- Savatga boshqa "BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Finlandiya ta’lim tizimi
5000 so'm

=== Taqdimot: Finlandiya ta’lim tizimi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Finlandiya ta’lim tizimi
=== Slayd 2 ===
Reja:
Finlandiyata’lim tizimi bosqichlari
Finlyandiya ta’limi “o‘rta” bosqichining 7 tamoyili
Finlyandiyada maktab hayotiga doir tafsilotlar
01
02
03
=== Slayd 3 ===
Finlandiyata’lim tizimi bosqichlari
01
=== Slayd 4 ===
1. Maktabgacha ta’lim (varhaiskasvatus)
Finlyandiyada bolalar 3-6 yoshgacha maktabgacha ta’lim oladilar.
Bu davrda bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalari mustaqil fikrlash qobiliyati amalda ishlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bolalarni maktabga tayyorlashdan iboratdir.
=== Slayd 5 ===
Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta’lim tizimi ikki bosqichli maktabni o‘z ichiga oladi:
(yläkoulu), 7-9 sinf.
(alakoulu), 1-6 sinf;
Quyi
Yuqori
Qo‘shimcha 10-sinfda o‘quvchilar o‘z baholarini yaxshilashlari mumkin.
So‘ngra bolalar yo professional kollejga yo‘l olishadi, yoki litsey (lukio)da o‘qishni davom ettirishadi.
=== Slayd 6 ===
2. Boshlang‘ich maktab (peruskoulu)
Finlyandiyadagi asosiy maktab tizimi 9 yildan iborat bo‘lib, u 7 yoshdan 16 yoshgacha davom etadi.
Bu maktab majburiy bo‘lib, barcha bolalar uchun bepul ta’lim olish imkoni mavjud.
Boshlang‘ich maktabda o‘quvchilar asosiy fanlar, masalan, matematika, til, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar va san’atni o‘rganadilar. Bu davrda ko‘p marotaba imtihon o‘tkazilmaydi, asosan individual bilimlarni baholash orqali ta’lim beriladi.
=== Slayd 7 ===
Qachon va qancha vaqt o‘qiladi?
Finlyandiyada o‘quv yili avgustda boshlanadi, ya’ni 8 avgustdan 16 avgustgacha, yagona kun yo‘q. O‘quv yili may oyi oxirida yakunlanadi. Kuzgi yarim yillikda 3-4 kunlik ta’til bor, shuningdek Rojdestvo munosabati bilan 2 haftalik ta’til beriladi. Bahorgi yarim yillik fevral oyidagi “chang‘I” ta’tilini ham o‘z ichiga oladi, bunda fin oilalari, qoidaga ko‘ra, oilaviy chang‘i uchishga borishadi. Bundan tashqari, bahorgi yarim yillikda Pasxa ta’tili ham bor.
=== Slayd 8 ===
Nima o‘rganiladi?
1–2 sinf: Ona (fin) tili va o‘qish, matematika, tabiat, din (e’tiqodiga qarab) yoki hayotiy tushunchalar (dinga qiziqmaydiganlar uchun), musiqa, tasviriy san’at, mehnat va jismoniy tarbiya. Bir darsda biryo‘la bir necha fan o‘tilishi mumkin.
3–6 sinflar: Ingliz tili o‘rgatila boshlanadi. 4-sinfda – tanlov asosida yana bir chet tili: fransuz, shved, nemis yoki rus tillari. Qo‘shimcha fanlar kiritiladi (tanlov asosida, har bir maktabda har xil): klaviaturada ishlash tezligi, kompyuter bilimlari, daraxt bilan ishlash, xor ijrosi. Deyarli barcha maktablarda musiqiy asboblarda o‘ynashni o‘rgatishadi, bolalar 9 yillik ta’lim davomida barcha musiqiy asboblarida o‘ynashni mashq qilib ko‘rishadi.
=== Slayd 9 ===
Nima o‘rganiladi?
