CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
“Choliqushi” va “Iztirob” romanlari tahlili
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
“Choliqushi” romani  va asar qahramonlari haqida.
“Iztirob” romani va asarda ijtimoiy tuzum tasviri.
“Choliqushi” va “Iztirob” romanlarining o‘xshash va farqli jihatlari.
=== Taqdimot 3 ===
Rashod Nuri Guntekin – XX asrdagi mashhur turk yozuvchilaridan biri. 1889-yil Istanbulda tug‘ilgan. Istanbul universitetining turk tili va adabiyoti bo‘limini tamomlagan. XX asrning 20-yillarida uning bir qancha hikoyalari bosilib chiqadi. Katta epik janrga qo‘l urgan yozuvchi dastlab “Sirli qo‘l” romanini yozadi. Keyinchalik “Xazonrezgi”, “Tamg‘a”, “Yashil tun” nomli romanlari nashr qilinadi. Ammo dunyo adabiyotida Rashod Nuri Guntekin “Choliqushi” romani bilan shuhrat qozonadi. Rashod Nuri Guntekindan ko‘plab hikoyalar, roman va dramatik asarlar meros bo‘lib qoldi. Turkiyada adibning yigirma to‘rt jilddan iborat asarlari bosilgan. Adib 1956-yilda vafot etgan.
=== Taqdimot 4 ===
Turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub  “Choliqushi” romani 1922-yilda yozilgan. Yozuvchining eng mashhur asari hisoblangan ushbu roman  dastlab “Istanbul qizi” nomli to‘rt pardali sahna asari sifatida yozgan;
1922-yilda “Vaqt” gazetasida bo‘lim-bo‘lim holida e’lon qilina boshlangan. Asar birinchi marta 1923-yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining o‘zgartirishlaridan keyin 1937-yilda “Choliqushi” romani mukammal holga keltirilgan.
=== Taqdimot 5 ===
Romanni o‘zbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar o‘zbek tilida bir necha marta, jumlaldan, 1968- hamda 1988- yillarda chop etilgan. 1966-yil “Choliqushi” asosida film suratga olingan. 1986- hamda 2013-yillarda esa asar asosida teleserial olingan. 1986-yilgi serial  “O‘zbektelefilm” kinostudiyasida o‘zbek tiliga dublyaj qilingan. Barchamiz sevib tomosha qilgan “Choliqushi” seralida Feride rolini latofatli turk aktrisasi Ayden Shener ijro etgan. Aynan shu roli unga kutilmagan mashhurlik taqdim etdi. Ayden Shener O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan.
=== Taqdimot 6 ===
“Choliqushi” ishqiy mavzuda yozilgan asar bo‘lishi bilan birgalikda o‘sha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. Romandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. “Choliqushi” Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi. Romanning oxirgi bo‘limidan tashqari to‘rt qismi bosh qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya qilinadi va ikki yarim yoshidan boshlab yigirma besh yoshiga yetguncha, muhabbati Kamronga erishguncha bo‘lgan voqelarni o‘z ichiga oladi. Beshinchi qismda esa Feride va Kamronning topishishi hikoya qilinadi.
Roman haqida
=== Taqdimot 7 ===
Feride romanning bosh qahramoni. Olti yoshida Mo‘sulda kasal onasidan ayrilib qolgan Feride Istanbulda buvisi bilan yashashni boshlaydi. To‘qqiz yoshida buvisi ham vafot yetadi. Otasi uni qolib o‘qishi mumkin bo‘lgan  fransuz qizlar maktabiga beradi. Maktabda tanaffus paytlari Faridening shoxdan shoxga tirmashaverganini ko‘rgan o‘qituvchisi unga “Choliqushi” deb laqab qo‘yadi. O‘zi sezmagan holda xolavachchasi Kamronni sevadi va doimo uni Narimon ismli yosh, go‘zal beva bir ayoldan qizg‘anib yuradi.
Syujet
=== Taqdimot 8 ===
Kamron yosh, kelishgan va juda nozikta’b yigit. Ayni paytda u ham go‘zallikda tengsiz, sho‘xligi olamni mahv yetadigan Feridega befarq emas. Feridening noodatiy qizg‘anishlari hislarini oshkor qilib qo‘yadi. Kamron va Feride unashtiriladi. Unashtiruvdan keyin Feride, sevsa-da, Kamronga nisbatan sovuq va befarq munosabatda bo‘ladi. Feride ketishini xohlamasligi haqidagi xayollari puchga chiqqan Kamron to‘rt yilga Yevropaga, amakisining yoniga ketadi.
