Gandbol tarixi va O’zbekistonda rivojlanish bosqichlari
8000 so'm

Slayd 1
Gandbolning tarixi va O‘zbekistonda rivojlanish bosqichlari.
Slayd 2
Reja:
Gandbol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
O‘zbekistonda gandbolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.
O ‘ zbekistonda mustaqillikdan so‘ng gandbolni rivojlanishi.
Slayd 3
Xolger Nilson 1-rasm
Gandbol o’yini barcha sport turlari kabi o’zining olamshumul tarixiga ega. 1898 Yilda – gandbolga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o’qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog’inli havoda, zalda o’ynasa bo’ladigan yangi sport o’yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoadagi o’yinchilar sonini qisqartirib, to’pni uzatish va otish faqat qo’l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa olamda»Handboll» inglizchadan tarjima qilinganda hand – qo’l, ball – to’p ya’ni – qo’l to’pi yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab ketadi.
.
Slayd 4
Xolger Nilson ikkita sport o’yindan ya’ni futbol va basketbol sport turidan yangi sport turini yaratish g’oyasi paydo bo’lganda hech kim bu o’yin dunyoda shunchalik keng tarqalishini kutmagan edi.
11 Kishidan iborat jamoa bilan o’yin yaratish 1917-1919-yillarga to’g’ri keladi. O’yinning ikkala yo’nalishi ham uzoq vaqtdan beri mavjud.
O’yin maydonining birinchi o’lchamlari 40×20 metr, darvozaning bo’yi 2 metr, eni esa 3 metr, to’pning aylanasi esa 68-70 sm bo’lgan. O’yinning dastlabki qoidalari bo’yicha to’p bilan yugurish va to’p uchun kurashishga ruxsat berilmagan. Gandbol o’yini qoidalariga keyingi kiritilgan o’zgartirishlar o’yinning atletik bo’lishiga olib keldi. 1923- Yilda to’p o’lchami qisqartirildi va o’yin qoidalariga 3 sekund va 3 qadam bandlari kiritildi, bu, o’z navbatida, o’yin texnikasi va taktikasiga ta’sir ko’rsatib, o’yinning tezkor bo’lishiga olib keldi.
1925-yilda Germaniya terma jamoasining Avstriya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro uchrashuvi bo’lib o’tdi. Germaniya terma jamoasi o’yinda 5:6 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
Slayd 5
1926-yilda gandbolning xalqaro sport bilan tan olinishi bir qator mamlakatlarda o’yinni rivojlantirishga turtki berdi. Lyuksemburg va Shveytsariya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda gandbolni rivojlantiradigan klublar bor edi.
1928-yilda Amsterdamda Xalqaro havaskor gandbol federatsiyasi (Ihf) tashkil etildi. Dastlab bunga 11 mamlakat a’zo bo’lgan.
Sobiq Ittifoqda gadbol bo’yicha birinchi yirik musobaqa 1928- yilda I Butunittifoq spartakiadasi doirasida o’tkazilgan.
Gandbol o’yini Olimpiada o’yinlari dasturiga dastlab 1936-yilda kiritildi (Germaniya, Berlin). O’shanda musobaqalarda faqat 6 ta erkaklar jamoalari qatnashgan edilar. Olimpiada o’yinlari davrida Xalqaro Gandbol federatsiyasining 4-kongresi bo’lib o’tdi. Bu kongressida 7×7 va 11×11 ko’rinishda gandbol bo’yicha jahon chempionatlarini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. 1938-yildan boshlab gandbol bo’yicha Jahon chempionatlarining o’tkazilishi rejalashtirildi va shu yildan boshlab o’tkazila boshladi. Chempionatlar birinchi navbatda erkaklar jamoalari ishtirokida o’tkazildi. Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi g’olib bo’ldi.
Slayd 6
1941-1945-yillardagi Ulug’ Vatan (Ikkinchi jahon urushi) urushi uzoq vaqt davomida jahon sportining rivojlanishini to’xtatib qo’ydi. Gandbol ham bundan mustasno emas edi. Urushdan keyingi yillarda 1946-yilda Xalqaro Gandbol Federatsiyasi (Ihf) tashkil etilishi bilan o’yin rivojlanishida yangi yuksalish boshlandi. U jahon gandbolini qayta tiklashga qaratilgan harakat dasturini tasdiqladi, erkaklar va ayollar jamoalari ishtirokida gandbol bo’yicha jahon chempionatlarini 11×11 ko’rinishda o’tkazdi.
1948-yilda Fransiyada 11×11 gandbol bo’yicha erkaklar o’rtasidagi jahon chempionatida 12 ta jamoa ishtirok etdi, unda shvedlar terma jamoasi g’olib bo’ldi.
