Fermentlar va ularning klassifikatsiyasi

8000 so'm


Fermentlar va ularning klassifikatsiyasi

 

 

Slayd 1

Fermentlar va ularning klassifikatsiyasi

Slayd 2

REJA
Fermentlar haqida tushuncha;
Fermentlar klassifikatsiyasi
Fermentli preparatlar ishlab chiqarish.

Slayd 3

xilma-xil biokimyoviy va kimyoviy reaksiyalarni amalga oshiruvchi oqsil tabiatiga ega bо‘lgan biokatalizatorlardir.
Fermentlardan biologik katalizator sifatida insonlar turli xil sohadagi amaliy faoliyatlarida keng foydalanib kelmoqdalar. Fermentlar manbai hayvon tо‘qimalari, о‘simliklar hujayralari va mikroorganizmlar bо‘lishi mumkin. Hozirgi zamonda ikki mingdan ortiq fermentlar borligi aniqlangan, ulardan bir necha yuztasi alohida modda sifatida toza holda ajratib olingan.
Fermentlar (enzimlar) —

Slayd 4

Fermentlar (enzimlar) —
Mikroorganizmlar fermentlar ishlab chiqaruvchi manba sifatida alohida qiziqish uyg‘otadi, chunki ular arzon muhitda tez о‘sadilar. Ishlatiladigan ozuqa tarkibiga qarab, kerakli fermentni, xohlagancha tayyorlash imkoniyatini beradilar. Buning ustiga kо‘pgina mikroorganizmlar fermentlarni о‘z hujayra qobiqlaridan tashqariga chiqaradilar, bu esa mikroorganizmlardan yanada faolroq foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Slayd 5

Fermentlar (enzimlar) —
Kо‘plab mikroorganizmlarning muhim xususiyatlaridan yana biri ular ozuqa sifatida har xil chiqindilardan foydalanib о‘sish qobiliyatiga egadirlar (sellyuloza, neft uglevodorodlari, metan, metanol va boshqalar). Mikroorganizmlar foydalana oladigan ayrim xom-ashyolar odam va hayvonlar uchun zaharlidir. Shunday ekan mikroorganizmlar fermentlar sintez qilish bilan bir qatorda, atrof-muhit muhofazasi uchun ham xizmat qiladilar. Ayrim fermentlarning sintezlanish miqdori mikroorganizmlar hujayrasida juda yuqori bо‘lishi mumkin. Masalan: ribulezobisfosfat-karboksilazaning miqdori ayrim vaqtlarda fototrof bakteriyalar sintez qiladigan suvda eriydigan oqsilning 40-60% ni tashkil etadi.

Slayd 6

Fermentlar (enzimlar) —
Yuqorida ta’kidlanganidek, kо‘p mikroorganizmlar katta miqdorda kultural muhitga chiqadigan fermentlar hosil qiladilar. Bu fermentlar asosan oqsil, kraxmal, sellyuloza, yog‘larni va boshqa suvda erimaydigan moddalarni parchalaydigan gidrolazalarga taalluqlidir. Bir qancha fermentlar faqat mikroorganizmlardagina uchraydi. Molekula holidagi azotdan ammiak hosil qilishda ishtirok etadigan nitrogenaza fermenti azotni о‘zlashtirish qobiliyatiga ega bо‘lgan bakteriyalardagina uchrashi aniqlangan.

Slayd 7

Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning anorganik substratlarni: ammiakni, nitritlarni, sulfid va oltingugurtni boshqa birikmalarini, va shunga о‘xshash ikki valentli temirni oksidlash qobiliyatidir. Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda alohida fermentlarning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv о‘tlari molekula holidagi vodorod hosil qilishi hamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib boruvchi degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan.
Fermentlar (enzimlar) —

Slayd 8

Fermentlar (enzimlar) —
Kо‘pchilik bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni, uglerod oksidini va boshqa bir xil uglerodli birikmalardan substrat sifatida foydalanib, о‘sish va rivojlanishga yordam beradigan fermentlarni sintezlash qobiliyatiga ega. Atrof muhitni, uni ifloslantiruvchi bir qancha moddalardan tozalash mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar hisobiga amalga oshiriladi, ular plastmassa, pestitsidlarni va boshqa zaharli murakkab birikmalarni oddiy tarkibiy qismga parchalab yuboradilar.

Slayd 9

Fermentlar klassifikatsiyasi.
Fermentlar klassifikatsiyasi qabul qilingan klassifikatsiya tizimiga binoan hamma fermentlar olti sinfga bо‘linadi:
Oksidoreduktazalar;
Transferazalar;
Gidrolazalar;
Liazalar;
Izomerazalar;
Ligazalar (sintetazalar)

Slayd 10

Fermentlar klassifikatsiyasi.
Keng miqdorda qо‘llaniladigan mikroorganizmlar fermenti – gidrolazalar sinfiga kiruvchilardir (glikozidazalar, peptidazalar va boshqalar).
Bular glikozid, peptid, efir va ayrim boshqa bog‘larga suv ishtirokida ta’sir qiladi. Gidrolazalar kо‘pincha hujayra tashqarisidagi (ekzogen) fermentlardir. hujayradan chiqib, ular kultural muhitda tо‘planadi. Bu fermentlarni olish hujayra ichidagi (endogen) fermentlarni ajratishga nisbatan qulay va arzondir.

Slayd 11

Glikozidazalar
Glikozidazalar – glikozid bog‘larini gidroliz qiluvchi fermentlardir. Bular kо‘p vaqtlardan beri о‘rganiladi va ishlatiladi. Bu guruhga kraxmalni gidroliz qiluvchi amilolitik fermentlar, v-amilazalar va glikoamilazalar kiradi. Kо‘p mikroorganizmlar b-amilaza hosil qiladi, v-amilaza sintezi esa kam kuzatiladi.
Fermentlar klassifikatsiyasi.

Slayd 12

Fermentlar klassifikatsiyasi.
Amaliy maqsadlarda qо‘llaniladigan b-amilazani ajratuvchi Bacillus licheniformis, Bac.amyloliquefaciens, Aspergillus oryzae va boshqa mikroorganizmlardir. b-amilaza Bac. licheniformis dan olinadigan juda yuqori haroratga chidamli va kraxmalni 1000S atrofidagi haroratda gidroliz qilish qobiliyatiga egadir.
Mikroorganizmlarning ekstremal sharoitda taraqqiy qilish qobiliyatini, ya’ni past va yuqori haroratda, molekulyar kislorod mavjud bо‘lmaganda, ishqorli va kislotali muhitda, tо‘zni yuqori konsentratsiyasida о‘sishi kо‘pincha ularning fermentlari harakteri bilan aniqlanadi.

Slayd 13

Glikozidazalar
Makro va mikroorganizmlarda bir xil funksiyali fermentlar, о‘zlarining xossa va xususiyatlari jihatidan har xil bо‘lishi mumkin va mikroorganizmlarda о‘zini faolligini yuzaga chiqarishi uchun alohida sharoitga muhtoj bо‘ladi. Shuning uchun turli xil mikroorganizmlar fermentlarini о‘rganish juda muhim vazifadir.

Slayd 14

Glyukoamilaza
Glyukoamilaza – (1,4-b-D-glyukan-glyukanogidrolaza) asosan zamburug‘larda keng о‘rganilgan. Asp.niger zamburug‘ida u molekulyar massasi 100 000 dalton atrofida bо‘lgan ikkita glikoproteinlardan iborat. Demak, bu fermentni xususiyatlari bir-biridan farq qiladigan ikkita formasi (shakli) mavjud.
Dekstranaza – (1,6-b-D-glyukan-glyukanogidrolaza) dekistrindagi 1,6-glikozid bog‘iga ta’sir qiladi.

Slayd 15

yoki v-galoktozidaza (v-D-galoktozid-galoktogidrolazalar) laktozani glyukoza va galaktozaga aylantiradi. Bu ferment E.Coli, Asp.niger, Sacch.cerevisiae, Curvularia inaqualis, Alternaria tenuis va ayrim boshqa mikroorganizmlarda sintez bо‘ladi.
Laktoza

Slayd 16

Invertaza
(v-D-fruktofuranozid-fruktogidrolaza) saharozani glyukozaga va fruktozaga parchalaydi. Uni Aspergillus turkumi vakillari (Asp.awamori, Asp.batatae, Asp.niger), achitqi zamburg‘i, Bacillus subtilis va Bac.diastaticus larning alohida shtammlari hosil qiladi.

Slayd 17

Sellyulolitik fermentlar (sellyulazalar)
faol oqsillarning murakkab kompleksidir, sellyuloza molekulasining har xil bog‘lariga ta’sir qiladi, S komponent (ekzonukleaza) tabiiy holdagi sellyulozaga (paxta, filtr qog‘ozi) ta’sir qiladi. Sx -komponenti (endonukleaza) eriydigan shaklga о‘tkazilgan kletchatkani (karbosimetilsellyulozani) gidrolizlaydi.

Slayd 18

Sellyuloza bilan bir qatorda mikroorganizmlar sellobiaza (v-glyukozidaza) hosil qiladi, bu ferment sellyulozani va gemitsellyulozani parchalaydi. Sellyulozani gidrolizining oxirgi bosqichi, glyukoza hosil bо‘lishi bilan tugallanadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan sellyulotik ferment preparatlari odatda S1 va Sx va shunga о‘xshash sellobiaza va gemitsellyulaza fermentlari bо‘lib, bu preparatlarning pH kо‘rsatkichi 3,0 dan 8,0 gacha. Mana shu рН lar oralig‘ida ular turg‘undirlar. Sellyulazani hosil qiluvchilar kо‘pincha mitselliali zamburug‘lardir, shulardan Penicillium notatum, P.vuriabili, P.iriense, Trichoderma roseum, Verticillium alboatrum va boshqalardir.

Slayd 19

pektinni parchalovchi fermentlar sintez qiladi. Pektolitik fermentlar kompleks hosil qiladi, uni alohida komponentlari pektin molekulasini har xil joylaridan parchalaydi. Pektinazalar (poligalakturonazalar) mikroorganizmlarda keng tarqalgan bо‘lib о‘simliklarda kam uchraydi.
Pektinazalar

Slayd 20

Proteinazalar yoki proteazalar
(peptid-peptid-gidrolazalar) oqsil molekulasidagi peptid bog‘larini uzish reaksiyasini kataliz qiladi, natijada erkin aminokislotalar di- va polipeptidlar hosil qiladi. Bunday fermentlar juda kо‘p. Ulardan ayrimlari kristall holatda olingan. Mikroorganizmlar proteinazasi о‘zlarining xossalari bilan tubdan farq qilishi mumkin. Ular neytral bо‘lishi mumkin (Bacillus subtillis, Asp.terricola), kislotali (Asp.foetidus) va ishqorli, ya’ni pH ning har xil darajasida faoldirlar. Ayrim mikroorganizmlar bir qancha proteinazalar sintezlash qobiliyatiga egadirlar. Masalan: Actinomyces fradiae 6 ta proteinaza sintezlaydi.

Slayd 21

Amilazalar
bakteriya va zamburug‘lardan olinadigan amilazalar kraxmalni kichik molekulyar shakarlar: dekistrinlar, glyukozalar, maltozalargacha parchalaydi.

Slayd 22

Bakterial proteazalar
pishloq pishirishda va teri oshlashda oqsillarni buzishda qо‘llaniladi. Bacillus sp. dan olinadigan glyukozoizomeraza fermenti glyukozani fruktozaga aylantirishda yordamlashadi. Keyingi vaqtlarda olimlar diqqat e’tiborini quyidagilar о‘ziga tortmoqda: siklodikstringlyukoziltransferaza (SDGT) ga moslashish, siklodekstrinlar birikmalarining ishlab chiqarilish: kimyoviy va farmakologik ishlab chiqarishda, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirishda, kosmetika va boshqalar ishlab chiqarishda zarurdir.

Slayd 23

(3.1.1.3-triatsil glitseroloda gidrolazalar lipid (yog‘) almashinuvida ishtirok etadigan, katta amaliy qiziqish uyg‘otadigan fermentlar. Kultura о‘sadigan muhitga ajratadigan lipazalarni ishlab chiqaruvchilarning kо‘pi mitseliali zamburug‘lardir. Ulardan Aspergillus, Mucor, Geotrichum, ayrim achitqi zamburug‘lar (Candida) va bakteriyalardir (Pseudomonas)..
Lipazalar

Slayd 24

Lipazalar triatsilglitserollarni parchalab yog‘ kislotalari va glitserin hosil qiladi. Sanoat asosida kо‘p miqdorda ishlab chiqarilayotgan va keng miqyosda xalq xо‘jaligida qо‘llanilayotgan fermentlardan tashqari, kam miqdorda olinadigan va kam sohada qо‘llaniladigan bir qancha fermentlar ham bor, lekin bularning ayrimlari о‘ta darajada muhimdir. Bular qatoriga restriktazalar (endonukleazalar), nuklein kislotalarni parchalovchi fermentlar va ligazalar – ularni sintezida ishtirok qiladigan fermentlar kiradi. Bu fermentlar gen muxandisligi ilmiy ishlarini olib borishda zarurdir. Bularni ham har xil mikroorganizmlar ishlab chiqaradi.

Slayd 25

Fermentli preparatlar ishlab chiqarish.
Fermentli preparatlar qishloq xо‘jalik hayvonlari ozuqasining hazm bо‘lishini yaxshilashda shuningdek, veterinariyada profilaktika maqsadida va oshqozon va parazitar kasalliklarni davolashda keng qо‘llaniladi. Qishloq xо‘jalik hayvonlari ozuqasining asosiy komponenti, kо‘pgina qiyin parchalanuvchi moddalardan iborat о‘simlik mahsulotlaridir.

Slayd 26

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 27

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Fermentlar va ularning klassifikatsiyasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar