Developing Listening and Speaking, Writing and Reading in an Intensive Language Program
4000 so'm

Slayd 1
Demokratiya va uning rivojlanishi
Slayd 2
01
02
03
04
Mavzu rejalari:
Demokratiya tushunchasi mohiyati va uning rivoji.
Demokratiyaning zamonaviy talqini va uning vazifalari.
Demokratiya modellari va shakllari.
Demokratiyani joriy etish masalasi: shart-sharoitlar va to‘siqlar.
Slayd 3
“Barcha odamlar respublika shaklidagi davlatlarda ham, mustabid davlatlarda ham tengdirlar;
birinchi holatda ular hamma narsani hal qiluvchi bo‘lganliklari uchun, ikkinchi holatda esa “hech narsa” ekanliklari uchun tengdirlar.
Erkinlik — qonun ruxsat etgan barcha ishni qilishdir”.
Slayd 4
Demokratiya dahshatli narsa, lekin insoniyat hali undan afzalroq narsani o‘ylab topgani yo‘q.
U.Cherchil
Slayd 5
“Demos” xalq +“Cratos” hokimiyat = “Demokratiya” “xalq hokimiyati”
Ayni paytda, turli xalqlar demokratiyaning shakli va mazmunini turli davrlarda turlicha talqin etishgan. Demokratiyaning antik davrdagi talqini bilan hozirgi zamon talqini aynan bir xil emas.
Slayd 6
Isyonkor yo‘qsillar tantanasi;
Kambag‘allar hukmronligi;
Polis ishida barcha fuqarolar ishtiroki;
Rasmiy tadbirlar orqali (saylov, navbat, tayinlash) boshqaruvni amalga oshirish.
Ilmiy manbalarda demokratiyaning vujudga kelish asoslari qadimgi Gretsiya nomi bilan bog‘lanadi. Ularda demokratiya yana quyidagi ma’nolarni bildirgan:
Slayd 7
O‘rta asrlar siyosiy qarashlarida demokratiya nazariyasi qadimgi davrdagidan ancha farqlanadi. Bu davrga kelib “demokratiya – monarxning xalq ustidan hokimiyat” degan ma’no kasb eta boshlagan edi.
Gollandiya, Venetsiya, Lukka, Jeneva, Genuya demokratik tipdagi shahar va davlatlar paydo bo‘ldi.
Slayd 8
T.Jeferson xizmati katta bo‘lib, u o‘z zamonasining buyuk hujjati – AQSH Mustaqillik deklaratsiyasining muallifidir.
Deklaratsiyaga ko‘ra:
xalq-hokimiyatning birdan-bir manbasi va unga suverenitet xosdir;
hukumat xalqning xizmatkoridir;
davlatning barcha organlari xalq manfaatlari yo‘lida faoliyat yurgizishi lozim va agar ushbu manfaatlarni buzsalar, xalq o‘ziga yoqmagan hukumatni ag‘darib tashlash huquqiga ega;
hokimiyatlar bo‘linishi ta’minlanishi lozim.
Slayd 9
Mohiyatiga ko‘ra ushbu hujjat 1948-yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining debochasi bo‘lib, uning uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Slayd 10
Demokratiyaning rivojiga yangi davrdagi ijtimoiy shartnoma nazariyasi maktabi vakillarining (T.Gobbs, J.J.Russo, J.Lokk, Sh.L.Monteske va boshqa) siyosiy-huquqiy qarashlari inson huquqlari va erkinliklari rivojiga keng yo‘l ochib berdi. Demokratiyaning bir qator asosiy elementlari (xalq va hokimiyat suvereniteti, ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish va o‘zaro ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish g‘oyasi) shakllandi.
Slayd 11
Toifalar o‘rtasidagi tafovutlarning yo‘qolishi, fuqarolar siyosiy tengligining qaror topishini demokratiyaga xos bo‘lgan anarxiyaga aylanish xavfini ko‘ra oldi. Jamiyatning qullikka qarab borishi ham demokratik xususiyatga ega.
Yangi davrda demokratiyaning rivojiga fransuz davlat va siyosat arbobi Aleksis de Tokvil (1805-1859) o‘zining “Amerikada demokratiya” nomli kitobi bilan katta hissa qo‘shdi.
Slayd 12
XX asrda demokratiya to‘g‘risidagi qarashlar tubdan o‘zgardi
BMT tomonidan 1948-yilda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi demokratiya uchun kurashning yangi to‘lqinini boshlab berdi.
Slayd 13
V. Pareto
Demokratiyada barqaror tartibot bo‘lmay, doimo siyosiy chegara o‘rtasida o‘zgarib, jamiyatning anarxik va yarim anarxik holatidan odamlarning siyosiy mustaqilligini cheklaydi.
Demokratiyaga tanqidiy yondoshuv
Slayd 14
G. Moska
O‘rtacha demokratiya xilma-xil safsatabozlarning ta’sirida va quyidagilarni ortiqcha kengayib ketganligi oqibatida u olomonlar hokimiyatiga aylanadi, keyin esa diktator yoki diktatura paydo bo‘ladi.
Demokratiyaga tanqidiy yondoshuv
Slayd 15
1974-yildan ko‘plab avtoritar va totalitar davlatlar demokratik tizimga o‘tishdi. Siyosatshunoslikda bu “demokratik tranzit” deb nomlanadi.
