Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari
8000 so'm

Slayd 1
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari
Slayd 2
Reja:
Geografiya fanining shakllanishiga ta’sir etgan ilmiy tadqiqotlar
01
Geografik tadqiqotlar yo‘nalishlari va ilmiy maktablari.
02
Eng yangi davrdagi geografik kashfiyotlar
03
Slayd 3
Tabiiy resurslardan foydalanish zaruriyati geologiya fanining rivojlanishiga turtki bergan. 1795-yilda Jeyms Gatton “Yer teoriyasi” kitobini nashr qildirdi. 1830-yilda Charlz Lyayel Yerning geologik tarixi asarini yaratdi. Aynan uning ishlari keyinchalik materiklarning suzib yurishi (Vegener) va organik olamning evolyutsion rivojlanishi (Darvin 1859-yil) ta’limotlarining yaratilishiga asos bo‘ldi. Astronomiya va kosmogoniya (Kant va Laplas), ximiya (Lavuaze, Zinin) fanlarida yangi ta’limotlar va nazariyalar paydo bo‘ldi.
Slayd 4
Geografiyaga alohida fan sifatida yangicha qarashlar XVIII asrda I. Kant tomonidan rivojlantirildi. I. Kant tadqiqotlar tizimining o‘ziga xos manzarasini yaratib, ularni uch xil mazmunga ega deb ta’kidlaydi. Bunda olamni o‘rganishda o‘lchamlar va hajmlarni o‘rganishda matematik yondashuv, makonni o‘rganishda geografik yondashuv, vaqtni o‘rganishda tarixiy yondashuv mavjudligi va bu tadqiqotlarning bir-biridan alohida olib borilishi mumkinligi aytiladi. Shunday qilib I. Kant geografiya tizimida matematik va tarixiy uslublarni rad qildi. Bunday yondashuv fanga metafizik qarash deb atalgan.
Slayd 5
Rus olimi K. Arsenev bunday qarashlarni birlashtirib, geografiyada statistik uslubni qo‘llashni taklif qildi. K. Arsenev Rossiya tabiati va xo‘jaligi misolida kompleks tabiiy va iqtisodiy ijtimoiy geografik tadqiqotlar jamiyat taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lishini isbotladi.
XIX asrda Yer yuzasining turli hududlari chuqur o‘rganildi va qiyoslandi. Buning natijasida tabiatni anglashning va undan foydalanishning yangicha uslublari yaratildi.
Slayd 6
Dmitriy Nikolaevich Anuchin (1843-1923) geografik tadqiqotlarni turli fan sohalari tarix, etnografiya, antropologiya, biologiya, sotsiologiya, fizika, ximiya va hokazo tadqiqotlar bilan bog’liqlikda olib borish uslubiga asos soldi.
D. Anuchin geografiyani umumiy yer bilimi va mamlakatshunoslik sohalariga bo‘ldi.
Slayd 7
Yevropada geografiya fanining rivojlanishiga germaniyalik Oskar Peshel, Ferdinand Rixtgofenlar hissa qo‘shdilar. O. Peshel tabiiy geografiyada qiyosiy uslubni rivojlantirdi, F. Rixtgofen landshaft tushunchasini kiritdi va geografiyaning predmeti sifatida tabiiy manzaraning o‘zgarib borish xususiyatini asosiy masala deb oldi.
Slayd 8
XIX asr oxirida nemis sotsiologi Fridrix Ratsel antropogeografiya faniga asos solib, geografik tadqiqotlarda inson faktorini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Uning zamondoshi bo‘lgan geograf Georg Gerland geografiya tizimidan inson faktorini butunlay chiqarish fikrini o‘rtaga tashladi.
Slayd 9
Geografiyaning nazariy asoslarini yaratishda Alfred Gettnerning xizmatlari katta. U geografiya fanidan yangi yo‘nalishlarning ajralib chiqishiga qarshi chiqdi va ularga taaluqli masalalarni kompleks geografik tadqiqotlar asosida o‘rganish kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha geografiyaning mohiyati tadqiqotlarda hududiy – fazoviy uslubning qo‘llanishidir. Makonning alohida hududlari tushunchasi tabiatda tabiiy mavjud emas va bu tadqiqotchining subyektiv fikridan kelib chiqadi. Makon genezisi (kelib chiqish tarixi) esa geografiyaning tadqiqot sohasiga kirmaydi.
Slayd 10
Turli sohalar bilan shug‘ullangan olimlar geografiyaga bog‘liq tadqiqot usullarini yaratib, geografiya fanining bir qancha maktablarini shakllantirdilar. Professor Yuliy Saushkin ushbu maktablarni quyidagicha sanab ko‘rsatadi:
Berg va Borzovning tabiiy geografiya maktabi.
Vernadskiy-Polinov geoximik geografiya maktabi.
Glushkov-Muraveyskiy gidrologik geografiya maktabi.
Shokalskiy – Zubov okeanologiya maktabi.
Sukachyov biogeografiya maktabi.
Baranskiy – Kolosovskiy iqtisodiy ijtimoiy geografiya maktabi.
Slayd 11
XX asrdagi materiklar ichkarisiga qilingan sayohatlar davomida eng baland cho‘qqilar zabt etildi. Yevropaning eng baland nuqtasi Monblan (4807 m) 1786-yildayoq Pakkar va Balma tomonidan zabt etilgan. 1933-yilda Abalakov Pomirning eng baland cho‘qqisiga chiqdi. Hozirda bu cho‘qqi Somoniy deb ataladi (7495 m). 1939-yilda L. Gutman, A. Sidorenko, E. Ivanovlar Tyan-Shan tog’ining eng baland nuqtasi G’alaba cho‘qqisiga (7439 m) yetib bordilar. Qoraqurum tizmasining eng baland nuqtasi bo‘lgan Chogori (8611 m) Akile Kompanyoni va lino Lechedelli tomonidan zabt etildi.
Slayd 12
Jamolungma cho‘qqisi Yer yuzidagi eng baland nuqta ekanligi 1856-yilda isbotlangan (8848 m). Bu cho‘qqiga chiqish ko‘plab alpinistlarning asosiy maqsadiga aylandi. XX asrning birinchi yarmida cho‘qqiga chiqishga bir necha bor harakat qilindi, lekin muvaffaqiyatga erishilmadi. 1953-yilda Jomolungma cho‘qqisi Yangi Zelandiyalik Edmund Xillari va Nepallik Norgey Tensing tomonidan zabt etildi.
Slayd 13
Okean chuqurliklarini o‘rganish XX asrda boshlangan. 1929-yilda sovet kemasi “Persey” shimoliy suvlarni tadqiq qildi. 1924-1928 yillarda nemis kemasi “Meteor” janubiy Atlantika chuqurliklarini o‘rgandi. Bundan keyingi davrlarda okean chuqurliklarini o‘lchash va o‘rganish uchun ko‘plab ekspeditsiyalar tashkil qilindi.
Slayd 14
1930-yillarda Otis Barton va Uilyam Bib batisferani ixtiro qildilar. 1934-yilda batisferada 940 metr suv ostiga tushildi. 1943-yilda Jak Iv Kusto akvalangni ixtiro qildi.
Slayd 15
1932-yilda Shveytsariya fizigi Ogyust Pikkar aerostatda 16200 balandlikka ko‘tarildi, aerostatning tuzilishi asosida u batiskafni ixtiro qildi. U 1960-yil 23-yanvar kuni batiskafda Tinch okeandagi Marianna cho‘kmasining 11022 metrlik tubigacha tusha oldi.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.