Erkin Vohidov ijodining XX asr o’zbek adabiyotidagi o’rni
8000 so'm

Slayd 1
Erkin Vohidov ijodining XX asr o`zbek adabiyotidagi o’rni”
Slayd 2
Adabiyotning jamiyat tarixidagi roli shunchalik kattaki, buyuk yozuvchining paydo bo’lishi ko’pincha tarixda boshlanayotgan yangi davrning nishonasi bo’lib xizmat qiladi. Bunga misollardan biri – E. Vohidovdir.
Slayd 3
O’zbekiston qahramoni erkin Vohidovning 60- yillar boshidan e’tiboran bugungi kungacha yaratgan ijodi orqali uning o’zbek adabiyotida, xususan XX asar o’zbek adabiyotida tutgan o’rnini belgilash mumkin. SHoirning shu davr oralig’ida yaratgan “CHarog’bon”, “Buyuk hayot tongi”, “Nido”, “Palatkada yozilgan doston”, “Toshkent sadosi”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni ” singari poemalari, “Bahmal” she’riy qissasi, “Istanbul fojeasi” she’riy dramasi XX asr o’zbek poemachiligi tarixida alohida yorug’ sahifani tashkil etsa, “YOshlik devoni”, “Kavkaz she’rlari”, “Alvon lolalar”, “Kanada turkumidan”, “Tirik sayyoralar”, “Qumursqalar jangi”, “YAxshidir achchiq haqiqat”, “Donishqishloq latifalari” singari turkumlari o’zbek she’riyatining Janr imkoniyatlari naqadar kengligini tasdiqlaydi.
Slayd 4
Shoirning o’zining keyingi yillar izlanishlarida to’rtlik, g’azal , sakkizlik, ertak, latifa, rivoyat, muhammas, chiston ruboiy ba hakozo poetik janr va shakllardagi badiiy barkamol namunalar yaratildi. SHoir she’riyatining mavzu ko’lami kengayib, usluban u boyib borayotganligini ko’rsatadi. Har bir yirik so’z san’atkori adabiy tarixiy jarayonni tushunishiga, u yoki bu san’at xodisalarini anglashiga, talqin etishiga ko’ra badiiy so’z taraqqiyotiga munosib ulush qo’shadi. SHu ma’noda har bir so’z san’atkorining ijodini adabiy – estetik qarashlaridan holi o’rganish mumkin emas.
E.Vohidovning “SHoiru she’ru shuur”, “Iztirob” to’plamlari mundarijasini belgilagan, vaqtli matbuotda bosilib chiqqan “YAngi asr ostonasidagi o’ylar ” adabiyot, san’at va adabiy jarayon psixologiyasi, badiiy ijod falsafasiga oid maqolalari, suhbatlari, fikr mulohazalari, adabiy estetik qarashlarini mustaxkamlashtiradi va bir yo’la, badiiy asarlarning mag’zi mohiyatini aniqlashda bizga ko’mak beradi.
E.Vohidov Iztirob. – Toshkent, O’zbekiston, 1992-yil
Slayd 5
Erkin Vohidovning ishonch e’tiqodiga ko’ra ijodkor odam hamisha hayotning ma’nosini izlash, o’z tirikligining mazmunini ezgulikka, olijanoblikka safarber etmog’i, adolatning qaror topishiga xizmat etmog’i lozim. SHoirning adabiy-estetik qarashlari ijtimoiy voqeliklar o’zgargani sayin takomillashib, rangin ma’nolar kasb etib borganligini kuzatishimiz mumkin. SHoirning 1963- yilda nashr etilgan “YUrak va aql” to’plamidagi “Bir tomchi quyosh o’ynar” she’rida bu kabi hodisalarni o’qiymiz:
Slayd 6
“Bir tomchi quyosh o’ynar”
Bu hayot gulbog’ida,
Bahoriy iliqligu,
Nahoriy tiniqlik bor.
Ko’z ochib nur qo’ynida,
Ko’rdim yorug’ dunyoni,
Bu olamda neki bor
Bari tortar havasim
“Bir tomchi quyosh o’ynar” she’ridagi ushb u parcha shoir ijodining ilk bosqichi uchun xos bo’lgan badiiy- yo’nalishni e’tirof etiladi.
E.Vohidov Saylanma. 4-jildlik. – T.:Sharq. 2000-yil,18 – bet.
Slayd 7
Erkin Vohidov hayotdagi, jamiyatdagi , odamlar tabiatidagi xunuklik, badbahlik, noqislik ko’rinishlarini detallashtirib, suratlantirish orqali go’zallikni ifodalaydi. Bu hol ayniqsa “Donishqishloq latifalari” turkumidagi Matmusaning fe’li faoliyati ifodasida bo’rtib ko’zga tashlanadi. Hayotda odamlar bilan yonma-yon yashab kelayotgan ma’naviy axloqiy illatlar inkor etiladi.
Slayd 8
“Palatkada yozilgan doston”
asarida hayot materialining mohiyati, ya’ni zilzila orqali yorqin namoyon bo’lgan o’zbek xalqi ma’naviyatidagi jasur va tanti, yuksak iroda xislatlari, psixologiyasida sodir bo’lgan yangi sifat belgilari – yaratuvchilik mehnati layoqati asarga publitsistik unsurlarni ko’plab olib kirgan.
Slayd 9
E. Vohidov ijodida shaxs va jamiyat psixologiyasini vobasda aks ettirish etakchilik qiladi. Bu borada ijtimoiy falsafiy tahlil poetik tadqiqotchilikda bosh yo’nalishni tashkil etadi. Xususan, inson umrining mohiyati, tiriklik ma’nolari bilan bog’liq badiiy fikr evalyutsiyasi “Ruhlar isyoni” poemasi misolida kizatiladi. “Ruhlar isyoni” poemasida shoirning badiiy g’oyalari, real hayot kartinalari bilan yondosh holda berilgan afsona rivoyatlar orqali falsafiy talqinlarda ifodalanadi.
Slayd 10
X U L O S A
Erkin Vohidov adabiyotimizning qutlug’ dargohiga o’sha o’rta maktab quchog’idaligidayoq o’zining beg’ubor, mazmundor she’rlari bilan kirib kelgan. Uning birinchi she’riy to’plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan bosilib chiqqan edi. SHundan buyon shoirning o’ttizdan ortiq she’riy majmualari o’z o’quvchisiga yetib borgan.
Slayd 11
Erkin Vohidov she’riyatni nafaqat barmoq vaznida , balki aruz va sarbast vaznlarida ham birdek yuksak saviyada ijod qilib kelmoqda. 80-70-yillar adabiyotshunosligida aruz vazni “eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn” deya inkor qilina boshlangan bir paytda erkin Vohidov “YOshlik devoni”(1969) kitobini yozgan, unda joy olgan o’nlab g’azallari bilan bunday davolarning puch ekanini isbotlagan va mumtoz she’riyatimizni yangi bosqichga olib chiqqandi.
Slayd 12
ASARLARI
“CHarog’bon”,
“Buyuk hayot tongi”,
“Nido”,
“Palatkada yozilgan doston”,
“Toshkent sadosi”,
“Quyosh maskani”,
“Ruhlar isyoni
Istanbul fojeasi”
“YOshlik devoni”
“Kavkaz she’rlari”,
“Yaxshidir achchiq haqiqat
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.