Futbolchilar tayyorgarlik jarayonida tamoyillardan foydalanish

8000 so'm


Futbolchilar tayyorgarlik jarayonida tamoyillardan foydalanish

 

 

Slayd 1

Turli o’quv guruhi futbolchilarining tayyorgarlik jarayonida tayyorgarlik tamoyillaridan foydalanish

Slayd 2

Reja:
Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi tasnifi
Futbolda Jismoniy sifatlarning o’rni
Turli o’quv guruhi futbolchilarining tayyorgalik jarayonida tayyorgarlik tamoyillaridan foydalanish

Slayd 3

Futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar va shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlaridan olingan mashqlar bunda asosiy vositalar sifatida qo’llaniladi. Bunda mushak paylarining rivojla-nishi va mustahkamlanishiga, ichki a’zo va tizimlar funksiyasining takomillashishiga, harakatlar koordinasiyasi va harakat sifatlari umumiy darajasining oshirilishiga erishiladi.

Slayd 4

Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo’llaniladigan ko’pgina mashqlar organizmga har tomon-lama ta’sir ko’rsatadi, ayni chog’da ularning har biri u yoki bu sifatlarni ko’proq rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Jumladan, baland-past joylarda uzoq muddat yugurish ko’proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadal yugurish esa tezlikni rivojlantirishga, gimnastika mashq-lari chaqqonlikni o’stirishga qaratilgandir. Bu mashqlar mashg’ulotning tarkibiy qismiga, ulardan ba’zilari esa ertalabki mashg’ulotga kiritiladi.

Slayd 5

Umumiy jismoniy tayyorgarlikning maqsadi
Futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqla va shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlaridan olingan mashqlar bunda asosiy vositalar sifatida qo’llaniladi. Bunda mushak paylarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, ichki a’zo va tizimlar funksiyasining takomillashishiga, harakatlar koordinasiyasi va harakat sifatlari umumiy darajasining oshirilishiga erishiladi.

Slayd 6

Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo’llaniladigan ko’pgina mashqlar organizmga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi, ayni chog’da ularning har biri u yoki bu sifatlarni ko’proq rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Jumladan, baland-past joylarda uzoq muddat yugurish ko’proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadal yugurish esa tezlikni rivojlantirishga, gimnastika mashqlari chaqqonlikni o’stirishga qaratilgandir. Bu mashqlar mashg’ulotning tarkibiy qismiga, ulardan ba’zilari esa ertalabki mashg’ulotga kiritiladi

Slayd 7

Maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsadi
Futbolchi uchungina xos bo’lgan jismoniy sifatlar va funksional imkoniyatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishdan iboratdir. Futbolchilarning faoliyati bajarayotgan harakati intensivligining doim o’zgarib turishi bilan ifodalanadi. Mushaklar ishining yuksak intensivligi faollikning pasayishi va nisbatan tinch holatga o’tish bilan almashib turadi. Jadal yugurish, ilgari tashlanish, sakrashlar yengil yugurish, yurish, to’xtash bilan almashinadi, harakat yo’nalishi, maromi va sur’ati o’zgarib turadi. Bunday faoliyat muayyan jismoniy yuklamani amalga oshirish bilan bog’liq bo’lib, vegetativ jarayonlar, birinchi navbatda, modda almashinuvi, nafas olish va qon aylanishidagi jiddiy funksional o’zgarishlar bilan davom etadi.

Slayd 8

Jismoniy imkoniyatlarining asosiy tushunchasi
Insonning kuchi mushaklar kuchi orqali tashqi qarshiliklarni yengishi yoki ularga qarshi tura olishida aniqlanadi. Futbolchi o’z vazni va to’p og’irligi bilan ish tutadi. Boshqacha qilib aytganda, u, asosan, gavdasi va to’pning inersiyasini bartaraf qilish uchun o’z kuchidan foydalanadi.

Slayd 9

Futbolchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi
Futbolchilar bilan ishlash amaliyotida maxsus tayyorgarlikni nazorat qilishni amalga oshirish uchun muljallangan testlar ketma-ketligidan ommaviy tarzda foydalaniladi. Bu majmuaning tarkibiga quyidagi testlar kiradi:
30 M ga yugurish;
Tupni «slalom bilan» olib yurish va kichik darvozaga zarba berish;
Futboltupiga uzoqqa zarba berish;
Himoyadagi harakatlar (oldinga, yoni bilan va orqa bilan yugurish;
Darvozaga aniq zarbalar berish.
Har bir test uchun 1 dan 100 ochkogacha diapazonda baholar shkalasi ishlab chiqilgan. Biroq kupchilik murabbiylarning fikrlariga kura, zamonaviy futbolning talablari nuqtai-nazaridan olib qaraganda – bu testlar allaqachon eskirgan

Slayd 10

Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi tasnifi
Jismoniy tayyorgarlik tushunchasiJismoniy tayyorgarlik — bu sportchining harakat faoliyatini samarali bajarishi uchun zarur bo’lgan harakat sifatlari (kuch, chidamlilik, tezlik, epchillik, moslashuvchanlik)ni rivojlantirish jarayonidir. Bu tayyorgarlik sportchilarning musobaqalarda maksimal natijalarga erishishiga bevosita ta’sir qiladi. Zatsiorsky V. M. (1995): «Jismoniy tayyorgarlik — bu organizmning sport faoliyatiga biologik moslashuvini ta’minlaydigan kompleks omildir. »

Slayd 11

Umumiy jismoniy tayyorgarlik (Ujt)📌 Tavsifi:Har qanday sport turiga kirishdan oldin sportchining asosiysi fiziologik salohiyatini rivojlantiradi. Bu tayyorgarlik turi sog’lomlashtirish, mushaklarni umumiy mustahkamlash, va umumiy chidamlilikni oshirishga xizmat qiladi. 📌 UJTga kiruvchi mashqlar:Yengil atletika mashqlari (yugurish, sakrash, yugurib chiqish)Gimnastik mashqlarKo’p takrorli kuch mashqlari (massaj, supinasiya, umumiy holatni yaxshilovchi harakatlar)

Slayd 12

UJTning maqsadi:»Umumiy tayyorgarlikning vazifasi — sportchining organizmini murakkab maxsus harakatlarga tayyor holga keltirish»(N. P. Laputin, «Sport mashg’ulotlar nazariyasi», 2002)

Slayd 13

Maxsus jismoniy tayyorgarlik (Mjt)📌 Tavsifi:Aynan tanlangan sport turi uchun zarur bo’lgan harakatlar va jismoniy sifatlarni shakllantiradi. Sportchining musobaqa faoliyati uchun zarur bo’lgan maxsus kuch, tezlik, chidamlilikni rivojlantiradi. 📌 MJTga kiruvchi mashqlar:Futbolchilar uchun: to’p bilan sprint, to’p nazorati ostida ko’p yillik chidamlilikEngil atletika uchun: startga chiqish, chiqish tezligiOg’ir atletika uchun: portlovchi kuch (power), aniq mushak guruhlari bilan ishlash

Slayd 14

MJTning ahamiyati:»Maxsus tayyorgarlik sportchining faqatgina jismoniy emas, balki harakatni ongli boshqarish qobiliyatini ham rivojlantiradi. «(V. N. Platonov, «Sportchilar tayyorgarligi tizimi», 2013)

Slayd 15

Futbolda Jismoniy sifatlarning o’rni.
Futbol – bu yuqori darajadagi tezlik, chidamlilik, kuch, epchillik va koordinasiya talab qiladigan murakkab sport turi. O’yin davomida futbolchi o’rtacha 9–12 km masofani bosib o’tadi, yuzlab tezkor harakatlar, to’xtashlar, tezlanishlar bajaradi. Shu sababli, futbolchilarning jismoniy sifati ularning o’yin samaradorligida hal qiluvchi o’rin egallaydi. Fifa Coaching Manual (2016): «Futbolda jismoniy tayyorgarlik – texnika va taktikaning asosiy tayanchidir. »

Slayd 16

Asosiy jismoniy sifatlar va ularning futbolchiga ta’siri
Tezlik
📌Tavsif: Tezlik — futbolchining yugurish, burilish, qaror qabul qilish tezligini bildiradi.
📌Ahamiyati: Qarshi hujumlarda raqibdan oldinroq harakat qilish. Raqib himoyachilarini ortda qoldirib gol urish. Himoyaviy holatlarda tez qaytish. Fifa tadqiqotiga ko’ra, professional hujumchilarning 90% gollari 5 soniyalik tezlikka asoslangan harakatlar orqali amalga oshirilganIlmiy fakt:

Slayd 17

Chidamlilik (Endurance)📌 Tavsif:Bu futbolchining o’yin davomida barqaror jismoniy faollikni ushlab turish qobiliyatidir. 📌 Ahamiyati:90 daqiqalik o’yinda kuchning saqlanishi. O’yin so’nggida ham samaradorlikni yo’qotmaslik. Yuqori intensivlikda harakatni davom ettirish. Misol: Yuqori darajadagi futbolchilar o’rtacha 60–70% vaqtni sub-maksimal intensivlikda harakatda bo’ladilar.

Slayd 18

Kuch (Strength)📌 Tavsif:Muskul kuchi raqib bilan kurash, sakrash, zarba berish kabi harakatlarda asosiy rol o’ynaydi. 📌 Ahamiyati:Havodagi kurashlarda ustunlik. Kuchli zarbalar va uzoq masofalarga pas berish. Himoyachilarga qarshi jismoniy to’qnashuvda ustun bo’lish. 📌 Ilmiy manba:Zatsiorsky (2012): «Futbolchilar uchun eksploziv kuch mashqlari – musobaqadagi tezlik va intensivlik ko’rsatkichlarini 20–25% oshiradi. »

Slayd 19

Epchillik (Agility)📌 Tavsif: Harakat yo’nalishini tez va muvozanatli o’zgartirish qobiliyati. 📌 Ahamiyati: To’p bilan dribling. Raqib harakatlariga javoban tez moslashish. Qisqa masofalarda tez burilish va to’xtash. 📌 Misol: Lionel Messining yuqori epchilligi uning qisqa masofalarda raqiblarni oson aldashiga imkon beradi.

Slayd 20

Koordinasiya📌 Tavsif: Tana qismlarini boshqarish, harakatlarni muvofiqlashtirish. 📌 Ahamiyati: Texnik elementlarni mukammal bajarish (pas, zarba, to’xtatish). Kutilmagan vaziyatlarga tez javob berish. Harakatlarni muvozanatda bajarish.

Slayd 21

Jismoniy sifat
Bog‘liq elementlar
Tezlik
Kuch, koordinatsiya, epchillik
Chidamlilik
Yurak-qon tomir salomatligi, nafas olish
Kuch
Zarba kuchi, raqibga qarshi kurash
Epchillik
Tezlik, koordinatsiya, qaror qabul qilish
Jismoniy sifatlarning o‘zaro bog‘liqligi

Slayd 22

Sifat
Mashq turi
Tezlik
Sprintlar (10-40 m), reaktiv tezlik mashqlari
Chidamlilik
Intervallik yugurish, futbola xos krosslar
Kuch
Og‘irlik bilan mashqlar, plyometrik mashqlar
Epchillik
Ko‘p yo‘nalishli harakatlar, konuslar bilan marshrutlar
Koordinatsiya
Reaksiya o‘yinlari, to‘pni boshqarish trenajyorlari
Futbolda jismoniy sifatlarni rivojlantirish usullari

Slayd 23

Futbolchilarning tayyorgarlik darajasi, yoshi va jismoniy holatiga qarab ularning mashg’ulot jarayonida pedagogik tamoyillarni turlicha qo’llash talab etiladi. Bu tamoyillar orqali mashg’ulotlar ilmiy asoslangan, samarali va maqsadga muvofiq tarzda tashkil etiladi. Platonov V. N. (2013): «Mashg’ulot jarayonida tamoyillarni hisobga olmaslik, sportchining ortiqcha zo’riqishiga yoki past natijaga olib keladi. »

Slayd 24


Guruh
Yosh (taxminiy)
Tayyorgarlik bosqichi
1
Boshlang‘ich
7–10 Yosh
Umumiy jismoniy va texnik asoslar
2
Tayyorlov (o‘rta)
11–14 Yosh
Texnika + taktikani boshlash
3
Ixtisoslashgan
15–17 Yosh
Maxsus tayyorgarlik, musobaqa
4
Yuqori malakali
18 Yoshdan katta
Individual reja asosida mashg‘ulot
Tayyorlov guruhlariga bo‘linish
Futbolchilarning tayyorgarlik bosqichlari quyidagicha tasniflanadi:

Slayd 25

Asosiy sport tayyorgarligi tamoyillari va ularni qo’llash1. Ilmiylik tamoyiliTavsifi: Har bir mashg’ulot fiziologik, psixologik va pedagogik asosga ega bo’lishi kerak. Qo’llash: Yosh futbolchilarga yuklama me’yorlarini belgilashda yurak urish tezligi va muskul faoliyati monitoringi muhim. Masalan, boshlang’ich guruhda 60 daqiqadan ortiq intensiv yuklama tavsiya etilmaydi (Weineck, 2004).

Slayd 26

Tavsifi: Mashg’ulotlar tartib bilan, bir-birini to’ldiruvchi bosqichlarda olib boriladi. Qo’llash: Boshlang’ich bosqichda texnika o’rgatish → tayyorlov bosqichda taktikaga o’tish. Platonov (2013): «Harakatlarni o’rgatishda ketma-ketlik prinsipiga amal qilinmasa, harakatlar beqaror bo’ladi“.
Tizimlilik va ketma-ketlik tamoyili

Slayd 27

Tavsifi: Har bir futbolchining yoshi, jismoniy ko’rsatkichlari, salomatligi va psixologik holatiga qarab yondashuv. Qo’llash: Kam chidamli futbolchilarga qisqaroq, ko’proq dam olish oralig’i bilan mashg’ulotlar tayinlanadi. Masalan, himoyachi va hujumchining yuklama turi, davomiyligi va tiklanish mexanizmi farq qiladi.
Individuallik tamoyili

Slayd 28

Tavsifi: Yuklamaning hajmi, murakkabligi va intensivligi asta-sekin oshiriladi. Qo’llash: O’quv yilining boshida – bazaviy yuklamalar, o’rtada – maksimal yuklama, oxirida – funksional tiklanish. Bompa & Haff (2009): «Yosh sportchilarda ortiqcha yuklama ularning rivojlanishida salbiy o’zgarishlar keltirib chiqaradi. »
Bosqichma-bosqich yuklamani oshirish

Slayd 29

Tayyorgarlik guruhi
Asosiy tamoyillar
Amaliy usullar
Boshlang‘ich (7–10 yosh)
Ilmiylik, ketma-ketlik, o‘yinga asoslash
O‘yinli mashqlar, oddiy texnika mashqlari
Tayyorlov (11–14 yosh)
Uyg‘unlik, individuallik
Kombinatsiyalangan mashqlar, yuklamani oshirish
Ixtisoslashgan (15–17)
Bosqichma-bosqich yuklama, psixologik tayyorgarlik
Intervallar, taktik mashg‘ulotlar
Yuqori malakali (18+)
Individuallik, regeneratsiya, analitik nazorat
Monitoring, maxsus yuklamalar, statistik tahlil
Guruhlar bo‘yicha tamoyillarni amalda qo‘llash

Slayd 30

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 31

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Futbolchilar tayyorgarlik jarayonida tamoyillardan foydalanish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar