- Savatga boshqa "INDEFINITE PRONOUNS GUMON OLMOSHLARI SOME, ANY OLMOSHLARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
DASTURLASH TILLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. PYTHON DASTURLASH TILIGA KIRISH
3000 so'm

Slayd 1
/DASTURLASH TILLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. PYTHON DASTURLASH TILIGA KIRISH
Slayd 2
www.jdpu.uz
/REJA:
1
Dasturlash tillarining klassifikatsiyasi;
2
Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari.
Tayanch so‘zlar: axborot tizimi, quyi darajadagi til, o‘rta darajadagi til, yuqori darajadagi til, komplyator, translyator, interpretator.
Slayd 3
www.jdpu.uz
/Dasturlash tillarining klassifikatsiyasi
Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish uchun albatta birinchi navbatda muammo obyektini infologik yoki diskretli modelini qurish dolzarb hisoblanadi. Infologik yoki diskretli modelni muammo obyektiga qarab algoritmlash tillarini qaysi biri asosida yaratish kerakligini tanlab olinish kerak.
Slayd 4
www.jdpu.uz
/Dasturlash tillarining klassifikatsiyasi
Elektron hisoblash mashinalarini birinchi avlodlari yaratilishi bilan algoritmlash tillarining rivojlanishi ham boshlandi. Avval algoritm tuzuvchi mutaxassislar eng sodda mashina tilini o‘zida ifodalovchi kompyuter buyruqlari bilan ishlaganlar. Bu buyruqlar nol va birlar ketma-ketligidan iborat matnlardan tashkil topgan edi.
Slayd 5
www.jdpu.uz
/Dasturlash tillarining klassifikatsiyasi
Keyinchalik insonlar uchun tushunarli bo‘lgan mashina buyruqlarini o‘zida saqlovchi assembler tili yaratildi. Keyinchalik FORTRAN, BASIC, PASKAL va COBOL singari yuqori darajali tillar ham paydo bo‘ldiki, bu tillar yordamida so‘z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib algoritmlash imkoniyati yaratildi. Ular buyruqlarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar yordamida o‘tkazar edi.
Slayd 6
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
/Algoritmlash tillari yaratilishi bo‘yicha uchta turga ajratiladi:
/- quyi darajadagi;
/- o‘rta darajadagi;
/- yuqori darajadagi
Slayd 7
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
/Ma’lumki, ma’lum bir masalani yechish uchun buyruqlar ketma-ketligi ya’ni, algoritm algoritmlash tilida yozilayotganda kamroq buyruqlardan foydalanilsa, bunday tillar darajasi yuqoriroq hisoblanadi.
Slayd 8
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
/ Algoritmlash tillari yaratilishi bo‘yicha uchta turga ajratiladi:
Quyi darajadagi algoritmlash tillari – bevosita kompyuter qurilmalari bilan bog‘liq bo‘lib, buyruqlar ularning kodlari bilan yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan algoritmlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrirlash katta mehnat talab qiladi. Dastlabki kompyuterlar (ENIAK, MESM va boshqalar) ana shunday tillarda ishlagan.
Slayd 9
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
/ Algoritmlash tillari yaratilishi bo‘yicha uchta turga ajratiladi:
O‘rta darajadagi algoritmlash tillari – buyruqlarida faqat raqamlar emas,
balki insonlar tushunadigan ba’zi so‘zlar ishlatila boshlandi (Assembler).
Slayd 10
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
/ Algoritmlash tillari yaratilishi bo‘yicha uchta turga ajratiladi:
Yuqori darajadagi algoritmlash tillari – quyidagicha bosqichlarga bo‘linadi:
Algoritmik (Basic, Pascal, C va b.)
Mantiqiy (Prolog, Lisp va b.)
Obyektga mo‘ljallangan (Object Pascal, PYTHON, Java va b.)
Algoritmlash tillarida yaratilgan algoritmlar mashina tiliga translyatorlar yordamida o‘tkaziladi.
Slayd 11
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
/ Algoritmlash tillari yaratilishi bo‘yicha uchta turga ajratiladi:
Translyator (translator-tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga tarjima qiladi.
Translyatorlar ikki turda bo‘ladi:
Kompilyatorlar (compiler-yig‘uvchi) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga to‘liq o‘qib olib tarjima qiladi;
Interpretatorlar (interpreter – izohlovchi, og‘zaki tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga satr-ma-satr tarjima qiladi.
Slayd 12
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Python dasturlash tilining tarixi o‘tgan asrning 80-yillari oxirlarida boshlangan. Gido Van Rossum Python dasturlash tilini 1980-yillarda yaratgan va u til 1989-yil dekabrda Gollandiyadagi matematika va informatika laboratoriya markazida ishlab chiqilgan. Python istisno holatlarini ko‘rib chiqishga va Amoeba operatsion tizimiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan ABC dasturlash tilining avlodi bo‘lgan. Van Rossum Pythonning asosiy muallifidir va u 2018-yilgacha tilni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borgan.
/ Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari
Slayd 13
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Van Rossum tomonidan Python 1.2 versiyasi 1995-yili matematika va informatika laboratoriya markazida ishlayotgan paytda ishlab chiqarilgan. Python dasturlash tili mukammal darajada ishlab chiqilgan dasturlash tili bo‘lib u insoniyat oldidagi muammolarni hal qilish uchun juda mos til hisoblanadi. Python dasturlash tili, dasturlash tillarining eng keng imkoniyat doirasiga ega hisoblanadi, bu dasturlash tili boshqa dasturiy vositalarni boshqarish va ularning tarkibiy qismlarini mustaqil boshqarishni amalga oshirdi.
/ Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari
Slayd 14
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Aslida, Python ko‘p maqsadli dasturlash tili sifatida o‘rganilishi mumkin, bu dasturlash tili yordamida bir qancha jarayonlarni dasturlash imkoni yaratiladi. Python amaliy dasturiy mahsulotlar, web ilovalar va ilmiy dasturiy mahsulotlar yaratish imkonini beradi. Python tarkibida xotiradan foydalanish va ishlash talablari bo‘yicha cheklovlar mavjud emas, ya’ni imkoniyatlar shu qadar kattaki, boshqa dasturlash tillari kabi ma’lumotlarni e’lon qilish tabaqasi mavjud emas. Bu esa dastur yozish vaqti kamaytiradi va boshqarish qulayligini oshiradi.
/ Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari
Slayd 15
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Python dasturlash tilini bu qadar keng tarqalishining sababi juda katta miqdordagi yuqori sifatli tayyor bepul tarqatiladigan modullar mavjud va ularni siz dasturning istalgan joyidan foydalanishingiz mumkin.
Slayd 16
Tayyor modullardan foydalangan holda dasturni tuzish bir qancha optimal hisoblanadi. Dasturlash tili tarkibida fundamental algoritmlar, funksiyalar va modullar tayyor holatga keltirilgan, bunda faqatgina bu algoritm yoki funksiyalarga murojaat qilinsa yetarli siz faqat tegishli qismlarni tanlashingiz va ularni bir joyga to‘plashingiz kerak. Modullar har bir misolning boshida mavjud bo‘lgan import buyrug‘i yordamida biriktiriladi.
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Slayd 17
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Python interpretatori bilan ta’minlangan standart kutubxonaning modullari (ushbu modullar doimo dastur bilan birga aktivlashadi);
Tashqi vazifa bajaruvchi modullar, bu modullar alohida dastur tarkibiga o‘rnatish orqali amalga oshiriladi.
Slayd 18
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Python dasturlash tilining web dasturlash sohasiga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanilishi mumkin. Python an’anaviy ravishda oddiy va murakkab strukturali saytlarni yaratish uchun foydalaniladi. Bu jarayoning eng keng tarqalgan vositasi Django web platformasi hisoblanadi. Bu platforma orqali bir qancha keng ommaga tarqalgan mashhur tizimlar ishlab chiqilgan, jumladan, Instagram, Mozilla va hokoza. Django juda ko‘p turli xil funksiyalarni, shu jumladan avtomatik ravishda hosil qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Slayd 19
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Python dasturlash tili ko‘plab mashhur o‘yinlarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi, 2000-yillarning birinchi yarmida Python dasturlash tili sivilizatsiyasida, to‘rtinchi o‘yinning ichki mantiqiy tuzilishini yozish uchun asosiy vosita sifatida ishlatildi.
Slayd 20
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Python dasturlash tilining matematik va ilmiy hisoblash jarayonlariga keng qo‘llanilish imkoniyati yaratilgan. Python umumiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan til bo‘lib, u matematik paketlar bilan muvaffaqiyatli moslashuvni amalga oshiradi. Python dasturlash tilining asosiy xususiyati uning kengayish imkoniyatidir. Bu esa Python uchun nafaqat C va Fortrandagi algoritmlarning ko‘p sonli kutubxonalari yozildi va moslashtirildi. Python dasturlash tilining boshqa dasturiy vositalar va paketlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Pythonni matematik paketga aylantirishning asosiy modullari ishlab chiqilgan.
Slayd 21
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Python dasturlash tilining eng muhim afzalliklaridan biri shundaki, uning barcha amaliy kutubxonalari va qo‘shimcha maxsus modullarining rivojlanish muhiti bepul tarqatiladi. Bu esa Python dasturlash tilini rivojlantirish vositasi bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Slayd 22
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
Tizimli dasturlash;
Grafik interfeysli dasturlarni ishlab chiqish;
Dinamik veb-saytlarni yaratish;
Komponentlarning integratsiyasi;
Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun dasturlarni ishlab chiqish;
Ilmiy hisoblash uchun dasturlarni ishlab chiqish;
O‘yinlarni rivojlantirish.
Slayd 23
www.jdpu.uz
INDEX.HTML
/E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.