El ardog’idagi shoir
8000 so'm

Slayd 1
El ardog’idagi shoir
Slayd 2
O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonda bir-biriga o’xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan iste’dodli shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan biri,shubhasiz, O’zbekiston xalq shoiri, xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf edi.
Slayd 3
Muhammad Yusuf o’zbek xalqining jonfido farzandi, Katta iste’dod sohibi edi. U betakror , serjilo she’rlari bilan Vatan madhini tarannum etdi.
Ko’hna tolbeshikdan boshlangan olam, Senga iddaolar qilmay sevaman.
Bir kuni singlim, deb, bir kuni opam-
Vatan , kimligingni bilmay sevaman!..
Slayd 4
M.Yusuf hamisha kishilar og’irini yengil qilishni o’ylaydi, tilaklarning eng sarasini ularga tutadi. Samimiy tuyg’ular qarida otalar duosi, onalar istagini, millatning urf-odatlari-yu iymon, doyonatning tarozisini joyladi:
• Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
• Ajin tushsin yuzlariga, dog’ tushsin.
• Har kimning ham quvvat ketib belidan,
• Qo’llariga aso bir tayoq tushsin.
Slayd 5
Shoirning dunyodagi eng mo’tabar zot- ona timsoli tarannum etilgan misralari qalbimizga selday oqib kiradi, ummonday mavjlanadi:
• Oh , mening ortimdan ovvora onam
• Bir parcha yuragi ming pora onam.
• Har baloni ko’rib yorug’ dunyoda,
• Toshkanni ko’rmagan bechora onam.
Slayd 6
Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoir. Unga mustaqil yurtini, ozod xalqini ko’rish nasib etdi. Yurtining eng ulug’ bayramlarida uning qo’shiqlari baralla yangraydigan boldi. O’zbekiston haqidagi she’rini yoshlar hatto o’z madhiyalariga aylantirib yubordilar.
Slayd 7
Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim,
O’zim hoqon,
O’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg’izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vatanim…
Slayd 8
Shoir M. Yusuf eng go’zal she’rlaridan biri ‘’Lolaqizg’aldoq’’ she’rida o’zining taqdir chizgilarini ham donishmandona tasvirlab berganga o’xshaydi:
• Mendan nima qolar: ikki misra she’r,
• Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq.
• Odamlar ortimdan nima desa der,
• Men seni o’ylayman o’zimdan ko’proq Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq!
Slayd 9
Muhammad yusuf
pokiza inson edi. U odamlarning esini og’dirgan, o’ylatgan, kuldirgan, yig’latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi. Muhammadga ko’z tegdi. Aslini olganda asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday meros qoldirdi.
(Said Ahmad)
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.