Dialogik nutq mazmuni va vazifalari
8000 so'm

Slayd 1
Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Slayd 2
Reja:
Kirish
Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish.
Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati.
Dialogik nutqni shakllantirishga doir maxsus mashg‘ulotlarning ahamiyati.
Xulosa
Slayd 3
Bolalarni dialogik nutqqa o‘rgatish muammolari. Dialogik nutq ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu nutq keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialogik nutq tarkibida to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida so‘roq va undov gaplar ham uchraydi. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari Dialog – suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqot b) maxsus mashg‘ulotlarda Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1–2 ta mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim.
Slayd 4
Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlarning ahamiyati. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Slayd 5
-Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi.
Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2–2,5 Oydan boshlab kichkintoy dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi. Dialogning birinchi shakli – emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir. Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni emotsionalvositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu dialog predmetlar orqali vositali dialogga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga yo‘naltirilgandir.
Slayd 6
Unda yangi taassurotllarga e’tiyoj yorqin paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat: Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e’tiborga bo‘lgan ehtiyojni qondirish. Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning o‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.
Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni – predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o‘tirish va hokazolarni o‘rganadi). Dialog jadal rivojlanishda davom etadi, zero, kattalar bilan bevosita muloqotsiz predmetli faoliyat mumkin emas.
Slayd 7
Predmetli faoliyat bilan bog‘liq dialog faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy dialogga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matrushka kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h. K. ) Mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar.
Slayd 8
Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari. Dialogga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya’ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rnini bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish, juftlik o‘yinlarni rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Bola uchun katta yoshli odam – bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dialogga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning kamchiliklarini «tuzatadi» (Temur dadasining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada».
Slayd 9
Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»). Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasavvur yagona o‘xshashlikdan («lyalya» – katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so‘zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so‘z yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi bir vaqtning o‘zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi ma’nolarni anglatishi mumkin va h. K. ). Bola asta-sekin bu munosabatlarni grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyinroq esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yilning oxiriga kelib, dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bolaning so‘z zaxirasi ortadi. 1 Yoshu 6 oyda uning so‘z zaxirasi 30–40 ta so‘zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshq) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi. 2 Yoshga kelib bolaning so‘z zaxirasi 200–300 tagacha o‘sadi.
Slayd 10
Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita dialogga kirishgan vaziyatda esa nutqiy dialog yetakchi dialog turiga aylanadi. Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo, katta yoshli yaqin qarindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrofolamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy dialogning asosiy shaklini – dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilishni o‘rganadi. Bola o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so‘zlardan foydalanadi. Biroq, bola tomonidan foydalanilayotgan so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli ma’nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash, ular bilan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli kishi bola bilan o‘zaro bir-birini tushunishini va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi.
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.