Epik asarlar tahlili va matn ustida ishlash usullari
8000 so'm

Slayd 1
EPIK ASARLAR TAHLILI, MATN USTIDA ISHLASH YO‘LLARI. (AMALDAGI MAKTAB ADABIYOT DARSLIKLARI ASOSIDA)
Slayd 2
1.Epik asar tushunchasi, janrlari va xususiyatlari.
2. Epik asar tahlilining asosiy bosqichlari (syujet, kompozitsiya, obrazlar tizimi, g'oya).
3. Matn ustida ishlash yo‘llari (o'qish, tushunish, tahlil qilish, izohlash, baholash).
4. Amaldagi maktab adabiyot darsliklaridagi epik asarlar tahlili namunalarini ko'rib chiqish.
5. Epik asarlarni tahlil qilishda interfaol usullardan foydalanish (munozara, guruhli ish, loyiha usuli).
REJA:
Slayd 3
Ma’lumki, adabiyotshunoslik ilmida epik turga masal, hikoya, qissa, roman janrlari mansub. Ballada, qo‘shiq, poema singari asarlar mazmuniga muallif tuyg‘usi singib ketgani bois liro-epik tur sifatida e’tirof etilgan.
Epik asarlar sirasiga kiruvchi hikoya o‘quvchi uchun tushunarli, ixcham asar. Hikoyaning qulayligi hajmi uncha katta bo‘lmagani holda bayonning yorqinligi, kompozitsiyaning unchalik murakkab emasligi, personajlar sonining kamligi, yozuvchi diqqatining bir qahramon shaxsiga qaratilganligi va hokazo jihatlar bilan asoslanadi.
«Adabiyot» darsliklarida hajman katta bo‘lgan asarlar ulardan olingan parchalar shaklida taqdim etiladi va o‘rganiladi. Ayrim hajman kichik bo‘lgan hikoyalargina to‘liq shaklda yoki qisqartirib taqdim etilishi mumkin. Lekin hikoya bilan qissadan yoki romandan olingan parchaning shakliy elementlari o‘zaro farqlanadi, ayrim elementlari o‘xshashlik kasb etishi ham mumkin. Yirik epik asarlardan olingan parchalar ham o‘zaro alohida yaxlitlik kasb etishi, bir qismining mazmuni ikkinchisini rad etmasligi, keltirilgan parchalar umumiy yaxlitlikni kasb etishi maqsadga muvofiqdir.
Slayd 4
Hikoyada ko‘pincha bir kichik voqea va uning tafsiloti bayon qilinadi. Tabiiy-ki, roman yoki qissadan olinib darsliklarga kiritiladigan parchalar ham shunday umumiylik kasb etishi taqozo etiladi. Adabiyotshunoslikda ta’kidlanganidek, syujet — asar muallifi ko‘zlagan niyatining qahramonlar xarakteri, xatti-harakati va lug‘atiga muvofiq yuzaga keluvchi, o‘zaro aloqada, rivojlanishda hayotning qirralarini ochishga xizmat qiluvchi voqealar zanjiridir. Muhimi, o‘quvchi syujetni shunchaki voqealar bayoni deb tushunmasligidadir. Buning uchun o‘qituvchidan epik asar tahlili tanlanganda o‘quvchilarni ana shu aloqadorliklarni, dinamikani ilg‘ashga yo‘naltira bilish talab qilinadi. Boshqacha aytganda, o‘quvchi asar mazmuni yuzasidan taqdim etadigan savol va top shiriqlari bilan o‘quvchilarni uning syujetiga xos bo‘lgan voqealar, qahramonlar xarakteri va xatti-harakatidagi oqibatning kelib chiqish sabablarini aniqlashga yo‘naltirishi, shundan keyingina asarni baholashga undashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Slayd 5
Epik asarning asosiy xususiyatlaridan yana biri konfliktdir. Talabalar bu kabi nazariy ma'lumotlarni adabiyotshunoslikda batafsil o‘rganadilar, albatta. Adabiyot o‘qitish metodikasi badiiy asarlarning bevosita o‘quv tahlili bilan aloqadorligi bois mazkur bilimlar ixcham holda eslatib o‘tilmoqda. Konflikt — asarda tasvirlangan xarakterlar, ifoda etilgan g‘oyalarning kurashidir. Konflikt butun asar syujeti va yo‘nalishini ta'min etadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, hikoya konflikt asosiga quriladi. Roman yoki qissadan olingan parchalarda esa konflikt qaysi darajasiga ko‘ra aks etgan bo‘lishi ko‘pincha noaniq bo‘ladi.
Epik asarlar sirasiga mansub roman janri — inson muayyan badiiy makon va zamonda butun murakkabligi, jamiyat va tabiat bilan aloqadorlikda har tomonlama to‘liq ifodalashga qaratilgan, ko‘p planli syujetga ega bo‘lgan asardir. Unda shaxs va jamiyat hayoti bir butunlikda, mustaqil hodisalar sifatida tahlil hamda talqin qilinadi. Romanda muayyan shaxs oilaviy-maishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy muhit bilan o‘zaro aloqadorlikda tasvirlanadi. Roman janri markazida inson obrazi turadi
Slayd 6
Epik asarlar sirasiga kiruvchi hikoya ustida ishlashni yirik yozuvchi Abdulla Qahhor qalamiga mansub «Bemor» asari misolida quyidagicha ko‘rish mumkin.
Nochorlik, kambag‘allik oldida insonning qanchalar ojizligini anglatish, bolalar ko‘nglida o‘zgani anglash, achinish hissini uyatishni darsning tarbiyaviy maqsadi sifatida belgilash mumkin. Asar matni bilan tanishtirish, uning mohiyatiga kirishga, matn zamiridagi yozuvchi shaxsini anglashga, bitikda ilgari surilgan yetakchi qarashlarni ilg‘ashga o‘rgatish darsning ta'limiy maqsadini tashkil qiladi.
Dasturda ushbu hikoyani o‘rganish uchun ikki soat vaqt berilgan. Aslida hikoya ilg‘or ta'lim metodlari asosida o‘tilsa, uni o‘rganish uchun bir soat kifoya. Darslikda adibning hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi material mavjud. O‘qituvchi adib haqida ma’lumot beruvchi bu tayyor matnni o‘quvchilarga qaytarib aytib berishining hech hojati yo‘q. Uni o‘tgan darsning oxirida uy vazifasi sifatida topshirishi mumkin.
Slayd 7
O‘qituvchi o‘quvchi bilan Abdulla Qahhor orasidagi masofani qisqartirish, ularni bir-biriga yaqinlashtirish uchun adibning o‘quvchi yoshiga yaqin bolalik davridan ayrim xotiralarini aytib berishi mumkin. Masalan: «Namozgarga yaqin ko‘chada bolalar g‘ujurlashib qolishdi. Chiqdim… Hammadan ko‘ra ko‘proq qichqirib, yelib-yugurgan bola mening oldimga keldi, menga qahrli razm soldi-yu, birdan: — Kelgindi! — deb urgani qo‘l ko‘tardi. — O‘zing kelgindisan! — dedim ehtiyotdan orqaga chekinib. Boyagi bola bir irg‘ib mening kallamga qo‘yib yubordi. Men javob berishga qarasam, boshqa bolalar ham urmoqchi bo‘lib, ilon ko‘rgan chumchuqday atrofimda chug‘urlashib turishibdi. Shu mahall bizni kuzatib turgan kichkina salla, uzun malla to‘nli bir chol: — Qo‘yinglar, bolalar, tegmanglar, kelgindi bo‘lsa, o‘zi bo‘libdimi, xudo qilgan, dedi. Bolalar darrov tarqalishdi. «Kelgindi, kelgindi it» degan gaplarni Olim buvadan eshitganimda bu haqoratdan tashqari odam hazar qiladigan ma’nosi ham borligini bilmagan ekanman, cholning bu gapi boshimdan kirib, tovonimdan chiqib ketdi. Shundan keyin ko‘chadan, bolalardan ham, odamlardan ham ko‘nglim qoldi…
Slayd 8
Hikoyani o‘qituvchi uzog‘i bilan 4–5 daqiqada o‘qib beradi. Darslikda mualliflarning o‘quvchilar fikrini qolipga soladigan ularning hammasini bir xil mulohaza yuritishga undaydigan asar haqidagi talqini mavjud. O‘qituvchi bu talqinga to‘xtalmagani, hatto uni bolalarga o‘qishga bermagani ma’qul. Asarni o‘quvchilar bilan birga tahlil qilib bo‘lingandan so‘ng ular o‘z xulosa va qarashlarini darslik mualliflariniki bilan taqqoslab ko‘rishlari mumkin. O‘qituvchi bu ham ularga o‘xshagan bir kitobxonning talqini ekani, bu qarashlar bolalar xulosalarini yo‘qqa chiqarish uchun asos bo‘lolmasligi, hamma o‘z fikrida qolishi mumkinligini ta’kidlashni unutmagani ma’qul.
Hikoya tahlilini boshlashdan oldin asardagi tushunilishi qiyinroq bo‘lgan so‘zlar (Sim, Devonai Bahouddin, G‘avsula’zam, izvosh, oq podsho) doskaga yozilib, izohlanadi: «Sim — Farg‘ona shahrining eski nomi; Devonai Bahouddin — Muhammad ibn Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy (xalq orasida Xo‘ja Bahouddin Balogardon nomi bilan mashhur) — mashhur avliyo. U Muhammad s.a.v. avlodlariga mansub sayyizodalardan; G‘avsula’zam — pir; izvosh — ot qo‘shilgan arava; oq podsho — o‘sha davrdagi Rossiya podshosi».
Slayd 9
So‘ng o‘quvchilar bilan birgalikda, o‘qituvchi o‘zi uyda tuzib kelgan hamda darslikda berilgan savol-topshiriqlar yordamida asar tahliliga o‘tiladi. Eng avvalo, badiiy asarning nomiga diqqat qaratiladi. Uning matn mazmuniga qay darajada mosligi haqida o‘quvchilar fikri so‘raladi, mulohazalari eshitiladi. Asar mazmunidan kelib chiqib, hikoyaga boshqacha nom berishni so‘rash ham mumkin. O‘quvchilar faqat sarlavha taklif qilib qolmay, asarga nima uchun shunday nom berayotganini asoslashlari kerak bo‘ladi. Ular topgan sarlavhalarga o‘rtoqlari tomonidan munosabat bildirilsa, yanada yaxshi bo‘ladi. So‘ng epigrafga nazar tashlanadi. «Osmon yiroq, yer qattiq» maqolining mazmuni va uning hikoyaga daxldorlik darajasi so‘raladi. Bundan tashqari, hikoya matnidagi: «…yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi» maqoliga ham e’tibor qaratilib, o‘quvchilar uni qanday tushungani, asar matniga nima maqsadda kiritilgani, ayni shu maqol bo‘lmasa hikoya nima yutqizadi-yu, kiritilganda nima yutgani so‘raladi.
Slayd 10
Inson hayotida quvonchli va qayg‘uli kunlar mavjud. Ba’zan odam shodlikdan dunyoga sig‘may ketsa, ba’zida qayg‘u-g‘amning zo‘ridan dunyo unga tor bo‘lib ketadi. Issiq jon isitmasiz bo‘lmaganidan, odam turli darajadagi kasalliklarga yo‘liqishi mumkin. Yana shunday holatlar bo‘ladiki, moddiy tanglik, qo‘li kaltalik ham insonni nochor ahvolga solib qo‘yadi. Bunday holatdan chiqish uchun ba’zan inson yo‘l topolmay qoladi. «Osmon yiroq, yer qattiq» maqoli xalq tomonidan shunday vaziyatga tushib qolgan kishilarning holatini ifodalashga xizmat qiladi. O‘quvchilar gapi-gapiga ulanmagan holda o‘z fikrlarini aytishlari mumkin. Asar matnidagi «Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi» maqoli esa uning mazmuniga sezilmaydigan darajada yedirib yuborilgan. Bu to‘rttagina so‘zdan iborat maqol sahifa-sahifa bayonning vazifasini uddalab, o‘nlab jumlalar ishini umumlashtirib bajarganini o‘quvchilar bilan birgalikda ishlab, ularga yetkazish zarur.
Slayd 11
Har qanday haqiqat qiyosda oydinlashadi. Shu jihatdan Sotiboldining ahvoli nechog‘lik nochorligi xo‘jayini Abdug‘aniboy imkoniyatlarining axborot tarzida bildirilganligiga diqqat qaratiladi. Bu ham adibning tasvirlash mahorati qanchalar yuqori ekanini namoyish etadi. Xo‘jayinning Sotiboldi orzu ham qilolmaydigan «doktorxona»ga bormay, Simga ketganligi haqidagi shunchaki axborot, aslida «shunchaki» bo‘lmay, odamlarning moddiy imkoniyatlari o‘rtasidagi o‘tib bo‘lmas to‘siqlarni anglatadigan va shu jihati bilan baxtsizning baxtsizligini yanada bo‘rttirib ko‘rsatadigan vositadir.
Muallif o‘ta «sovuqqonlik» bilan Abdug‘aniboyning qoplar tagida qolib «o‘ladigan» bo‘lganda Simdagi doktorxonaga borganligi haqida xabar berganday bo‘ladi. Holbuki, Sotiboldining xotini to‘g‘risida biron joyda ham «o‘ladigan» so‘zini qo‘llamaydi. Moddiy imkoniyat «o‘ladigan» kasalni oyoqqa turg‘izishi mumkin bo‘lganidek, imkoniyatsizlik, chorasizlik «og‘rib qolish»day oddiygina kasallikni ham o‘lim bilan yakunlanadigan xastalikka aylantirishi mumkin ekan. Bunday topildiqqa o‘quvchilar o‘qituvchi yo‘naltirishi bilan o‘zlari erishishlari kerak. O‘qituvchining vazifasi savol-topshiriqlar bilan ularning e’tiborini mana shu kabi haqiqatlarga qaratishdan iborat.
