Gandbol o‘yin texnikasi va taktikasining tasnifi
8000 so'm

Slayd 1
Gandbol o‘yin texnikasi va taktikasining tasnifi.
Slayd 2
Reja:
Gandbol o‘yinining texnikasi
Gandbol o‘yinining taktikasi
Slayd 3
Gandbol o’yini texnikasi va taktikasini tasnifi.
Gandbol o‘yinida to‘p bilan va to‘psiz usullar bajariladi. Qo‘yilgan maqsadga erishmok uchun o‘yinda qo‘llaniladigan hilma —xil maxsus usullar yig‘indisi gandbol texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar — bu gandbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jixatdan gandbolchilarning ana shu xilma — xil vositalarni qanchalik to‘liq bo’lishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llashiga bog‘lik. Gandbol texnikasini yaxshi bilish qo‘l to‘pichining xar tomonlama tayyorgarligi va xar jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir.
O‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida gandbol texnikasida muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat: avval keng tarqalgan 11×11 o‘yin o‘rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat qiluvchi o‘yinchilar vujudga keldi.
O‘yin texnikasida xujum va himoya bir — biridan farq qiladi. To‘pni ilish, uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To‘p yulini to‘sish, uni tutib olish, urib qaytarish va darvozabon o‘yinining texnikasi himoyasida qo‘llaniladi.
Slayd 4
Slayd 5
Maydonda xujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda aldamchi harakatlar usuli o‘yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat — turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turish xar xil, qaysi holatda turishni vaziyat belgilaydi. Zamonaviy gandbolda ko’pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina bukilsa), oralig‘i elka kengligida, gavda sal oldinga egilib, qo‘llar bukilgan holatda turiladi.
Qaysi o‘yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o’sha o‘yinchi kuproq foyda keltiradi. Shuning uchun har bir o‘yinchi tez start olishni, yugurayotib yo’nalishni o‘zgartirishni, to’xtash va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni o‘zlashtirib olishi shart.
Gandbol o‘yinining tasnifi texnik usullarni umumiy maxsus belgilarga qarab guruhlarga bo‘lishdan iborat. O‘yin faoliyati tavsifiga qarab gandbol texnikasida ikkita yirik bo‘lim ajratiladi:
Maydon o‘yinchisi texnikasi
Darvozabon texnikasi
Slayd 6
Har qaysi bo‘lim harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga ajratiladi. Kichik bo‘limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan — harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli-tuman bo’lishini ta’minlaydi.
O‘rganilayotgan materialni surunkalashtirish usul turlarini tuzukroq tushunishga, ularni tug‘ri taxlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.
To‘pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar darvozasiga to‘p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama- qarshiligini faqat maxsus usullar yordamida yengishi mumkin.
O‘yin texnikasining bu qismiga to‘pni ilish, ushlash, to‘pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg‘itish (fint) va to’siq (zaslon) quyish usullari kiradi.
Slayd 7
Slayd 8
To‘pni ilish. Bu to‘pni egallashga imkon beruvchi usul. To‘pni bir va ikki qo‘llab ilish mumkin. To‘pni ikki qo‘llab ilishda qo‘llarning panjalari bir-biriga yaqinlashtirilib voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to‘pga tekkanidan so’ng, uchib kelgan to‘p tezligini pasaytirish uchun qo‘llar bukiladi.
To‘pni bir qo‘lda ilish juda murakkab. Ilish va keyingi qo‘lni silkitish ko‘pincha bunday holatda to’xtash harakatini tashkil etadi.
To‘p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to‘g‘ri ushlash lozim. Agar o‘yinchi uni ikki qo’llab ushlasa to‘p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to‘pni bir qo‘llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to‘pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu qo‘lning panja bo‘limlari qotishiga olib keladi.
Slayd 9
-Hujum o’yin texnikasi – to’pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar darvozasiga to’p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama-qarshiliklarini turli usullar yordamida Engish mumkin.
Hujum o’yini texnikasining bu qismiga to’pni ilish, ushlash, to’pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg’itish va to’siqlar qo’yish usullari kiradi.
To’pni ilish – bu to’pni egallashga imkon beruvchi usul. To’pni bir va ikki qo’llab ilib olish mumkin. To’pni bir qo’lda ilish juda murakkab harakat hisoblnadi. To’p bilan muvaffaqiyatli
Harakat qilish uchun uni to’g’ri ushlash lozim. To’p ikki qo’l bilan ushlanganda yaxshi nazorat qilinadi.
Qo’l to’pida hujum va himoya texnikasi
Slayd 10
To‘pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. To‘p uzatish ko‘p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko‘proq yuqoridan va qo‘l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to‘p otish usulida ham farq qiladi.
Qo‘llarni tirsak qismida bukgan xolda yuqoridan to‘pning uzatish — gandbolda o‘yinida to‘p uzatishning asosiy usulidir.
Keyingi vaqtlarda yashirin holda — orqadan, bosh ortidan, oyoqlar orasidan to‘p uzatish ko’proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. To‘p uzatish panjalarning faol ishlashi natijasida bajariladi. Qo‘l panjalari yordamida uzatilgan to‘p aniqlik va tezlikdan yutadi.
Slayd 11
To’pni yerga urib olib yurish – bir joyda turganda, ko’proq yurganda, yugurganda bajarilib, o’yinchining harakat qilishida ko’p qo’llaniladigan asosiy usullardan biri hisoblanadi. To’pni yerga urib olib yurish to’g’ri chiziq, yoysimon chiziq va doira bo’ylab har-xil yo’nalishlarda bajarilishi mumkin. O’yinchining yo’nalishni, tezlikni, sapchish balandligini o’zgartirib hamda to’pga qaramasdan yerga urib olib yurishlar qo’l to’pi o’yinida katta ahamiyatga egadir.
O’yinda to’pni otish natijasi bir qator sharoitlarga bog’liq. Ayniqsa, raqiblarga kutilmagan vaziyatda to’pni otish yo’nalishini o’zgartirishdir. To’pni ko’zlagan nuqtaga yo’naltirishda tezlik muhim rol o’ynaydi. To’pni otish kuchi tezlikka bog’liq. To’pni otishda uning kuchi va og’irligini hisobga olish lozim. Darvozaga to’p otish – joyidan, yurib, yugurib kelib, sakrab va tayangan holda bajariladi. Darvozaga to’p otish yuqoridan, yondan, pastdan bir qo’llab bajariladi va h. k.
Slayd 12
Gandbol o’yinida chalg’itish harakatlari.
Chalg’itish harakatlarini to’psiz va to’p bilan bajarish mumkin. To’psiz chalg’itishlardan to’pni tekis, uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta’qibdan qutulish maqsadida ko’proq foydalaniladi.
To’pni uzatishda otishni, yerga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun to’p bilan chalg’itishlarda qo’llaniladi.
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan to’pli yoki to’psiz chalg’itishlar oddiy va murakkab ikki turlarga bo’linadi. Bir harakatdan ikinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga shuncha ko’p imkoniyat yaratiladi.
To’pni uzatishda usullarni o’zgartirishda to’p yo’nalishini va to’p uzatishda, to’xtab qolish paytlarda chalg’itishlar ko’p qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish – bu to’pni otmoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilarning yo’lini to’sishlarda qo’llaniladi.
Slayd 13
O’yinida to’pni olib qo’yish usullari.
To’pni olib qo’yish usuli yordamida jamoaning qarshi hujumga o’tishi ta’minlanadi.
To’pni urib chiqarish harakati to’p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to’pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi.
To’pni to’sish darvozaga yo’naltirilgan to’pga qarshilik ko’rsatishda qo’llaniladigan asosiy harakat hisoblanadi.
Yuqoridan, o’rta va pastdan kelayotgan to’pni bir va ikki qo’l bilan to’sish mumkin. To’pni to’sishni bajarayotgan himoyachi hujumchiga qanchalik yaqin bo’lsa, to’p yo’nalishini aniqlash shunchalik oson bo’ladi. Himoyachi to’pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek to’pni kuzatish va to’p otayotgan o’yinchini o’z vaqtida to’xtatish uchun uning oldiga chiqishi lozim.
Sakragan holda otilgan to’pni to’sish raqib tomonidan ham sakrab amalga oshiriladi.
