=== Taqdimot 1 ===
Finlandiya ta’lim tizimi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Finlandiyata’lim tizimi bosqichlari
Finlyandiya ta’limi “o‘rta” bosqichining 6 tamoyili
Finlyandiyada maktab hayotiga doir tafsilotlar
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Finlandiyata’lim tizimi bosqichlari
01
=== Taqdimot 4 ===
1. Maktabgacha ta’lim (varhaiskasvatus)
Finlyandiyada bolalar 3-6 yoshgacha maktabgacha ta’lim oladilar.
Bu davrda bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalari mustaqil fikrlash qobiliyati amalda ishlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bolalarni maktabga tayyorlashdan iboratdir.
=== Taqdimot 5 ===
Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta’lim tizimi ikki bosqichli maktabni o‘z ichiga oladi:
(yläkoulu), 7-9 sinf.
(alakoulu), 1-6 sinf;
Quyi
Yuqori
Qo‘shimcha 10-sinfda o‘quvchilar o‘z baholarini yaxshilashlari mumkin.
So‘ngra bolalar yo professional kollejga yo‘l olishadi, yoki litsey (lukio)da o‘qishni davom ettirishadi.
=== Taqdimot 6 ===
2. Boshlang‘ich maktab (peruskoulu)
Finlyandiyadagi asosiy maktab tizimi 9 yildan iborat bo‘lib, u 7 yoshdan 16 yoshgacha davom etadi.
Bu maktab majburiy bo‘lib, barcha bolalar uchun bepul ta’lim olish imkoni mavjud.
Boshlang‘ich maktabda o‘quvchilar asosiy fanlar, masalan, matematika, til, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar va san’atni o‘rganadilar. Bu davrda ko‘p marotaba imtihon o‘tkazilmaydi, asosan individual bilimlarni baholash orqali ta’lim beriladi.
=== Taqdimot 7 ===
3. Umumiy o‘rta ta’lim yoki kasbiy ta’lim (lukio va ammatillinen koulutus)
Boshlang‘ich maktabni tamomlagandan so‘ng, o‘quvchilar ikki yo‘nalishdan birini tanlaydilar:
Umumiy o‘rta ta’lim (Lukio): Bu bosqich universitetga kirishga tayyorgarlik vazifasini bajaradi va taxminan 3 yil davom etadi. Bu bosqich oxirida o‘quvchilar davlat imtihoni (ylioppilastutkinto) topshirishadi.
Kasbiy ta’lim (Ammatillinen koulutus): Bu yo‘nalish o‘quvchilarga kasbiy ko‘nikmalar berishga qaratilgan. Uning davomiyligi taxminan 2-3 yilni tashkil etadi va o‘quvchilar o‘z sohalari bo‘yicha tajriba to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
=== Taqdimot 8 ===
4. Oliy ta’lim (korkeakoulutus)
Finlyandiyada oliy ta’lim ikki turga bo‘linadi:
Akademik universitetlar:
Bu universitetlar fundamental va ilmiy tadqiqotlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, bakalavr va magistr darajalari beradi.
Ishlab chiqarish universitetlari (amaliy fanlar universitetlari):
Bu universitetlar amaliy ta’lim berishga qaratilgan va mutaxassislik sohalariga yo‘naltirilgan.
=== Taqdimot 9 ===
5. Doktorantura (tohtorikoulutus)
Doktorantura yoki PhD darajasi olish uchun o‘qish universitetlarda amalga oshiriladi.
Bu bosqichni o‘tash uchun o‘quvchilar magistr darajasiga ega bo‘lishlari lozim.
Doktorantura dasturlari asosan ilmiy tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi.
=== Taqdimot 10 ===
Finlyandiya ta’limi “o‘rta” bosqichining 6 tamoyili
02
=== Taqdimot 11 ===
Finlyandiya ta’limi “o‘rta” bosqichining 6 tamoyili
1. Tenglik
2. Individuallik
4. Amaliyot
3. Ishonch
5. Istak-xohish
6. Mustaqillik
=== Taqdimot 12 ===
1. Tenglik
=== Taqdimot 13 ===
2. Individuallik
Har bir bola uchun individual ta’lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta’lim materialiga ham tegishli.
Finlyandiya maktablarida oddiy ta’lim bilan bir qatorda ta’lim jarayonining ikki noyob turi mavjud:
“Bo‘shroq” o‘quvchilar ta’limini
qo‘llab-quvvatlovchi
Korreksion ta’lim
=== Taqdimot 14 ===
3. Amaliyot
“Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz”, – deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari – o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi.
Finlyandiya maktablarida hayotda kerak bo‘ladigan bilimlar beriladi. U yerdagi bolalar bolalikdan portfolio, shartnoma, bank kartasi nima ekanini yaxshi bilishadi.
=== Taqdimot 15 ===
4. Ishonch
Birinchidan, maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q, o‘quvchilarga ta’lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar ham yo‘q. Mamlakatda ta’lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni qo‘llaydi.
Ikkinchidan, bolalarga bo‘lgan ishonch: darslarda o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan ish bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘quvchi o‘zi uchun nima foydali ekanini o‘zi tanlaydi.
=== Taqdimot 16 ===
5. Istak-xohish
Pedagoglar o‘quvchining e’tiborini qaratishga harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati bo‘lmasa, darrov “ikki” baho bilan “siylashmaydi”, bolani kelgusida uncha murakkab bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi.
Har bir bolaning u yoki bu faoliyatga moyilligini aniqlash “kelajak o‘qituvchisi” tomonidan test va suhbatlar yo‘li orqali amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 17 ===
6. Mustaqillik
Finlyandiyada maktab bolani eng asosiysi – mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o‘rgatishi kerak deya hisoblanadi. Shu bois u yerda fikr yuritish va o‘z xohishiga ko‘ra bilim olishga o‘rgatiladi. O‘qituvchi yangi mavzularni so‘zlab o‘tirmaydi – barchasi kitobda bor. Yod olingan formulalar emas, ma’lumotnomadan, matndan, internetdan, kalkulyatordan foydalanish – joriy muammolar yechimini topish uchun kerakli resurslarni jalb qilishni bilish muhim.
=== Taqdimot 18 ===
Finlyandiyada maktab hayotiga doir tafsilotlar
03
=== Taqdimot 19 ===
Maktablar hududi o‘ralmagan, kiraverishda qo‘riqchilar yo‘q
Aksariyat maktablarning kirish darvozasi avtomatik tizimga ega, binoga darslar jadvali asosida kirish mumkin.
=== Taqdimot 20 ===
Darsda bolalar parta va stolda o‘tirishi shart emas, polda (gilamda) o‘tirish ham mumkin
Ba’zi maktablarda sinflar divan va kreslolar bilan jihozlangan.
Kichik maktab inshooti gilamchalar bilan ta’minlangan.
=== Taqdimot 21 ===
Maktablarda forma kiyish belgilanmagan
Forma yo‘q, kiyimga nisbatan qandaydir talablar ham yo‘q, istagan kiyimda kelish mumkin.
Almashtirish uchun qo‘shimcha poyabzal talab qilinadi, lekin kichik va o‘rta pog‘onadagi bolalar paypoqda yurishni ma’qul ko‘rishadi
=== Taqdimot 22 ===
Darslar ko‘pincha ochiq havoda o‘tkaziladi
Iliq havoda darslar ko‘pincha ochiq havoda maktab oldida, maysalar ustida yoki maxsus jihozlangan qatorlarda o‘tkaziladi.
Tanaffus vaqtida kichik maktab o‘quvchilari albatta ko‘chaga olib chiqiladi.
=== Taqdimot 23 ===
Uy vazifalari kamdan-kam beriladi
Bolalar dam olishlari kerak.
Ota-onalar bolalar bilan dars qilishga majbur emas, buning o‘rniga pedagoglar muzey, o‘rmon yoki suzish havzasiga oilaviy borishni tavsiya qilishadi.
=== Taqdimot 24 ===
“Doska oldida” o‘qitish usuli qo‘llanmaydi
Bolalar materialni so‘zlab berish uchun doska oldiga chaqirilmaydi. O‘qituvchi darsga umumiy tus beradi, so‘ngra o‘quvchilar orasida yurib, ularga vazifalarni bajarishga yordam beradi va jarayonni nazorat qiladi. O‘qituvchining yordamchisi (fin maktablarida o‘qituvchi yordamchilari ham bo‘ladi) ham xuddi shu ish bilan band bo‘ladi.
=== Taqdimot 25 ===
Daftarga qalam bilan yozish
Daftarga qalam bilan yozish va qancha xohlasa, shuncha o‘chirish mumkin.
O‘qituvchi ham vazifani qalamda tekshirishi mumkin.
=== Taqdimot 26 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.