Gandbol texnikasi va taktikasini takomillashtirish uslubiyati
8000 so'm

Slayd 1
Gandbol texnikasiga va taktikasiga takomillashtirish uslubiyati
Slayd 2
Reja:
Gandbol o‘yinining texnikasi Gandbol o‘yinining taktikasi
Gandbol o‘yinining texnikasi
Gandbol o‘yinining taktikasi
Slayd 3
Gandbol o’yini texnikasi va taktikasini tasnifi :
Gandbol o‘yinida to‘p bilan va to‘psiz usullar bajariladi. Qo‘yilgan maqsadga erishmok uchun o‘yinda qo‘llaniladigan hilma —xil maxsus usullar yig‘indisi gandbol texnikasini tashkil etadi.
O‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida gandbol texnikasida muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat: avval keng tarqalgan 11×11 o‘yin o‘rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat qiluvchi o‘yinchilar vujudga keldi.
Slayd 4
Gandbol o’yini texnikasi va taktikasini tasnifi:
Texnik usullar — bu gandbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jixatdan gandbolchilarning ana shu xilma — xil vositalarni qanchalik to‘liq bo’lishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llashiga bog‘lik. Gandbol texnikasini yaxshi bilish qo‘l to‘pichining xar tomonlama tayyorgarligi va xar jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir.
Slayd 5
Gandbol o’yini texnikasi va taktikasini tasnifi :
O‘yin texnikasida xujum va himoya bir — biridan farq qiladi. To‘pni ilish, uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To‘p yulini to‘sish, uni tutib olish, urib qaytarish va darvozabon o‘yinining texnikasi himoyasida qo‘llaniladi.
Slayd 6
Har qaysi bo‘lim harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga ajratiladi. Kichik bo‘limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan — harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli-tuman bo’lishini ta’minlaydi.
Slayd 7
O‘rganilayotgan materialni surunkalashtirish usul turlarini tuzukroq tushunishga, ularni tug‘ri taxlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi. To‘pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar darvozasiga to‘p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama- qarshiligini faqat maxsus usullar yordamida yengishi mumkin. O‘yin texnikasining bu qismiga to‘pni ilish, ushlash, to‘pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg‘itish (fint) va to’siq (zaslon) quyish usullari kiradi.
Slayd 8
To‘pni ilish. Bu to‘pni egallashga imkon beruvchi usul. To‘pni bir va ikki qo‘llab ilish mumkin. To‘pni ikki qo‘llab ilishda qo‘llarning panjalari bir- biriga yaqinlashtirilib voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to‘pga tekkanidan so’ng, uchib kelgan to‘p tezligini pasaytirish uchun qo‘llar bukiladi.
Slayd 9
To‘p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to‘g‘ri ushlash lozim. Agar o‘yinchi uni ikki qo’llab ushlasa to‘p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to‘pni bir qo‘llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to‘pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu qo‘lning panja bo‘limlari qotishiga olib keladi.
Slayd 10
Gandbolda hujum va himoya texnikasi
-Hujum o’yin texnikasi – to’pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar darvozasiga to’p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama-qarshiliklarini turli usullar yordamida yengish mumkin.
Hujum o’yini texnikasining bu qismiga to’pni ilish, ushlash, to’pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg’itish va to’siqlar qo’yish usullari kiradi
To’pni ilish – bu to’pni egallashga imkon beruvchi usul. To’pni bir va ikki qo’llab ilib olish mumkin. To’pni bir qo’lda ilish juda murakkab harakat hisoblnadi. To’p bilan muvaffaqiyatli
Harakat qilish uchun uni to’g’ri ushlash lozim. To’p ikki qo’l bilan ushlanganda yaxshi nazorat qilinadi.
Slayd 11
To‘pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. To‘p uzatish ko‘p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko‘proq yuqoridan va qo‘l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to‘p otish usulida ham farq qiladi.
Qo‘llarni tirsak qismida bukgan xolda yuqoridan to‘pnn uzatish — gandbolda o‘yinida to‘p uzatishning asosiy usulidir.