=== Taqdimot 9 ===
Feride bilan unashtirilganiga qaramasdan, Kamron Yevropada Munavvar ismli bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi. Oradan to‘rt yil o‘tgach, Istanbulga qaytadi va to‘y tayyorgarliklari boshlanib ketadi. To‘yga uch kun qolganda Feride o‘zlari yashaydigan ko‘shkka kelgan qop-qora yopinchiqli ayoldan Kamronning Yevropadagi ishqiy munosabatlari haqida xabar topadi. Kamronga kichik bir maktub qoldirib, ko‘shkni tark etadi.
=== Taqdimot 10 ===
Feride qalbida muhabbati va Kamron yetkazgan yaralar bilan Onado‘luga muallima sifatida yo‘l oladi. Ish qidirib Onado‘luning juda ko‘p shahar va qishloqlarini kezadi (Bursa, Zaynilar, Chanoqqal’a, Izmir, Qushadasi). Zaynilar nomli qishloqda onasi noqis yo‘lga kirib ketgan Munisa ismli mushtipar bir qizchani asrab oladi va u bilan yashay boshlaydi. Kamrondan kelgan maktublarning barchasini o‘qimasdan yoqib yuboradi. Asrab olgan qizi Munisa 14 yoshida difteriya bilan og‘rib vafot yetadi. Bu mash’um ayriliqdan keyin Feride uni otasiday yaxshi ko‘rib ardoqlaydigan katta yoshli doctor – Xayrullohbeyning uyida yashay boshlaydi.
=== Taqdimot 11 ===
Atrofdagilarning ko‘zidan qochmagan bu holat yana g‘iybatlarga sabab bo‘ladi va Xayrullohbey bilan hujjat uchun nikohdan o‘tishga majbur bo‘ladi. Doktorning o‘limidan keyin Feride erining vasiyatini bajarish va qoldirgan omonatini Kamronga topshirish maqsadida Tekirdog‘ga, xolasining uyiga keladi. Xayrullohbey Kamronga bir maktub yozgan edi, omonati esa Feridening xotira daftari edi. Kamron xotira daftarini o‘qir ekan Feride haqidagi barcha haqiqatni bilib oladi va uni umrbod qo‘yib yubormaydi.
=== Taqdimot 12 ===
Tahlil
Portret va personaj tasviri Ko‘pchilik asarlardagi bosh qahramon qiz obrazi sodda, ko’ngilchan, muloyim qilib tasvirlanadi. Lekin Rashod Nuri Guntekin Feride obrazini buning aksi qilib yoritgan, ya’ni uni qat’iyatli, jur’atli, mard, o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydigan, hayot qiyinchiliklariga chidamli va shu bilan birga ich ichidan o‘zi ham tan ololmaydigan sevgisining asirasi sifatida gavdalantirgan. Kamron obrazini esa buning aksi, biroz bo‘shroq, muloyim, qat’iyatsiz lekin shu bilan birga oliyjanob inson qilib tasvirlagan. Yozuvchi tomonidan bu ikki qarama-qarshi obrazlarning psixologiyasi juda kuchli va aniq qilib ochib berilgan.
=== Taqdimot 13 ===
Muallif va personaj nutqining o‘ziga xos xususiyatlari va badiiy asardagi xalq tili imkoniyatlari Asarda muallif so‘z o‘yinidan ustalik bilan foydalangan. Asar voqealari asosiy qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya qilinadi va ushbu hikoyalariga juda ham ta’sirli, ma’noli bitiklarni bitadi. Misol tariqasida, xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride yillar davomida hatto ozidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi. Ha, nega endi aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun o‘sha bo‘lib otgan noxushliklardan qati nazar, men sening bir parchang edim kabi jumlalarni keltirib o‘tish mumkin. Shuningdek, asarda boshqa obrazlar tomonidan xalq tili ham keltirilgan.
=== Taqdimot 14 ===
Ichki monologning qahramon tuyg‘u va kechinmalarini ochishdagi vazifasi Yozuvchi bosh qahramon Feridening holati, uning his-tuyg‘ularini Feridening monologlari orqali ochib bergan. Feride koshkdan ayrilgach, salkam besh yil yaqinlaridan ayri yashaydi. Bu holatdan tez-tez shikoyat qilgan Feride musofirlik va yolg‘izlikdan ancha azoblanadi:
=== Taqdimot 15 ===
Ufqda oqshomning xiralashgan moviyligi uzra sekingina tutayotgan tutunga o‘xshash tog‘larni tomosha qila boshladim. Choliqushiga bu tog‘lardan yana musofirlik hidi kela boshladi. Musofirlik hidi, ya’ni asar voqealari Feridening musofirlikda o‘tgan kechinmalari va qiyinchiliklari asosiga qurilganligi bois, shunday jumlalarni bitgan. Osha davrda talim sohasidagi tanqid qilingan yana bir jihat o‘qituvchi maoshining juda kamligi edi. Feride Onadoluda ishlab yurgan paytlarida onasidan qolgan qimmatli buyumlarini sotib kun ko‘radi, puli tugaganda esa hatto och qolgan vaqtlari ham bo‘ladi: Men muallimlikni ochlikdan olmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim tog‘i chiqmadi. Bu kasb bir kun ochlikdan oldirishi hech gap emas. Ushbu jumlalardan uning holatini bilib olish mumkin.
=== Taqdimot 16 ===
Ko‘p ovozli (polifonik) tasvirning voqealar silsilasiga ta’siri Ushbu ishqiy mavzuda bitilgan romandagi barcha voqealar silsilasi muallif tomonidan emas, balki bosh qahramon Feridening tilidan aytilgan bo‘lib, asarda hikoyachilik bosh o‘rinda bo‘lgan. Bu esa kitobxonni yanada o‘sha muhitga tushib qolishi uchun zamin yaratgan.
=== Taqdimot 17 ===
Xronotop Choliqushi romanida bo‘lib otgan voqealar XX asrning ilk choragiga tegishlidir. Feridening Qushadasida yashagan paytda Birinchi jahon urushi dahshatlari asarda ham ko‘rinish bermasdan qolmagan. Yozuvchi XX asr boshlaridagi turk xalqi hayotini ko‘p jihatdan mohirona yoritib bera olgan. Roman hayotiy hikoyalarga tayanib yozilgan bo‘lib, asarda tilga olingan qahramonning hayotiy ismi Feride Po‘latdir. Qushadasidagi uyi restavratsiya qilingan va bugungacha saqlanib qolgan.
=== Taqdimot 18 ===
Tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning asar syujetidagi o‘rni Roman badiiy to‘qimaga asosida yozilgan bo‘lib, muallif ushbu asarda o‘zi haqida emas, balki bir qizning boshidan o‘tkazgan kechinmalarini badiiy to‘qima obrazlari bilan qog‘ozga tushirgan.
=== Taqdimot 19 ===
Syujet unsurlari Asarda syujet unsurlaridan biri bo‘lgan tugun Feridening xiyonat qurboni bo‘lishi orqali ko‘rsatilgan. To‘yga uch kun qolganda Feride ozlari yashaydigan ko‘shkka kelgan qop-qora yopinchiqli ayoldan Kamronning Yevropadagi ishqiy munosabatlari haqidagi xabari asarning kulminatsion nuqtasi hisoblanadi.
=== Taqdimot 20 ===
Asardagi motivning badiiy- estetik vazifalari Romanning mahzun va romantik tarzda oziga xos hikoya qilinishiga olim va ayriliq tushunchalarining, ya’ni motivlarining ta’siri kuchlidir. Kichik yoshda ota-onasini yo‘qotgan Feride to‘yi arafasida qattiq sevgan insoni Kamrondan ayriladi. Sal otib Munisa bilan yangi hayot boshlagan Feride og‘ir xastalik sabab uni ham yo‘qotadi. Asar so‘ngida esa otasiday ko‘rgan insoni Xayrullohbey vafot etadi.
=== Taqdimot 21 ===
Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali tark etmadi, ammo ko‘nglim yaxshi ko‘rgan insonlarimning o‘liklari bilan liq tola. Feride tilidan aytilgan durdona bitiklar orqali asarda o‘lim motivi juda ko‘p uchraganligi yaqqol bilinadi. Hamda asar voqealari davomida safar, sinov, to‘y xatar, xiyonat kabi motivlar ham o‘z o‘rnini egallagan.
=== Taqdimot 22 ===
Syujet unsurlari Asarda syujet unsurlaridan biri bo‘lgan tugun Feridening xiyonat qurboni bo‘lishi orqali ko‘rsatilgan. To‘yga uch kun qolganda Feride ozlari yashaydigan ko‘shkka kelgan qop-qora yopinchiqli ayoldan Kamronning Yevropadagi ishqiy munosabatlari haqidagi xabari asarning kulminatsion nuqtasi hisoblanadi.
=== Taqdimot 23 ===
Badiiy asar kompozitsiyasi. Qistirma epizod Feridening Zaynilar qishlog‘ida og‘ir sharoitda qolgan Munisani asrab olib, uni oz qiziday suyib ardoqlaydi. Asarda muallif tomonidan qizaloq qistirma epizod sifatida gavdalangan. Ushbu epizod orqali yozuvchi og‘ir musibatda qolgan Feridening qalbiga ozroq bo‘sada nur olib kirishni maqsad etgan. Sal o‘tib Munisa bilan yangi hayot boshlagan Feride og‘ir xastalik sabab uni ham yo‘qotadi. Munisa asarning faqat ma’lum bir qismida paydo bo‘lib yana g‘oyib bo‘lishi tufayli u asarda qistirma epizod hisoblanadi.
=== Taqdimot 24 ===
Asarning lingvistik tahlili: Frazeologizmlar. Pashsha uchsa eshitilar edi. Ya’ni, bu yerda sinf sukunatga cho‘kdi, jimjitlik ma’nosida qo‘llanilgan. Fransuzchani bulbulday sayraydi-ya, yo olloh! Bulbulday sayraydi iborasi tili biyron, gapga chechan ma’nosida aytilgan. – Xudo jazingni bersin! Oyday qizni xarob qilding, – dedi. Tarjimon bu o‘rinda aslan gibi iborasini sog‘lom ma’nosini ochib berish uchun o‘zbekcha oyday qiz iborasini qo‘llagan. – Yo‘lda bir yolg‘onni to‘qib qo‘ygan edim. Turk tilida kurt masalan ko‘mak iborasi ishonchsiz bahonalar, yolg‘onlar bilan gapirmoq ma’nosida qo‘llaniladi.
=== Taqdimot 25 ===
Turnaning naq ko‘zidan uribdi-ya! – dedi turk tilida kutilmaganda juda qimmatli biron narsani qo‘lga kiritmoq ma’nosida Ertadan-kechgacha tinmay gapiradigan mahmadona Choliqushi, tut yegan bulbuldek, og‘zini ocholmay qoldi Keltirilgan parchada asliyat tilidagi dut yemiş bülbüle dönmek frazeologik birligidan avvallari juda ko‘p gapiradigan, xushchaqchaq, mahmadona Choliqushining mutlaqo gapirmaydigan bo‘lib qolish holatini tasvirlash uchun foydalanilgan.
=== Taqdimot 26 ===
Kasb-hunarga oid so‘zlar Muallima, Doktor, Tarbiyachi Suvorimayor, Askar, Enaga, Xizmatkor, Bog‘bon, Tikuvchi, Duradgor, Bo‘yoqchi, Oshpaz
Toponimlar-Joy nomlari Istanbul Karbalo Diyorbakir Musulga Xonikin Bagdod Qalandar Onadolu Bursa Zaynilar Chanoqqala Izmir Qushadasi
=== Taqdimot 27 ===
Badiiy asardagi konflikt Choliqushi romanida konfliktning inson-inson ko‘rinishidagi turi bosh qahramonlar talqinida juda ham aniq qilib ko‘rsatib berilgan. Ya’ni Feride va Komron o‘rtasida kelishmovchilikning boshqa asarlardan farqli tomoni shundaki, ular o‘rtasida hech qanday urush, janjallar bo‘lmaydi, aksincha Feride asar voqealari davomida undan qochib yuradi va ich-ichidan unga bo‘lgan nafrati muhabbati ustidan qilayotgan g‘alabasi Komronga bo‘lgan konflikti qilib ko‘rsatilgan. Shuningdek, asarda inson-tabiat va inson-jamiyat ko‘rinishdagi konflikt turlari Feridening uzoq safarlari mobaynida ko‘rsatilgan.
=== Taqdimot 28 ===
Aforizm Inson ozi yashagan joylarda ko‘ngliga yaqin olgan insonlarga ko‘rinmas simlar bilan bog‘langan. Ayriliq vaqtida bu simlar tortila boshlaydi va uzilib ketgan cholg‘u simlariday hazin ovoz chiqaradi. Ushbu aforizmda Feridening Komrondan ayriliqda o‘tkazgan azobli kunlarining holati tasvirlangan.
=== Taqdimot 29 ===
1928-yilda nashr etilgan qisqa romani. Turk tilidan Nurilla Abdullayev tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Syujeti: Mazkur asar yoshlik yillarida otasidan ko‘rgan salbiy muomala sababli rahm-shafqat tuyg‘usini yo‘qotgan, otasining vafotidan keyin uning kundalik daftarini o‘qib, otasi va uning hayoti haqidagi haqiqatlarni o‘rganishi haqidadir. Bu asar asosida 80-yillarda Ediz Xun bosh rolni o‘ynagan film suratga olingan.
