Gandbol maydon o’lchamlari va hakamlik asoslari
8000 so'm

Slayd 1
Gandbol maydon o’lchamlari va hakamlik qilish
Slayd 2
Reja:
Gandbol maydon o’lchamlari va hakamlik qilish asoslari.
Gandbol o’yin qoidalari va maydon o’lchamlari.
Gandbol sport turida hakamlik uslubiyoti (hakamlik imo-ishoralari «Jestlar»)
Slayd 3
Gandbol musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshiradi, mamlakatda qo’l to’pini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gan-bolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va, umuman, jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi dara-jasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Slayd 4
Musobaqalar qatiylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, jamoa, tuman, shahar, respublika, qolaversa, mamlakat oldidagi mas‘uliyat hissini tarbiya-laydi. O’yinchilarning emotsional keskinligi gandbolchi- larning ruhiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Slayd 5
Musobaqa turlari
Musobaqalarni boshqarish
Musobaqalarni tayyorlash va o’tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek, musobaqani o’tkazish uchun aniq javobgar shaxs bo’lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko’rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o’tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.
Slayd 6
Musobaqa turlari
Oldiga qo’yilgan vazifalariga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo’lish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari va sport Vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport tasnifi talab-lariga muvofiq tashkil etiladigan
Hamda natijalariga ko’ra g’olib va chempion degan nom beriladigan muso- baqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi – taqvim musoba-qalari bo’lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvimiy rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o’tkaziladi. Musobaqaning asosiy turlariga: birinchilik yoki chempionatlar, kubok muso-baqalari, saralash musobaqalari kiradi.
Slayd 7
Birinchilik yoki chempionatlar – eng mas‘uliyatli musobaqa-lar bo’lib, ularning natijalari bo’yicha g’olib jamoalarga chempionlik unvoni beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini xolisona baholashga, olib borilayotgan o’quv-mashg’ulot ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalariga juda ko’p jamoalarni jalb etish mumkin va ular g’olibni qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish taomili bo’yicha o’tkaziladi.
Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi bos-qichida qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Musobaqaning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi: nazorat uchrashuvlari, o’rtoqlik uchrashuvlari, qisqartirilgan musobaqalar.
Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo’lajak musoba-qalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o’tkaziladi.
O’rtoqlik uchrashuvlar o’quv-mashg’ulot maqsadlarida yoki an‘anaviy musobaqalar rejasida o’tkaziladi.
Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobay-nida o’tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalash-tiriladi.
Slayd 8
Musobaqalarni rejalashtirish
Gandbol musobaqalarini rejalashtirish markaz-lashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi barcha idoralar va sport tashkilotlari bilan kelishib, musobaqalarning taqvim rejasini ishlab chiqadi.
O’zbekiston Respublikasi gandbol federatsiyasining viloyat, o’lka va shahar musobaqalari yig’ma taqvim rejasini yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashti-rilgan musobaqalarni hisobga olgan holda tuzishi maqsadga muvofiqdir.
Zarur o’zgartirishlar kiritilgandan keyin, gandbol bo’yicha umumiy yig’ma reja tegishli jismoniy tarbiya va sport qo’mitalarining ommaviy sport tadbirlari rejasiga kiritiladi hamda barcha sport tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Slayd 9
Gandbol o’yin qoidalari va maydon o’lchamlari
Slayd 10
Gandbol o’yin maydoni uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to’rt burchakdan iborat bo’lib, o’z ichiga ikki darvoza maydoni (qoida 1.4. Va 6) oladi. Maydonni belgilovchi bo’ylama chiziq, yon chiziq, ko’ndalang chiziq yuza chiziq deb ataladi.
O’yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo’lishi lozim.
O’yin jarayonida maydon u yoki bu jamoaga imtiyoz beruvchi o’zlashtirishlar kiritilishi ma‘n etiladi.
Gandbol darvoza (2-a va 2-b rasmlar) yuza chiziq o’rtasiga o’rnatiladi. Darvoza polga yoki orqadagi devorga mahkam o’rnatilishi lozim. Darvozaning ichki tarafidagi o’lchami balandligi 2 metrni va eniga 3 metrni tashkil qiladi.
Darvoza ustunlari gorizontal joylashib, ularning o’lchami taraflari 8 sm
Hosil qiladigan kvadratdan iborat-dir. Maydon tarafdan ko’rinadigan darvoza
Ustunlarining 3 tarafi atrofdagi asosiy rangdan ajralib ko’ndalang ikki xil ranga bo’yalishi shart.