Keyingi vaqtlarda yashirin holda — orqadan, bosh ortidan, oyoqlar orasidan to‘p uzatish ko’proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. To‘p uzatish panjalarning faol ishlashi natijasida bajariladi. Qo‘l panjalari yordamida uzatilgan to‘p aniqlik va tezlikdan yutadi.
Slayd 12
To’pni yerga urib olib yurish – bir joyda turganda, ko’proq yurganda, yugurganda bajarilib, o’yinchining harakat qilishida ko’p qo’llaniladigan asosiy usullardan biri hisoblanadi. To’pni yerga urib olib yurish to’g’ri chiziq, yoysimon chiziq va doira bo’ylab har-xil yo’nalishlarda bajarilishi mumkin. O’yinchining yo’nalishni, tezlikni, sapchish balandligini o’zgartirib hamda to’pga qaramasdan yerga urib olib yurishlar qo’l to’pi o’yinida katta ahamiyatga egadir.
Slayd 13
O’yinda to’pni otish natijasi bir qator sharoitlarga bog’liq. Ayniqsa, raqiblarga kutilmagan vaziyatda to’pni otish yo’nalishini o’zgartirishdir. To’pni ko’zlagan nuqtaga yo’naltirishda tezlik muhim rol o’ynaydi. To’pni otish kuchi tezlikka bog’liq. To’pni otishda uning kuchi va og’irligini hisobga olish lozim. Darvozaga to’p otish – joyidan, yurib, yugurib kelib, sakrab va tayangan holda bajariladi. Darvozaga to’p otish yuqoridan, yondan, pastdan bir qo’llab bajariladi va h.k.
Slayd 14
Gandbol o’yinida chalg’itish harakatlari.
Chalg’itish harakatlarini to’psiz va to’p bilan bajarish mumkin. To’psiz chalg’itishlardan to’pni tekis, uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta’qibdan qutulish maqsadida ko’proq foydalaniladi.
To’pni uzatishda otishni, yerga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun to’p bilan chalg’itishlarda qo’llaniladi.
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan to’pli yoki to’psiz chalg’itishlar oddiy va murakkab ikki turlarga bo’linadi. Bir harakatdan ikinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga shuncha ko’p imkoniyat yaratiladi.
To’pni uzatishda usullarni o’zgartirishda to’p yo’nalishini va to’p uzatishda, to’xtab qolish paytlarda chalg’itishlar ko’p qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish – bu to’pni otmoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilarning yo’lini to’sishlarda qo’llaniladi.
Slayd 15
To’pni olib qo’yish usuli yordamida jamoaning qarshi hujumga o’tishi ta’minlanadi.
-To’pni urib chiqarish harakati to’p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to’pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi.
-To’pni to’sish darvozaga yo’naltirilgan to’pga qarshilik ko’rsatishda qo’llaniladigan asosiy harakat hisoblanadi.
Yuqoridan, o’rta va pastdan kelayotgan to’pni bir va ikki qo’l bilan to’sish mumkin. To’pni to’sishni bajarayotgan himoyachi hujumchiga qanchalik yaqin bo’lsa, to’p yo’nalishini aniqlash shunchalik oson bo’ladi. Himoyachi to’pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek to’pni kuzatish va to’p otayotgan o’yinchini o’z vaqtida to’xtatish uchun uning oldiga chiqishi lozim.
Sakragan holda otilgan to’pni to’sish raqib tomonidan ham sakrab amalga oshiriladi.
O’yinida to’pni olib qo’yish usullari.
Slayd 16
To‘p bilan bo‘lgan qo‘lga qarama- qarshi oyoqga tayanilgandan so‘ng to‘p otish harakati boshlanadi; bu holda gavdaning og‘irligi oldinga o‘tkazilib, darvoza tomon buriladi va to‘p ushlagan qo‘l bukilib oldinga qarab tezlanish harakatini boshlaydi. Shuni hisobga olish kerakki, qo‘l harakati davomida tirsak panjalardan oldinda bo‘lmog‘i kerak. To‘pni qo‘ldan chiqarishda vujudga keladigan kaft va bilak silkitilishi, keyinchalik gavdaning yuqori qismlariga nisbatan pastki qismlarini tuxtatishga olib keladi
Slayd 17
Yuqoridan qo‘lni bukib to‘p otish qo‘lni tez siltash yordamida bajariladi. Birinchi oldinga qo’yilgan oyoqqa qarama-qarshi qo‘l to‘p bilan orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan birga siltanadigan qo‘l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi kerak. Keyingi qadamni quyishda gavda darvoza tomon burilib tezlik bilan oldinga egiladi va to‘pni qo‘ldan chiqaradi. Bu usulning farqi shundaki, to‘p otish bir oyoqqa tayangan holda bajariladi.
Slayd 18
Darvozabon jamoada eng qiyin va mas’uliyatli vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki, hujumning natijasini ham belgilaydi.
Darvozabonning dastlabki turish holatiga uning gavdasini tik turishi, siljishi, chalg’itishlari, to’pni qo’l, oyoq, gavda bilan qaytarishi va to’pni uzatishlari kiradi.
-Darvozabonning turishi harakatdagi to’pning vaziyatiga bog’liq ravishda, har-xil holatda bo’lishi mumkin. Darvozada turishning ikki turi mavjud bo’lib, bu darvoza o’rtasida va darvoza ustunlari yonida turish hisoblanadi. Darvoza o’rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qulayroqdir. Agar hujumchi to’p otishni burchakdan bajarayotgan bo’lsa, unda darvozabon darvoza ustuni oldida, yonda turib (oyoqlar oralig’i 15-20sm) darvozaga yaqin bo’lgan qo’lini yuqoriga ko’tarib, tirsak qismi salgina bukilgan bo’ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopish mumkin bo’ladi.
Darvozabon o‘yini texnikasi.
Slayd 19
O’yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to’g’ri harakat qilishga bog’liq. Shu sababli o’yinni boshqarishda turli xil taktik vositalardan foydalanish lozim.
Taktika deganda, o’yinchilarning raqib ustidan g’alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy yoki jamoa harakatlarini tashkil qilinishi, ya’ni, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan harakatlarni tushunish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa bu – hujum va himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vositalari va o’zaro uyg’unlashgan shakllarini belgilashdan iboratdir.
Gandbolda o’yin taktikasi.
Slayd 20
Himoyada o’ynashning umumjamoa usuli shaxsiy, hududiy va aralash bo’lishi mumkin. Biroq qisman bo’lsa ham boshqa usul elementlaridan foydalanmasdan birgina usulda o’ynayverish xato bo’ladi, chunki bu hol himoya taktikasini qashshoqlashtirib qo’yadi. Himoyada o’ynash usullarini himoyachilarning shaxsiy xislatlari va imkoniyatlarini hisobga olib tanlash kerak.
Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi hujum qilayotganlar harakatiga javob tariqasida bo’lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilgani jamoaga hujum harakatlarini ham muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini beradi.
Gandbol o’yinida himoya taktikasi.
Slayd 21
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Abdurashidova, N. (2021). Gandbol tarixi va jahon tajribasi. Toshkent: O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Djalilova, L. (2022). O’zbekistonda gandbol: rivojlanish va muammolar. Buxoro: Buxoro davlat universiteti.
Ismoilov, R. (2023). Gandbol va uning o’zbek sporti tarixidagi o’rni. Samarqand: Samarqand davlat universiteti.
Mamatova, D. (2020). Gandbol: o’yin qoidalari va metodikasi. Toshkent: Oliy sport akademiyasi.
Minovarov, A. (2021). O’zbekistonda gandbolning rivojlantirish strategiyalari. Farg’ona: Farg’ona davlat universiteti.
Qodirov, A. (2022). Gandbol sportining rivojlanishi: barcha bosqichlar. Andijon: Andijon davlat universiteti.
Rahimov, X. (2023). Gandbol o’yinida taraqqiyot va o’zgarishlar. Nukus: Nukus davlat universiteti.
Salimov, R. (2021). Gandbol va sport ta’limi: nazariyalar va amaliyotlar. Toshkent: O’zbekiston Respublikasi – Ta’lim muassasalari.
Tashkentov, U. (2022). Gandbol: tarixiy rivojlanish bosqichlari va istiqbollar. Toshkent: Fan va ta’lim.
Xolov, D. (2022). O’zbekistonda gandbol: nastoyashie i budushee. Samarqand: Samarqand davlat universiteti.
Slayd 22
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.