DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL QILISH

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL QILISH
=== Taqdimot 2 ===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorlari ishlab chiqildi.
=== Taqdimot 3 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari:
bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash;
bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash.
=== Taqdimot 4 ===
Maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari:
bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
bolalarda vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
=== Taqdimot 5 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi quyidagilardan iborat:
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxslar — xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
=== Taqdimot 6 ===
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash
Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi.
Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 7 ===
5-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish;
=== Taqdimot 8 ===
maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturida ko‘rsatilgandan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
=== Taqdimot 9 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 10 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
maktabgacha ta’limning tegishli sifatini ta’minlashi;
bolani tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi;
bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o‘qitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;
maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi shart.
=== Taqdimot 11 ===
6-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi.
=== Taqdimot 12 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga va boshqa qonunchilikka muvofiq ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
=== Taqdimot 13 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda o‘qishi va tarbiyalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
bolalar kecha-yu kunduz bo‘ladigan guruhlar.
=== Taqdimot 14 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotining:
bolalar kuniga 3-4 soat bo‘ladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
bolalar kuniga 9 – 10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida — uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida — to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kecha-yu kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi.
=== Taqdimot 15 ===
7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
=== Taqdimot 16 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar qo‘shimcha ravishda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasini taqdim etadi.
=== Taqdimot 17 ===
Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlar yosh prinsipi bo‘yicha to‘ldiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to‘ldirish va bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.
8-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish
=== Taqdimot 18 ===
9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
=== Taqdimot 19 ===
10-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni asrash
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sog‘liqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
=== Taqdimot 20 ===
11-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha byudjet mablag‘larini jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
=== Taqdimot 21 ===
12-bob. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi
Bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun to‘lovlar ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 22 ===
Bolalarni nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori va uni to‘lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 23 ===
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonunchilikda, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
13-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish
=== Taqdimot 24 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari hisoblanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.
=== Taqdimot 25 ===
Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi.
Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan bolalarning to‘laqonli kamol topishini ta’minlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish uchun mo‘ljallangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida
=== Taqdimot 26 ===
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov muassis tomonidan belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha belgilanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
=== Taqdimot 27 ===
2-bob. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari va vazifalari
Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari bolalarning maktabgacha ta’limga to‘liq jalb etilishini va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha ta’lim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlashdan iborat.
Qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
=== Taqdimot 28 ===
bolaning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini ta’minlash;
bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va o‘qitishda oilaga har tomonlama yordam berish;
bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini ta’minlash.
=== Taqdimot 29 ===
3-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni to‘ldirish tartibi
Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanilmaydigan xonalar bo‘lganda tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) arizasi va bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
=== Taqdimot 30 ===
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
bolaning qonuniy vakili arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma;
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
=== Taqdimot 31 ===
4-bob. Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturiga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturida belgilab beriladi.
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning o‘ziga xos, shaxsga yo‘naltirilgan kamol topishini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
=== Taqdimot 32 ===
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini — ham katta yoshdagilarning bolalar bilan, ham bolalarning o‘zlari ishtirokidagi shakllarini o‘z ichiga oladi.
Negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi, qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar yuritilishini nazorat qiladi.
=== Taqdimot 33 ===
5-bob. Qisqa muddatli guruhlarni moliyalashtirish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ta’lim faoliyatini olib boruvchi qisqa muddati guruhlarning pedagog xodimlari mehnatiga qonunchilikda belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
=== Taqdimot 34 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL QILISH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar