Eng qadimgi dunyo geografik bilim va tasavvurlarining rivojlanishi (eramizning V asrigacha)
4000 so'm

Slayd 1
ENG QADIMGI DUNYO GEOGRAFIK BILIM VA TASAVVURLARINING RIVOJLANISHI (ERAMIZNING V ASRIGACHA)
Slayd 2
Reja:
Geografik dunyoqarashning shakllanish omillari
Qadimgi davlatlar geografiyasi
Qadimgi Gretsiya (Yunonistonda)geografik bilimlarning rivojlanishi
Eng qadimgi sayohatlar va ularning ahamiyati
Slayd 3
Geografiyani eng qadimgi shakllangan fanlar qatoriga kiritish mumkin. Geografiya so‘zining lug‘aviy ma’nosidan ko‘rinib turibdiki, (qadimgi yunon tilidan “geos” – Yer, “grafos” – tasvirlamoq) kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridayoq qadimgi odamlar uchun joy haqida tasavvurlar juda zarur bo‘lgan.
Slayd 4
Ilk geografik dunyoqarashning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar
Qadimgi odamlarda geografik dunyoqarash asosan ularning hayot tarzi, ya’ni ovchilik va terib-termachlab oziq topish jarayonida shakllangan. Qadimgi odamlar har qanday hududda tezkorlik bilan mo‘ljal olishni, tabiiy obyektlarning makon va zamonga xos nisbatlarini yaxshi bilganlar.
Slayd 5
Geografik bilimlar tarixini o‘rganishda qadimgi davr ya’ni antik davr geografiyasini quyidagi qismlarga bo‘lish mumkin:
Qadimgi Osiyo davlatlari Misr, Bobil, Ossuriya, Eron, Hindiston, Xitoy, finikiyaliklarda geografik bilimlarning shakllanishi.
Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)da tabiatshunoslik va falsafa fanlari orqali geografik bilimlarning rivojlanishi.
Slayd 6
Ta’kidlash kerakki, qadimgi Gretsiyadan tashqari barcha davlatlarda geografik bilimlar yangi yerlarni bosib olish orqali to‘planib borgan va asosan mamlakatlardagi mavjud resurslarga egalik qilish uchun amalga oshirilgan.
Slayd 7
Qadimgi Misr iyerogliflarining o‘qilishi orqali ilk geografik ma’lumotlar eramizdan avvalgi XXIX asrga tegishli ekanligi va bu yozuvlarda misrliklarning Suvaysh qo‘ltig‘iga chiqib, Timsoh, katta va kichik Taxir ko‘llarni topganlari ma’lum bo‘ldi. Aleksandr Makedonskiy yurishlariga qadar misrliklarga o‘z mamlakatlaridan tashqari Qizil dengizning Afrika va Arabiston qirg‘oqlari, Nil daryosining quyi oqimi tomon 2 ming km gacha bo‘lgan hududlar yaxshi ma’lum edi.
Slayd 8
Mesopotamiyada yashagan shumerlаr sopol kartalarda Livan, Zagros tog‘lari, Frot daryosi oqimining katta qismi, Dajla daryosining irmoqlari, Fors tog‘li o‘lkasi, Bahrayn, Ummon hududlarini tasvirlaganlar. Bobil xaldeylarining saqlanib qolgan yozuvlarida Yerning sharsimon ekanligi aytilgan va uning aylanasi 24000 milga teng deb ko‘rsatilgan.
Slayd 9
Qadimgi Ossuriya davlati doimiy bosqinchilik urushlari olib borishi natijasida Qora va Kaspiy dengizlari, Eron, Turkman-Xuroson tog‘liklari, Harirud va Murg‘ob daryolarining quyi oqimlari, Kichik Osiyoning sharqiy qismlarigacha bo‘lgan yerlarni egallab, bu yerlar haqida ma’lumotlar qoldirganlar.
Slayd 10
Qadimgi forslarning geografik bilimlari haqida Behustun qoyasidagi yozuvlardan bilamiz. Bu yozuvlar Doro I buyrug‘I bilan er. av. 521-518 yillarda qoyaga tushirilgan. (Bu qoya Kermonshoh shahridan 30 km narida bo‘lib, Doro I ning harbiy yurishlaridan hikoya qiladi.)
Slayd 11
O‘rta yer dengizining sharqiy qirg‘og‘ida yashagan finikiyaliklar Sidon, Tir kabi shahar davlatlarni bunyod qilganlar. Ulardan yozma manbalar qolmagan, ammo ularni Yevropa qirg‘oqlari va O‘rta yer dengizi orollari, Shimoli-g‘arbiy Afrika, Atlantika okeaniga chiqish yo‘lini kashf etuvchilar deb hisoblashadi. Gerodot ularning Afrikani aylanib o‘tganlari haqida yozib, o‘zining bunga ishonmasligini aytgan. Bu yozuvlarga ko‘ra finikiyaliklar Afrika materigini sharqdan g‘arbga tomon aylanib o‘tganlar.
Slayd 12
Karfagenliklar Azor orollari, Atlas tog‘lari haqida ma’lumot qoldirganlar, ular quruqlikdan Sahroyi Kabirni kesib o‘tib, Niger daryosigacha yetib borganlar. Ular Atlantikaning g‘arbiy qirg‘oqlari bo‘ylab doimiy suzishlarni tashkil etganlar, chunki ularning yozma manbalariga ko‘ra Gvineya qo‘ltig‘igacha yetganlar deb xulosa chiqarish mumkin.
Slayd 13
Eng qadimgi manbalar Hindistonning shimoliy qismidagi Xarappa shaharlar ittifoqiga tegishli bo‘lib, mashhur Mohenjo-daro shahri ham ushbu ittifoqqa tegishlidir. Ularning o‘rniga kelgan hindi-oriylar Hindiston yarim orolining janubiy hududlarigacha yetib borganlar, Lakkadiv, Maldiv, Nikobar va Andaman orollarini o‘zlashtirganlar. Hind savdogarlari sharq-u-g‘arb tomonga sayohat qilib, O‘rta Yer dengizi bo‘yi va Xitoyni bir-birigа bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘liga asos solishgan (er. av. II asr.)
Slayd 14
Qadimgi Xitoy davlatining hududi hozirgi Xitoy va O‘rta Osiyo, janubi-sharqiy Osiyogacha yetib borgan. Qadimgi xitoyliklar kartografik va navigatsion bilimlarga ega bo‘lganlar. Qadimgi Xitoy xaritalari obyektlarning aniqligi va shartli belgilar ishlatilganligi bilan qimmatlidir.
Slayd 15
Iliada
Odisseya
Slayd 16
Milet falsafa maktabi namoyandasi Fales “gorizont”, “dunyo tomonlari” tushunchalarini ishlab chiqdi, yilning 365 kundan iboratligini aniqladi, quyosh tutilishini oldindan aytdi. U geometriya faniga asos solgan. Uning shogirdi Anaksimandr dunyo tomonlari hisobga olingan birinchi kartani tuzgan. Milet maktabida Yerni barkashsimon deb tasavvur qilganlar.
Slayd 17
Qadimgi Gretsiyaning haqiqiy birinchi geografi Gekatey bo‘lgan (er. av. 550-480 yy). Uning “ Periodos ges” yoki “Yer tasviri” kitobidan parchalar saqlanib qolgan. U yaratgan kartada Yevropaning Dunay daryosigacha, Osiyoning Kaspiygacha, va shimoliy Afrika (Liviya) hududlari tushirilgan. O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari aniq tasvirlangan.
Slayd 18
Geografiyaning tabiatshunoslik nuqtai nazardan o‘rganilishiga Aristotel (er. av. 384 – 322 yy.) asos soldi. U va uning shogirdlari geografik va tabiat to‘g‘risidagi qimmаtli bilimlarni to‘plaganlar va tajribalar orqali isbotlaganlar. Agar Yerning sharsimonligi Bobil xaldeylari, Pifagor va Parmenid tomonidan aytilgan bo‘lsa Aristotel va Evdokslar tomonidan asoslab berildi.
Slayd 19
Aristoteldan yarim asrdan keyin Eratosfen geografiya faniga yo‘l ochdi. U “Geografiya” atamasini fanga kiritdi. Eratosfen graduslar to‘riga asoslangan xarita yaratdi. Uning eng katta xizmati yer sharining aylanasini aniq o‘lchaganligidadir. Uning hisobicha Yer aylanasi 39500 km. Yerning haqiqiy aylanasi 40077 km.
Slayd 20
Chjan Syan sayohatining marshruti:
Tyan-Shan tog‘li o‘lkasi – Farg‘ona vodiysi-Xuroson o‘lkasi – Pomir tog‘li o‘lkasi – Taklamakon cho‘li – Chan’an shahri. Sayohatdan maqsad elchilik bo‘lib 10 yil davom etgan va 15 000 km yo‘l bosilgan. Ilk bor “Sayohatnoma” asari yaratilgan.
Slayd 21
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.