Cho’lpon she’riyati
8000 so'm

Slayd 1
Mavzu: Cho’lpon she’riyati
Slayd 2
DARSNING MAQSADI
Ta’limiy maqsad:Cho’lpon she’riyati yuzasidan o’quvchilar bilan bahs o’tkazish;
Tarbiyaviy maqsad:ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarni og’zaki nutqini rivojlantirish;
Tayanch kompetensiya;
Ijtimoiy kompetensiya;
Nutqiy kompetensiya;
Slayd 3
Darsning jihozi: Cho’lpon portreti, she’rlari, ko’rgazmalar, tarqatmalar, kompyuter, slaydlar.
Darsning rejasi:
1.Cho’lpon she’riyati.
2.Ko’chim.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
a)salomlashish, davomadni aniqlash,
b)siyosiy-ma’naviy daqiqalar o’tkazish,
d)uyga vazifani tekshirib baholash.
Slayd 4
1.Intizomli bo’lish
2.Bir-birlarini hurmat qilish
3.Faollik
4.Do’stining fikrini qadrlash
5.Vaqtdan unumi foydalanish
Slayd 5
-O’quvchilar xozir qaysi fan oyligi?
-Matematika, informatika,fizika, kimyo, biologiya
-Yana qanday oy deb e’lon qilindi?
-Ma’naviyat oyligi deb e’lon qilingan.
-To’g’ri Namangan shahar hokimi Prezidentimizning oliy majlisga qilgan murojaatidan kelib chiqib 5tashabbus bo’yicha belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun fevral oyini ma’naviyat oyi deb e’lon qilindi.
-Besh tashabbus bo’yicha nima bilasiz?
Slayd 6
O’tilgan mavzuni tekshirish
O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.
1-GURUH ,,TONG YULDUZI’’
2-GURUH ,,MILLIY TIKLANISH’’
Nima uchun guruhlaringizga bunday nom berganingizni izohlab bersangiz?
1-guruh.CHO’LPON aslida Tong yulduzi degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun shunday nomladik.
2-guruh. Milliy tiklanish Cho’lponning butun hayoti millatimizning ma’rifatli bo’lib milliy tiklanishga erishishga xohlagani uchun shunday nomladik.
Slayd 7
Biz Cho’lpon hayoti va ijodini o’rgandik. Nima bilib olganimizni BBB texnologiyasida ko’rib chiqamiz.
1.Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon 1897-yil Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug’ilgan.
2.Adibning otasi Sulaymonqul Muhammadyunus o’g’li dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib, ,,Rasvo’’ tahallusi bilan hajviy she’rlar ham yozgan.O’g’lining mudarris bo’lishini xohlagan. Onasi Oyshabibi o’g’lining ijodiga katta ta’sir ko’rsatgan.
3.Abdulhamid dastlab eski maktabda o’qib,tez fursatda Qur’oni Karimni yod oladi.Andijon va Toshkent madrasalarida o’qiydi.
4.U o’zbek, fors, arab, rus tillarini yaxshi biladigan Sharq va Yevropa madaniyatini chuqur o’zlashtirgan ziyoli bo’lib yetishadi.
Slayd 8
5.Turkistonda chiqadigan gazetalardan jadidchilikg’oyalari bilan yaqindan tanishadi va shu g’oyaga xizmat qiluvchi asarlar yoza boshlaydi.
6.Adibning taqdiriga katta ta’sir ko’rsatgan Toshkent jadidlarining sardori Munavvar qori Abdurashidxonov edi.
7.Qo’qon Muxtoriyatining kuychisi bo’lgan Cho’lpon uning ,,Ozod turk bayrami” nomli madhiyasini yozgan.
8.U 1918-yilda Orenbergga boradi va Boshqirdiston hukumatining raisiga kotib bo’ladi, so’ngra Toshkentga qaytib, 1920-yilgacha Turkiston-Rossiya telegraf agentligi muxbiri bo’lgan.
9.Adib 1919-yil ,,Yangi sharq “ gazetasida 1921-1922-yillarda Cho’lpon Fitratning taklifi bilan Buxoroga borib, ,, Axbori Buxoro” gazetasida muharrirlik qiladi.
10. U 1922-yilda Toshkentga qaytib asarlari bilan ,,Inqilob”, ,,Haqiqat” jurnallarida ham qatnashib turadi.
Slayd 9
11.Cho’lpon 1924-1926-yillarda Moskvada tashkil etilgan o’zbek dramstudiyasida tarjimon va dramaturg sifatida faoliyat ko’rsatadi.
12.1930-yillarda matbuotda Cho’lponga qarshi maqolalar tinimsiz bosilgach, 1932- yilda Moskvaga ko’chib jon saqlaydi.Qand kasali sabab shotut yeb yursa, eskilikka berilgan deb tuhmat qilishadi.
13.Cho’lpon 1937-yil 1-iyul oyida qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktabrda Toshkentning Yunusobod tumanida qatag’onlarning birida otib tashlanadi. Cho’lpon o’limga hukm qilingan sud qarori ham 1938- yilning 5-oktabirida chiqarilgan.
Slayd 10
Yangi mavzuni bayoni
Cho’lpon XX asrning dastlabki choragida o’zbek adabiy she’rining imkoniyatlari kengligi, o’zbek she’riyatining qadimiy shakl vositalarga boyligini namoyish etib, yangi o’zbek lirikasini boshlab bergan shoirdir. Cho’lpon ,,Qurboni jaholat’’, ,,Do’xtir Muhammadyor hikoyalarini’’, ,,Yozuvchilarimizga’’, ,,Adabiyot nadur’’ nomli maqolalarini e’lon qilganda 16 yoshda edi. Uning dastlabki asarlari ,,Sadoi Farg’ona’’, Sadoiy Turkiston’’, Turkiston viloyatining gazeta kabi na shrlarida e’lon qilinadi.
Slayd 11
Cho’lpon lirikasining asosiy mavzusi mavjud ijtimoiy tizimga nisbatan isyondir.Uning ishqiy she’rlarida soch obrazi muhim ma’no tashiydi.
Shoir she’rlaridagi qor obrazi esa mustamlakachi davlatining, tuzumning ramzidir.
U sho’rolar hukumatini dastlab Sharqni qul emas hur qilgusidir, – deb iliq olgan. Oktabr inqilobi bilan murosada bo’lgan.
Cho’lponning ,,Ko’ngil’’, ,,Buzilgan o’lkaga’’, ,,Yong’in’’ kabi she’rlari ijtimoiy lirikaga mansub
Slayd 12
Go’zal
Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib,
Eng yorug’ yulduzdan seni so’raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:Men uni tushda ko’rgaymen.
Tushimda ko’ramen-shunchalar go’zal,
Bizdan-da go’zaldir, oydan-da go’zal!
Ko’zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so’rmoqqa.
Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa
Uchradim tushimda,Ko’milgan oqqa.
Oqqa ko’milganda shunchalar go’zal,
Mendan-da go’zaldir, kundan-da go’zal!
Slayd 13
Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o’tganda so’rab ko’ramen.
Aytadir:Bir ko’rib yo’limdan ozib,
Tog’ va toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko’rdim men uni- shunchalar go’zal,
Oydan-da go’zaldir, kundan-da go’zal!
Ul ketgach, kun chiqar yorug’li sochib,
Undan-da so’raymen sening tog’ringda.
Ul-da o’z o’tidan berkinib, qochib
Aytadir: Bir ko’rdim tushdamas, o’ngda.
Men o’ngda ko’rganda shunchalar go’zal,
Men yo’qsil na b’lib uni suyubmen,
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyibmen,
Boshimni zo’rishga berib qoyibmen,
Men suyub… men suyub kimni suyubmen?
Men suygan suyukli shunchalar go’zal,
Slayd 14
Ko’ngil sen bunchalar nega
Kishanlar birla do’stlashding
Na faryodin, na darding bor
Nechun sen muncha sustlashding
Haqorat dilim og’ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmu?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?
Tiriksan, o’lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsen,
Kishan kiyma, bo’yin egma
Ki, sen ham xur tug’ilgansen!
Slayd 15
-Shoir bu she’rning oxirgi bandi bengal shoir Nazrul Islom mazlim xalqiga ,,Tug’ilgansan ozod, mangu ozod bo’lib qol!deb murojat qiladi.Bu da’vatni qalbiga jo qilib kurashga otlangan hind xalqi esa taxtini bosqinchilardan xalos etgandi. Cho’lpon ham xalq istagi yuragini ozod qilish ekanligini anglagan.
Slayd 16
Buzilgan o’lka, xalq, ko’ngil, erk, go’zal,
-Qani buni izohlaymiz.
-Buzilgan o’lka uchun qayg’uruvchi; xalqi uchun jon fido, ko’ngli toza, erk sevar, go’zal Cho’lpon .
Raxmat o’quvchilar.
Uyga vazifa: Xulosalarni yozish.
Dars yakuni: o’quvchilarni baholash.
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.