi.
Darvozabon tez idrok etish, siljish, chaqqonlik, harakatni yaxshi his qila olish, kuzatuvchanlik, qo‘rqmaslik, vaziyatni to‘g‘ri baholash kabi xislatlarga ega bo‘lishi zarur.
=== Taqdimot 24 ===
Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi
O‘yin oldidan hakam jamoa sardorlarini chaqiradi va qur’a tashlaydi. Qur’ada yutgan tomon o‘yinni boshlaydi va maydonning xohlagan tomonini egallaydi.
O‘yin maydon markazidan hakamning hushtak chalishi va to‘pni xohlagan tomonga tashlashi bilan boshlanadi. Darvozaga to‘p kiritilgach, o‘yin qaytadan maydon markazidan, to‘p qo‘yib yuborgan jamoa tomonidan boshlanadi.
=== Taqdimot 25 ===
To‘pni sheriklarga bir yoki ikki qo‘llab oshirish, to‘pni qo‘lning har qaysi qismi bilan oshirish yoki tutish mumkin. O‘yinchi to‘p bilan uch qadamdan ortiq yurmaydi, u to‘pni ikki qo‘lda sherigiga oshirishi yoki zarba berishi lozim.
To‘pni ikkinchi marta olib yurish man etiladi. To‘pni qo‘lda 3 soniyadan ortiq ushlab bo‘lmaydi. Agar to‘p  raqibda bo‘lib, bir qo‘lda tutib turgan bo‘lsa, uni urib chiqarish mumkin, ikki qo‘lida bo‘lsa, urish mumkin emas.
=== Taqdimot 26 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“GANDBOL” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar