=== Taqdimot 1 ===
Depressiya va suidsid
=== Taqdimot 2 ===
Depressiya haqida tushuncha.
Suidsidning kelib chiqishi va uning oqibatlari.
Suidsidand mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi.
Depressiya va suidsidni oldini olish.
Bu jarayonda ko‘riladigan chora–tadbirlar.
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Depressiya kayfiyatning keskin pasayishi, fikrlar karaxtligi va har qanday harakatga bo‘lgan intilishning yo‘qolishi bilan kechuvchi kasallik deya ta’rif beriladi.
Depressiya nima
=== Taqdimot 4 ===
Depressiyaning asosiy kelib chiqish sabablari – bular o‘tkir va surunkali ruhiy siqilishlar, ketma-ketma keluvchi muvaffaqiyatsizliklar va uzoq davom etuvchi og‘ir kasalliklardir. Tashqi salbiy omillar sababli rivojlangan depressiyaga “ekzogen” depressiya deb aytiladi. Hech qanday sababsiz rivojlanadigan depressiyaga “endogen” depressiya deyiladi. Endogen depressiyalar rivojlanishida nasliy omilning o‘rni katta.
Kelib chiqish sabablari
=== Taqdimot 5 ===
Depressiyaning hulq-atvorga ta’siri
Depressiyada xulq-atvor buzilishlari juda ko‘p uchraydi. Bular – o‘z joniga qasd qilishga intilish, biror-bir faoliyatga qiziqmaslik, kamharakatchalik, uydan chiqmay yotaverish, yolg‘izlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish, ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qo‘yish.
=== Taqdimot 6 ===
Suitsid (lot. “suicaedere”, “sui”-men, “caedere”-o‘zimni o‘ldiraman)– ongli ravishda o‘z joniga qasd qilish, degan ma’noni anglatadi. Suitsidal xulq-atvor va suitsid tushunchalari orasida ma’lum bir tafovut bor. Ya’ni, suitsidal xulq-atvor kengroq tushunchaga ega bo‘lib, o‘z joniga qasd qilish harakatlari, ko‘rinishlarini ifodalaydi. Suitsidni amalga oshirmoqchi bo‘lgan o‘smir aksariyatda stress chuqur tushkunlik holatida bo‘lishi, “boshi berk ko‘cha”ga kirib qolganligi, muammolari ko‘pligi bilan ajralib turadi. 10-13 yosh oralig‘ida suitsid nisbatan kamroq uchraydi, 14-16 yosh oralig‘ida esa o‘z maksimumiga etadi.
=== Taqdimot 7 ===
Voyaga etmaganlar o‘rtasida sodir etilgan suitsid holatlarining sabablari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 62% holatda o‘smirlar tomonidan sodir etilgan suitsidda oiladagi nizolar va nosog‘lom muhit, kattalar tomonidan sodir etilgan tazyiq, ayrim pedagoglarning loqaydligi sabab bo‘lgan.
=== Taqdimot 8 ===
Suitsid ehtimolini bir necha belgilar uyg‘unligi ifoda etadi:
O‘z yumushlarini tartibga keltirish — o‘zi uchun qimmatli bo‘lgan narsalarni tarqatish. Tozalikka e’tibor berish, so‘nggi tayyorgarliklarni amalga oshirish.
Rozilik so‘rash.
Tayyorlanayotgan suitsid belgilari
=== Taqdimot 9 ===
Tashqi qoniqish – quvvatga to‘lish. Agar suitsidni amalga oshirish niyati, rejasi, usuli tanlangan bo‘lsa, odam biroz tinchlanadi, tashqi qoniqish yuzaga keladi. Biroq bu holat chuqur tushkunlikdan xam xavfliroq hisoblanadi, chunki kuchga to‘lish, fikrlardan xalos bo‘lish, kutilmagan harakatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Xat qoldirish (xatlar, kundaliklar).
Haqoratlar yoki qo‘rqitishlar.
Jahli tez o‘smirlarda – asabiylik.
Tayyorlanayotgan suitsid belgilari
=== Taqdimot 10 ===
O‘smirda namoyon bo‘ladigan xavfli o‘zgarishlar
O‘zlashtirishning keskin pasayishi, o‘qish jarayoni va baholarga befarqlik
Kunning ko‘p qismida tushkun kayfiyatning ustun bo‘lishi, hissiyotlarning sustligi, asabiylik.
Xulq-atvorning keskin o‘zgarishi. Masalan, o‘smir yaqinlaridan uzoqlashmoqda, gaplashishni istamay qoldi, tashqi ko‘rinishiga befarq bo‘lmoqda, qiziqishlari susayib qoldi, do‘stlaridan o‘zini olib qochmoqda
=== Taqdimot 11 ===
Stress profilaktikasi
Tabiiy damlamalar, ayniqsa moychechak (romashka) damlamasi qadimdan o‘zining stressga bardoshlilikni kuchaytiruvchi vositasi sifatida tan olingan.
Kuniga bir stakandan mazkur damlamani 3 mahal ichish tavsiya qilinadi.
Yalpiz, rayhon kabi xushbo‘y o‘simliklarning shoh va barglarini salqinda quriting, yostiqcha sifatida ishlating. Bunday yostiqchalar sizga ijobiy taʼsir etib, ruhiy holatingizni tinchlantiradi, uyqusizlikni bartaraf etadi.
=== Taqdimot 12 ===
Suitsid haqida nimalarni bilish lozim
=== Taqdimot 13 ===
E’tibor bering, xavfli vaziyat
Ishtahaning yo‘qligi yoki ovqatdan o‘zini to‘xtata olmaslik, uyqusizlik yoki ko‘p uxlash;
Ichki kasalliklardan tez-tez shikoyat qilish (qorin va bosh og‘riqlari, doimiy toliqish);
O‘z tashqi ko‘rinishiga e’tiborsizlik;doimiy ravishda yolg‘izlikni, keraksizligini, aybdorlik sezish;
=== Taqdimot 14 ===
E’tibor bering, xavfli vaziyat
zerikish, avval qoniqtiradigan mashg‘ulotlardan qoniqmaslik;
muloqotdan qochish, “yakkalikka” intilish;
ish unumdorligini susayishi, diqqatning turg‘un emasligi;
o‘lim to‘g‘risidagi fikrlarning ko‘payishi;
kelajak bilan bog‘liq fikrlarning yo‘qligi;
arzimas narsalardan tez asabiylashib ketish.
=== Taqdimot 15 ===
Suitsidal xulq-atvorga moyil shaxslar guruhi
Otasiz tarbiyalanayotganlar, oilada onasining ustun turish xolatlari
Alkogol ko‘p iste’mol qilinadigan oilada tarbiyalanayotganlar
Naslida suitsidni amalga oshirganlar bo‘lsa
Jismoniy nuqsonga ega bo‘lganlar
Yakkalanish va kamsitish xolatlarida bo‘lganlar
Ichki (somatik)kasalliklar bilan og‘riganlar
Ruhiy tushkunlikka tushganlar
=== Taqdimot 16 ===
E’tibor bering, xavfli vaziyat
Suitsidal xulq-atvorning davriyligi suitsidni oldini olishda shaxsning suitsidal holatlarga tushish faolligini aniqlash juda muhim.
Bunday faollik quyidagi davrlarda kuchayib boradi:
Bahor va kuz fasllari davrida;
Yanvar, fevral, mart. Sentyabr-noyabr;
May. Bitiruv kechalari arafasida;
Erta tong, oqshom va tun paytlarida;
Oy to‘lgan va yangi chiqqan davrda;
Jamoada va oiladagi chuqur ma’naviy ruhiy holatlarda.
=== Taqdimot 17 ===
Suitsidni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar
=== Taqdimot 18 ===
Birinchi omil – oiladagi kelishmovchiliklar, oiladagi tazyiq, oiladagi nosog‘lom muhit (62% amalga oshirilayotgan suitsid holatlari bevosita oila muammolari bilan bog‘liq),
Ikkinchi omil – maktab bilan bog‘liq muammolar, ayrim pedagoglarning loqaydligi,
Uchinchi omilda o‘smirning tengdoshlari bilan bo‘lgan muammolari, asosan qarama-qarshi jins vakillari bilan bo‘lgan shaxslararo munosabatlardagi kelishmovchiliklar aks etmoqda.
=== Taqdimot 19 ===
Oiladagi kelishmovchiliklar, oiladagi tazyiq, oiladagi nosog‘lom muhit
Oilaviy nizolarda keksa avlodning qarashlariga qarshilik ko‘rsatish, ulardan voz kechishga harakat qilish namoyon bo‘ladi; oilada og‘ir kasallik bilan yotgan inson bo‘lsa ham, oiladagi muhit tarangligi bilan ajralib turadi. Yaqin insonning o‘limi o‘smirda yo‘qotish hissini yuzaga keltirib, hayotga qiziqishni susaytirishi mumkin. Ichkilikka berilgan oilada nizoli vaziyatning tez-tez ro‘y berishi suitsidni rivojlantiruvchi omilga aylanishi mumkin.
=== Taqdimot 20 ===
Oiladagi kelishmovchiliklar, oiladagi tazyiq, oiladagi nosog‘lom muhit
=== Taqdimot 21 ===
Maktabdagi muammolar
Aksariyat muammolar maktabdagi o‘zlashtirish, o‘qituvchilar bilan kelishmovchiliklarda namoyon bo‘ladi.
O‘smirlarning 70% suitsidga sabab bo‘lgan omil sifatida maktabdagi kichik to‘qnashuvlarni aytishgan. Biroq, psixologik tahlil shuni ko‘rsatmoqda-ki, suitsidga sabab – oiladagi nosog‘lom muhit, ya’ni ota-ona va bola munosabatlari buzilganligi bo‘lgan, bola ko‘proq vaqtini maktabda o‘tkazganligi sababli, maktabdagi to‘qnashuv , “sabr kosasidagi oxirgi tomchi” rolini o‘ynagan.
=== Taqdimot 22 ===
Maktabdagi muammolar
=== Taqdimot 23 ===
Qanday qilib suitsidni oldini olish mumkin
=== Taqdimot 24 ===
Bolaning har bir suitsidal harakatiga kattalar javobgardir
Suitsid to‘g‘risidagi har qanday fikrga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. Yolg‘izlik, chorasizlik hissi e’tibordan chetda qolmasligi suitsidni oldini olishga ko‘maklashadi.
O‘smirlarda tushkunlikni oldini olish suitsid profilaktikasini ta’minlaydi. Tushkunlik profilaktikasida ota-onalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bolada tushkunlik alomatlarining paydo bo‘lishi bilan, darhol unga shu holatdan chiqib ketishga ko‘maklashish zarur!
=== Taqdimot 25 ===
Bolaning har bir suitsidal harakatiga kattalar javobgardir
Birinchidan, bola bilan suhbat qilish, uning ahvoli bilan qiziqish, kelajak haqida gapirib, hamkorlikda rejalar tuzish darkor. Bolani qo‘llab-quvvatlab, o‘ziga, kelajagiga ishonchni shakllantirish zarur, o‘z maqsadiga erisha olishiga umid berish kerak. Bolani hech qachon “qovog‘i soliqligida”, “farosatsizligida” ayblamang, undan ko‘ra, uning shaxsiy fazilatlarini yanada kuchliroq qilib ko‘rsatishga urining. Bolani chaqqon, a’lochi, omadli tengdoshlari bilan hech qachon taqqoslamang. Bu taqqoslashlar u siz ham past bo‘lgan o‘z-o‘zini qadrlash hissini yanada pasaytirib yuboradi. Undan ko‘ra, kechagi holati bilan bugungi holatini solishtiring, ancha ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘layotganiga unda ishonch hosil qiling.
=== Taqdimot 26 ===
Bolaning har bir suitsidal harakatiga kattalar javobgardir
Ikkinchidan, bola bilan astoydil shug‘ullaning, yangilikka intiling, u bilan yangi mashg‘ulotlar, avval qilmagan ishlarni birgalikda bajarishga urinib ko‘ring, bola o‘zining kerakligini, sizning mehringizni tuyishi zarur. Bir xillikda kechayotgan turmush tarzingizni ozgina bo‘lsa ham o‘zgartirishga harakat qiling.
=== Taqdimot 27 ===
Bolaning har bir suitsidal harakatiga kattalar javobgardir
Uchinchidan, o‘smir qat’iy kun tartibiga rioya qilishi lozim. Vaqtida dam olishi, yaxshi ovqatlanishi, harakatli mashqlarni bajarishiga alohida e’tibor bering. Tushkunlik – psixofiziologik jarayon ekanligini unutmang, bunday holatda o‘smirning jismoniy holatiga e’tibor bering.
=== Taqdimot 28 ===
Bolaning har bir suitsidal harakatiga kattalar javobgardir
To‘rtinchidan, psixolog yoki psixoterapevt mutaxassisga murojaat eting!
Farzandingizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, kamqonligini, endokrin kasalliklarini profilaktikasini qiling.
Ichki kasalliklar suitsidga olib kelishi mumkin!
O‘z vaqtida olib borilgan muolajalar farzandingizni saqlab qoladi!
=== Taqdimot 29 ===
Bolaning har bir suitsidal harakatiga kattalar javobgardir
Agar farzandingizni yaxshi farzand bo‘lishini istasangiz-kun davomida 3 marotaba bag‘ringizga bosib, mehringizni bering!
Agar farzandingizni yaxshi inson bo‘lishini istasangiz – kun davomida 6 marotaba bag‘ringizga bosib, mehringizni bering!
Agar farzandingizni komil inson bo‘lishini istasangiz-kun davomida 12 marotaba bag‘ringizga bosib, mehringizni bering!
=== Taqdimot 30 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.