Eshitish organi va uning ahamiyati
8000 so'm

Slayd 1
Eshitish organi (eshitish analizatori)
Slayd 2
Odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta’siri ostida o‘tadi: qushlar, hayvonlar, odamlarning ovozi, musiqa ohanglari, texnika vosita-larining tovushi — bularning barchasi odamning eshitish organiga ta’sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.
Slayd 3
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organi normal bo‘lishi kerak, ya’ni u eshitgan so‘zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug‘ilishidanoq eshitish organining faoliyati buzilgan bo‘lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so‘zlarni takrorlay olmaydi, ya’ni uning nutqi rivojlanmaydi.
Slayd 4
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotdagi ba’zi voqealarni ko‘rgandagiga nisbatan, ularning mazmunini eshitganida to‘liqroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektaklni televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunchasiga nisbatan shu spektaklning mazmunini radio orqali eshitganida to‘liqroq tushunchaga ega bo‘ladi.
Slayd 5
Binobarin, eshitish organining faoliyati normal bo‘lishi, avvalo, har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishi, hunar o‘rganishi, musiqa san’atini tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Slayd 6
Eshitish organi — quloqning tuzilishi. Eshitish organi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat
Slayd 7
Slayd 8
Tashqi quloq — quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Tashqi quloq yo‘lining oxirida biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib, u tashqi quloq yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burunhalqumga tutashgan. O‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandon, uzangi) tovush to‘lqinlari ta’sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni ichki quloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq — bo‘shliq va yarimdoira kanalchalar sistemasidan, ya’ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda perilimfa suyuqligi bo‘ladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa suyuqligi bo‘ladi. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya’ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Slayd 9
Slayd 10
Suyak labirintning dahliz va yarimdoira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta’minlovchi vestibular analizator retseptorlari joylashgan.
Eshitish organining funksiyasi. Yuqorida aytilgan tashqi, o‘rta va ichki quloqning har biri o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to‘lqinlarini to‘plash va uni quloqning tashqi yo‘liga yo‘naltirish vazifasini o‘taydi.
Ayniqsa yuksak rivojlangan umurtqali hayvonlarda (it, ot, quyon, qo‘y va boshqalarda) quloq suprasi muskullari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular tovush kelgan tomonga quloqlarini ding qilib harakatlantira oladilar. Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo‘lmasa-da, u tovushni to‘plash va uni quloq yo‘li tomon yo‘naltirish imkoniyatiga ega.
Tashqi quloq yo‘li tovush to‘lqinlarini nog‘ora parda tomon o‘tkazadi. Tovush nog‘ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig‘anog‘i hamda yarimdoira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to‘lqinlantiradi. Ularning to‘lqinlanishi chig‘anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo‘zg‘atadi.
Slayd 11
Slayd 12
Bu retseptorlar juda mayda sezuvchi nerv tolalari bo‘lib, endolimfa to‘lqinlanganda ular silkinadi va qo‘zg‘aladi. Tolalarning soni 24 mingdan ko‘proq bo‘lib, ularning ayrim to‘plamlari maxsus tovushlarni qabul qilish xususiyatiga ega (xuddi dutor yoki tanburning har qaysi tori o‘ziga xos tovush berganidek). Ma’lum tovushni qabul qiladigan sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur tovushni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bolalarni yoshlikdan har xil musiqa ohanglarini tinglash va chalishga o‘rgatish ana shu sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanishiga imkon beradi.
Retseptorlarning qo‘zg‘alishi eshitish nervi tolasi orqali miya ko‘prigi, o‘rta miyada joylashgan po‘stloqosti eshitish markaziga, undan esa bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo‘zg‘atadi. Bu markazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta’siri analiz va sintez qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.
Slayd 13
Slayd 14
Odam sekundiga 16—20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to‘lqinlarini qabul qilish imkoniga ega. Yuksak rivojlangan hayvonlarda, ayniqsa, itlarda tovush to‘lqinlarini qabul qilish xususiyati, odamga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular odam eshitmaydigan kuchsiz tovushlarni ham eshita oladi. Shuni ham aytish kerakki, yoshlarning kuchsiz tovushlarni eshita olish qobiliyati yaxshi bo‘lib, yosh kattalashgan sari bu qobiliyat pasaya boradi.
Agar odamga kuchli tovush har kuni uzoq muddat davomida ta’sir qilib tursa, u shovqinga moslashib qoladi. Shuning uchun ham sershovqin korxonalarda ishlaydigan odamlar kuchli tovushga o‘rganib qolib, kuchsiz tovushni yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Kuchli tovush ta’siriga moslashmagan odam esa sershovqin korxonalarda bo‘lganida o‘zini yomon sezadi.
Slayd 15
Slayd 16
Eshitish organining gigiyenasi. Odam eshitish a’zosining yaxshi rivojlanishi, sog‘lom bo‘lishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur:
—yashash, o‘qish, ishlash va jamoat joylarida tinchlikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish lozim. Chunki yuqori kuchdagi tovush (shovqin) to‘lqinlari nog‘ora pardaga salbiy ta’sir ko‘rsatib, bora-bora uning elastiklik xususiyati yo‘qolishiga olib keladi. Natijada odamning eshitish o‘tkirligi pasayadi va u sekin tovushlarni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bundan tashqari, uzoq ta’sir qiladigan kuchli shovqin nerv sistemasini haddan tashqari qo‘zg‘atib, uyqusizlik, tez jahl chiqish, yurak sanchish, qon bosimining ko‘tarilishi kabi kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Tashqi quloq yo‘lini qoplab turuvchi terida juda ko‘p mayda bezlar bo‘lib, ulardan yog‘simon sarg‘ish suyuqlik ajraladi. Ba’zan shu suyuqlik to‘planib qolishi tufayli quloq bitadi, g‘uvullaydi. Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho‘pi uchiga o‘ralgan bint (paxta) yordamida tashqi quloq yo‘lini artib tozalash lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganida ham shunday qilinadi. Tashqi quloq yo‘li kirlanishining oldini olish uchun haftada birikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq yo‘lini artib turish maqsadga muvofiqdir;
Slayd 17
Slayd 18
— odam og‘iz, burun, tomoqning shamollashi va gripp kasalliklaridan saqlanishi kerak. Kasallik paydo bo‘lganida esa vaqtni kechiktirmasdan shifokor maslahatiga binoan davolanishi zarur. Aks holda og‘iz, burun, tomoqdagi mikroblar shu yerdagi shilliq pardaning yallig‘lanishi natijasida hosil bo‘ladigan shilimshiq suyuqlik bilan birga Yevstaxiy nayi orqali tomoqdan o‘rta quloq bo‘shlig‘iga o‘tib, uni yallig‘lantiradi. Ba’zan o‘rta quloq bo‘shlig‘ida yiring to‘planib, undan nog‘ora parda zararlanib teshilishi mumkin. Bu esa quloqdan yiringli suyuqlik oqishiga olib keladi. Ayrim hollarda, o‘z vaqtida davolanmaslik oqibatida yiring ichki quloqqa o‘tib, eshitish retseptorlarining zararlanishi tufayli kar bo‘lib qolish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘rta quloq bilan bosh miya orasidagi suyak juda yupqa bo‘lganligi uchun quloqning yiringli kasalliklarida yallig‘lanish jarayoni miya pardasini va to‘qimasini ham yallig‘lantirib, meningit, ensefalit kabi og‘ir kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Slayd 19
Slayd 20
Savol va topshiriqlar
Eshitishning odam hayotidagi ahamiyatini tushuntiring.
Eshitish organining tuzilishini ayting.
Eshitish sezgisi qanday sodir bo‘ladi?
Eshitish organining me’yoriy rivojlanishi va sog‘lom bo‘lishi uchun qanday gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak?
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.