Slayd 14
To‘p bilan bo‘lgan qo‘lga qarama- qarshi oyoqga tayanilgandan so‘ng to‘p otish harakati boshlanadi; bu holda gavdaning og‘irligi oldinga o‘tkazilib, darvoza tomon buriladi va to‘p ushlagan qo‘l bukilib oldinga qarab tezlanish harakatini boshlaydi. Shuni hisobga olish kerakki, qo‘l harakati davomida tirsak panjalardan oldinda bo‘lmog‘i kerak. To‘pni qo‘ldan chiqarishda vujudga keladigan kaft va bilak silkitilishi, keyinchalik gavdaning yuqori qismlariga nisbatan pastki qismlarini tuxtatishga olib keladi.
Slayd 15
Yuqoridan qo‘lni bukib to‘p otish qo‘lni tez siltash yordamida bajariladi. Birinchi oldinga qo’yilgan oyoqqa qarama-qarshi qo‘l to‘p bilan orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan birga siltanadigan qo‘l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi kerak. Keyingi qadamni quyishda gavda darvoza tomon burilib tezlik bilan oldinga egiladi va to‘pni qo‘ldan chiqaradi. Bu usulning farqi shundaki, to‘p otish bir oyoqqa tayangan holda bajariladi.
Slayd 16
Darvozabon o‘yini texnikasi.
Darvozabon jamoada eng qiyin va mas’uliyatli vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki, hujumning natijasini ham belgilaydi.
Darvozabonning dastlabki turish holatiga uning gavdasini tik turishi, siljishi, chalg’itishlari, to’pni qo’l, oyoq, gavda bilan qaytarishi va to’pni uzatishlari kiradi.
-Darvozabonning turishi harakatdagi to’pning vaziyatiga bog’liq ravishda, har-xil holatda bo’lishi mumkin. Darvozada turishning ikki turi mavjud bo’lib, bu darvoza o’rtasida va darvoza ustunlari yonida turish hisoblanadi. Darvoza o’rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qulayroqdir. Agar hujumchi to’p otishni burchakdan bajarayotgan bo’lsa, unda darvozabon darvoza ustuni oldida, yonda turib (oyoqlar oralig’i 15-20sm) darvozaga yaqin bo’lgan qo’lini yuqoriga ko’tarib, tirsak qismi salgina bukilgan bo’ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopish mumkin bo’ladi.
Slayd 17
-Siljish darvozabonning asosan yon tomonga qadam qo’yib joyini o’zgartirishi orqali amalga oshiriladi va to’pni qaytarish uchun tayyor bo’lishga imkoniyat yaratadi.
Darvozabon to’pni olib qo’yishni, qaytarilgan to’pni egallab, uni o’yinga kiritishni, raqiblar tomonidan tez yorib o’tishni ta’minlovchi to’pni egallashi, oldinga va orqaga tez harakat qilishi lozim.
-To’pni ilish – darvozabon o’yini texnikasining eng muhim qismidir. Kuchli otilgan to’pni ilib olish imkoni kam bo’lsa ham, uni qaytargandan so’ng egallab olish muhim, shuning uchun darvozabon eng yaxshisi to’pni ikki qo’llab ilib olgani ma’qul hisoblanadi.
Slayd 18
To’pni qaytarish, ushlab olishda darvozabon bir yoki ikki qo’lini ishlatishi, baravariga oyoq va qo’l bilan yoki gavda bilan ham to’pni qaytarishga tayyor bo’lishi lozim.
To’pni uzatish darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to’p jamoaning hujumga o’tishi uchun sharoit yaratishning garovidir. Darvozabonning harakati samarali bo’lishi uchun eng to’g’ri turish holati darvoza o’rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha masofa bo’ylab harakat qiluvchi darvozabon balanddan keladigan to’pni egallashga doim tayyor bo’lishi lozim. Darvozabon hyech vaqt to’pni nazoratsiz qoldirmasligi va o’z vaqtida hujumchining to’p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi juda muhim hisoblanadi.
Slayd 19
Agar hujumchi to‘p otishni burchakdan bajarayotgan bo‘lsa, unda darvozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig‘i 15 — 20 sm), darvozaga yaqin bo‘lgan qo‘lini yuqoriga ko‘tarib tirsak bo‘g‘ini salgina bukilgan bo‘ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopadi; ikkinchi qo‘li yon tomonga uzatilgan, gavda og‘irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa o‘tkazilgan; Ana shunday holatda darvozabon bevosita to‘pni qaytaradi yoki tez —tez oldinga chiqadi.
Slayd 20
Gandbolda o’yin taktikasi.
O’yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to’g’ri harakat qilishga bog’liq. Shu sababli o’yinni boshqarishda turli xil taktik vositalardan foydalanish lozim.
Taktika deganda, o’yinchilarning raqib ustidan g’alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy yoki jamoa harakatlarini tashkil qilinishi, ya’ni, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan harakatlarni tushunish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa bu – hujum va himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vositalari va o’zaro uyg’unlashgan shakllarini belgilashdan iboratdir.
Slayd 21
Gandbol o’yinida taktika bilan texnika bir-biriga uzviy bog’liq bo’ladi. To’pni kimga va qanday uzatishni, to’p bilan himoyani yorib o’tishni, darvozaga qachon to’p otishni hal qilayotgan o’yinchi o’z tafakkuridan, tushunchasidan, bilimidan foydalanadi va harakatini amalga oshirayotganida o’z texnik mahoratini namoyish qiladi. Shu sababli texnika o’yinchining taktik rejalarini amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
O’quv-mashg’ulotlar davomida taktik tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi. Shunday qilib har bir o’yinchi va jamoa harakatlarning turli variantlarini mukammal egallagan, yaxshi o’zlashtirib olgan bo’lishi kerak. Hujum va himoyada qo’llaniladigan taktik harakatlar qaramaqarshi va
Zifalarni yechish uchun qo’llaniladi. Taktika ikki katta qismga bo’linadi:
Hujum taktikasi
Himoya taktikasiga bo’linadi
Slayd 22
Gandbol o’yinida hujum taktikasi.
Hujum o’yinni hal qiluvchi omildir, ya’ni muvaffaqiyat ko’pincha uning oxirgi natijasiga bog’liq bo’ladi. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi bu raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va darvozaga to’p otishda shaxsiy qarshilikni yengishdir. Hozirgi kunda gandbol o’yini hujumning tez-tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan ifodalanadi. Zamonaviy qo’l to’pi o’yinida himoyadan hujumga o’tish tezligi, taktik «kombinasiya»larni bajarish tezkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik usullarning bajarilish vaqti qisqaradi.
Slayd 23
Jamoa harakatlari: hujumda jamoalar asosan ikki taktik tizimni qo’llaydilar – tez yorib o’tish va pozisiya hujumi. Bu tizimlarning har qaysisi bir-birini to’ldiradi va shuning uchun hamma jamoalar ular bilan qurollangan bo’lishi kerak.
Tez yorib o’tish taktikasi – bu hujumda ko’proq natija beradigan usuldir. Ammo uni qo’llaganda o’yinchilarning o’zaro yonma-yon holatda bo’lib qolishi qiyin. Shuning uchun pozisiyada hujum qilishning solishtirma og’irligi biroz baland hisoblanadi. Shunga qaramasdan, tez yorib o’tish qanchalik ko’p qo’llansa, hujumchilar to’p otishni shunchalik ko’p bajaradilar. Zamonaviy gandbol faqat shuning hisobiga rivojlanmoqda
Slayd 24
Pozision hujum taktikasi – jamoa tez yorib o’tish hujumini yakunlay olmasa, unda hujumchilar majburan himoyachilarning uyushqoqlik bilan tuzilgan himoyasiga qarshi kurashmog’i kerak. Buning uchun ular maydonning o’zlariga qarashli yarmiga qaytib, raqiblar to’liq himoyaga o’tganda, ularga qarshi hujum uyushtiradilar va bu «pozision hujum» deb ataladi. Zamonaviy sharoitda himoyachilarning hamjihatlik bilan tashkil etilgan mudofaasini tez Engib chiqish nihoyatda muhim, chunki hujumchilarning to’p bilan hujum qilishiga 45 daqiqadan ortiq vaqt berilmaydi.
Pozision hujumni qo’llash quyidagi holatlarda o’rinlidir:
To’pni o’yinga kiritish uchun ko’p vaqt sarflansa;
O’yin tezligi jihatidan raqiblarning ustunligi yaqqol sezilib tursa;
O’yin sur’atini o’zgartirish zaruriyati tug’ilganda, qayta tiklanish uchun tanaffus qilishda;
O’yinchilarni almashtirish kerak bo’lganda
Slayd 25
Pozision hujum uch bosqichdan iborat: boshlang’ich, tayyorlovchi va yakunlovchi. Birinchisida o’yinchilarni joy-joyiga qo’yish amalga oshiriladi. Vaqtincha son jihatdan ustunlikka ega bo’lish yoki hujum zonalaridan birida qulay vaziyat yaratish uchun to’p va o’yinchilarning o’rin almashishi ikkinchi fazada boshlanadi. Oxirgi fazada esa darvozani ishg’ol qilishga erishiladi yoki kuchlar qayta tiklanib, hujumni davom ettirish va hujumdan himoyaga o’tish uchun qulay vaziyat yuzaga keltiriladi.
Slayd 26
Pozision hujumning har xil variantlarida chiziq bo’ylab o’ynaydigan o’yinchilar soni o’zgarishi mumkin. Pozision hujumdagi o’yinchilarning 3-3 yoki 4-2 bo’lib chiziqj bo’ylab joylashishi ko’p tarqalgandir. Pozision hujumda yana bir qacha joylashishlar ham mavjud.
Joylashish variantini tanlash ularning imkoniyatiga va raqiblar himoya tizimining tuzilishiga bog’liq. Pozision hujumda hujum-chilar orasidagi o’zaro asosiy taktik harakatlar joylashish variantiga bog’liq bo’lmaydi. Ikki o’yinchi orasidagi «qaytar va chiq», «aldamchi hujum», «joy almashtirish», «to’siq» singari oddiy harakatlar boshqalariga nisbatan ko’proq ishlatiladi.
Slayd 27
«Aldamchi hujum» o’yin taktikasi – bu o’zaro harakat bo’lib hujumchining to’p bilan ikki himoyachi orasidan o’tib, uni otmoqchi bo’lganda himoyachilarni shu hujumchi yo’lini to’sish uchun oldinga chiqishga majbur etishda va ishontirishda qo’llaniladi. Bunday hoillardan so’ng boshqa hujumchilar uchun ochilgan «yo’lakcha»da erkin harakat qilish imkoniyati yaratiladi.
«Joy almashtirish» o’yin taktikasi – bu o’zaro harakatda bo’lgan o’yinchilardan birini himoyachilardan yashirincha ozod yetish uchun qo’llaniladi. To’pni yegallagan o’yinchi sherigi tomon harakat qiladi va to’pni orqadagi bo’sh joyga o’tgan sherigiga uzatadi.
Slayd 28
Gandbol o’yinida himoya taktikasi.
Himoyada o’ynashning umumjamoa usuli shaxsiy, hududiy va aralash bo’lishi mumkin. Biroq qisman bo’lsa ham boshqa usul elementlaridan foydalanmasdan birgina usulda o’ynayverish xato bo’ladi, chunki bu hol himoya taktikasini qashshoqlashtirib qo’yadi. Himoyada o’ynash usullarini himoyachilarning shaxsiy xislatlari va imkoniyatlarini hisobga olib tanlash kerak.
Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi hujum qilayotganlar harakatiga javob tariqasida bo’lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilgani jamoaga hujum harakatlarini ham muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini beradi.
Slayd 29
Himoyaning asosiy maqsadi, raqiblarning darvozaga to’pni aniq otishi imkoniyatini kamaytirishdir. Bunda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bo’ladi:
Qisqa vaqt ichida raqiblardan to’pni olib qo’yish;
Hujumda ishtirok etuvchi guruh o’yinchilari orasidagi o’rnatilgan aloqalarni buzish;
Darvozaga to’p otishlariga qarshilik ko’rsatish;
O’z darvozasi oldida to’p uchun kurashish va to’p egallangandan so’ng hujumni tashkil qilish;
Himoyada o’ynash usullari xilma-xil bo’lib, asosan darvozani mudofaa qilish, to’pni qo’lga kiritish uchun faol kurashishni nazarda tuting. Himoyadagi o’yin ham hujumdagi singari shaxsiy, guruh va jamoa harakatlaridan iborat.
Slayd 30
Jamoa harakatlari: Himoyada jamoa harakatlarini tashkii etishda uch tizim: shaxsiy, zonali va aralash himoya tizimlaridan foydalaniladi.
Shaxsiy himoya: Bu gandbol o’yinida asosiy himoya qilish tizimidir. Shaxsiy himoya uch variantdan iborat: butun maydon bo’ylab, maydonning o’ziga qarashli qismida va erkin to’p tashlalash zonasida.
Slayd 31
Zonali himoya: Bu tizimda har bir himoyachining harakat qilish zonasi aniqlanadi, ya’ni, uning zonasiga kirgan har bir hujumchiga zich panohgoh bo’lishga harakat qiladi.
O’yinchilar himoyaga qaytib kelib, o’zlari tanlagan joylarini egallaydi, so’ng hujumchilarning siljishi va to’pning almashtirilgan joyi tomon harakat qiladi. Hujumchining to’p bilan qilgan har qanday
Harakatiga shu zonadagi himoyachi javobgardir. Birmuncha xavfli bo’lgan 10—12 m masofadan hujum qiluvchi hujumchiga unga yaqin bo’lgan himoyachi chiqadi, boshqalari esa bo’sh qolgan joyni to’ldirishadi. Keng tarqalgan zonada himoya qilish tizimlari qatoriga 6-0, 5-1, 4-2, 3-3 lar kiradi
Slayd 32
Aralash himoya – bu tizimda shaxsiy va zonali himoyaning ijobiy tomonlari birlashtirilgan. Ikki asosiy tamoyil manfaati alohida o’yinchiga qarshi harakat va zonadagi mudofaani natijali qilishdir.
Bunday himoya quyidagi variantlarga bo’linadi: 5+1, 4+2, 1+4+1. Buning mazmuni shuki, o’yinchilarning bir qismi (birin-chi raqam)
Zonani ushlab turadi, boshqalari esa (ikkinchi raqam) hujumchini shaxsan himoya qiladi.
Variant 5+1 – himoyani tashkil etishda ko’p uchraydigan usuldir. Bunda o’yinchilar 6-0 zonadagiga o’xshab harakat qiladilar, o’yinchilardan biri esa kuchli hujumchiga qarshi shaxsiy himoyada o’ynaydi.
Variant 4+2 bir vaqtda ikki o’yinchining (bombardir va markazdagi yoki yana boshqa o’yinchilar) harakatini bog’lab qo’yish. Maqsadida qo’llaniladi. Ya’ni ikki mahoratli hujumchiga qarshi shaxsiy himoyada, boshqalari esa chiziq bo’ylab zonada himoya qilish shaklida o’ynaydilar.
Slayd 33
Himoyachilar asosan uch holatda harakat qilishga tayyor bo’lishlari kerak: son jihatdan teng bo’lganda (2×2, 3×3 va yana boshqalar), hujumchilar son jihatdan ustunlikka ega bo’lganda (2×1, 3×2 va yana boshqalar).
Son jihatdan teng bo’lish raqiblarning pozisiyadan hujum qili-shida uchraydi; himoyachilar hujumni «straxovka» qilish harakatiga qarshi, to’siq qoyish, sirg’anib o’tish va darvozabon bilan o’zaro harakatda qo’llaydilar.
Slayd 34
Himoyada o’ynash yo’llari turlicha bo’lib, asosan, darvozani himoya qilish, to’pni qo’lga kiritish uchun kurashish nazarda tutiladi. Himoyadagi o’yin ham hujumdagi kabi shaxsiy, guruhli va jamoa harakatlaridan iboratdir.
Himoyada jamoa harakatlari. Himoyada jamoa harakatlarini tashkil yetish uch bosqichda, ya’ni shaxsiy, zonali va aralash himoyalarda foydalaniladi.
Slayd 35
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 36
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Gandbol sport turi tarixi va qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.