Gandbol o’yin qoidalari va maydoni
8000 so'm

Slayd 1
Gandbol o’yin qoidalari
Slayd 2
Reja:
Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari.
Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi
Slayd 3
Bundan yuz yillar muqaddam daniyalik o‘qituvchi Xolger Nilson yangi sport o‘yini — «Xandboll» ni o‘ylab topdi. Qo‘l to‘pi, deb nom olgan bu o‘yin dastlab qizlar uchun mo‘ljallangandi. O‘yin qiziqarli bo‘lganligi uchun keyinroq o‘g‘il bolalar ham shug‘ullana boshladilar. Bu sport turida o‘yin boshlanishidanoq har bir o‘yinchi faol va to‘laqonli ishtirokchi bo‘lib qoladi.
Slayd 4
Gandbol tezlik, kuch, chaqqonlik, qo‘rqmaslik kabi sifatlarni tarbiyalaydi, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. O‘yinda har bir ishtirokchi o‘z qobiliyatini yaxshi tomondan ko‘rsatadi.
Gandbol jamoa o‘yini bo‘lganligi sababli, o‘yinchilar harakati jamoa manfaatiga bo‘ysundiriladi. Shu bois o‘yinchi unga o‘zini to‘la bag‘ishlashi kerak. O‘yinda jismoniy sifatlargina emas, balki onglilik, faollik, intizom, maqsadga intilish, o‘zini tutish, hissiyotlarni jilovlash kabilar ham tarbiyalanadi. Shular qatori, o‘yinchida kuzatuvchanlik, e’tiborlilik, ijodiy tafakkur kabi xislatlar ham shakllana boradi.
Slayd 5
Gandbol o‘yin maydoni uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to’rt burchakdan iborat bo’lib, ikki darvoza maydonini o’z ichiga oladi. Maydonni belgilovchi bo’ylama chiziq, yon chiziq, ko’ndalang chiziq yuza chiziq deb ataladi.
O’yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo’lishi lozim.
O’yin jarayonida maydon u yoki bu jamoaga imtiyoz beruvchi o’zlashtirishlar kiritilishi ma‘n etiladi.
Slayd 6
Gandbol darvozasi yuza chiziq o’rtasiga o’rnatiladi. Darvoza polga yoki orqadagi devorga mahkam o’rnatilishi lozim. Darvozaning ichki tarafidagi o’lchami balandligi 2 metrni va eniga 3 metrni tashkil qiladi.
Darvoza ustunlari gorizontal joylashib, ularning o’lchami taraflari 8 sm hosil qiladigan kvadratdan iborat-dir. Maydon tarafdan ko’rinadigan darvoza
Ustunlarining 3 tarafi atrofdagi asosiy rangdan ajralib ko’ndalang ikki xil ranga bo’yalishi shart.
Darvoza orqa tarafdan bo’sh osilgan ip to’r bilan berkitiladi. To’r shunday bog’lanishi kerakki, to’p undan o’tib ketmasligi kerak.
Barcha belgilovchi chiziqlar eni, maydonga, chegara-langan maydonchaga va masofaga kiradi. Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo’lib, ular aniq va ravshan ko’rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o’tadigan chiziqning eni esa 8 sm bo’lishi kerak. Yondosh zonalar har xil rangda bo’yalishi mumkin.
Slayd 7
Maydonda 7 kishidan iborat ikki jamoa o‘ynaydi (bir darvozabon va 6 maydon o‘yinchisi). Bir jamoadan o‘yinda hammasi bo‘lib 12 o‘yinchi ishtirok etishi mumkin (10 o‘yinchi va 2 darvozabon). O‘yinchilar maydon markazidan almashtiriladir.
Slayd 8
Jamoa tarkibida besh o‘yinchi bo‘lsa, o‘yin boshlanaveradi. O‘yinchi biror sababga ko‘ra maydondan chiqarib yuborilganda ham o‘yin to‘xtatilmaydi. Darvozabon o‘yinchilarni almashtira olmaydi, ammo o‘yinchilar darvozabonning o‘rniga turishlari mumkin. O‘yin 30 daqiqadan 2 taym davom etadi (orada 10 daqiqa tanaffus bo‘lib, darvozalar almashiladi). Gandbol o‘yini har qanday to‘p bilan har qanday maydon va hatto ko‘cha maydonlarida ham o‘ynalishi mumkin.
Slayd 9
Faqat maydon chizig‘i hamda 2 · 3 m hajmdagi darvoza belgilansa kifoya. O‘yin maydonini belgilash unchalik qiyin emas, darvoza oldida 6 metrli yarim doira (to‘p aynan shu joydan uriladi) va maydonni ikkiga bo‘lib turuvchi o‘rta chiziq bo‘lsa yetarli.
Slayd 10
Gandbol o‘yini mashg‘ulotlarida muayyan qoidalarga amal qilinadi. Organizmni mashg‘ulotga tayyorlash uchun tayyorgarlik mashqlari bajariladi. Bu ba’zi noxushliklardan saqlaydi. Tayyorgarlik mashqlarida dastlab sekin yuguriladi, so‘ngra tezlashib, yo‘nalishlar o‘zgartiriladi (oldinga, orqaga burilib), oyoqdan oyoqqa sakrashlar bajariladi.
Slayd 11
To‘pni joyda turib va harakatda bir-biriga uzatish, darvozaga urish mashq qilinadi. Shundan so‘ng o‘yinni boshlash mumkin:
Maydonda intizom va tartibga rioya qilish kerak.
O‘yin paytida baqiriq-chaqiriq qilmaslik lozim.
O‘yinchilar o‘zaro urilib ketmaslikka harakat qilishlarizarur.
Gandbol o‘ynaganda yengil, yumshoq, qulay poyabzalkiyilgani ma’qul.
Slayd 12
Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari
Gandbol o‘yini, tashqaridan kuzatilganida, oson va oddiydek tuyuladi. Ammo bu unchalik to‘g‘ri emas. Bunday oddiylik ortida juda katta mehnat, ya’ni ba’zi bir elementlarni qayta-qayta mashq qilish yotadi.
Gandbol o‘yini harakatda siljishlar, to‘pni olib yurish kabilardan tashkil topgan.
Slayd 13
Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari
Turish, siljish, to‘xtash. Har bir sport turida o‘yinchi birorbir usulni bajarishdan avval dastlabki (standart) holatni egallaydi. Gandbolchi ham doimo himoya va hujum holatini egallashga intiladi. O‘yinda barcha harakatlar o‘yin holatida bajariladi.
Slayd 14
Erkin to‘p tashlash yoki 7 metrli jarima to‘p tashlashning bajarilishida o‘yinchi yoki jamoa vakiliga qoida buzgani yoki sportchiga xos bo‘lmagan xulqi uchun shaxsiy jazo berilganda to‘p qarama-qarshi tomonga erkin to‘p tashlash belgilanishi man etiladi.
Maydondagi hakamlar, sekundometrist tomonidan (taym yoki o‘yin yakuni) sirena barvaqt berilgan deb hisoblasa, u holda o‘yinchilar maydonda qoldirilib qolgan vaqt o‘ynaladi.
Barvaqt signal berilgan vaqtda to‘p egallagan jamoa o‘yin to‘xtatilgan joydan erkin to‘p tashlash bilan o‘yinni boshlaydilar.
Agar o‘yinning birinchi yarmi (yoki qo‘shimcha taym vaqti) belgilangan vaqtdan ko‘proq o‘ynalsa, u holda o‘yinning ikkinchi yarmi ortiqcha o‘ynalgan vaqtga qisqartiriladi. Agar o‘yinning ikkinchi yarmi (yoki qo‘shimcha taym vaqti) ko‘rsatilgan vaqtdan ortib ketsa, bunday holatda hakamlar hech qanday o‘zgartirishlar qilolmaydi.
Slayd 15
Taym-aut. Qachon va qancha vaqt o‘yin vaqtini to‘xtatishga hakamlar qaror qilishi mumkin.
Taym-aut berilishi shart, agar:
2 Daqiqaga chiqarilib yoki diskvalifikatsiya qilinganda;
7 Metrli jarima to‘p belgilanganda;
V) jamoalarga taym-aut berilganda;
G) o‘yinchilar noto‘g‘ri almashtirilib yoki maydonga «ortiqcha» o‘yinchi kirsa;
D) vaqt belgilovchi hakam yoki texnik vakil hushtak berganda;
J) hakamlar o‘zaro maslahatlashishiga zaruriyat tug‘ilsa (yuqoridagi bandga binoan).
Odatda, taym-aut standart holatda yuzaga kelgan sharoitda beriladi. Taym-aut vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘yin davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar kabi jazolanadi. Hakam o‘yin vaqtini to‘xtatish va yurgizish to‘g‘risida sekundometristga ishora bilan ko‘rsatadi. O‘yin vaqti hakam tomonidan uchta qisqa hushtak va jest (16) ishorasini ko‘rsatgandan so‘ng sekundometrist tomonidan to‘xtatiladi
Slayd 16
Zaxiradagi o‘yinchilar o‘yin davomida hohlaganicha o‘yinga chiqishi mumkin, faqat maydondagi o‘yinchi maydondan chiqqanidan so‘ng, o‘yinga chiqish uchun sekretar yoki sekundometristni ogohlantirishi shart emas.
O‘yinchi maydonga kirish va chiqishni faqat o‘z maydonida o‘yinchilarni almashtirish uchun belgilangan joydan amalga oshirishi shart. Bu holat darvozabonlar uchun ham taalluqlidir.
O‘yinchini almashtirish, shuningdek, taym-aut vaqtida ham ushbu qoidaga rioya qilinadi (jamoaviy taym-autdan tashqari).
O‘yinchi almashtirish qoidasini buzgan o‘yinchi 2 daqiqaga o‘yindan chiqarilish bilan jazolanadi. Agar jamoada shu qoidani birorta o‘yinchi buzsa, u holda birinchi bo‘lib qoidani buzgan o‘yinchi jazolanadi.
O‘yin raqib jamoasi tomonidan erkin to‘p tashlash bilan davom ettiriladi.
Agar qo‘shimcha o‘yinchi maydondagi o‘yinchi chiqmasdan kirib kelsa, u 2 minutga jazolanadi. Jamoa o‘yinchilari bir o‘yinchiga qisqartiriladi.
Agar o‘yinchi 2 yuqorili vaqt tugamasdan o‘yin maydoniga kirib kelsa, u holda u yana 2 daqiqaga jazolanadi. Birinchi 2 yuqoridan qolgan vaqt jamoada yana bir o‘yinchi qisqartirilishi bilan amalga oshiriladi. Har ikki holatda ham o‘yin raqib jamoasi o‘yinchilari tomonidan erkin to‘p tashlash bilan davom ettiriladi.
Slayd 17
O‘yinchilar formasi. Jamoaning hamma o‘yinchilari bir xil sport formasida bo‘lishi shart. Bir jamoaning sport formasining ranglari ikkinchi jamoadan ajralib turishi lozim. Darvozabon vazifasini bajaruvchi o‘yinchi formasining rangi ikkala jamoa o‘yinchilari va raqib darvozabondan ajralib turishi shart.
O‘yinchilar futbolkasida raqamlar orqa tarafdan kamida 20 sm va oldi tarafdan kamida 10 sm dan iborat bo‘ladi. 1 Dan 20 gacha raqamlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Raqamlarning rangi futbolka rangidan yaqqol ajralib turishi shart, jamoa sardorining tirsakdan yuqori qismida, eni 4 sm sardorlikni belgilovchi bog‘ichi bo‘lib, uning rangi futbolka rangidan ajralib turishi lozim. Barcha o‘yinchilar oyog‘ida sport poyafzali bo‘lishi shart.
Slayd 18
Darvozabonga ruxsat etiladi:
Darvozabon maydonchasida butun o‘yin jarayonida gavdaning barcha qismlari bilan to‘pga tegishi mumkun.
Darvoza maydonchasi ichida to‘p bilan maydon o‘yinchilari qoida- lariga rioya qilmasdan harakat qilishga darvozabon tomonidan to‘pni uzatishni kechiktirishga ruxsat berilmaydi.
To‘psiz darvoza maydoniga chiqib va maydonda o‘yinda ishtirok etish, u holda darvozabon maydon o‘yinchilari umumiy qoidalariga rioya qiladi.
Darvozabon gavdaning har bir qismi bilan darvoza maydonchasi chizig‘ini kesib o‘tsa, u holda darvozabon darvoza maydonchasidan chiqdi deb hisoblanadi.
Darvoza maydonidan chiqib, to‘p bilan o‘ynashi mumkin, agar u tomonidan darvoza maydonchasida to‘p uning nazoratida bo‘lmasa.
Darvozabonga ruxsat etilmaydi:
Darvozani himoya qilish jarayonida raqiblarga xavf tug‘dirish;
O‘zining nazoratida bo‘lgan to‘p bilan darvoza maydonchasidan chiqish mumkin emas.
Darvozabon tomonidan maydonga tashlangan to‘pga boshqa o‘yinchilar tegmasdan, darvozabon yana to‘pga tegishi man etiladi.
Darvoza maydonida turib maydonda yotgan yoki dumalab ketayotgan to‘pga tegish man etiladi.
