Dunyoning ishlari (O’tkir Hoshimov)
8000 so'm

Slayd 1
“Dunyoning ishlari”
Slayd 2
Dunyoning ishlari (O’tkir Hoshimov)
Dunyoning ishlari
(O’tkir Hoshimov)
Slayd 3
O‘tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentning Do‘mbirobod mahallasida tug‘ilgan.
5-sinfda o‘qib yurgan vaqtidayoq she’r mashq qila boshlagan edi.
Slayd 4
ASARLARI
Yozuvchining 40 dan ortiq asarlari ming-minglab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Ushbu asarlar joy olgan kitoblarning umumiy adadi esa 2 MILLION nusxadan oshgan. Yozuvchi asarlari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Slayd 5
Adib 2013-yil 24-may kuni vafot etgan.
Slayd 6
“Dunyoning ishlari” qissasi
Slayd 7
“Dunyoning ishlari” qissasi ONALAR haqidagi eng yaxshi asarlardan biri!
Slayd 8
Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam Onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oz ko’zim bilan ko’rganman. Faqat ba’zilarining ismi o’zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog’langan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o’xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag’ishlanadi aziz Onajonlar!
Slayd 9
E’tirof
O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad:
• «O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas doston dеb atashni istar edim. U qo‘shiqday o‘qiladi, uni o‘qib turib o‘z onalarimizni o‘ylab kеtamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, dеgan andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi».
Slayd 10
Asar haqida
1981-1982-yillarda yozilgan.
O‘tkir Hoshimovning bu asari har biri o‘ziga mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush», «Alla», «Oltin baldoq», «O‘ris bolaning oyisi», «Iltijo» kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o‘g‘li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etgan Ona madh etiladi.
Slayd 11
1983 -yil «Dunyoning ishlari» qissasi uchun Oybеk nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirlandi.
«Dunyoning ishlari» qissasi asosida ishlangan film yillar davomida «zangori ekran»da 30 martaga yaqin namoyish qilindi.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.