Bu konsepsiya 1970-yillarda amerikalik mutaxassis Denkvort Rostouga tegishli, unga ko‘ra avtoritar tuzumlar ma’lum vaqtdan keyin qulashi liberal-demokratik tuzumlar o‘rnatilishiga olib keladi.
Slayd 16
S.Xantington “demokratik tranzitning” tarixda 3 to‘lqini bo‘lgan deb ta’kidlagan:
Birinchi to‘lqin XIX asr boshida boshlanib, to XX asrning 20-yillari boshlarigacha davom etdi.
Ikkinchi to‘lqin 2-jahon urushida Ittifoqchilar qozongan g‘alabadan turtki olib, 1962-yilgacha davom etdi.
Uchinchi to‘lqin Sovet Ittifoqi va Afrikaning ayrim qismlarida sodir bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlarni hisobga olmagan taqdirda ham, demokratik mamlakatlar sonini ikki baravarga oshirdi.
Slayd 17
Bugungi kunda “demokratiya” tushunchasini qanday tushunamiz? Buni AQSH prezidenti Avraam Linkoln quyidagicha izohlagan:
demokratiya
xalq uchun
xalq boshqaruvidir
xalq saylagan
Demokratiya xalqning
o‘zidan kelib chiqadi
xalq tomonidan
amalga oshiriladi
xalq manfaatlari
uchun xizmat qiladi
Slayd 18
Hozirgi siyosatshunoslikda “demokratiya”atamasi to‘rt ma’noda qo‘llaniladi:
Adolatli va shaffof saylovlarning o‘tkazilishi
Teng huquqlilik
Erkinlik
Xalq hokimiyatiga intilgan ijtimoiy va siyosiy harakatlar
Slayd 19
Demokratik davlat – davlatning tamomila yangi tarixiy shaklidir. U ijtimoiy adolat prinsiplariga, huquqqa, qonunga, konstitutsiyaga asoslanadigan davlatdir. U xalq uchun xizmat qiladigan, uning manfaatlari va huquqlarini ta’minlaydigan davlatdir. Demokratik jamiyat qurish jarayoni kuchli fuqarolik jamiyati yaratishni taqozo qiladi.
Demokratik davlat
Slayd 20
Demokratiyaning muhim belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Xalq davlat hokimiyatini boshqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi;
Davlatning suverenitetiga egaligi;
Davlatda to‘la suverenitet ta’minlanishi uchun o‘z davlat ramzlariga (bayrog‘i, gerbi, madhiyasi), davlat tiliga egaligi, davlatning poytaxtiga egaligi, chegaralaring daxlsizligi, bo‘linmasligi;
Hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipiga ko‘ra davlat organlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linishi;
Jamiyat va davlatning eng muhim masalalari umumiy ovozga referendum o‘tkazish yo‘li bilan hal qilinishi.
Slayd 21
Davlatda fikrlar xilma-xilligi asosida siyosiy rejim o‘rnatish. Ya’ni hech qaysi mafkurani davlat mafkurasi sifatida o‘rnatmaslik.
Davlatda ijtimoiy adolat va qonuniylik o‘rnatilganligi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinishi.
Inson huquqlarini tan olish va xalqaro andozalar miqyosida ro‘yobga chiqarish.
Demokratik huquqiy va dunyoviy davlat prinsiplarini amalga oshirish.
Ijtimoiy nizolarning oldini olishning, barqarorlik va milliy kelishuvni qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy mexanizmining mavjudligi.
Slayd 22
Demokratiyaga to‘siq bo‘luvchi bir qator omillami sanab o‘tish mumkin:
1. Kambag‘allik;
2. Ijtimoiy tengsizlik;
3. O‘rta sinfning mavjud bo‘lmasligi;
4. Ta’lim darajasining pastligi;
5. Neft;
6. Qabila-urug‘chilik tizimi;
7. Zaif fuqarolik jamiyati;
8. Ilgari demokratik tajribaning mavjud bo‘lmasligi;
9. Yon-atrofida demokratik davlatlarning mavjud bo‘lmasligi.
Slayd 23
Liberal demokratiya;
Plyuralistik demokratiya;
Sotsial demokratiya.
Metodologik nuqtayi nazardan demokratiyaning uchta modellarini farqlash mumkin:
Slayd 24
Liberal demokratiya
Mulkiy va boshqa cheklovlarning yo‘qligi;
Shaxsiy erkinliklarning kafolatlanganligi;
Barcha fuqarolar qonun oldida tengligi;
Davlat boshqaruvi saylov orqali amalga oshirilishi;
Fuqarolik jamiyati va institutlarining faolligi.
Slayd 25
Plyuralistik demokratiya
Ko‘p partiyaviy tizim;
Manfaatlar raqobati;
Ozodlik va shaxsiy huquqlarni himoya qilish;
Koalitsiyalar tuzish;
Hokimiyatning tarqalganligi;
Kompromiss.
Slayd 26
Sotsial demokratiya
jamoaviylik, ijtimoiy manfaatlarning shaxsiy manfaatlardan ustunligi;
davlat ishlarida fuqarolarning teng huquqliligi va faol ishtiroki;
inson huquqlarining kafolatlanishi;
so‘z va mitinglar o‘tkazish erkinliklari;
fuqarolarning boshqaruvda ishtirok etishlari uchun ijtimoiy shart-sharoitlarning yaratilishi.
Slayd 27
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.