FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Frazeologizmlar haqida umumiy ma‘lumot
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Frazeologizmlar haqida nazariy ma’lumot.
Frazeologizmlar va ularda milliy-madaniy tushuncha ifodasi.
Frazeologizmlarlarida mentalitet tushunchasining ifodalanishi.
=== Taqdimot 3 ===
Frazeologik birliklar va ularning ilmiy o‘rganilishi masalalari
Jahon tilshunosligida nutq birliklarining muhim belgilarini aniqlash asosida til birliklarini qiyoslab o‘rganish, barqaror birliklarni semantik struktural tadqiq etish ustuvor o‘rinlarni egallamoqda. Frаzеоlоgizmlаr komponentlarining o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida shakliy va mazmuniy xususiyatlarini ochib berish, o‘zga tillar bilan milliy-madaniy munosabatlarini aniqlash shu rivojini ta’minlovchi muhim omillaridan hisoblanadi.
=== Taqdimot 4 ===
Frazeologik birliklar va ularning ilmiy o‘rganilishi masalalari
Mustaqillik yillarida milliy o‘zligimizni anglash, xalq madaniyati, ma’naviyatini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, til –millatning eng muhim va ramziy belgisidir, til bo‘lmasa, millat ham bormaydi. Darhaqiqat, har bir millat o‘z milliy davlatchiligiga ega. Frazeologik birliklarda ham xalqimizning urf-odatlari, an’analari, ramziy belgilari, hayotiy qadriyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda frаzеolоgizmlаrni yaxlit shakliy va mazmuniy strukturaga ega bo‘lgan, elementlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlik ekanligini ilmiy asoslash, ularga murakkab qurilma sifatida yondashish o‘zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biriga aylanib kelmoqda.
=== Taqdimot 5 ===
Frazeologizmlarda mentalitet tushunchasining ifodalanishi
Muayyan jamiyatda shakllangan til taraqqiy etishda davom etadi. Bu jarayonda o‘z yaratuvchisi bo‘lgan xalqning barcha o‘ziga xos milliy xususiyatlarini aks ettirib boradi. Natijada tillar bir-biridan nafaqat tuzilishiga ko‘ra balki milliy-ijtimoiy jihatdan ham farqlanadi. Bu farqlar esa til birliklarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Muayyan til vakili ayni damda muayyan madaniyat vakili hamdir. Har qanday madaniyat o‘z ifodasiga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 6 ===
Frazeologizmlarda mentalitet tushunchasining ifodalanishi
Mentalitetimizdan kelib chiqib, iboralarda komponent sifatida qatnashgan leksemalarimizni rus tilidagi iboralarda uchraydigan milliy komponentlar bilan qiyoslab o‘rgatish orqali milliyligimizni tanitishimiz oson kechadi. Mentallik – milliy xarakterning intellektual, ma’naviy va iroda xususiyatlarini o‘zida birlashtiradigan, ona tili kategoriyalari va shakllaridagi dunyoqarashning ko‘rinishi. Mentallikning birligi mazkur madaniyatning konsepti hisoblanadi.
=== Taqdimot 7 ===
“Frazeologizmlar”mavzusining qisqacha amaliy tasnifi
Barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek va rus tillari lug‘at sostavida ham iboralar bor. Frazeologizmlar tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasi yoki gapga teng, semantik jihatdan bir butun, umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq jarayonida yaratilmay, nutqqa tayyor holda kiritiladigan lug‘aviy birlik bo‘lib, voqelikni obrazli tasvirlash, uni kitobxon ko‘z o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda o‘rni beqiyos.
=== Taqdimot 8 ===
“Frazeologizmlar”mavzusining qisqacha amaliy tasnifi
A.Mamatovning fikricha, iboralar tilning alohida birligi bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra erkin bog‘lanmi yoki gapga teng, to‘liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg‘un so‘z birikmalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek va rus tillaridagi iboralarning strukturasi, lug‘aviy mundarijasi (frazeologik ma’nosi), leksik, grammatik materiali, manbalari va qo‘llanishi o‘zaro qiyoslanganda, ularda farqli jihatlar borligi ma’lum bo‘ladi.
=== Taqdimot 9 ===
Badiiy matnning qiyosiy tahlili
“O‘tgan kunlar”
O‘zbek oyim uncha-muncha to‘y-u azalarga:” Kavushim ko‘chada qolgan emas”,-deb bormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim ishtiroki bilan o‘tkazib olsalar o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanab “Maning to‘yimni bek oyim o‘z qo‘llari bilan o‘tkazdilar”, deb yurardilar.
=== Taqdimot 10 ===
Badiiy matnning qiyosiy tahlili
Abdulla Qodiriy
Parchada milliy-madaniy mazmunni beruvchi ikki ibora qatnashgan. 1-ibora – “obro‘yim bundan-da balandroq” tushunchasini berib, unda “kavush” milliy oyoq kiyimi mavjud. Uni mahsini ustidan kiyishini o‘zga millat vakili bilmaydi. 2-ibora esa “bosh-qosh bo‘lmoq” ma’nosi berib, o‘zbekona urf-odatga ko‘ra to‘ylarda boobro‘ inson nazoratda bo‘lsa, hurmatlari yanada oshishiga ishonilgan.
=== Taqdimot 11 ===
Badiiy matnning qiyosiy tahlili
Lev Tolstoy
O‘zga millat va din vakili “bekorchi” mazmunini beruvchi ruscha “Бить баклуши” iborasini tushunmaydi: баклушa – yog‘och o‘ymakorligi uchun ishlatiladigan qadimgi rus asbobi. O‘zbeklar murdani kafanlashadi, kiyintirib ko‘mish odati xristian diniga xos. Yana ular “hoj tortadilar” xuddi musulmonlar “Omin” deb yuziga fotiha qilishgandek.
=== Taqdimot 12 ===
Badiiy matnning qiyosiy tahlili
“Uch o‘lim”
Mana ikki oydirki, pechdan tushmaydi, “bekorchilikdanmas”, quloq solib ko‘r, hatto ichidagi og‘riqni eshitsa bo‘lagan darajada og‘ir. Keltirgan etigingni esa zarurati yo‘q, yangi etikda ko‘marmidik. To‘g‘ri, payti allaqachon  kelgandir ham… Xudoyim o‘zing kechir, deb ,“hoj tortdi”.
=== Taqdimot 13 ===
Abdulla Qodiriy
O‘zbek tilida “tekinxo‘r” ma’nosini beruvchi “tekin tomoq” iborasi mavjud. A.Qahhor mana shu ibora strukturasi va tayanch komponenti “tekin” so‘zi  asosida yangi original ibora yaratadi: ”tekin quloq”. Ma’nosi: qarshiliksiz quloq soladigan odam: ”Odamlarki bor, halol mehnat bilan o‘zini ko‘rsatgani erinadi-yu, olamda borligini ma’lum qilib turish uchun ko‘proq gapirishga harakat qiladi: majlis-pajlisda  gap tegib qolsa, faqat gapirish uchun gapiradi, jamiyatda o‘zi ko‘rinmay,faqat tovushi chiqadigan bu xildagi odamlar tekin quloq topilsa, bitta eski to‘ppi to‘g‘risida 8 soat suv ichmasdan gapiradi. Tanlangan asarlar. 1987.5-tom.267-B.
=== Taqdimot 14 ===
Saltikov-Shchedrin
Rus tilida   tinim  bilmay, qo‘lni qovushtirib turmay  mazmunini beruvchi “Не покладая рук”  iborasi mavjud. Buyuk rus yozuvchisi Saltikov-Shchedrin 1886-yilda yozilgan “Hayotdagi kichik narsalar” avtobiografik romanida ushbu iborani “Не покладая дух” shaklida keltiradi (дух so‘zi o‘zbek tilida ruh degani) “Ular bu qurilishda shunchaki qatnashmadilar, hatto ruhiga ham dam bermay, ishlaganlari tufayli, o‘zligidan voz kechganliklari tufayli  biz hozir o‘zimizni baxtli, deb bilamiz…”
=== Taqdimot 15 ===
O‘zbek frazeologizmlari
=== Taqdimot 16 ===
Rus frazeologizmlari
=== Taqdimot 17 ===
=== Taqdimot 18 ===
“Frazeologizmlar” modulini konseptual jadval asosida qiyoslash
Konseptual jadval o‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. “Frazeologizmlar” mavzusini konseptual jadval asosida qiyoslash uchun doska yoniga ikki talaba taklif etiladi. Talabalar jadvalga bittadan ibora yozishadi va ularning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra  turlariga misollar keltirishadi. Maqsad –  talabalarni  ikki  tildagi iboralarning nafaqat o‘zini, balki sinonim, antonim, omonimlik ko‘rinishlarini bilish darajasini baholashdir.
=== Taqdimot 19 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar