FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT
7000 so'm

FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT
Frazeologizmlar haqida umumiy ma’lumot
Frazeologizmlar — bu tilda tayyor holda qo‘llaniladigan, barqaror tuzilishga ega, ko‘chma ma’noli ifodalar bo‘lib, ular xalqning madaniyati, dunyoqarashi va milliy tafakkurini o‘zida aks ettiradi. Frazeologik birliklar nafaqat so‘z birikmasi sifatida, balki millatning ma’naviy boyligini ifodalovchi madaniy hodisa sifatida ham ahamiyatlidir.
1. Frazeologizmlar haqida nazariy ma’lumot
Tilshunoslikda frazeologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar nutq birliklarining semantik tuzilishini, barqaror ifodalar va ularning shakliy-mazmuniy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Frazeologizmlar xalq tili, urf-odatlari va milliy tafakkuri bilan uzviy bog‘liqdir.
Mustaqillik yillarida milliy o‘zlikni anglash, xalq madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish jarayonida frazeologizmlar tilning ramziy belgisi sifatida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ular orqali xalqning hayoti, qadriyatlari, dunyoqarashi va ijtimoiy psixologiyasi ifodalanadi.
2. Frazeologizmlar va ularda milliy-madaniy tushunchaning ifodasi
Frazeologizmlar xalqning madaniy merosini aks ettiradi. Ularning tarkibidagi so‘zlar ko‘pincha o‘sha xalqning tarixiy, diniy, maishiy va milliy xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Masalan:
- “Ko‘ngli tog‘dek bo‘lmoq” — sabr-toqatli, bardoshli insonni ifodalaydi.
- “Boshingni ko‘kka yetkazmoq” — g‘ururlantirmoq, quvontirmoq.
- “Ko‘nglini sovutmoq” — g‘azabni bosmoq, dilni tinchlantirmoq.
Bunday ifodalar xalq tafakkurining o‘ziga xosligini va milliy mentalitetni namoyon etadi. Har bir ibora xalq hayot tarzining, urf-odatlarining til orqali ifodalangan aksi sanaladi.
3. Frazeologizmlarda mentalitet tushunchasining ifodalanishi
Til jamiyat mentalitetining bevosita ko‘zgusidir. Har bir xalq tili o‘ziga xos dunyoqarashni ifodalaydi. Shuning uchun frazeologizmlarni o‘rganish orqali millatning tafakkuri, qadriyati va madaniy an’analari haqida chuqur ma’lumot olish mumkin.
Mentallik — bu xalqning ruhiy, aqliy va ma’naviy xususiyatlarini mujassam etuvchi tushuncha. Frazeologizmlarda bu holat aniq ifodalanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi:
- “Ko‘ngli tog‘dek” — sabr va bag‘rikenglik ramzi;
- “Qo‘li ochiq” — saxovatlilik belgisi;
- “Boshi baloga qolmoq” — og‘ir holatga tushish ma’nosida.
Rus tilidagi “Бить баклуши” (bekor yurmoq) iborasi esa o‘z milliy madaniy ildizlariga ega bo‘lib, qadimda yog‘och o‘ymakorligi kasbidan olingan. Shunday qilib, har bir frazeologizm orqasida xalqning tarixiy hayoti va madaniyati yotadi.
4. “Frazeologizmlar” mavzusining amaliy tasnifi
Frazeologizmlar tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasi yoki gapga teng, semantik jihatdan bir butun ifoda hisoblanadi. Ular nutqda tayyor holda ishlatiladi va voqelikni obrazli tasvirlaydi. A.Mamatov ta’kidlaganidek, iboralar — semantik jihatdan qayta shakllangan, turg‘un, obrazli birliklardir.
O‘zbek va rus tillaridagi frazeologizmlar qiyoslanganda, ularning struktura, leksik va madaniy mazmunida farqlar mavjud. Bu farqlar har bir tilning milliy o‘ziga xosligini ifodalaydi.
5. Badiiy matn misolida frazeologizmlarning tahlili
Abdulla Qodiriy – “O‘tgan kunlar”
“Kavushim ko‘chada qolgan emas” iborasi milliy-madaniy ma’no beradi. Bu ibora insonning obro‘si va ijtimoiy mavqeini ifodalaydi. “Bosh-qosh bo‘lmoq” iborasi esa hurmatli insonning tadbir boshqarishidagi obro‘sini bildiradi.
Lev Tolstoy – “Uch o‘lim”
“Бить баклуши” iborasi rus xalqining qadim mehnat faoliyatiga borib taqaladi. “Hoj tortmoq” iborasi esa diniy urf-odatlarga xos bo‘lib, madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatadi.
Abdulla Qahhor
Yozuvchi “tekin tomoq” iborasidan “tekin quloq” degan yangi frazeologizm yaratadi. Bu ibora so‘z eshitib, o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, ammo foydali ish qilmaydigan odamni kinoya bilan ifodalaydi.
Saltikov-Shchedrin
Yozuvchi “Не покладая рук” (tinmay ishlamoq) iborasini “Не покладая дух” (hatto ruhini ham tin oldirmaslik) shaklida ishlatib, ruhiy fidoyilik va mehnatsevarlik g‘oyasini kuchaytirgan.
6. Frazeologizmlarni konseptual jadval asosida qiyoslash
Frazeologizmlarni konseptual jadvalda taqqoslash ikki yoki undan ortiq tildagi iboralarni tahlil qilish, ularning ma’no, shakl va ifoda vositalarini solishtirish imkonini beradi. Bunday mashqlar talabalarda tizimli fikrlash, sinonim, antonim, omonim frazeologizmlarni farqlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
| Til | Iboralar | Ma’nosi |
|---|---|---|
| O‘zbek tili | “Ko‘ngli tog‘dek” | Sabrli, bag‘rikeng |
| O‘zbek tili | “Qo‘li ochiq” | Saxovatli, mehribon |
| Rus tili | “Бить баклуши” | Bekorchilik qilish |
| Rus tili | “Не покладая рук” | Tinmay ishlash |
Xulosa
Frazeologizmlar tildagi eng boy qatlamlardan biridir. Ular milliy tafakkur, madaniyat, urf-odat va qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi. O‘zbek va rus frazeologizmlarining qiyosiy tahlili orqali har ikki xalqning ruhiy olami, madaniy yondashuvi va mental xususiyatlarini chuqurroq anglash mumkin.
=== Taqdimot 1 ===
Frazeologizmlar haqida umumiy ma‘lumot
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Frazeologizmlar haqida nazariy ma’lumot.
Frazeologizmlar va ularda milliy-madaniy tushuncha ifodasi.
Frazeologizmlarlarida mentalitet tushunchasining ifodalanishi.
=== Taqdimot 3 ===
Frazeologik birliklar va ularning ilmiy o‘rganilishi masalalari
Jahon tilshunosligida nutq birliklarining muhim belgilarini aniqlash asosida til birliklarini qiyoslab o‘rganish, barqaror birliklarni semantik struktural tadqiq etish ustuvor o‘rinlarni egallamoqda. Frаzеоlоgizmlаr komponentlarining o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida shakliy va mazmuniy xususiyatlarini ochib berish, o‘zga tillar bilan milliy-madaniy munosabatlarini aniqlash shu rivojini ta’minlovchi muhim omillaridan hisoblanadi.
=== Taqdimot 4 ===
Frazeologik birliklar va ularning ilmiy o‘rganilishi masalalari
Mustaqillik yillarida milliy o‘zligimizni anglash, xalq madaniyati, ma’naviyatini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, til –millatning eng muhim va ramziy belgisidir, til bo‘lmasa, millat ham bormaydi. Darhaqiqat, har bir millat o‘z milliy davlatchiligiga ega. Frazeologik birliklarda ham xalqimizning urf-odatlari, an’analari, ramziy belgilari, hayotiy qadriyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda frаzеolоgizmlаrni yaxlit shakliy va mazmuniy strukturaga ega bo‘lgan, elementlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlik ekanligini ilmiy asoslash, ularga murakkab qurilma sifatida yondashish o‘zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biriga aylanib kelmoqda.
=== Taqdimot 5 ===
Frazeologizmlarda mentalitet tushunchasining ifodalanishi
Muayyan jamiyatda shakllangan til taraqqiy etishda davom etadi. Bu jarayonda o‘z yaratuvchisi bo‘lgan xalqning barcha o‘ziga xos milliy xususiyatlarini aks ettirib boradi. Natijada tillar bir-biridan nafaqat tuzilishiga ko‘ra balki milliy-ijtimoiy jihatdan ham farqlanadi. Bu farqlar esa til birliklarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Muayyan til vakili ayni damda muayyan madaniyat vakili hamdir. Har qanday madaniyat o‘z ifodasiga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 6 ===
Frazeologizmlarda mentalitet tushunchasining ifodalanishi
Mentalitetimizdan kelib chiqib, iboralarda komponent sifatida qatnashgan leksemalarimizni rus tilidagi iboralarda uchraydigan milliy komponentlar bilan qiyoslab o‘rgatish orqali milliyligimizni tanitishimiz oson kechadi. Mentallik – milliy xarakterning intellektual, ma’naviy va iroda xususiyatlarini o‘zida birlashtiradigan, ona tili kategoriyalari va shakllaridagi dunyoqarashning ko‘rinishi. Mentallikning birligi mazkur madaniyatning konsepti hisoblanadi.
=== Taqdimot 7 ===
“Frazeologizmlar”mavzusining qisqacha amaliy tasnifi
Barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek va rus tillari lug‘at sostavida ham iboralar bor. Frazeologizmlar tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasi yoki gapga teng, semantik jihatdan bir butun, umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq jarayonida yaratilmay, nutqqa tayyor holda kiritiladigan lug‘aviy birlik bo‘lib, voqelikni obrazli tasvirlash, uni kitobxon ko‘z o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda o‘rni beqiyos.
=== Taqdimot 8 ===
“Frazeologizmlar”mavzusining qisqacha amaliy tasnifi
A.Mamatovning fikricha, iboralar tilning alohida birligi bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra erkin bog‘lanmi yoki gapga teng, to‘liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg‘un so‘z birikmalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek va rus tillaridagi iboralarning strukturasi, lug‘aviy mundarijasi (frazeologik ma’nosi), leksik, grammatik materiali, manbalari va qo‘llanishi o‘zaro qiyoslanganda, ularda farqli jihatlar borligi ma’lum bo‘ladi.
=== Taqdimot 9 ===
Badiiy matnning qiyosiy tahlili
“O‘tgan kunlar”
O‘zbek oyim uncha-muncha to‘y-u azalarga:” Kavushim ko‘chada qolgan emas”,-deb bormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim ishtiroki bilan o‘tkazib olsalar o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanab “Maning to‘yimni bek oyim o‘z qo‘llari bilan o‘tkazdilar”, deb yurardilar.
=== Taqdimot 10 ===
Badiiy matnning qiyosiy tahlili
Abdulla Qodiriy
Parchada milliy-madaniy mazmunni beruvchi ikki ibora qatnashgan. 1-ibora – “obro‘yim bundan-da balandroq” tushunchasini berib, unda “kavush” milliy oyoq kiyimi mavjud. Uni mahsini ustidan kiyishini o‘zga millat vakili bilmaydi. 2-ibora esa “bosh-qosh bo‘lmoq” ma’nosi berib, o‘zbekona urf-odatga ko‘ra to‘ylarda boobro‘ inson nazoratda bo‘lsa, hurmatlari yanada oshishiga ishonilgan.
=== Taqdimot 11 ===
Badiiy matnning qiyosiy tahlili
Lev Tolstoy
O‘zga millat va din vakili “bekorchi” mazmunini beruvchi ruscha “Бить баклуши” iborasini tushunmaydi: баклушa – yog‘och o‘ymakorligi uchun ishlatiladigan qadimgi rus asbobi. O‘zbeklar murdani kafanlashadi, kiyintirib ko‘mish odati xristian diniga xos. Yana ular “hoj tortadilar” xuddi musulmonlar “Omin” deb yuziga fotiha qilishgandek.
=== Taqdimot 12 ===
Badiiy matnning qiyosiy tahlili
“Uch o‘lim”
Mana ikki oydirki, pechdan tushmaydi, “bekorchilikdanmas”, quloq solib ko‘r, hatto ichidagi og‘riqni eshitsa bo‘lagan darajada og‘ir. Keltirgan etigingni esa zarurati yo‘q, yangi etikda ko‘marmidik. To‘g‘ri, payti allaqachon kelgandir ham… Xudoyim o‘zing kechir, deb ,“hoj tortdi”.
=== Taqdimot 13 ===
Abdulla Qodiriy
O‘zbek tilida “tekinxo‘r” ma’nosini beruvchi “tekin tomoq” iborasi mavjud. A.Qahhor mana shu ibora strukturasi va tayanch komponenti “tekin” so‘zi asosida yangi original ibora yaratadi: ”tekin quloq”. Ma’nosi: qarshiliksiz quloq soladigan odam: ”Odamlarki bor, halol mehnat bilan o‘zini ko‘rsatgani erinadi-yu, olamda borligini ma’lum qilib turish uchun ko‘proq gapirishga harakat qiladi: majlis-pajlisda gap tegib qolsa, faqat gapirish uchun gapiradi, jamiyatda o‘zi ko‘rinmay,faqat tovushi chiqadigan bu xildagi odamlar tekin quloq topilsa, bitta eski to‘ppi to‘g‘risida 8 soat suv ichmasdan gapiradi. Tanlangan asarlar. 1987.5-tom.267-B.
=== Taqdimot 14 ===
Saltikov-Shchedrin
Rus tilida tinim bilmay, qo‘lni qovushtirib turmay mazmunini beruvchi “Не покладая рук” iborasi mavjud. Buyuk rus yozuvchisi Saltikov-Shchedrin 1886-yilda yozilgan “Hayotdagi kichik narsalar” avtobiografik romanida ushbu iborani “Не покладая дух” shaklida keltiradi (дух so‘zi o‘zbek tilida ruh degani) “Ular bu qurilishda shunchaki qatnashmadilar, hatto ruhiga ham dam bermay, ishlaganlari tufayli, o‘zligidan voz kechganliklari tufayli biz hozir o‘zimizni baxtli, deb bilamiz…”
=== Taqdimot 15 ===
O‘zbek frazeologizmlari
=== Taqdimot 16 ===
Rus frazeologizmlari
=== Taqdimot 17 ===
=== Taqdimot 18 ===
“Frazeologizmlar” modulini konseptual jadval asosida qiyoslash
Konseptual jadval o‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. “Frazeologizmlar” mavzusini konseptual jadval asosida qiyoslash uchun doska yoniga ikki talaba taklif etiladi. Talabalar jadvalga bittadan ibora yozishadi va ularning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlariga misollar keltirishadi. Maqsad – talabalarni ikki tildagi iboralarning nafaqat o‘zini, balki sinonim, antonim, omonimlik ko‘rinishlarini bilish darajasini baholashdir.
=== Taqdimot 19 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
📘 “Frazeologizmlar haqida umumiy ma’lumot” taqdimotini Slaydchi.uz saytida tomosha qiling.
Slaydchi.uz — o‘zbek tili, adabiyot va tilshunoslik bo‘yicha o‘quv taqdimotlar platformasi.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.