=== Taqdimot 1 ===
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Futbol o‘yinining qadimgi tarixi.
2. Futbol o‘yinining rivojlanish bosqichlari va “qoidalarining yaralishi”
3. Zamonaviy futbol uyushmalarining tuzilishi.
4. O‘zbekistonda futbolning rivojlanish tarixi.
=== Taqdimot 3 ===
FUTBOL O‘YININING QADIMGI TARIXI
Futbol sport turi qadim zamonlarda paydo bo‘lgan bo‘lib, qadimgi yunonlar “to‘p o‘yinini” shunchalik qadrlaganlarki, uni hatto gimnastlar maxsus maktablarning jismoniy mashqlar dasturiga kiritganlar. Ozgina bo‘lsa ham futbolga o‘xshash to‘p o‘yini 180 yil deganda tilga olinadi. Polluksning yunoncha lug‘atida o‘ynovchilar ikki jamoaga bo‘linganligi yozilgan.
=== Taqdimot 4 ===
Har qaysi jamoa to‘pni raqib jamoa o‘yin maydoni orqasiga o‘tkazishga harakat qiladi. Fe’l-atvor jihatidan bu o‘yin ko‘proq hozirgi regbi o‘yiniga o‘xshab ketadi. Lekin u o‘yinda qo‘l bilan o‘ynash taqiqlangan edi. Qadimgi to‘p o‘yinlarining qaysi biridan hozirgi futbol o‘yini kelib chiqqanini aniqlashning iloji yo‘q. Biroq, jismoniy tarbiya va sportning tarixi mutaxassislarining aksariyati, ko‘proq futbol, “garpastum” degan qadimgi Rim o‘yinidan kelib chiqqan bo‘lib, Britaniya, Galliya va G‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlariga bu o‘yinni rim legionlari olib kelganlar, deb taxmin qiladilar.
=== Taqdimot 5 ===
Inglizlar oyoq to‘pini Britaniya orollarida IX asrdayoq ma’lum bo‘lgan deb da’vo qiladilar. G‘arbiy Yevropa davlatlarida bu singari o‘yinlar shu asr o‘rtalarida mustaqil tarzda ham, ayrim elementlarni bir-biridan o‘rganish yo‘li bilan ham rivojlana borgan deb taxmin qilsa bo‘ladi. 1313-yili ingliz podshosi Eduard II shahar ichkarisida futbol o‘yini o‘ynashni taqiqlaydi. Podshoning ana shu farmoyishi ingliz futbol ittifoqining arxivida saqlanib qolgan. Katta to‘p quvgandagi ur-yiqit shaharlarda katta to‘polon chiqarayotgani va yomon ta’sir ko‘rsatayotgani uchun, deyiladi farmoyishda.
=== Taqdimot 6 ===
Itoat etmaganlar qamoqqa tashlanishini ta’kidlab, bu o‘yin endilikda shaharlarda o‘ynalishini podsholik nomidan taqiq etaman”. Bunday taqiqlashlarning sababi o‘yin paytidagi tartibsizliklardagina emas, balki shaharliklarning kamon otishdan va hatto hunarmandchilikdan, ishdan chalg‘itishar edi. Shu boisdan 1349-yilda ingliz podshosi Eduard III ham Londonda futbol o‘yini o‘ynashni man qiluvchi farmoyish chiqardi. Fransuz podshosi Karl V esa undan ham o‘tib tushdi. 1369-yili xalq o‘yinlarining hammasini taqiqlab qo‘yadi.
=== Taqdimot 7 ===
FUTBOL O‘YININING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA “QOIDALARINING YARALISHI”
1863-yil 26-oktyabrda Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o‘yinning 13-moddadan iborat bo‘lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan. Keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o‘yinining asosi bo‘lib qoldi.
=== Taqdimot 8 ===
Futbol o‘yinining ilk qoidalarida belgilanishicha, maydon uzunligi 200 yard (183 metr)dan, kengligi 100 yard (91 metr)dan oshiq bo‘lmasligi kerak. Darvozalar ikki ustundan iborat bo‘lib, ular orasida to‘sin bo‘lmagan va ustunlar orasidagi masofa 8 yard (7,32 sm) dan iborat bo‘lgan.
=== Taqdimot 9 ===
1866-yilda darvoza balandligini cheklash uchun ustunlar orasiga arqon tortib qo‘yilgan. Yana 10-yil o‘tib, bu arqonni yog‘och to‘singa almashtirishgan.