Slayd 12
Sotiboldining xo‘jayini oldiga borganligi tasviriga o‘quvchilar e’tiborini qaratish, shu yo‘l bilan har bir personaj ruhiyati qirralari nechog‘lik yorqin tasvirlanganligini aniqlash zarur. Shunda inson deb atalmish murakkab mavjudotning ruhiy to‘lg‘onishlarini payqash mumkin bo‘ladi. Har qanday odam o‘zgalar bilan solishtirilgandagina haqiqiy qiymatiga ega bo‘ladi. Xo‘jayini oldiga nega borganini Sotiboldining o‘zi ham bilmaydi, lekin bordi. Har qanday risoladagi odam singari Sotiboldi ham xotinining tuzalishi uchun nimadir qilishi kerakligini biladi, lekin nimani? Boshiga musibat tushganda inson o‘zidan ko‘ra kattaroq, kuchliroq, aqlliroq kishining ko‘magiga, maslahatiga muhtojlik sezadi. Biror jonkuyari yo‘q Sotiboldi uchun esa Abdug‘aniboy ana shunday kishi bo‘lib tuyuladi. Boy Sotiboldining dardini his qildi, unga ruhiy madad berishga, ko‘nglini ko‘tarishga urindi. Uning niyati yaxshi. Sotiboldiga achinadi. Lekin ezguligi shu achinish bilan tugaydi. Demak, Abdug‘aniboyning yaxshiligi darajasi, olijanobligining miqyosi qilgan amaliga yarasha. Chinakam yaxshilik amalda, faoliyatda namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar boyning qanday odamligiga uning qilgan ishiga qarab baho berishlari so‘raladi.
Slayd 13
Hikoya tahlili so‘ngida badiiy asar tili haqida nazariy ma’lumot berish ham ko‘zda tutilgan. Asar boshdan-oxir til mahoratining yuksak namunasidir. Unda kampir nutqining Sotiboldinikidan, qizcha nutqining Abdug‘aniboynikidan, boy tilining gadoy nutqidan tamomila farq qilishi natijasida hikoyaning o‘qishliligi ortgani xususida o‘quvchilar bilan fikrlashish zarur bo‘ladi. Til — ruhiyat ko‘zgusi ekanligi, odamga xos juda ko‘p yashirin jihatlar aynan tilda yorqin namoyon bo‘lishi misollar asosida isbotlab berilsa, foydali bo‘ladi. Hikoya tahlilidan so‘ng uy vazifasi sifatida asarni davom ettirish vazifasini topshirish mumkin. Asar qahramonlarining keyingi hayotini o‘quvchilar o‘zlaricha tasavvur qilishlari, qarashlarini qog‘ozga tushirishlari ularning fikr kishisi bo‘lib shakllanishlariga ko‘maklashadi.
Slayd 14
Adib hayoti va ijodining ilmiy bayoni 5 ta nuqtadan tashkil topishi kerak:
• Muayyan adibning mutafakkir sifatidagi mavqei.
• Uslub shakllanishi.
• Milliy-ijtimoiy tafakkurga hissasi.
• Umumjahon badiiyati bilan munosabati.
• Milliy g‘oya tarkibidagi o‘rni.
Ilmiy bayon mezonlari (A, B, C, D, E)
Slayd 15
Tarjimai hol sermazmun, lekin hajman zo‘riqtirmaydigan bo‘lishi lozim.
Hikoya, xat yoki biografik asardan parcha berish — eng samarali usul (XX asr adabiyoti misolida).
Maqsad: Asarni tushuntirish va o‘qishga havas uyg‘otish.
Metodik xulosa va ocherk shakli
Slayd 16
Xullas, epik asar tahlilida obrazlar tasviri, voqealar rivoji, tili, unda ko‘tarilgan yetakchi g‘oyalarga e’tibor qaratiladi. Matn mazmunidan badiiy-hayotiy xulosalar chiqariladi.
Slayd 17
Adabiyot nazariyasi kursidan olgan bilimlaringizga tayanib, epik turga mansub asarlarning xususiyatlarini sanang. «Badiiy tahlil asoslari»dan o‘rganganlaringiz asosida badiiy tahlil bilan o‘quv tahlilining o‘xshash va farqli tomonlarini aytib bering.
Qissa janriga mansub biror asarni tanlab oling. Asar matnidagi o‘zingiz muhim deb bilgan detallarni savol-topshiriqqa aylantiring. Ularga o‘zingiz javob bering. Shu javoblaringiz asosida hikoyaning o‘quv tahlilini amalga oshiring.
«O‘quvchi qalbida o‘qishga intiltiruvchi ichki ehtiyoj hissini shakllantirish uchun adabiyot darslarida zarur sharoit, imkoniyat vujudga keltirilmog‘i lozim» degan fikrga qanday qaraysiz? Sizningcha, uni qanday tashkil etish mumkin? Bir asar misolida qarashlaringizni dalillang.
Savol va topshiriqlar:
Slayd 18
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.