1949-yilda Vengriya terma jamoasi Budapeshtda ayollar o’rtasidagi jahon chempionatida g’olib bo’ldi. Kelajakda jahon chempionatini har to’rt yilda bir marta o’tkazishga qaror qilindi. Jami 7 ta erkak va 3 ta ayollar gandbol chempionati 11×11 formatida o’tkazildi. 1966-yilda 11×11 gandbol bo’yicha yettinchi va oxirgi jahon chempionati bo’lib o’tdi, u xalqaro o’yin darajasida mavjud bo’lib, 7×7 gandbolini rivojlantirish imkoniyatini berdi.
Slayd 7
1954-yilda Shvetsiyada erkaklar jamoalari o’rtasida gandbol bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tdi. Shvetsiyaliklar g’alaba qozonishdi va ayollar Yugoslaviyada 7×7 gandbol bo’yicha birinchi chempionatni 1957-yilda o’tkazdilar. Birinchi o’rinni Chexoslovakiya jamoasi egalladi. 1972-yilda Myunxen shahrida o’tkazilgan XX Olimpiada o’yinlari dasturiga gandbol o’yini yana kiritildi. Musobaqalar yopiq sport inshootlarida o’tkazildi va musobaqada faqat erkaklar jamoalari qatnashib, unda Yugoslaviya gandbolchilari g’alaba qozondi.
Slayd 8
1976-yilda Monreal shahrida o’tkazilgan Xxi Olimpiada o’yinlari dasturidan gandbol o’yini to’laqonli ravishda joy oldi. Musobaqalarda erkaklar jamoalari bilan bir qatorda ayollar jamoalari ham ishtirok etish huquqini olishdi. Musobaqada Soboq ittifoq ayollar jamoasi gandbolchilari g’alaba qozondi.
Gandbol taraqqiyotida tamomila yangicha yo’nalish yuz bera boshladi. Mazkur vaziyatni Olimpiada o’yinlari, Jahon chempionatlari, Osiyo chempionatlari musobaqalari davomida turli mamlakat jamoalarining erishgan yutuqlari misolida ko’rish mumkin (1,2,3- jdavallar).
Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 174 davlati a’zo bo’lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug’ullanadi.
Slayd 9
Ma’muriy boshqaruv qo‘mitasi
Xalqaro gandbol federatsiyasining asosiy bo‘g‘inini boshqaruv organi tashkil etadi. Muhim qarorlar kongress tashkil etish orqali qabul qilinadi. Xalqaro gandbol federatsiyasining barcha faoliyatlari uchun kerakli xarajatlar yetakchi boshqaruv departamentiga yuklatilgandir. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar kengash yig‘ilishi o‘rtasida hal etiladi. Ushbu kongressda maqbul deb topilgan taklillar, samarali fikrlar muhokamaga qo‘yiladi. Boshqaruv qo‘mitasining 4 ta a’zosi bo‘lib, bular:
Prezident
Vitse prezident
Xazinachi
Boshqaruv qo‘mitasining a’zosi
Slayd 10
1898-1941-yillar – o’yinning kelib chiqishi, tarqalishi va shakllanishi;
1946-1957-yillar – o’yinning ustun rivojlanishi 11×11;
1960-1972-yillar – o’yinni tarqatish 7×7;
1972-yildan beri – o’yinni dunyo bo’ylab keng ommalashtirish davri;
1986-yildan – gandbolni professionallashtirish boshlagan davri.
Slayd 11
(Erkaklar)
O’tkazilgan yili
O’tkazilgan joyi
1- O’rin
2-O’rin
3-O’rin
1936-yil
Berlin
Germaniya
Avstriya
Shvetsariya
1972-yil
Myunxen
Yugoslaviya
Chexoslovakiya
Ruminiya
1976-yil
Monreal
Soboq ıttıfoq
Ruminiya
Polsha
1980-yil
Moskva
Gdr
Soboq ıttıfoq
Ruminiya
1984-yil
Los-Anjeles
Yugoslaviya
Frg
Ruminiya
1988-yil
Seul
Soboq ıttıfoq
Janubiy Koreya
Yugoslaviya
1992-yil
Barselona
Mdh jamoasi
Shvetsiya
Fransiya
1996-yil
Atlanta
Xorvatiya
Shvetsiya
Ispaniya
2000-yil
Sidney
Rossiya
Shvetsiya
Ispaniya
2004-yil
Afina
Xorvatiya
Germaniya
Rossiya
2008-yil
Pekin
Fransiya
Islandiya
Ispaniya
2012-yil
London
Fransiya
Shvetsiya
Xorvatiya
2016-yil
Rio-de Janeyro (Braziliya)
Daniya
Fransiya
Germaniya
2020-2021
Tokio
Fransiya
Daniya
Ispaniya
2024-yil
Parij
Daniya
Germaniya
Ispaniya
Olimpiya o’yinlari natijalari
Slayd 12
(Ayollar)
O’tkazilgan yili
O’tkazilgan joyi
1- O’rin
2-O’rin
3-O’rin
1976-yil
Monreal
Soboq Ittıfoq
Gdr
Vengriya
1980-yil
Moskva
Soboq ıttıfoq
Yugoslaviya
Gdr
1984-yil
Los-Anjeles
Yugoslaviya
Janubiy Koreya
Xitoy
1988-yil
Seul
Janubiy
Koreya
Norvegiya
Soboq Ittıfoq
1992-yil
Barselona
Janubiy
Koreya
Norvegiya
Mdh (sng)
1996-yil
Atlanta
Daniya
Janubiy Koreya
Vengriya
2000-yil
Sidney
Daniya
Vengriya
Norvegiya
2004-yil
Afina
Daniya
Janubiy Koreya
Ukraina
2008-yil
Pekin
Norvegiya
Rossiya
Janubiy Koreya
2012-yil
London
Norvegiya
Chernogoriya
Ispaniya
2016-yil
Rio-de Janeyro (Braziliya)
Rossiya
Fransiya
Norvegiya
2020-2021
Tokio
Fransiya
Okr
(Rossiya)
Norvegiya
2024-yil
Parij
Norvegiya
Fransiya
Daniya
Olimpiya o’yinlari natijalari
Slayd 13
Gandbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlari turniri
Gandbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlari turniri Xalqaro gandbol federatslyasi va Osiyo Olimpiya Qo‘mitasi boshchiligida o‘tkaziJadi. Osiyo o ‘yinlari 1951-yildan boshlab, 1954-yildan 4 yilda bir marta o‘tkaziiadi. Gandbol 1982-yildan o‘yin dasturiga kiritildi. 1982 Va 1986-yillardan faqat erkaklar, 1990-yildan boshlab ayollar ham qo‘shilgan. Erkaklar jamoasi orasida Janubiy Koreya 6 marta, bir martadan Xitoy, Quvayt va Qatar terma jamoalari g‘olib bo’lgan. Ayollar orasida 6 marta Janubiy Koreya va bir marta Xitoy terma jamoalari g‘olib bo‘lgan.
Slayd 14
O‘zbekistonda gandbolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.
1938-yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat o’tkazildi. 1960-yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida ta’lim oluvchi kursantlar orasida 11×11 gandbol musobaqalari o’tkazilgan. 1960-yili Xarkov shahrida yoshlar orasida gandbol bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu turi mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960-yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor gandbol mutaxassisligi bo’limi ochildi. 1960-yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va O’zbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi. 1962-yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida o’tkazilgan ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O’zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo’llanma oldi.
Slayd 15
O’zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F. Abdurahmonov, M. Jukov, B. Pikin, V. Ogirenko, M. Sirotenko, M. Magdullin, A. Oleynikov, N. Rahmatov, A. Pantasenko va A. Sodiqov O’zDJTI va Toshkent Irrigatsiya instituti jamoalari vakillari edi. Sobiq Ittifoq chempionatlarida jamoaga V. Sevastyanov va V. Lemeshkovlar murabbiylik qilgan.
O’zbekiston gandbolchilari 1972-1973-yillarda yuqori natijalarga erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o’tkazilgan chempionatda oltinchi o’rinni egalladilar. O’zDJTI jamoasi Butun- ittifoq talabalar o’rtasidagi musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo’lga kiritdi.
O’zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983-yillarda sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o’rinni egalladi. 20 dan ortiq qizlarimiz sport ustasi talablarini bajardilar. Shular jumlasidan o’zbek qizi Marg’uba Artiqboyeva O’zbekistonda birinchi bo’lib shu unvonga ega bo’ldi.
Toshkentda dastlabki yoshlar va o’smirlar sport maktablari 60- yillarda ochildi va sobiq Ittifoq maktab o’quvchilari spartakiadalarida muntazam ishtirok etib, 1975-yili qizlar 3-o’ringa, o’smirlar esa 1979-yili oltinchi o’ringa sazovor bo’lishdi. Keyinchalik ushbu sport maktablarida shug’ullangan jahon va Olimpiya chempionlari Viktor Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o’rtasida jahon chempionlari S. Zemlyanova va O. Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan S. Orlov, V. Antonov, S. Kalmikov, G. Travkin, I. Axmadiyev, B. Proxorovlar «Xalqaro sport ustasi» unvoniga sazovor bo’lganlar.
Slayd 16
1994-1996-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o’rtasida o’tkazilgan chempionatda «D-klub» (O’zDJTI) gandbolchi qizlari g’alabaga erishdilar. Sh. K. Pavlov va F. A. Abdurahmonovlar rahbarligida O’zDJTI talaba qizlari asosida tarkib topgan Respublika terma jamoasi 1997-yili Iordaniyada o’tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib, O’zbekiston jamoalari orasida sport o’yinlari bo’yicha birinchi marta jahon chempionatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. 1997-yilning dekabr oyida Germaniyada o’tkazilgan jahon chempionatida Xitoy, Braziliya va Urugvay jamoalarini ortda qoldirib, O’zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi.
O’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga ommaviy jalb qilishni ta’minlash maqsadida 1999-yil 21-mayda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 271-sonli qaroriga binoan mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy modeliga asoslangan va uning talablariga uyg’unlashgan uzluksiz ta’limning ommaviy sport tizimi yaratilib, amalga oshirila boshlandi.
Slayd 17
«Umid nihollari»
Birinchi bo‘g’in. «Yoshlik» sport jamiyati doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari qamrab olinadi. O’quvchilar uchun har o‘quv yilida «Urnid nihollari» o‘yinlari o‘tkaziladi, dastlabki bosqich kuzgi ta’tilda maktablarda, tumaniarda, ikkinchi bosqich qishki ta’tilda viloyat miqyosida, uchinchi bosqich bahorgi ta’tilda mamlakat miqiyosida bo‘lib o‘tadi. «Umid nihollari» o‘yiniari yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali va mazmunli o‘tkazish, kurashda chiniqtirish, jamoa boMib harakat qilishga o‘rgatish, ularda jismoniy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojni paydo qilish va kuchaytirish, g‘alabaga intilish fazilatlarini tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi. Shu bilan birga, o‘quvchilaming shaxsiyijtimoiy rivojlanishi, iqtidorli yoshlarni sport zaxiralariga kiritish ham nazarda tutiladi.
Slayd 18
«Barkamol avlod»
Ikkinchi bo‘g‘in. «Barkamol avlod» sport jamiyati doirasiga kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari qamrab olinadi. Kollej va litseylar o’quvchilari o‘rtasida yiliga bir marta «Barkamol avlod» sport musobaqalari o‘tkaziladi. Mazkur musobaqalaming dastlabki bosqichi oktabr-yanvar, viloyat bosqichlari yanvar-aprel, mamlakat yakuniy bosqichi aprel-may oylarida o‘tkaziladi. Bu musobaqalar o‘quvchilarni jismoniy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga tayyorlash borasidagi keng qamrovli ishiami yangi bosqichga ko‘tarishga, sport zaxiralarini yangi iqtidorli yoshlar bilan muntazam to‘ldirib borishga yordam beradi.
Slayd 19
«Universiada»
Uchinchi bo‘g‘in. «Talaba» sport uyushmasi doirasida oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida «Universiada» sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqalar mamlakat miqyosida oliy o‘quv yurtiari talabalari o‘rtasida har ikki yilda bir marta o‘tkazilib, mamlakat terma jamoalarini doimiy ravishda yurt sharafini nufuzli xalqaro musobaqalarda himoya qila oladigan sportchilar bilan to‘ldirib borish imkonini beradi. Yangi tizim mamlakatimizning barcha o‘quvchi yoshlarini to‘la qamrab oladi.
Slayd 20
Sport ilk bor maktabda o‘quvchining kundalik ehtiyojiga aylansa, akademik -litsey va kasb-hunar kollejida uning doimiy hamrohi boiib qoladi. Universitet yoki institutda esa bu hamroh uni nufuzli xalqaro musobaqalarga olib chiqadi. Musobaqalarda kashf etilgan g‘oliblar O‘zbekiston terma jamoalariga jalb etiladi. Yana bir muhim tomoni – mazkur tizimlarda sportning ma’lum turi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan yigit-qizlar bu boradagi ishlarini bo‘lajak oilalarida, mehnat jamoalarida ham davom ettiradilar, Shu jumladan, gandbol bo‘yicha 16 ta erkaklar va 14 ta ayollar jamoasi birinchi marta Buxoroda o‘tkazilgan Universiada-2002″ dasturiga kiritilgan. Bu uch bo‘g‘inli tizim yo‘lga qo‘yilgandan boshlab yana gandbol sportiga, uning yashashiga, rivojiga e’tibor berila boshlandi.
Slayd 21
O‘zbekiston gandbol federatsiyasi 1992 yilda tashkil topgan.
O‘zbekiston gandbol federatsiyasi boshqaruvi quyidagilar:
Rais.
Rais o‘rinbosarlari 3ta.
Bosh kotib.
Ijrochi direktor.
Slayd 22
2005-yildan boshlab O‘zbekiston gandboli yangi bosqichni boshladi. O‘zbekiston gandbol federatsiyasining bosh kotibi etib
I. I Matxalikov saylangandan so‘ng, o‘zbek gandbolchilari xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Ular 2014-yilda Osiyo mintaqasidagi federatsiyalarning ichida «Eng faol» degan unvonga sazovor bo‘ldi. Yana shuni qayd etish joizki, O ‘zbekiston o‘smiriar va qizlar jamoalari 2011-yildan boshlab har yili jahon reytingi musobaqalaridan boMgan «Trofi» musobaqaiarida, 2014-yilda Meksikada o’tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etdilar. 2013-yil o‘smir qizlarimiz sentabr oyida Tayland davlatining poytaxti Bankok shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida sovrindor o‘ringa sazovor bo‘lib, jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘lanmani qo‘lga kiritib, 2014-yil iyul oyida Makedoniyada o‘tkazilgan jahon chempionatida qatnashdilar.
Slayd 23
2013-yil Tailandda va 2014-yil Singapurda o‘tkazilgan Janubi sharqiy Osiyo mamlakatlari birinchiligida O‘zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari oltin medalga sazovor bo‘lib, O‘zbekiston gandbolchilarining 20 dan ziyodi xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni sohibi bo‘idi. Bundan tashqari, gandbolchilarimiz so‘nggi yillarda ko‘plab yutuqlami qo‘lga kiritmoqdalar, bunga misol qilib quydagilami keltirish joiz:
2011-yilning 3-11-yanvar kunlari Hindiston davlati Chennay shahrida 1992-1993-yilda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha «Xalqaro Trofi Kubogi»da ishtirok etib, 3-faxrli o‘rinni;
2011-yilning 3-9-iyun kunlari sportning gandbol turi bo‘yicha 1995-1997-yilda tug’ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida Rossiyaning Tolyatti shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etib, 3-faxrli o‘rinni;
Slayd 24
2012-yil 7 – 12-may kunlari Samarqand shahrida Xalqaro va Osiyo gandbol federatsiyasi tashabbusi bilan gandbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va qizlar o‘rtasida «Xalqaro Trofi Kubogi» musobaqasi o‘tkazildi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlari ichidan O‘zbekiston o‘smir va qizlar milliy terma jamoalari 1-o‘rinlami egallab, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi;
Slayd 25
2012-yil 11-18-sentabr kunlari Florentina (Italiya) shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi xalqaro tumirda Vatanimiz sharafini yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarib, 25 tadan ortiq jamoalar ichidan O‘zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar;
2012-yil b-17-dekabr kunlari Jokjakarta (Indoneziya) shahrida gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida Xiv Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafmi yanada yuqori pog‘onaiarga ko‘tarib, 12 tadan ortiq jamoalar ichidan O‘zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 6-o‘rinni egallab, 2014-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi;
Slayd 26
2013-yil 1—15-iyuI kuniari Teramo va Florensiya (Italiya) shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro turnirda Vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko‘tarib, 27 ta davlat ichidan O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi;
2013-yil 24-30-noyabr kuniari Meksikaning Montere shahrida o’tkazilgan «Xalqaro Trofi Kubogi»ning qit’alararo final bosqichida O’zbckiston yoshlar milliy terma jamoasi Vatanimiz sharafini yanada yuqori pog‘ona!arga ko‘tarib, faxrli 4-o‘rinni qo‘lga kiritdilar,
Slayd 27
2013-yil I-9-dekabr kuniari Rajatxon (Tailand) shahrida gandbol bo’yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Janubi-sharqiy Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini yanada yuqori pog‘onalarga ko’tarib, O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari faxrli I -o‘rinni qo‘lga kiritdilar;
2013-yil 5-15-dekabr kuniari Florensiya (Italiya) shahrida gandbol bo‘yicha yoshlar va qizlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda 8 tadan ortiq jamoalar ichidan O‘zbekiston yoshlar milliy terma jamoalari faxrli 3-o‘rinni va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 1- o’rinni qo‘lga kiritdilar;
Slayd 28
O’kazilgan
Yil
Erkaklar
Ayollar
Jamoalar nomi
Bosh murabbiy
Jamoalar
Nomi
Bosh
Murabbiy
1992-yil
O’zdjti
Abduraxmonov F. A.
O’zdjti
Pavlov Sh. K.
1993-yil
O’zdjti
Abduraxmonov F. A.
Uptk
Izaak V. I.
1994-yil
«Quruvchi»
Turkin A. P.
Uptk
Izaak V. I.
1995-yil
«Quruvchi»
Davidov S. V.
«D» klub-Skif
Borotkin S.
1996-yil
«Quruvchi»
Davidov S. V.
«D» klub-Skif
Pavlov Sh. K.
1997-yil
«Quruvchi»
Davidov S. V.
«Sergeli»
Konoplyov V.
1998-yil
Mhsk
Davidov S. V.
«Sergeli»
Konoplyov V.
1999-yil
Mhsk
Davidov S. V.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2000-yil
Mhsk
Davidov S. V.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2001-yil
«Tankchi»
Kondrashin G.
«Algoritm»
Konoplyov V.
O’zbekiston chempionatlari natijalari
Slayd 29
2001-yil
«Tankchi»
Kondrashin G.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2002 -yil
«Tankchi»
Kondrashin G.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2003-yil
«Tankchi»
Borotkin S.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2004-yil
«Tankchi»
Borotkin S.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2005-yil
O’zmu
Matxalikov I.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2006-yil
O’zmu
Butabayev A.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2007-yil
«Umid»
Ikramov U.
«Agmk»
Mo’minov V.
2008-yil
«SamGasi»
Petrosyan V.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2009-yil
«SamGasi»
Petrosyan V.
«Algoritm»
Konoplyov V.
2010-yil
«SamGasi»
Ikramov F.
«Agmk»
Mo’minov V.
2011-yil
«SamGasi»
Ikramov F.
«Agmk»
Mo’minov V.
2012-yil
«SamGasi»
Ikramov F.
«Agmk»
Mo’minov V.
2013 -yil
O’zmu
Xalikova L.
«Agmk»
Mo’minov V.
Slayd 30
2014-yil
«Agmk»
Mo’minova M.
«Agmk»
Mo’minov V.
2015-yil
«Agmk»
Mo’minova M.
«Agmk»
Mo’minov V.
2016-yil
«Agmk»
Mo’minova M.
«Agmk»
Mo’minov V.
2017-yil
«Agmk»
Mo’minova M.
«Agmk»
Mo’minov V.
2018-yil
«Agmk»
Mo’minova M.
«Agmk»
Mo’minov V.
2019-yil
«Agmk»
Mo’minova M.
«Agmk»
Mo’minov V.
2020-yil
«Agmk»
Mo’minova M.
«Agmk»
Mo’minov V.
2021-yil
«Agmk»
Qayumov H.
Toshkent shahar
Azimov Z.
Slayd 31
«Universiada-2002» natijalari
Erkaklar jamoalari
Ayollar jamoalari
1-O’rin
Toshkent-1
1-O’rin
Toshkent-1
2-O’rin
Buxoro
2-O’rin
Buxoro
3-O’rin
Namangan
3-O’rin
Toshkent-2
«Universiada-2004» natijalari
1-O’rin
Toshkent -1
1-O’rin
Toshkent-1
2-O’rin
Samarqand
2-O’rin
Samarqand
3-O’rin
Namangan
3-O’rin
Toshkent -2
«Universiada-2007» natijalari
1-O’rin
Toshkent-1
1-O’rin
Toshkent-1
2-O’rin
Samarqand
2-O’rin
Xorazm
3-O’rin
Andijon
3-O’rin
Samarqand
«Universiada-2013» natijalari
1-O’rin
Toshkent shahri
1-O’rin
Toshkent shahri
2-O’rin
Qashqadaryo
2-O’rin
Samarqand
3-O’rin
Xorazm
3-O’rin
Xorazm
Gandbol bo’yicha «Universiada» musobaqalari natijalari
Slayd 32
«Universiada-2016» natijalari
Qaraqalpog’iston Respublikasi
1-O’rin
Andijon
Qashqadaryo
2-O’rin
Toshkent shahri
Toshkent shahri
3-O’rin
Xorazm
«Universiada-2020» natijalari
Toshkent viloyati
1-O’rin
Toshkent viloyati
Xorazm
2-O’rin
Samarqand
Samarqand
3-O’rin
Farg’ona
Slayd 33
Gandbol o‘yinchisining harakat faoliyati tasnifi
Gandbol o‘yini jamoaviy o‘yin hisoblanib, o‘yin davrida maydonda jamoaning asosiy tarkibi 7 kishidan iborat bo‘ladi. Jamoa a’zolarining maqsadi raqib darvozasiga ko‘prok to‘p kiritib, o‘z darvozasidan imkoniyat darajasida kamrok to‘p o‘tkazib yuborishdir. Jamoa o‘yinida muvoffaqiyatga erishish uchun har bir o‘yinchining harakatlari jamoaning umumiy maqsadiga mutanosib bo‘lmogi lozim. Jamoadagi har bir o‘yinchining maydondagi faoliyatidan kelib chiqib oldiga aniq qo‘yilgan vazifalariga qarab: darvozabon va maydondagi o‘yinchilar: xujumda (markaziy o‘yinchi, yarim o‘rta, qanot va chiziqdagi o‘yinchi) himoyada esa (markaziy, yarim o‘rta, qanot va oldingi) himoyachilarga ajratiladi.
Gandbol o‘yinchilarining harakat faoliyati deganda nafaqat o‘yin texnikasi va taktik harakatlarni, balki umumiy maqsadlarni ko‘zlab qilinadigan dinamik harakatlar tizimining yig’indisi tushuniladi. Gandbol o‘yinchisining harakat faoliyatidagi muvaffaqiyati gandbol o‘yinchilari malakalarining mustahkamligi, xilma-xilligi, jismoniy va intellektual darajasini rivojlanganligiga bog’liqdir. Hozirgi zamon gandbol sport turida o‘yinning jadallashganligi ko‘rinib turibdi.
Slayd 34
Bu gandbol o‘yinchilarning o‘yin paytidagi to’xtovsiz harakatlari, ya’ni maydonda to‘psiz va to‘p bilan tez harakat qilish, hamda maydonning har bir qismida qattiq kurash olib borishlarining natijasidir.
