Epik asarlar ustida ishlash metodikasi
8000 so'm

Slayd 1
EPIK ASARLAR USTIDA ISHLASH
Slayd 2
Badiiy asarni obrazlar tizimiga ko‘ra o‘rganish
Nasriy asarlarni o'rganishda muammoli vaziyat yaratish
Adabiy asarlarni tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlarini inobatga olish
Asarning badiiy xususiyatlari va obrazlar tahlili asosida umumlashma xulosalar chiqarish
REJA:
Slayd 3
Adabiy asarlarni tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyatga ega. Asarning tur va janri uni tahlil qiishga oid metod va usullarning belgilanishiga asos bo‘ladi.
Bularning barchasi adabiy asar tahlilida uning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib turadi.
Slayd 4
Taniqli metodist M.A.Ribnikova:
• «Metodik usullarni asar tabiati taqozo qiladi… Balladani reja asosida tahlil qilish mumkin, biroq lirik she’rni rejalashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Kichkina hikoya to‘liq hajmda o‘qiladi va tahlil qilinadi. Romandan alohida, yetakchi boblarni ajratib olamiz, ulardan birini sinfda, boshqasini uyda, uchinchisini sinchiklab tahlil qilamiz va matnga yaqin holda qayta hikoyalaymiz, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchilarini tezroq tarzda tahlil qilib qisqacha qayta hikoya qilamiz, yettinchi va sakkizinchi boblarning parchalari alohida o‘quvchilarning badiiy o‘qishlari shaklida beriladi, epilogni sinfga o‘qituvchining o‘zi aytib beradi. Topishmoqlarning javobi topiladi va yod olinadi, maqollar izohlanadi hamda hayotiy misollar bilan dalillanadi, masal esa unda ko‘zda tutilgan xulosa nazarda tutilgan holda tahlil qilinadi»[1].
Slayd 5
Prof. Q. Yo‘ldoshevning yozishicha,
«turli adabiy asarlar bilan ish yuritilganda tahlil usullari mutlaqo o‘zgarib ketmaydi, lekin o‘quvchining asarga yondashishi, munosabat tarzi o‘zgaradi»[1].
Buning juda katta nazariy va amaliy ahamiyati bor. Zero, «asarlarni tur va janr xususiyatlariga ko‘ra o‘rganish san’atdan lazzatlanish, asarni uning badiiy butunligi hamda takrorlanmas mohiyatini his etish qobiliyatni rivojlantirishni nazarda tutadi»[1].
Adabiy asarning badiiy estetik mohiyati uning kompozitsiyasini, ya’ni undagi turli-tuman qahramonlar, bir-biriga o‘xshamaydigan sahnalar, alohida joy, manzara, vaziyat tasvirlari, monolog, dialoglar, o‘y, xayol, tush va boshqa turli komponentlarning murakkab tartibini o‘rganish, sharhlash orqali o‘zlashtiriladi.
[1] Bogdanova O. Y., Leonov S. A., Chertov V. F. Metodika prepodovaniya literaturi. Pod redaksiyey O.Y. Bogdanovoy. Uchebnik dlya studentov ped. vuzov. M.: Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2-e izdaniye, stereotipnoye, 2002, – s.136.
Slayd 6
Asarning o’quvchilar tomonidan to’la o’qib o’zlashtirilishiga erishish.
Asar g’oyasi mazmunini obrazlar tizimi va asar qurilishiga bog’lab o’rganish.
Badiiy asar tilini tahlil qilish.
Tahlilda janr talablarini e’tiborga olish. Eng qulay va to’g’ri tahlil metodi bilan usullarini tanlay olish.
Yozuvchi uslubi va mahoratini namoyon qiluvchi portret, peyzaj, joy tasviri, badiiy detallar, ruhiyat tasviri, qahramon xarakteri tasviri, asar konflikti va badiiy tasvir vositalariga o’quvchilar e’tiborini qaratish.
Asarning badiiy xususiyatlari va obrazlar tahlili asosida umumlashma xulosalar chiqarish.
Epik asarlarni tahlil qilish
Slayd 7
Asar
g’oyasi
Obrazlar tizimi
Asarning syujet va kompozitsiyasi
Asosiy obrazlar
Yordamchi obrazlar
Bosh qahramon
lar
Tarixiy shaxslar obrazi
To’qima obrazlar
Epizodik obrazlar
Badiiy asarni obrazlar tizimiga ko’ra o’rganish
Slayd 8
Nasriy asarlarni o'rganishda tabiat tasviriga alohida e’tibor beriladi. O'quvchilar asarlarni o'qib, o'rganish bilan tabiat tasviri qahramon xarakterini, kechinmalarini, ruhiyatini, adibning g'oyaviy niyatini anglashga yordam berishini payqaydilar.
Nasriy asarlarni o'rganishda muammoli vaziyat yaratish.
Slayd 9
Masalan, «Mehrobdan chayon» romanida Anvarning to'y kunini belgilash niyatida Ra’no bilan uchrashgan quvonchli damlarda tabiatda yuz bera boshlagan hodisani A.Qodiriy shunday ifodalaydi:
Slayd 10
«… Kuchli shamol qo'zg'olgan edi. Shamol go'yo ko'maklashgan kabi orqadan esib Ra’noni Anvar tomonga mayin yettirar edi. Terak orqasida qolgan oy ham kuchli yelning ko'magida terak boshidan bularga mo'ralab oldi. Ikki yoshning hozirgi holini yaqindan tomosha qilmoqchi bo'lgan tussiz (xira) yulduz ko'k sahnining yerga yaqinroq qismiga uchib tushdi.»
Slayd 11
Oybek «Qutlug' qon» romanida tabiatni asosiy qahramonlarning hayoti va ruhiy qechinmalariga bog'liq holda tasvirlash bilan birga, ularning kayfiyatlari, kechinma va his-tuyg'ulariga qarshi tarzda tasvirlagan:
Slayd 12
«Zangori bir nur bilan porlgan samoda balandlanib, mag'rur turnalar allaqachonlar uchib o'tdi. Yana bahor. Quyosh kundan-kun kuchliroq qizdiradi. Tom bo'g'otlari osilgan, qish bo'yi shiplardan suv siljib tomchilab, burchak-burchakka qisilishga majbur etgan eski uylarning tomlari chetidan maysalar ko'karadi.
Slayd 13
Keyinroq bu maysalar, ko'katlar orasida lolaqizg'aldoqlar qon-olov rang bilan yona boshladi. Yarmidan ortiqrog'i sotilgani uchun, Shokir otaning tumorcha shaklli kichkina hovlisidagi nokning yo'g'on, egri tanasida kekkaygan ikkita butoq ham gul bilan qoplangan».
Slayd 14
Yozuvchi tabiat tasvirini nima uchun qo'llagan?
Slayd 15
1-misoldagi tasvir Anvar bilan Ra’no o'rtasidagi samimiy sevgiga uyg'undir.
2- misoldagi parchada adib tabiatning erta bahor go'zalligini tasvirlash bilan hayoti og'ir, g'amli bo'lgan Shokir ota ana shu go'zallikdan bahra olmasligini ko'rsatgan.
Slayd 16
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.