=== Taqdimot 10 ===
Darvozabonning qo‘l bilan o‘ynashga haqqi yo‘q edi. 1871-yilda o‘ng qo‘l bilan o‘ynashga ruxsat berilgan, u ham bo‘lsa faqat darvoza maydoni ichida. Darvozabonning jarima maydoni ichida ham qo‘l bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishi uchun 30-yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi (1902).
=== Taqdimot 11 ===
Uzoq vaqt mobaynida na jarima to‘pi, na 11 metrlik zarba bo‘lgan. Qoidabuzarlik uchun erkin zarbalar bilan chegaralanib qolardi. Nihoyat, 1891-yil eng qat’iy jazolardan biri − 11 metrlik zarba kiritildi, uni inglizcha so‘z bilan “penalti” deb atadilar.
=== Taqdimot 12 ===
Futbol shakllanayotgan davrlarda jamoa sardorlari o‘yin qoidalariga rioya qilinishini kuzatib turardilar. Futbol maydonida hakam 1880-yilda paydo bo‘ldi, 1-yildan so‘ng esa hakam ikkita yordamchisi bilan maydonga chiqa boshladi. Hushtak 1878-yilda kiritildi, bunga qadar hakam to‘xtatish yoki o‘yinni qayta boshlash uchun ovozdan yoki qo‘l harakatlaridan foydalanardi. O‘sha yillarda barcha milliy futbol uyushmalari uchun qoidalar bir xil yoki majburiy bo‘lmagan. Har bir uyushma o‘z xohishiga ko‘ra bu qoidalarga turli o‘zgartirishlar kiritishi mumkin edi. Bu vaziyat xalqaro uchrashuvlar o‘tkazish yoki xalqaro musobaqalar tashkil etishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
=== Taqdimot 13 ===
1882-yili mustaqil futbol ittifoqlari, ya’ni Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya ittifoqlarining birlashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda yagona qoidalar qabul qilindi va futbol qoidalarida u yoki bu o‘zgarishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro Kengash tasdiqlandi.
=== Taqdimot 14 ===
1871-yilda Angliyada mamlakat Kubogining yo‘nalishi tasdiqlandi. Bu kubok uchun hozirda ingliz futbol klublari kurash olib boradilar xalqaro miqyosdagi ilk futbol uchrashuvi Angliya va Shotlandiya jamoalari o‘rtasida 1873-yilda bo‘lib o‘tdi. O‘yinchilar jamoadagi joylashishi hozirgidan boshqacharoq bo‘lgan. Angliya jamoasida 7 nafar o‘yinchi hujumda, 1 nafari yarim himoyada, 2 nafar himoyachi va 1 nafar darvozabon bo‘lgan. Shotlandiya jamoasi tarkibida esa 6 nafar hujumchi, 2 nafar yarim himoyachi va 1 nafar darvozabondan iborat bo‘lgan.
=== Taqdimot 15 ===
XIX asrning 80-yillarida futbol o‘yini Yevropa qit’asidagi mamlakatlarga yoyila boshladi. 1875-yilda futbol Gollandiyaga, keyinroq esa Daniyaga kirib keldi. 1882-yildan boshlab Shveysariyada, 1890-yildan Chexiyada, 1897-yildan esa Rossiyada futbolni o‘ynay boshladilar.
=== Taqdimot 16 ===
ZAMONAVIY FUTBOL UYUSHMALARINING TUZILISHI.
1882-yilda xalqaro uyushmalar boshqarmasiga asos solindi. Nihoyat, 1904-yil 21-mayda Fransiya tashabbusiga ko‘ra hozirda 200 dan ortiq davlatlar a’zo bo‘lgan Xalqaro Futbol Uyushmasi – FIFA tashkil etildi. FIFA bilan bir qatorda 1954-yildan boshlab Yevropa Futbol ittifoqi – UEFA ham faoliyat ko‘rsata boshladi.
=== Taqdimot 17 ===
1930-yildan boshlab har 4-yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati, 1958-yildan boshlab esa milliy terma jamoalar qatnashadigan Yevropa chempionatlari o‘tkazilib kelmoqda. 1900-yilda futbol olimpiya sport turiga aylandi, ammo rasmiy jihatdan u Olimpiya o‘yinlari dasturiga 1908-yilda kiritilgan.
=== Taqdimot 18 ===
Osiyo Futbol konfederatsiyasi (OFK) 1954-yili tuzilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda 44 ga yaqin mamlakatlarni birlashtiradi. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi 1994-yildan FIFA va OFK ga a’zo bo‘lgan, hozirda FIFA va OFK tomonidan o‘tkaziladigan barcha rasmiy musobaqalarda qatnashib kelmoqda.
=== Taqdimot 19 ===
O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNING RIVOJLANISH TARIXI
O‘zbekistonda futbol o‘tgan asrning boshlarida paydo bo‘ldi va tezda mashhur o‘yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Qo‘qon va Samarqand edi. Ilk bor futbolni Qo‘qonda o‘ynagan. Xuddi shu yerda 1911-yilning oxirida birinchi futbol jamoasi tashkil topgan.
=== Taqdimot 20 ===
Bir oz vaqt o‘tgach, Toshkentda ham futbol o‘ynay boshladilar. Toshkentlik futbol ishqibozlari orasida eng mashhur jamoa bu (TSIJ – Toshkent sport ishqibozlari jamiyati) edi. Bu jamiyat 1912-yilda tuzilgan bo‘lib, juda qisqa vaqt ichida futbol hamda boshqa sport turlarining rivojlanishi uchun ko‘p xizmat qilgan. 1912-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda futbol yetarli darajada yoyila boshladi. Futbol o‘yiniga Andijon va Samarqandda ham qiziqish orta boshladi.
=== Taqdimot 21 ===
Va, nihoyat, 1914-yil 25-mayda Toshkentda O‘zbekistonning eng kuchli ikki jamoasi o‘rtasida markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda Toshkent va Farg‘ona futbolchilari to‘p surdilar. Toshkentliklar o‘yinda 3:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdilar. O‘zbekistonda futbol rivojlanishining boshlang‘ich davri haqida xulosa qilib shuni ham aytib o‘tish joizki, futbol maydonlari va o‘quv mashg‘ulotlarining bo‘lmaganiga qaramay, qisqa vaqt ichida Farg‘ona, Toshkent, Qo‘qon, Andijon va Samarqandda o‘zbek futbolining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan iste’dodli futbolchilar paydo bo‘ldi.
=== Taqdimot 22 ===
1920-yildan boshlab futbol respublikamizning chekka qishloq va mahallalariga kirib borib, mashhur o‘yinga aylandi. Yoshlar, talabalar, ishchi va dehqonlar futbolga talpina boshladilar. 1921-yil Moskva va Toshkent futbolchilarining ilk uchrashuvi o‘tkazilgani bilan ahamiyatga loyiqdir. 1925-yilda mamlakat Jismoniy tarbiya kengashi tomonidan ommaviy jismoniy tadbirlarning taqvimi tuzildi. O‘zbekistonda futbolni tashkillashtirish bir oz tartibliroq tizimga ega bo‘ldi.
=== Taqdimot 23 ===
1928-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro spartakiada qatnashish O‘zbekiston futbolchilari uchun nihoyatda jiddiy imtihon bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha spartakiada birinchiligi uchun 22 jamoa kurash olib bordi, ular qatorida Angliya, Germaniya, Avstraliya, Shveysariya va Finlyandiyaning ishchi klublardan iborat terma jamoalari ham bor edi.
=== Taqdimot 24 ===
1937-yil futbol mavsumining ahamiyatli hodisasi – Sobiq ittifoq chempionati bo‘lib o‘tdi: Unda 56 jamoa qatnashdi. O‘zbekiston sha’nini esa Toshkentning Dinamochilari himoya qildilar. Ular futbol bo‘yicha mamlakat chempionatida ishtirok etgan birinchi O‘zbekistonlik jamoa aylandilar.
=== Taqdimot 25 ===
1950-yilning boshida O‘zbekistonda “Paxtakor” sport jamiyati tashkil etildi. Hozirgacha mustaqil O‘zbekiston chempionatida va rasmiy xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli o‘yinlar ko‘rsatib kelayotgan, Respublikamizning eng kuchli jamoasi bo‘lgan “Paxtakor”ning tuzilishi ham shu jamiyat bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 26 ===
1960-yildan 1991-yilgacha (tanaffuslar bilan) “Paxtakor” sobiq Ittifoqning oliy ligasida ishtirok etib keldi. Bu islohotlar va tub o‘zgarishlar davri bo‘lgan edi. “Paxtakor”ning barcha ko‘zga ko‘rinarli muvaffaqiyatlari uning kuchlilar guruhidagi chiqishlari bilan bog‘liq. Yigirma yil tanaffus bilan ikki bora 1962 va 1982-yillarda Paxtakor oliy ligada faxrli 6-o‘ringa sazovor bo‘lgan. 1968 -yilda finalga chiqib, unda Moskvaning “Torpedo” jamoasiga 0:1 hisobida g‘alabani boy berishi “Paxtakor”ning Ittifoq Kubogi o‘yinlaridagi eng yirik muvaffaqiyatlaridan biri edi. Xulosa qilib aytganda Oxirgi yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari barcha jahon va Osiyo chempionatlarida ijobiy ishtirok etib kelishmoqda.
=== Taqdimot 27 ===
FUTBOL MAYDONINING O‘LCHAMLARI
=== Taqdimot 28 ===
JAHON CHEMPIONATI G‘OLIBLARI
1930-yil (Urugvayda): Urugvay milliy terma jamoasi Argentinani 4-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib jahon kubogiga ega chiqadi.
1934-yil (Italiyada): Italiya milliy terma jamoasi 2-1 hisobida Chexoslovakiyani mag‘lubiyatga uchratgan holda mundial g‘olibiga aylandi. 1938-yil (Fransiya): Italiya milliy terma jamoasi Vengriya ustidan 4-2 hisobda g‘alabani tantana qiladi.
=== Taqdimot 29 ===
1950-yil (Braziliya): Urugvay milliy terma jamoasi Braziliya ustidan 2:1 g‘alaba qozonadi.
1954-yil (Shveysariyada): G‘arbiy Germaniya terma jamoasi Vengriya ustidan 3-2 hisobida g‘alabaga erishdi.
1958-yil (Shvetsiyada): Braziliya milliy terma jamoasi Shvetsiya ustidan 5-2 hisobida g‘alabaga erishadi.
1962-yil (Chili): Braziliya milliy terma jamoasi Chexoslovakiya ustidan 3-1 hisobda g‘alaba qozonadi.
=== Taqdimot 30 ===
1966-yil (Angliya): Angliya milliy terma jamoasi G‘arbiy Germaniya ustidan 4-2
1970-yil (Meksika): Braziliya milliy terma jamoasi Italiya ustidan 4-1 hisobida g‘alaba qozonadi.
1974-yil (G‘arbiy Germaniyada): G‘arbiy Germaniya terma jamoasi Gollandiya ustidan 2-1 hisobida g‘alaba qozonadi.
1978-yil (Argentina): Argentina milliy terma jamoasi Gollandiya ustidan 3-1 hisobida g‘alaba qozonadi.
1982-yil (Ispaniya): G‘arbiy Germaniya terma jamoasi Italiya ustidan 3-1 hisobida g‘alaba qozonadi.
=== Taqdimot 31 ===
1986-yil (Meksika): Argentina milliy terma jamoasi G‘arbiy Germaniya ustidan 3: 2 hisobida g‘alaba qozonadi.
1990-yil (Italiyada): G‘arbiy Germaniya Argentina ustidan, 1: 0 hisobida g‘alaba qozonadi.
1994-yil (AQSh): Braziliya milliy terma jamoasi Italiya ustidan 0-0 va 3-2 penaltilar seriyasida g‘alaba qozonadi.
1998-yil (Fransiya): Fransiya milliy terma jamoasi Braziliya ustidan 3-0 g‘alaba qozonadi.
=== Taqdimot 32 ===
2002-yil (Janubiy Koreya va Yaponiyada): Braziliya milliy terma jamoasi Germaniya ustidan 2:0 g‘alaba qozonadi.
2006-yil (Germaniya): Italiya milliy terma jamoasi Fransiya ustidan 1: 1. Penaltilar seriyasida 5-3 hisobida g‘alaba qozonadi.
2010-yil (Janubiy Afrikada): Ispaniya milliy terma jamoasi Gollandiya ustidan, qo‘shimcha vaqtda kiritilgan gol hisobiga g‘alaba qozondi. Yakuniy hisob 1:0.
=== Taqdimot 33 ===
2014-yil (Braziliya): Germaniya milliy terma jamoasi Argentina ustidan minimal 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
2018-yil (Rossiya): Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etgan Fransiya futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
2022-yil (Qatar): Juda ham shiddatli kechgan bahs 3:3 hisobida yakunlandi va Argentina penaltilar seriyasida 4:2 hisobida Fransiya ustidan g‘alaba qozonib, Jahon Kubogiga ega chiqdi.
=== Taqdimot 34 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.