Darvoza orqa tarafdan bo’sh osilgan ip to’r bilan berkitiladi. To’r shunday bog’lanishi kerakki, to’p undan o’tib ketmasligi kerak.
Barcha belgilovchi chiziqlar eni, maydonga, chegara-langan maydonchaga va masofaga kiradi. Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo’lib, ular aniq va ravshan ko’rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o’tadigan chiziqning eni esa 8 sm bo’lishi kerak. Yondosh zonalar har xil rangda bo’yalishi mumkin.
Slayd 11
Har bir darvoza oldida darvoza maydonchasi (6 qoida) joylashiladi. Darvoza maydonchasi maydonga chizig’i (6 metrli chiziq) bilan quyidagicha aniqlanadi: darvoza oldidan 6 metr masofada yuza chiziqga parallel 3 metrli chiziq o’tkaziladi va darvoza ustuni pastki burchagidan radiusi 6 metrli aylanmaning to’rtdan ikki qismi shu chiziqga kelib qo’shiladi (1 va 2-a rasmlarga qarang).
Erkin to’p tashlash chizig’i (9 metrli chiziq) darvoza maydonchasi chizig’i tashqarisidan 3 metr masofada parallel punktir chiziq chiziladi. Bu chiziq shtrixli va oraliq masofa 15 sm uzunlikda bo’ladi (1-rasm).
7 Metrli jarima to’p tashlash chizig’i – darvoza o’rtasidan 7 metr masofada, darvoza maydonchasi chizig’idan parallel o’tkazilgan 1 metrli chiziqdan iborat bo’ladi (1- rasm).
7 Metrli jarima to’p tashlash chizig’iga parallel 3 metr masofada, darvozabon maydonchasida uzunligi 15 sm bo’lgan, jarima to’p tashlashda darvozabon o’tishga huquqsiz chiziq belgilanadi (1-rasm).
Maydon o’rtasidan ko’ndalang yuza chiziqcha parallel chiziq o’tkazilib, u o’rta chiziq deb ataladi (1-3 rasmlar).
O’yinchilarni almashtirish zonasining chizig’i – yon chiziqga maydon o’rtasidagi chiziqning ulangan nuqtasida har bir maydon bo’lagi tomonga 4,5 metrli masofada markazi chizig’iga parallel yon chiziqdan 15 sm chiziq belgilanadi (1 va 3-rasmlar).
Sekretar va sekundometristlar uchun qo’yilgan stol hamda zahiradagi o’yinchilar uchun qo’yilgan skameyka shunday joylashishi kerakki, o’tirgan o’yinchilar almashish zona-sining chiziqlarini bemalol ko’rishlari lozim. Sekretariat stoli zahiradagi o’yinchilar skameykasiga nisbatan yon chiziqcha yaqinroq joylashadi, faqat 50 sm dan yaqin bo’lmas-ligi lozim.
Slayd 12
Darvozaning o’lchamlari
Slayd 13
Aylanma tizim bo’yicha 6-jamoaga taqvim tuzish
Slayd 14
O’yinning taqvim kunlari
Slayd 15
Ikkinchi usul: Bu oddiy usul o’yin jarayonida maydon almashtirish hech qanday rol o’ynamaganda, ya‘ni musobaqa bir joyda o’tkazilganda qo’llaniladi. Bu usul bevosita taqvim kunlari tartibi bilan tuziladi. Qatnashuvchi jamoalar soniga mos raqamlar (jamoalar soni juft bo’lsa), yuqoridan chap tarafdagi birinchi raqamdan boshlab ikki ustunga yozib chiqiladi. So’ngra ikkinchi raqamdan boshlab, birinchi raqamga qarama- qarshi soat strelkasiga ketma-ket boshqa raqamlar ikkinchi ustunga yoziladi. Keyingi taqvim kunlarda raqamlarni, birinchi raqamni bir joyda, ya‘ni oldingi joyda qoldirib soat strelkasiga qarama-qarshi boshqa raqamlar siljitiladi. Agar musobaqaga qatnashadigan jamoalar soni toq bo’lsa, oxirgi juft sonlar o’rniga nol raqami qo’yiladi, qolgan raqamlar esa joy-joyida
Qoldiriladi. Nol raqami bilan juftlashgan jamoa shu taqvim kuni o’ynamaydi.
Slayd 16
Ii Bosqich (Olimpiya, yutkazgandan so‘ng chiqib ketish
Slayd 17
Olti jamoa uchun (aralash) olimpiya yutiq tizimi: Musobaqa o’tkazishning ―aralash‖ tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lib, ular- aylanma va chiqib ketish tizimlaridir. Bunda musobaqaning boshida jamoalar aylanma tizimda musobaqalashadilar va ikkinchi bosqichga o’tgan jamoalar chiqib ketish tizimida musobaqani davom ettiradilar. Musobaqalashuvning bu tizimi bir tomondan tasodif ―faktorining‖ta‘sirini yo’qotsa, ikkinchidan jamoalar soni ko’p bo’lganda musobaqani oz muddatda o’tkazishni ta‘minlaydi. Aralash tizimni qo’llashda: birinchi davrada jamoalar aylanma tizimda musobaqalashadilar (14 ta jamoa A,B,C,D guruhlariga bo’linadi, har bir guruhda 4 tadan jamoa. Har bir guruhdan eng ko’p ochko yig’gan ikkitadan
Jamoa keyingi bosqichga chiqadi). Ikkinchi bosqichda jamoalar chiqib ketish tizimi bo’yicha musobaqalashadilar (A guruhda 1- o’rinni olgan jamoa S guruhida 2-o’rinni olgan jamoa bilan o’ynaydi, S guruhida 1-o’rinni olgan jamoa, A guruhda 2- o’rinni olgan jamoa bilan kuch sinashadi, V guruhda 1- o’rinni olgan jamoa, D guruhida 2-o’rinni olgan jamoa bilan o’ynaydi, D guruhida 1-o’rinni olgan jamoa, V guruhda 2- o’rinni olgan jamoa bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlarda g’alba qozongan ikki jamoa finalda kuch sinashadi, yutqazgan jamoalar esa 3-4 o’rinlarga kuch sinashadilar)
Slayd 18
Slayd 19
Slayd 20
Slayd 21
Slayd 22
Slayd 23
Slayd 24
Slayd 25
Slayd 26
Slayd 27
Slayd 28
Musobaqa nizomi
Sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatna-shuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar klublar bo’yicha hisobga olinganda) egallay-digan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o’tkazishdan avval musobaqa xaqidagi nizom tuzilgan bo’lishi kerak. Bu nizom gandbol federatsiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa xaqidagi nizom katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Nizom o’quv-mashq ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki
Jamoalarning tashkiliy-uslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rish uchun etarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqa uni o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putur etkazadi va keraksiz nizolarni keltirib chiqaradi, xolos.
Slayd 29
Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:
O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.
Musobaqaning kim tomonidan o’tkazilayotgani (federatsiya, tashkiliy qo’mita va hokazolar).
Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.
Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, «zayavka»ga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.
Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davrali – bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).
Hisobga olish tizimi va jamoalarning (natijalar klublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi.
Musobaqaning alohida shartlari (qanday hollarda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda g’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilganidan tashqari nechta zahiradagi o’yinchini almashtirish mumkinligi va hokazolar).
Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini ras-miylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarning talab-nomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.
Musobaqalarni olib boradigan hakamlar hay‘a-tining nomi.
O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni qarab chiqish, shuningdek, o’yinchilarni maydondan chiqa-rib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini ko’rib chiqish tartibi.
O’yinchilari intizomni buzganligi uchun jamoa-larning javobgarligi hamda maydon (sport zal) va klublar ma‘muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi.
Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar.
Slayd 30
Gandbol bo’yicha erkaklar, ayollar, o’rtasida o’tkaziladigan o’zbekiston respublikasi chempionati va kuboklari musobaqalarining
N I Z O M I
Maqsad va vazifalar
Musobaqaga rahbarlik kilish
Musobaqalarni o’tkazish vaqti va joyi.
Musobaqa qatnashchilari
Imtiyozli shartlar
Jamoa natijalarini aniqlash
Musobaqa o’tkazilish joylariga talablar
Intizomga zid harakatlar
Norozilik (protest)
O’yin ishtirokchilarini qayd etish tartibi
Moliya shartlari
Taqdirlash
Slayd 31
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 32
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BАSKETBОL HAQIDA UMUMIY TAVSIF mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.