IZTIROB
=== Taqdimot 30 ===
Zahro-maktab direktori. U yangi turdagi ta’lim-tarbiyaning barcha talablarini bajaradi. O‘quvchilarning har biriga alohida e’tibor qaratadi, lekin o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni aslo kechirmaydi. U hech rahm-shafqat tuyg‘usini his qilmaydi. Maorif mudiri ham Zahroning bu xislatidan juda qiynaladi. U ko‘pincha Zahroni ogohlantiradi, ammo hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Maorif mudiri Tavfiq Hayri va muovini Sharif Halil Bey Zahroning maktabini ziyorat qilish uchun borishadi.
=== Taqdimot 31 ===
Halil Bey Zahroga otasining kasal ekanligini, shuning uchun otasining yoniga Istanbulga borishi kerakligini aytadi, lekin Zahro u odam uning otasi emasligini, boshqa birov bo‘lishi mumkinligini aytadi. Ikki kundan keyin maorif mudiriga telegramma keladi. Telegrammada Zahroning otasi Murshit afandining o‘lim arafasida ekanligini va uning zudlik bilan borishini xabar qilingan edi. Mudir Zahroni chaqirib, darhol ketishini so‘raydi. Biroq Zahro yana qarshi chiqadi. Mudir unga yana nasihat qiladi. Mudir uzoq kutmaydi va poyezdga bilet sotib oladi. Birozdan keyin Zahro ketishga tayyor holda keladi va borishga qaror qilganini aytadi.
=== Taqdimot 32 ===
U Istanbulga ketayotib, yo‘lda otasining oilasiga chektirgan azoblarini, onasini, opasini, buvisini qanday vafot etganini, nihoyat, uni maktab-internatga bergani va undan hech ham xabar olmagani haqida o‘ylaydi. Istanbulga yetib keladi. Uni sobiq qo‘shnisi Vehbi Bey kutib oladi. Nega ertaroq kelmaganini, otasi Zahroni intiqlik bilan kutib vafot etganini aytadi. Ular uyga yetib kelishganida, otasining yonida bir necha ayol bor edi. U otasini ko‘rishni xohlamaydi. Unga otasining buyumlari solingan sandiqning kaliti beriladi. Aslida u sandiqni qabul qilishni umuman istamaydi, lekin sandiqni ochadi, ichida kundalik bor. U kundalikni o‘qiy boshlaydi.
=== Taqdimot 33 ===
U otasining birinchi xizmat yillari, onasi bilan turmush qurishi, buvisining xatti-harakatlari haqida o‘qiydi. Zahro avval bilgan hamma narsaning aksi ekanligini bilib oladi. Darhaqiqat, u bu voqealarda aybdorlar onasi va buvisi ekanligini tushunadi. Shundan so‘ng unda rahm-shafqat hissi paydo bo‘ladi. Lekin g‘isht qolipdan ko‘chgan edi. Garchi u otasining oldiga borib, u bilan birga bo‘lishni xohlasa-da, endi faqat otasi uchun duo qila olardi.
=== Taqdimot 34 ===
Roman juda qisqa bo‘lganligi uchun bir qarashda qissa janriga o‘xshab ketadi. Ammo voqealar rivoji to‘liq roman talablariga muvofiqdir. Romanning “Choliqushi” romaniga bir necha o‘xshash taraflari mavjud. Ushbu asar  ham muallif tomonidan, ham qahramon tilidan hikoya qilingan. Asar tili juda sodda, tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni yozuvchi deyarli qo‘llamagan.
=== Taqdimot 35 ===
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, mamlakatni qashshoqlikdan, axloqsizlikdan faqat maorif orqali qutqara olish mumkin. Ta’lim-tarbiya bor joyda, albatta, rivojlanish bor. Asarda ko‘plab muammolar sanab o‘tilgan, misol, vijdon buyurgan ish qonunga to‘g‘ri kelmasligi. Qonun ruxsat etgan ishga esa vijdon yo‘l qo‘ymasligi. O‘zidan yuqori mansabdagilarga laganbardorlik qilish, tizimning yolg‘onchi, adolatsizligi… Har qanday halol, vijdonli odamning ham tizim sabab manqurt “zombie” larga aylanishi… Iztirob asari hamma narsa ham aslida ko‘ringanichalik sodda emasligini, bir inson matonati va farzandlariga bo‘lgan ulkan mehrini o‘zida aks ettira olgan ta’sirli asardir.
=== Taqdimot 36 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar