Futbol o’yini qoidalari va zamonaviy o’zgarishlar
8000 so'm

Slayd 1
Futbol o’yini qoidalari. Zamonaviy o’yin qoidalariga kiritilayotgan o’zgarishlar
Slayd 2
Reja:
Futbol o’yini qoidalari
Zamonaviy o’yin qoidalariga kiritilayotgan o’zgarishlar
Slayd 3
Futbol o’yin qoidalari
Futbol, asosan, ochiq havoda chim yotqizilgan maydonda yoki usti yopiq sun’iy chim yotqizilgan manejlarda o’ynaladi.
Erkin to’p. To’p raqib jamoasidan tashqariga chiqib ketganda darvozabon maydonchasidan to’pni tepib o’yinga kiritiladi, hamda o’yin vaqtda raqib jamoasi o’yinchilariga taqiqlangan harakatlarni qo’llansa ya’ni raqibni ushlab qolish, turtsa, itarsa, chalsa, beixtiyor to’p jarima maydonidan tashqarida qo’lga tegsa, himoyachi atayin uzatgan to’pni darvozabon ushlasa, erkin to’p belgilanadi.
Jarima to’pi. Maydonda va jarima maydoni oldida to’p bilan o’ynayotgan o’yinchiga nisbatan atayin taqiqlangan harakatlar qo’llansa, jarima to’pi belgilanadi.
Slayd 4
Burchak to’pi va yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish. To’p darvozabon yoki himoyachiga tegib maydondan chiqib ketsa burchakdan to’pni tepib o’yinga kiritiladi. Burchak to’pi tepganda to’p darvozaga kirsa gol hisoblanadi.
Yon chiziqdan to’pni tashlab o’yinga kiritish maydon o’yinchilari qo’lda o’ynaydigan yagona usul bo’lib, to’p raqib jamoa o’yinchisi oyog’idan maydonni tark etganda qo’llaniladi. To’pni tashlash vaqtida maydon ichiga kirish, oyoqni ko’tarish yoki sakrash man etiladi. Shunday holat ro’y bersa, to’p raqib jamoaga beriladi. To’pni tashlagandan so’ng to’pni tashlagan o’yinchi to’pni sherigi yoki raqibdan qaytgandan so’ng o’ynashi mumkin.
Slayd 5
11 Metrlik jarima to’pi (penal’ti). Himoyachilar va darvozabon tomonidan jarima maydoni ichida hujumchiga qarshi qo’pollik ishlatilsa, himoyachini qo’liga to’p tegsa, 11 metrlik jarima to’pi belgilanadi. 11 Metrlik jarima to’pi bajarilayotgan vaqtda to’p 11 metrlik nuqtaga qo’yiladi. Jarima maydoni ichida faqat darvozabon va 11 metrlik jarima to’pini tepuvchi o’yinchi bo’ladi, qolgan hamma o’yinchilar jarima maydonidan tashqarida bo’ladi.
Taqiqlangan o’yin qoidalarini qo’llagan, qo’pol va sportga xos bo’lmagan harakat qilib intizomni buzgan o’yinchiga hakam tomonidan sariq kartochka ko’rsatiladi.
Slayd 6
O’yin vaqtda shunday harakatlarni takror bajarsa, hakam sariq kartochka ketidan qizil kartochka ko’rsatib o’yinchini maydondan chiqarib yuboradi. Maydondan chiqarilgan o’yinchi qaytib maydonga tushmaydi. Jamoa o’yinni 1 kishi kam bo’lib davom ettiradi. Agar ikkala jamoa o’yinchilari bir vaqtda xatolikka yo’l qo’ysa yoki o’yin qandaydir sababga ko’ra to’xtatilgan bo’lsa, bahsli to’p tashlash belgilanadi.
Slayd 7
Futbol to’pining o’lchamlari va sifatlari
To’p:
Charmdan yoki shunga o’xshash materialdan aylana shaklda tayyorlangan bo’ladi.
Aylanasining uzunligi 70 sm. Dan oshmagan va 68 sm. Dan kam bo’lmagan holatda bo’ladi
Musobaqa boshlanish vaqtida 450 grammdan oshmagan va 410 grammadan kam bo’lmagan bo’lishi kerak.
Havo bosimi 0,6 – 1,1 atmosfera (600-1100 gramm kv sm) bo’lishi kerak.
Yaroqsiz to’pni almashtirish
Agar to’p o’yin vaqtida yaroqsiz holga kelsa.
O’yin to’xtatiladi.
To’p yaroqsiz holga kelgan joydan «bahsli to’p» o’yini bilan o’yin yangilanadi. Agar to’p o’yinda bo’lmagan vaqtda yorilsa yok iyirtilsa –boshlang’ich zarbada, darvozadan zarbada, burchak, jarima, erkin zarbalarda, 11 m nuqtadagi zarbada yoki tashlashda.
O’yin qoidasiga mos ravishda yangilanadi.
To’p o’yin vaqtida faqatgina hakam ko’rsatmasi bilan almashtirilishi mumkin.
Slayd 8
O’yinchilar soni
Match har qaysisida darvozabonlarni qo’shgan holda o’yinchilarning soni 11 tadan oshmagan ikki jamoa ishtirokida o’tkaziladi.
Agar jamoalarda o’yinchilar soni 7 ta kam bo’lsa, match boshlanmasligi mumkin.
Rasmiy musobaqalar.
FIFA yoki milliy federasiyalar tomonidan tashkil qilinadigan har qanday rasmiy musobaqalarda 3 tagacha o’yinchilarni almashtirishga ruxsat beriladi. Musobaqa nizomida buyurtmaga kiritiladigan zahiradagi o’yinchilar soni 3 dan 7 gacha o’zaro kelishilgan bo’lishi kerak, bundan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Slayd 9
Boshqa matchlarda
Boshqa matchlarda zahira almashtirilishi mumkin, shu shart bilanki,
Jamoalar almashinadigan o’yinchilarning maksimal sonini o’yin oldidan kelishib oladilar.
Hakam bu haqda match boshlanishidan oldin xabardor qilinishi kerak.
Agar hakam xabardor qilinmagan bo’lsa yoki (kelishuv) match boshlangunga qadar bir bitimga kelinmagan bo’lsa 3 tagacha zaxira almashtirishga ruxsat beriladi.
Hamma matchlarda
Har qanday match boshlanishidan oldin hakamga zaxiradagi o’yinchilar familiyasi taqdim etilishi kerak. Shu usulda familiyasi ko’rsatilmagan o’yinchilar matchda qatnasha olmaydilar.
Slayd 10
Xalqaro yig’in qarori
O’yin davomida jamoaning rasmiy kishisi o’yinchilarga taktik ko’rsatmalar berishga huquqi bor, lekin bundan so’ng u tezda joyiga qaytishga majbur. Hamma rasmiy kishilar texnik zona doirasida bo’lishlari majburdir:
Ularo’zlarini odobli, tarbiyali, xush muomalali va javobgar his qilishi (tutishlari) kerak.
O’yinchilar epikirovkasi.
Xavfsizlik.
O’yinchi o’z hayotiga yoki boshqa o’yinchi hayotiga xavf soluvchi biror narsa taqmasligi yoki kiymasligi kerak.
Epikirovka.
O’yinchilar uchun majburiy ekipirovka elementlari hisoblanadi:
Ko’ylak yoki futbolka.
Kalta ishton – agar kalta ishton tagidan ichki kiyim kiyiladigan bo’lsa, ichki kiyim rangi kalta ishton rangidan bo’lishi kerak.
Getralar.
Oyoq qalqoni.
Oyoq kiyim.
Slayd 11
Shitlar
To’liq getra bilan yopiladi.
To’g’ri keladigan ( mos keladigan ) materialdan ( rezina, plastik yoki shunga o’xshash) tayyorlanadi.
Yetarli darajada himoya bilan ta’minlaydi.
Darvozabonlar.
Darvozabonlar kiyimining rangi boshqa o’yinchilar hakam va hakam yordamchilari kiyimi rangidan farq qilishi kerak.
Slayd 12
Qoida buzilishi va jazo.
Shu qoidaning har qanday buzilishida:
O’yinni to’xtatishning hojati yo’q.
Hakam o’yinchining o’z ekipirovkasini tartibga keltirishi uchun maydondan chiqishini so’raydi (maslahat beradi).
O’yinchi to’p o’yindan chiqqan vaqtda maydonni tashlab chiqadi (chiqib ketadi) agar shu paytgacha u o’z ekipirovkasni tartibga keltirmagan bo’lsa.
Hakam talabi bilan o’z ekipirovkasini tartibga keltirish uchun maydonni tashlab chiqqan har qanday o’yinchi, hakam ruxsatisiz yana maydonga qaytishi mumkin emas.
O’yinchining yana maydonga chiqishiga ruxsat berishdan oldin, hakam uning ekipirovkasini tekshiradi.
O’yinchi yana maydonga chiqishi mumkin, qachonki: to’p o’yindan chiqsa. Shu qoidani buzganligi sababli maydondan chiqishi so’ralgan o’yinchi (yoki yana qaytayotgan) hakam ruxsatisiz maydonga chiqsa sariq kartochka ko’rsatish bilan ogohlantirisholadi.
O’yinni qaytadan boshlash.
Agar hakam ogoxhantirish berish uchun o’yinni to’xtatsa:
O’yin qarshi jamoa o’yinchisi tomonidan hakam o’yinni to’xtatgan vaqtda to’p qayerda bo’lsa, shu joydan erkin to’p tepish bilan o’yin qaytadan boshlanadi.
Slayd 13
Zamonaviy o’yin qoidalariga kiritilayotgan o’zgarishlar
Var (Video Assistant Referee) – Videotakror yordamida hakamlik
Maqsad: Hakamlikdagi xato qarorlarni kamaytirish.
Qanday holatlarda ishlatiladi:
Gol urilgan vaziyatlar
Penalti tayinlash/bekor qilish
Qizil kartochka holatlari
Noto’g’ri futbolchini jazolash
Natija: Adolatliroq qarorlar qabul qilinishi, ammo o’yinda texnik tanaffuslar ko’payishi mumkin.
Slayd 14
Qo’l bilan to’pga tegish (Handball) qoidasi yangilanishi
Ilgarigidek har qanday qo’lga tegish avtomatik penalti emas.
Endi:
Agar to’p futbolchining tana harakatiga mos bo’lmagan holdagi qo’liga tegsa – bu xato.
Tabiiy holdagi qo’lga to’p tasodifan tegsa, bu hech narsa emas.
Bu o’zgarish futboldagi ko’plab «noaniq» penaltilarga oydinlik kiritdi.
Slayd 15
Offsayd (Offside) qoidasida taklif qilinayotgan o’zgarishlar
FIFA offsaydda yangi tushunchalar ustida ishlamoqda:
Hujumchi faqat to’liq tanasi raqib himoyachisidan oldinda bo’lsa – offsayd hisoblanadi (bosh, qo’l, oyoq kabi mayda ustunliklar e’tiborsiz qoldiriladi).
Bu hujumkor futbolni rag’batlantirish maqsadida.
Slayd 16
Qaytadan boshlash (Restart) qoidalari
To’pni erkin zarba (freekick) yoki autdan tez boshlashga ruxsat berildi.
Qarshilik qilmaslik uchun raqiblar 4 metr uzoqda turishi shart.
Hujumni tez boshlash imkoni ortishi bilan, temp oshib bormoqda.
Qo’shimcha almashinuvlar (Substitutions)
Ilgari: 3ta almashinuvga ruxsat bor edi.
Hozir: 5 ta almashinuvga ruxsat, ammo faqat 3ta imkoniyatda amalga
Oshirilishi mumkin.
Sabab: Pandemiyadan keyingi charchoq va jarohatlarni kamaytirish.
Slayd 17
Qizil kartochkadan keyin jarima maydonidan tashqarida almashinuv
Qoidabuzar futbolchiga qizil kartochka berilgach, jamoa 10 kishi qoladi.
Lekin, musobaqalarda bu xolatda texnik almashinuv bilan raqibga tenglik berilishi haqida ham eksperimentTaym-aut va o’yin vaqtini to’g’ri hisoblash.
Var, jarohatlar, gollar, almashinuvlar uchun ketgan vaqtlar sababli:
Har bir taymda real o’yin vaqti 60 daqiqa bo’lishi uchun takliflar berilgan.
UYEFA va FIFA buni sinash maqsadida turli turnirlarda «to’xtovsiz vaqt hisoblash»ni qo’llamoqda. Lar olib borilmoqda.
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.