Slayd 19
Hujumchining holati himoyachinikiga biroz o‘xshaydi. Qo‘llari tirsakdan bukilgan va ko‘krakka barobar turadi. Oyoqlari biroz bukilgan bo‘lib, bitta oyog‘i va yelkasi oldinga chiqib turadi. Oyoqni ortiqcha keng qo‘yib yuborish ham yaramaydi (40 — 50 sm dan oshmasligi kerak). O‘yin paytida sportchilar doimiy harakatda bo‘lib, uni siljish, qadamlab, yugurib yurish, tez yurib, sakrab va boshqa harakatlar bilan amalga oshiradilar.
Slayd 20
To‘pni bir joyda va harakat chog‘ida ikki qo‘llab tutish va uzatish. O‘yin davomida o‘yinchi ko‘p marta to‘pni ikki yoki bir qo‘llab ushlashiga to‘g‘ri keladi (90-rasm). To‘pni joyda turib ilib olishda panjalar ochiq bo‘ladi. Bosh barmoqlar deyarli birlashadi, boshqalari esa to‘pdan kattaroq voronka hosil qiladi. To‘pni ko‘krak tomondan qo‘llarni harakatga keltirib, kaftlarni siltab uzatiladi.
Slayd 21
To‘pni olib yurish. Basketbol o‘yinidan kirib kelgan bu usul ko‘proq yordamchi bo‘lib hisoblanadi, negaki gandbolda butun jamoa o‘ynaydi. Shuning uchun qarshida raqib bo‘lmagandagina to‘p yerga urib olib yuriladi. Bu usuldan yana raqiblar tomonidan jamoa zonasiga qaytishda foydalaniladi. To‘pni yerga urib yurishda uni kuzatish zarur: uning sakrash balandligi beldan oshmasin, to‘pga qaramay olib yurishga o‘rganilsa, yanada yaxshi. To‘pni yerga urib yurish mashqiga har bir mashg‘ulotda 2 — 3 daqiqa ajratiladi.
Slayd 22
To‘pni otish. To‘pni otish uni sherikka uzatishdan jiddiy farqlanmaydi. Farqi shundaki, to‘pni otganda kuch bilan keskin otiladi. To‘p turli holatlardan turib (yuqoridan, pastdan, yondan, boshdan, orqadan) otiladi.
Joydan turib to‘p otish yetti metrli jarima, to‘qqiz metrli erkin zarbada, turli masofalardan kutilmaganda amalga oshiriladi.
Slayd 23
To‘g‘ri qo‘l bilan pastdan otish. O‘yinchi buni har qanday holatda bajaradi. Uni bajarish egilgan qo‘l bilan pastdan otishga o‘xshab ketadi.
To‘g‘ri qo‘l bilan yuqoridan otish. O‘yinchi buni yugurib va sakrab turib bajarishi mumkin. O‘yinchi yuqoriga sakrab o‘z sherigi otgan to‘pni ilib oladi va uni darhol uloqtiradi.
Slayd 24
To‘pni 180 ° ga burilib, darvozaga orqa qilib turib ham otish mumkin.
To‘g‘ri qo‘l bilan yondan otish. Bu usul qo‘l egilmagan holda, kaftning qat’iy siltov harakati bilan bajariladi.
To‘pni egallash, yulib olish, urib chiqarish.
Slayd 25
Yuqoridan uchib kelayotgan to‘p joyda turib, qo‘llarni yuqoriga ko‘targan holda yoki yondan to‘siladi. Agar to‘p balandroqdan kelayotgan bo‘lsa, balandga sakrab kaft bilan uning yo‘li to‘siladi. To‘pni yumshoqroq qabul qilish uchun panjalar yoyilishi lozim.
Slayd 26
Yerdan 40 — 50 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sish. Himoyachi to‘pning yo‘nalishi tomon odimlaydi va to‘pni qo‘llarini oldinga cho‘zib to‘sadi. Mabodo, to‘p himoyachining o‘ng yoki chap tomonidan o‘tib ketayotgan bo‘lsa, unda biroz oldinga engashish zarur.
Slayd 27
To‘pni oyoq bilan to‘sish. Agar himoyachi juda past uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sishga ulgurmasa, unda shu usuldan foydalaniladi. Himoyachi oyog‘i bilan pastga egiladi.
Slayd 28
Darvozabon o‘yini. Darvozabon ishi o‘ta mas’uliyatli va ayni chog‘da sharaflidir. Darvozabon o‘yin paytida raqib bilan juda ko‘p ro‘para keladi. Unga juda katta jismoniy va ruhiy yuk (nagruzka) tushadi. Darvozabon maydondagi holatni tahlil qilib, to‘pni doimiy nazorat qilib boradi va o‘yinchilarga tegishli ko‘rsatmalar berib turadi. U o‘yin davomida 40 — 50 marta kuchli zarbalarni qaytarishiga to‘g‘ri keladi.
Slayd 29
Darvozabon kuchsiz kelayotgan to‘plarni ikki qo‘llab tutadi. Yondan kelayotgan to‘plar, odatda, bir qo‘l bilan to‘siladi, ammo ikki qo‘llab tutsa ham bo‘ladi. Asosiy tik holatda turgan darvozabon qo‘lini to‘p uchib kelayotgan tomonga uzatadi va o‘sha tomonga egiladi. Darvozaning pastki burchagiga yo‘naltirilgan to‘pni darvozabon oyog‘i bilan to‘sadi.
Slayd 30
Darvozabonning hujum qilayotgan raqibga qarshi chiqishi. Bunda darvoza- bon asosiy o‘rnidan to‘p bilan kelayotgan o‘yinchi tomon bir necha qadam oldinga chiqadi. Darvozabonning gavdasi oldinga egiladi, barmoqlari oxirigacha ochiladi. Bir oyog‘i ikkinchisidan 30 — 40 sm oldinga chiqadi, bu darvozaga to‘p kiritish ehtimolini kamaytiradi.
Slayd 31
Darvozabon to‘pni tutish yoki yorib kiruvchi o‘yinchini to‘xtatish uchun o‘z maydonidan tashqariga chiqadi. Bunda u o‘yinchiga aylanadi, shuning uchun u ham muayyan darajada o‘yinchilar ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
Darvozabon o‘yin davomida to‘pni bir necha marta o‘yinga kiritadi. Bu qisqa masofada turgan sherikka oshirish yoki 20 — 25 sm ga uloqtirishdan iborat bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, to‘pni joyda turib yoki yugurib kelib o‘yinga kiritishni uddalash zarur.
Slayd 32
Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi
O‘yin oldidan hakam jamoa sardorlarini chaqiradi va qur’a tashlaydi. Qur’ada yutgan tomon o‘yinni boshlaydi va maydonning xohlagan tomonini egallaydi.
O‘yin maydon markazidan hakamning hushtak chalishi va to‘pni xohlagan tomonga tashlashi bilan boshlanadi. Darvozaga to‘p kiritilgach, o‘yin qaytadan maydon markazidan, to‘p qo‘yib yuborgan jamoa tomonidan boshlanadi.
Slayd 33
Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi
To‘pni sheriklarga bir yoki ikki qo‘llab oshirish, to‘pni qo‘lning har qaysi qismi bilan oshirish yoki tutish mumkin. O‘yinchi to‘p bilan uch qadamdan ortiq yurmaydi, u to‘pni ikki qo‘lda sherigiga oshirishi yoki zarba berishi lozim. To‘pni ikkinchi marta olib yurish man etiladi. To‘pni qo‘lda 3 soniyadan ortiq ushlab bo‘lmaydi. Agar to‘p raqibda bo‘lib, bir qo‘lda tutib turgan bo‘lsa, uni urib chiqarish mumkin, ikki qo‘lida bo‘lsa, urish mumkin emas.
Slayd 34
O‘yin qoidasi buzilsa, to‘p boshqa jamoaga beriladi va o‘yin erkin to‘p tashlash bilan boshlanadi. Erkin to‘p tashlash erkin zonadan tashqari joyda, hakam hushtagisiz boshlanadi. Bunda hujum qilayotgan jamoa o‘yinchilari zonadan tashqarida bo‘lishlari kerak.
Slayd 35
Agar o‘yin paytida to‘pni ikki o‘yinchi ushlab qolsa, tortishuv to‘pi belgilanadi. Bunda har ikkala jamoa o‘yinchisi to‘pdan 3 metr uzoqlashishi zarur, shunda u to‘pni yerga urib o‘yinga kiritadi. Har ikkala jamoa o‘yinchilari bir paytda xato qilsa yoki qandaydir sababga ko‘ra o‘yin to‘xtatilganda ham tortishuv to‘pi belgilanadi.
Slayd 36
Slayd 37
Slayd 38
Slayd 39
Slayd 40
Slayd 41
Slayd 42
Slayd 43
Slayd 44
Slayd 45
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 46
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining umumiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.