Zamonaviy gandbol sport turi o‘yinchilarning harakat faoliyatlari va funksional tayyorgarliklari oldiga juda katta talablarni qo‘yadi. Musobaqa davrida o‘yinchi juda katta hajmdagi ishni bajaradi. O‘yin davomida u 4000-6500 metr masofani bosib o‘tadi. Tezlik bilan hujumga o‘tish va hujumdan o‘z darvozasiga qaytishda gandbol o‘yinchisi 50 martagacha tezligini oshirib harakat qiladi va irg’ib oldinga tashlanadi( rivok), bu esa o‘yin davomida bosib o‘tiladigan masofaning 25 % tashkil qiladi. Katta tezlikdagi yugurishlar to‘pni ilish, uzatish va darvozaga otish bilan mutanosib bo‘lishi lozim. Gandbol o‘yinchisining harakat faoliyati quyidagilardan iborat: yurish, yugurish, sakrash, tezlik bilan yugurish, to‘pni uzatish va qabul kilish, raqib bilan kurashda darvozaga to‘pni otish. Yuqorida qayd etilgan o‘yin usullari barcha o‘yinchilarda turlicha bo‘ladi. Masalan : o‘yinchi himoyalanish jarayonida 2-10 metr masofaga juda katta tezlikda yugurib, o‘yin davomida 600 metr masofani bosib o‘tadi.
Slayd 35
Slayd 36
Slayd 37
Slayd 38
Gandbol o’yini texnikasi va taktikasiga tasnif.
Gandbol o‘yinida to‘p bilan va to‘psiz usullar bajariladi. Qo‘yilgan maqsadga erishmok uchun o‘yinda qo‘llaniladigan hilma —xil maxsus usullar yig‘indisi qo‘l to‘pi texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar — bu gandbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jixatdan gandbolchilarning ana shu xilma — xil vositalarni qanchalik to‘liq bo’lishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llashiga bog‘liq. Gandbol texnikasini yaxshi bilish gandbolchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir.
O‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida gandbol texnikasida muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat: avval keng tarqalgan 11×11 o‘yin o‘rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat qiluvchi o‘yinchilar vujudga keldi.
O‘yin texnikasida xujum va himoya bir — biridan farq qiladi. To‘pni ilish, uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To‘p yo’lini to’sish, uni tutib olish, urib qaytarish va darvozabon uyinining texnikasi himoyasida qo‘llaniladi.
Slayd 39
Slayd 40
Maydonda xujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda aldamchi xarakatlar usuli o‘yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat — turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turish xar xil, qaysi holatda turishni vaziyat belgilaydi. Zamonaviy gandbolda ko’pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina bukilsa), oralig‘i elka kengligida, gavda sal oldinga egilib, qo‘llar bukilgan holatda tutiladi.
Qaysi o‘yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, usha o‘yinchi ko’proq foyda keltiradi. Shuning uchun har bir o‘yinchi tez start olishni, yugurayotib yo‘nalishni o‘zgartirishni, to’xtash va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni o‘zlashtirib olishi shart.
Gandbol o‘yinining tasnifi texnik usullarni umumiy maxsus belgilarga qarab guruxlarga bo‘lishdan iborat. O‘yin faoliyati tavsifiga qarab qo‘l to‘pi texnikasida ikkita yirik bo‘lim ajratiladi:
Maydon o‘yinchisi texnikasi
Darvozabon texnikasi
Slayd 41
Har qaysi bo‘lim harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga ajratiladi. Kichik bo‘limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan — harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda xarakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
O‘rganilayotgan materialni surunkalashtirish usul turlarini tuzukroq tushunishga, ularni tug‘ri taxlil qilishga, talim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli xal qilishga yordam beradi.
To‘pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar darvozasiga to‘p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama- qarshiligini faqat maxsus usullar yordamida engishi mumkin.
O‘yin texnikasining bu qismiga to‘pni ilish, ushlash, to‘pni erga urib olib yurish va egallab olish, chalg‘itish (fint) va tusiq (zaslon) quyish usullari kiradi.
Slayd 42
Slayd 43
To‘pni ilish. Bu to‘pni egallashga imkon beruvchi usul. To‘pni bir va ikki qo‘llab ilish mumkin. To‘pni ikki qo‘llab ilishda qo‘llarning panjalari bir- biriga yaqinlashtirilib voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to‘pga tekkanidan sung, uchib kelgan to‘p tezligini pasaytirish uchun qo‘llar bukiladi.
To‘pni bir qo‘lda ilish juda murakkab. Ilish va keyingi qo‘lni silkitish ko‘pincha bunday holatda tuxtash harakatini tashkil etadi.
To‘p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to‘g‘ri ushlash lozim. Agar o‘yinchi uni ikki qullab ushlasa to‘p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to‘pni bir qo‘llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to‘pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu qo‘lning panja bo‘limlari qotishiga olib keladi.
Slayd 44
To‘pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. To‘p uzatish ko‘p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko‘proq yuqoridan va qo‘l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to‘p otish usulida ham farq qiladi.
Qo‘llarni tirsak qismida bukgan xolda yuqoridan to‘pnn uzatish — qo‘l tupida o‘yinida to‘p uzatishning asosiy usulidir.
Keyingi vaqtlarda yashirin holda — orqadan, bosh ortidan, oyoqlar orasidan to‘p uzatish kuproq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. To‘p uzatish panjalarning faol ishlashi natijasida bajariladi. Qo‘l panjalari yordamida uzatilgan to‘p aniqlik va tezlikdan yutadi.
Slayd 45
To‘p bilan bo‘lgan qo‘lga qarama- qarshi oyoqga tayanilgandan so‘ng to‘p otish harakati boshlanadi; bu holda gavdaning og‘irligi oldinga o‘tkazilib, darvoza tomon buriladi va to‘p ushlagan qo‘l bukilib oldinga qarab tezlanish harakatini boshlaydi. Shuni hisobga olish kerakki, qo‘l harakati davomida tirsak panjalardan oldinda bo‘lmog‘i kerak. To‘pni qo‘ldan chiqarishda vujudga keladigan kaft va bilak silkitilishi, keyinchalik gavdaning yuqori qismlariga nisbatan pastki qismlarini tuxtatishga olib keladi.
Slayd 46
Yuqoridan qo‘lni bukib to‘p otish qo‘lni tez siltash yordamida bajariladi. Birinchi oldinga quyilgan oyoqqa qarama-qarshi qo‘l to‘p bilan orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan birga siltanadigan qo‘l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi kerak. Keyingi qadamni quyishda gavda darvoza tomon burilib tezlik bilan oldinga egiladi va to‘pni qo‘ldan chiqaradi. Bu usulning farqi shundaki, to‘p otish bir oyoqqa tayangan holda bajariladi.
Slayd 47
Darvozabon o‘yini texnikasi va taktikasi
Darvozabon jamoada eng qiyin va ma’sul vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki hujumning natijasini ham belgilaydi. Darvozabon uchun muhimi — avvalo bo‘yi (180 — 190 sm), tezlik reaksiyasi, mo‘ljallay olish, chaqqonlik, kuch, chidamlilik kabi sifatlaridir. Darvozabonning dastlabki o‘yin texnikasiga turish, siljish, chalg‘itishlar, to‘pni qo‘l, oyoq, gavda bilan qaytarish va to‘pni uzatishlar kiradi.
Darvozabon texnik usullariniing muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Darvozaboning dastlabki holatni to‘g‘ri tanlay bilishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir.
Turish. Darvozabon harakatdagi to‘pning vaziyatiga bog‘liq ravishda har —xil holatda turishi mumkin. Darvozada turiishning asosan ikki turi mavjud: darvoza o‘rtasida va darvoza ustunlari yonida. Darvoza o‘rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qulaydir: oyoqlar elka kengligida, sal bukilgan, gavda og‘irligi ikki oyoqqa baravar bo‘lingan, gavdaning yuqori qismi ozgina oldinga egilgan, qo‘llarning kaftlari oldinga qaratilgan holda sal bukilib, yon tomonga uzatilgan, kaftlar balandligi taxminan elka balandligiga teng yoki undan ham balandroq bo‘lishi mumkin.
Slayd 48
Agar hujumchi to‘p otishni burchaqdan bajarayotgan bo‘lsa, unda darvozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig‘i 15 — 20 sm), darvozaga yaqin bo‘lgan qo‘lini yuqoriga ko‘tarib tirsak bo‘g‘ini salgina bukilgan bo‘ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopadi; ikkinchi qo‘li yon tomonga uzatilgan, gavda og‘irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa o‘tkazilgan; Ana shunday holatda darvozabon bevosita to‘pni qaytaradi yoki tez —tez oldinga chiqadi.
Slayd 49
Siljish. Darvozabon joyini asosan yon tomonga qadam qo‘yib o‘zgartiradi. Bu uning o‘z yo‘nalishini tez — tez almashtirishiga va to‘pni qaytarish uchun tayyor bo‘lishiga imkoniyat yaratadi.
Darvozabon to‘pni olib qo‘yishni, sapchigan to‘pni egallab, uni o‘yinga kiritishni, raqiblar tomonidan tez yorib o‘tishni taminlovchi to‘pni egallashini, oldinga va orqaga tez, harakat qilishni, keskin start olishni bilishi shart.
Darvozabon hamla qilish harkatlaridan va oyoqlarni bir chiziq bo‘ylab yozib o‘tirish (shpagat) holatidan tez — tez foydalanishga to‘g‘ri keladi, shuning uchun u bu harakatlarni xar tomonga bemalol bajarishni bilishi juda zarur.
Uning xar xil sakrashlarni bajarishi o‘yinda alohida ahamiyatga ega. Darvozaboning to‘p otayoggan o‘yinchiga peshvoz chiqishi va sakrashi —darvoza qo‘riqlashning murakkab usullari qatoridan o‘rin olgan.
Slayd 50
Slayd 51
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 52
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BАSKETBОL HAQIDA UMUMIY TAVSIF mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.