Gandbol musobaqalarini tashkil etish va nizom
8000 so'm

Slayd 1
Gandbol bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish, o‘tkazish va musobaqa nizomini ishlab chiqish.
Slayd 2
Gandbol musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshiradi, mamlakatda Gandbol sportini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gandbolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Musobaqalar qat’iylikni talabga erishish yo’lidagi iroda kuchini, jamoa, tuman, shahar, viloyat, qolaversa, mamlakat oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. O’yinchilarning emotsional keskinligi gandbolchilarning ruhiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Slayd 3
Musobaqalarni boshqarish
Musobaqalarni tayyorlash va o’tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek, musobaqani o’tkazish uchun aniq javobgar shaxs bo’lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko’rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o’tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.
Slayd 4
Musobaqa turlari
Oldiga qo’yilgan vazifalariga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqlarga bo’lish mumkin.
O’zbekistan Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport tasnifi talablariga muvofiq tashkil etiladigan hamda natijalariga ko’ra qolib va chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi – taqvim musobaqalari bo’lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvimiy rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan Nizomga muvofiq ravishda o’tkaziladi. Musobaqaning asosiy turlariga: birinchilik yoki chempionatlar, kubok musobaqalari, saralash musobaqalari kiradi.
Slayd 5
Reja:
Birinchilik yoki chempionatlar – eng mas’uliyatli musobaqalar bo’lib, ularning natijalari bo’yicha g’olib jamoalarga chempionlik unvoni beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini xolisona baholashga, olib borilayotgan o’quv-mashg’ulot ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalariga juda ko’p jamoalarni jalb etish mumkin va ular g’olibni qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish bo’yicha o’tkaziladi.
Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi bosqichida qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Slayd 6
Musobaqalarni rejalashtirish
Gandbol musobaqalarini rejalashtirish markazlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi barcha idoralar va sport tashkilotlari bilan kelishib, musobaqalarning taqvim rejasini ishlab chiqadi.
O’zbekiston Gandbol Federatsiyasining viloyat, tuman va shahar musobaqalari yig’ma taqvim rejasini yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan musobaqalarni hisobga olgan holda tuzishi maqsadga muvofiqdir.
Zarur o’zgartirishlar kiritilgandan keyin gandbol bo’yicha umumiy yig’ma reja tegishli jismoniy tarbiya va sport qo’mitalarining ommaviy sport tadbirlari rejasiga kiritiladi hamda barcha sport tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Slayd 7
Musobaqa o’tkazish tizimlari
Musobaqa o’tkazishda asosan ikki tizim – aylanma tizim va chiqib ketish tizimi qo’llaniladi. Boshqa hamma tizimlar shunga asoslangan bo’ladi.
Aylanma tizim. Musobaqa o’yinlarini aylanma tizim bo’yicha o’tkazish uchun jamoalar bir-birlari bilan bir marotaba uchrashishlari kerak. Agar musobaqa bir davrada o’tkazilsa, bir marta uchrashishadi. Eng to’g’ri yo’l – musobaqani ikki davrada o’tkazishdir. Aylanma tizim bo’yicha musobaqada uchrashganlarning hamma o’rinlari belgilanadi. Eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib hisoblanadi. Davra tizimini o’tkazish tartibi, musobaqaga qatnashuvchi jamoa tartib raqamlari qur‟a o’tkazilgandan so’ng belgilanadi. Jamoa nomerlari belgilangandan so’ng shu nomerlarga asoslanib o’yin jadvali tuziladi. Davra tizimining o’yin taqvimlarini esa ikki xil usulda tuzish mumkin:
Slayd 8
11 Jamoaga setka tuzish
87-Rasm
1-Davra
2-davra
3-davra
4-davra
G’olib
Slayd 9
Musobaqa Nizomi
Sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar klublar bo’yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o’tkazishdan avval musobaqa haqidagi Nizom tuzilgan bo’lishi kerak. Bu Nizom gandbol federatsiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa haqidagi Nizom katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Nizom o’quv-mashq ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoa-larning tashkiliy-uslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rishi uchun yetarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, Nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak.
Slayd 10
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan Nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqa uni o’tkazayotgan tashkilotning obro’siga putur yetkazadi va keraksiz nizolarni keltirib chiqaradi, xolos.
Musobaqa Nizomida quyidagilar aks ettirilgan bo’lishi kerak:
O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.
Musobaqaning kim tomonidan o’tkazilayotgani (federatsiya, tashkiliy qo’mita va hokazolar).
Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.
Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, «zayavka»ga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.
Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davrali – bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).
Hisobga olish tizimi va jamoalarning (natijalar klublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi.
Slayd 11
Reja:
Musobaqaning alohida shartlari (qanday hollarda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda g’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilganidan tashqari nechta zahiradagi o’yin-chini almashtirish mumkinligi va hoka- zolar).
Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarning talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.
Musobaqalarni olib boradigan hakamlar hay‟atining nomi.
O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni qarab chiqish, shuningdek, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlan-tirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini ko’rib chiqish tartibi.
O’yinchilari intizomni buzganligi uchun jamoalarningjavobgarligi hamda maydon (sport zal) va klublar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi.
Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar.
G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.
Slayd 12
«Tasdiqlayman»
__________ davlat universiteti
prof.
» » 2026 y
«Tasdiqlayman»
__________ viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig’I o’rinbosari ___________ » » 2026 y
№
I. F. O
Tug’ilga n sanasi va yili
Sport unvon i
Bo’y i
Vazni
Ish joyi yoki O’qish joyi
Pasport nomeri, kim tomonidan va qachon
Berilgan
Uy manzi li
Shifo kor ruxs ati
1
2
3
4
5
Musobaqa o’tkazish hujjatlari
O’zbekiston respublikasining gandbol federatsiyasi
Jadval
Gandgol bo’yicha oliy ta’lim muassasalari talabalarining (ayollar) jamoalari o’rtasida xiii o’zbekiston chempionati musobaqasiga ishtirok etadigan «samarqand viloyati» jamoasidan
Talabnoma
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.