5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qo‘shiladi. 1-sinfdan 6-sinfgacha deyarli barcha fanlardan bir o‘qituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darsi haftada 1-3 marta istalgan sport o‘yini shaklida o‘tadi (maktabning tanlovi asosida). Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning tushunchamizdagidek o‘qitilmaydi, bu ko‘proq shunchaki o‘qishni eslatadi.
Fan o‘qituvchilari faqat 7-sinfdan kira boshlaydi.
=== Slayd 10 ===
3. Umumiy o‘rta ta’lim yoki kasbiy ta’lim (lukio va ammatillinen koulutus)
Boshlang‘ich maktabni tamomlagandan so‘ng, o‘quvchilar ikki yo‘nalishdan birini tanlaydilar:
Umumiy o‘rta ta’lim (Lukio): Bu bosqich universitetga kirishga tayyorgarlik vazifasini bajaradi va taxminan 3 yil davom etadi. Bu bosqich oxirida o‘quvchilar davlat imtihoni (ylioppilastutkinto) topshirishadi.
Kasbiy ta’lim (Ammatillinen koulutus): Bu yo‘nalish o‘quvchilarga kasbiy ko‘nikmalar berishga qaratilgan. Uning davomiyligi taxminan 2-3 yilni tashkil etadi va o‘quvchilar o‘z sohalari bo‘yicha tajriba to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
=== Slayd 11 ===
4. Oliy ta’lim (korkeakoulutus)
Finlyandiyada oliy ta’lim ikki turga bo‘linadi:
Akademik universitetlar:
Bu universitetlar fundamental va ilmiy tadqiqotlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, bakalavr va magistr darajalari beradi.
Ishlab chiqarish universitetlari (amaliy fanlar universitetlari):
Bu universitetlar amaliy ta’lim berishga qaratilgan va mutaxassislik sohalariga yo‘naltirilgan.
=== Slayd 12 ===
5. Doktorantura (tohtorikoulutus)
Doktorantura yoki PhD darajasi olish uchun o‘qish universitetlarda amalga oshiriladi.
Bu bosqichni o‘tash uchun o‘quvchilar magistr darajasiga ega bo‘lishlari lozim.
Doktorantura dasturlari asosan ilmiy tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi.
=== Slayd 13 ===
Finlyandiya ta’limi “o‘rta” bosqichining 7 tamoyili
02
=== Slayd 14 ===
Finlyandiya ta’limi “o‘rta” bosqichining 7 tamoyili
1. Tenglik
2. Individuallik
5. Amaliyot
3. Ishonch
6. Istak-xohish
7. Mustaqillik
4. Bepullik
=== Slayd 15 ===
1. Tenglik
=== Slayd 16 ===
1. Tenglik
Mamlakatda na elita va na “bo‘shroq” maktablar bor. Finlyandiyadagi eng yirik maktabda 960 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Eng kichigida esa 11 nafar. Barcha maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar – davlat maktablari bo‘lib, o‘nlab xususiy maktablar bor. Ularning ota-onalar qisman to‘lov kiritishlaridan tashqari yana bir farqi – o‘quvchilarga bo‘lgan talabning yuqoriligida. Qoidaga ko‘ra, bu o‘ziga xos “pedagogic” laboratoriyalar: Montessori, Fren, Mortan i Valdorf maktablari. Ingliz, nemis va fransuz tillarida ta’lim beriluvchi o‘quv muassasalari ham xususiy hisoblanadi.
=== Slayd 17 ===
1. Tenglik
Bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda, masalan, matematika san’atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning tasviriy san’at, musiqa va sportga moyilligi bo‘lishi mumkin.
=== Slayd 18 ===
1. Tenglik
Finlar o‘quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab tasniflashmaydi.
Shuningdek, “yaxshi” va “yomon” o‘quvchilar ham yo‘q. O‘quvchilarni bir-biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo‘shroq bolalar ham “o‘ziga xos” hisoblanib, barcha bilan birga o‘qishadi. Umuman olganda, jamoada nogironligi bo‘lgan bolalar ham ta’lim oladi. Oddiy maktabda ko‘rish va eshitish organlari kasalliklari bo‘lgan o‘quvchilar uchun sinf tashkil qilingan bo‘lishi mumkin. Finlar alohida munosabatga talabgor insonlarni jamiyatga maksimal darajada integratsiya qilishga harakat qilishadi. Bilimi kuchli va bo‘sh o‘quvchilar orasidagi farq – juda kichik.
=== Slayd 19 ===
1. Tenglik
O‘qituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi, “sevimlilar” ajratilmaydi. Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday o‘qituvchi bilan shartnoma buzilishiga olib keladi. Fin o‘qituvchilari faqat ta’lim beruvchi vazifasini bajarishlari kerak. Jamoada barcha o‘qituvchilar – fiziklar ham, adabiyotchilar ham, mehnat o‘qituvchilari ham birdek teng.
=== Slayd 20 ===
1. Tenglik
Finlar bu tamoyilni “o‘quvchiga hurmat” deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan ularning huquqlari tushuntiriladi, ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan shikoyat qilish ham shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni ularning farzandi – mustaqil shaxs ekanini, ularga so‘z bilan ham, “qamchi” bilan ham ozor yetkazib bo‘lmasligini tushunishga rag‘batlantiradi. Finlyandiya mehnat qonunchiligiga ko‘ra, pedagog o‘z kasbidan kelib chiqib o‘quvchini tahqirlashga haqqi yo‘q. Barcha o‘qituvchilar faqat 1 yilga shartnoma imzolashadi, bu muddatni uzaytirish ham, to‘xtatish ham mumkin. O‘qituvchilarga juda yaxshi maosh to‘lanadi: fan o‘qituvchisi – 5000 yevrogacha, yordamchi – 2500 yevrogacha.
=== Slayd 21 ===
2. Individuallik
Har bir bola uchun individual ta’lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta’lim materialiga ham tegishli.
Finlyandiya maktablarida oddiy ta’lim bilan bir qatorda ta’lim jarayonining ikki noyob turi mavjud:
“Bo‘shroq” o‘quvchilar ta’limini
qo‘llab-quvvatlovchi
Korreksion ta’lim
=== Slayd 22 ===
2. Individuallik
“Bo‘shroq” o‘quvchilar ta’limini qo‘llab-quvvatlovchi — bu boshqa mamlakatlarda repetitorlar bajaradigan ish. Finlyandiyada repetitorlik keng tarqalgan ta’lim usuli hisoblanmaydi, maktab o‘quvchilari dars vaqtida yoki undan keyin kerakli o‘quvchilarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishadi.
Korreksion ta’lim — materialni o‘zlashtirishdagi umumiy barqaror muammolar bilan bog‘liq. Masalan, bu ta’lim olib boriluvchi fin tilini tushunmaslik yoki eslab qolish yo matematik qobiliyatining yaxshi emasligi, yoxud ba’zi bolalarning asotsial xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Korreksion ta’lim kichik guruhlarda yoki individual tarzda o‘tkaziladi.
=== Slayd 23 ===
3. Amaliyot
“Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz”, – deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari – o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi.
Finlyandiya maktablarida hayotda kerak bo‘ladigan bilimlar beriladi. U yerdagi bolalar bolalikdan portfolio, shartnoma, bank kartasi nima ekanini yaxshi bilishadi.
=== Slayd 24 ===
4. Bepullik
O‘qishning o‘zidan tashqari quyidagilar bepul:
tushlik;
ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport, agar eng yaqin maktab 2 kilometrdan uzoqda bo‘lsa;
o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet-noutbuklar.
Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlanadi.
=== Slayd 25 ===
4. Ishonch
Birinchidan, maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q, o‘quvchilarga ta’lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar ham yo‘q. Mamlakatda ta’lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni qo‘llaydi.
Ikkinchidan, bolalarga bo‘lgan ishonch: darslarda o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan ish bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘quvchi o‘zi uchun nima foydali ekanini o‘zi tanlaydi.
=== Slayd 26 ===
5. Istak-xohish
Pedagoglar o‘quvchining e’tiborini qaratishga harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati bo‘lmasa, darrov “ikki” baho bilan “siylashmaydi”, bolani kelgusida uncha murakkab bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi.
Har bir bolaning u yoki bu faoliyatga moyilligini aniqlash “kelajak o‘qituvchisi” tomonidan test va suhbatlar yo‘li orqali amalga oshiriladi.
=== Slayd 27 ===
6. Mustaqillik
Finlyandiyada maktab bolani eng asosiysi – mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o‘rgatishi kerak deya hisoblanadi. Shu bois u yerda fikr yuritish va o‘z xohishiga ko‘ra bilim olishga o‘rgatiladi. O‘qituvchi yangi mavzularni so‘zlab o‘tirmaydi – barchasi kitobda bor. Yod olingan formulalar emas, ma’lumotnomadan, matndan, internetdan, kalkulyatordan foydalanish – joriy muammolar yechimini topish uchun kerakli resurslarni jalb qilishni bilish muhim.
=== Slayd 28 ===
Finlyandiyada maktab hayotiga doir tafsilotlar
03
=== Slayd 29 ===
Maktablar hududi o‘ralmagan, kiraverishda qo‘riqchilar yo‘q
Aksariyat maktablarning kirish darvozasi avtomatik tizimga ega, binoga darslar jadvali asosida kirish mumkin.
=== Slayd 30 ===
Darsda bolalar parta va stolda o‘tirishi shart emas, polda (gilamda) o‘tirish ham mumkin
Ba’zi maktablarda sinflar divan va kreslolar bilan jihozlangan.
Kichik maktab inshooti gilamchalar bilan ta’minlangan.
=== Slayd 31 ===
Maktablarda forma kiyish belgilanmagan
Forma yo‘q, kiyimga nisbatan qandaydir talablar ham yo‘q, istagan kiyimda kelish mumkin.
Almashtirish uchun qo‘shimcha poyabzal talab qilinadi, lekin kichik va o‘rta pog‘onadagi bolalar paypoqda yurishni ma’qul ko‘rishadi
=== Slayd 32 ===
Darslar ko‘pincha ochiq havoda o‘tkaziladi
Iliq havoda darslar ko‘pincha ochiq havoda maktab oldida, maysalar ustida yoki maxsus jihozlangan qatorlarda o‘tkaziladi.
Tanaffus vaqtida kichik maktab o‘quvchilari albatta ko‘chaga olib chiqiladi.
=== Slayd 33 ===
Uy vazifalari kamdan-kam beriladi
Bolalar dam olishlari kerak.
Ota-onalar bolalar bilan dars qilishga majbur emas, buning o‘rniga pedagoglar muzey, o‘rmon yoki suzish havzasiga oilaviy borishni tavsiya qilishadi.
=== Slayd 34 ===
“Doska oldida” o‘qitish usuli qo‘llanmaydi
Bolalar materialni so‘zlab berish uchun doska oldiga chaqirilmaydi. O‘qituvchi darsga umumiy tus beradi, so‘ngra o‘quvchilar orasida yurib, ularga vazifalarni bajarishga yordam beradi va jarayonni nazorat qiladi. O‘qituvchining yordamchisi (fin maktablarida o‘qituvchi yordamchilari ham bo‘ladi) ham xuddi shu ish bilan band bo‘ladi.
=== Slayd 35 ===
Daftarga qalam bilan yozish
Daftarga qalam bilan yozish va qancha xohlasa, shuncha o‘chirish mumkin.
O‘qituvchi ham vazifani qalamda tekshirishi mumkin.
=== Slayd 36 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.