Chet el bolalar adabiyoti tahlili Perro, Grimm, Andersen
8000 so'm

Slayd 1
Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili. Sharl Perroning Aka-uka Grimmlar yaratgan ertaklarda ilgari surilgan g‘oyalar. .Xans Kristian Andersen ijodining ko‘p qirrali va rang-barang ekanligi.
Slayd 2
Mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarning o’rni, ahamiyati kattta. Negaki, tarjaima asarlarni o’qigan har bir yosh kitobxonnning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o’sha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo’ladilar.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o’tib, dillarni yashnatib yurgan “Qizil Shapkacha”(Sh.Perro)”, Robinzon Kruzo”(D.Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J.Svift), “Dyumchaxon”(X.Andersen), “Oltin baliq” (A.S.Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shaxzoda va gado” (M.Tven), “Kapitan Grand bolalari”, “Ostin-ustin” (S.J. Vern),”Don Kixot”(J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini jo’sh urdirib yuboradi.
Slayd 3
XX asrda bunyod etilgan “Maugli”(R.Kipling), “Kichkina shahzoda”(A. De Sent-Ekzyuperi), “Katta va kichik Karlson” (A. Lindren), “Toshkent-non shahri” (A.Neverov), “Vinni Pux” (A. Miln), “Axmoq sichqoncha haqida ertak” (S.Marshak), “Uch baqaloq” (Yu. Olesha), “Quvnoq japbaqlar” (B.Kerboboev), “Doktor Aybolit” (K.CHukovskiy), “Timur va uning komandasi” (A. Gaydar), “CHippolinoning sarguzashtlari” (J. Rodari), “Styopa amaki” (S. Mixalkov), “Kim bo’lsam ekan?” (V. Mayakovskiy), ”Bilmasvoy quyosh shahrida” (N.Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o’zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.
Slayd 4
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o’rgatadi, nimagadir da’vat etadi. Bu asarlarning ko’pchiligi ona- Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqoloq”) noshukur bo’lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish (“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”), tabiatga buyuk mehr (“Maugli”), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish (“Doktor Aybolit”), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam ko’rsatish (“Temur va uning komandasi”), o’ziga pishiq-puxta bo’lish, ichki sirlarini o’zgalarga oshkor qilmaslik (“Qizil Shapkacha”),namunali o’qish, kasb-hunar egasi bo’lish (“Kim bo’lsam ekan?”), sergak, tadbirkor bo’lish hamda quvnoqlikka intilish (“Quvnoq japbaqlar”) dek oliyjanob g’oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlarga nisbatan bo’lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o’stiradi.
Slayd 5
Bir misol. Italiyaning butun jahon bolalari taniydigan J. Rodari (1920-1980) degan yozuvchisi bor. Uning “CHippolinoning sarguzashtlari” degan ajoyib asarini bolalar huzur qilib o’qiydilar, qarang, CHipporlino CHipoloning o’g’li edi. Uning yettita akalari ham bor edi. M. CHipollotto,CHipollochcho, CHipolluchcha va boshqa piyoz xonadonining CHipolotto o’g’illari shular jumlasiga kiradi. Ayonki, qaerda piyoz bo’lsa, o’sha yerda ko’zlarda nam bo’ladi. CHippolinolar uncha keng bo’lmagan bir yashikning ustidagi joyda istiqomat qilar edilar. Mabodo, bularning uylarining oldidan olifta zadogonlar o’tib qoladigan bo’lsalar, darhol dastro’mollari bilan burunlarini berkitib, ko’zlaridan yosh oqizib o’tib ketar edilar. Negaki, ular piyozning achchiq hidiga chiday olmas edilar-da!
Slayd 6
Ana shunday quvnoq kuychi J. Rodarining “Hunarpning hidi qanaqa?” degan bir she’ri bog’chalarimiz dasturidan uzoq yillardan beri joy olib keladi. She’r quvnoq misralar asosiga qurilgan. Har qanday o’quvchini bir o’qishda, tinglashda o’ziga rom etib oladi. Boshda kitobxon: “Iya, hunarning ham hidi bo’ladimi?”- deydi. Lekin she’rni o’qigach, tinglagach Rodariga ishonadi, qoyil qoladi, xulosa chiqaradi. Keling, eng yaxshisi “Hunarning hidi qanaqa?”ni hammamiz yana bir bor qayta boshdan o’qib qo’ya qolaylik:
• Har hunarning o’zicha Qandolatchidan esa
• Bordir hidi-belgisi. Mag’zining hidi kelar.
• Novvoyxonadan kelar Doktorning xalatidan
• Xamirtirushning isi. Anqir xushbo’y dorilar.
• Ustaxona yonidan Omoch ortidan asta
• O’tib qolsangchi agar,- Dalada yurar dehqon.
• Yangi taxta, payraxa Tuproq va o’tloq hidi
• Hidi dimoqqa tegar. Bo’lar unda har qachon.
• Bo’yoqchida bo’yoqning Baliqchining egnida
• Hidi bo’ladi har xil. Dengiz hidi chiqqanday
• Oyna quchog’idan ham Faqat bekorchilikning
• Zamaska hidi anqir Hidi bo’lmas hech qanday
• Shoferning kurtkasida Ishyoqmas boy qanchalik-
• Benzin hidi bor doim. Atir sepsin, behuda!
• Ishchining kiyimidan Bolalar!Uning hidi
• Kelar mashina moyi. Qo’lansa bo’lar juda!
Slayd 7
(1628-1703)
Buyuk frantsuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o’zining “Qizil Shapkacha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga taniladi.
Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishda oldin xalq og’zaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o’rganadi. Shuning uchun ham u o’z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari suradi. Perro qahramonlari o’z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadi. G’arazgo’ylik, maqtanchoqlik, qizg’anchiqlik o’rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.
dan bor-yo’g’i 12 ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini o’qimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.
Sharl Perro
Slayd 8
Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topog’onlik bosh masala qilib qo’yiladi. Boshqa asarlarda bo’lgani kabi Sh.Perro bu ertakka ham folklor an’analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni-tegirmonchinng kenja o’g’li Karabs fahm-farosat, aql bilan ish ko’rib, o’z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor bo’ladi.
Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning ko’pchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, e’zozlaydigan bo’ladilar. Zolushkani ( “Zolushka” ) olaylik. Uni o’gay ona-yu qizlar xush ko’rmaydilar., xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko’radi. Uning o’z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, sharin so’z, kamtarin, odamlarga, jonvor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, hallollik va poklik bilan hayotda o’z o’rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo’lishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi.
Slayd 9
Sh.Perro ijodida “Qizil Shkapkacha” alohida o’rinda turadi. Ertakning ta’sirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Shapkachaning tabiiy holda ijobiy tomoniga ko’p sayqal beradi, bolalar ko’z o’ngida u dunyodagi tengi yo’q, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Bo’rining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qo’zg’atadi.
Boshqa ertaklarda bo’lgani kabi “Qizil Shapkacha”da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qo’shadi.
Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil Shapkacha” kabi bolalarbopdir.
Mana to’rt yuz yilki, shoirning “Qizil Shapkacha” asari jahon kezib yuribdi. Ertakning o’ziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi ko’radi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mug’ombir emasligi unga pand beradi, bo’riga yem bo’lishiga oz qoladi
Slayd 10
Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari ko’p. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Shapkacha kabi oddiy va quvnoq bo’lishga chaqiradi va kattalarning har bir topshirig’ini so’zsiz bajarishga da’vat etadi.
Ikkinchidan, o’rtadagi sirni oshkor qilmaslikka, o’ziga pishiq-puxta bo’lishiga chorlaydi. Bo’ri ochko’z, pismiq va mug’ombirdir. Shu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir o’q bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Bo’ri Qizil Shapkachadan osongina safari haqidagi ma’lumotni bilib olgach, endilikda qizchaning o’ziga qo’shib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Shapkachaning baxtiga o’tinchilar kelib qoladi.
Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy tugashini xush ko’radi, quvnoq Qizil Shapkachaning bo’riga yem bo’lishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda.
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1.”Etik kiygan mushuk”ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz?
2. “Qizil Shapkacha” ertaginng tarbiyaviy ahamiyati nimada?
3. Sh.Perro ertaklarining bolalar adabiyotida tutgan o’rni qanday?
Slayd 11
Aka-uka ( Yakob 1785-1863, Vilgelm 1786-1859) Grimmlar Magdeburg universitetida o’qib yurgan chog’laridayoq o’rta asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq og’zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shug’ullana boshladilar.
O’qish, o’z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo’li bo’ldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo’ldilar Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Velgelm o’rta asr olmon adabiyoti va xalq og’zaki ijodini(XOI) o’rgana boshladilar. Olmon XOIning gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko’prik yasadilar. Nihoyat, 1812- yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815- yilda 2-jild, 1828- yilda esa har ikkila jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning ko’pchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiiy tus olib, yana xalqqa qaytariladi.
Aka-uka Grimmmlar
Slayd 12
Grimmlar ertaklarning ko’pchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiiy tus olib, yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildli kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan bo’lib, unda mualliflar ko’proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda sahiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga qo’rqoqlik ustidan kulish, dangasalik va yolg’onchilikni qattiq qoralash birinchi o’rinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, ko’pincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag’al, beva-bechoralarning o’g’il-qizlari, cho’pon yoki askar bo’ladi. Ular o’zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.
Aql bilan ish ko’rish, bilimdonlik, “Tilla g’oz”, “Shishadagi arvoh”, “Uch aka-uka”ertaklarida yaxshi berilgan.
Slayd 13
Grimmlarning dunyoga mashhur “Zolushka”, “Qorqiz” ertaklarining qahramonlari hamda turtki yeydigan so’kish eshitadigan va eng past hamda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo’lib, ertak davomidav o’zlarining halol mehnatlari, yoqimli so’z va tabassumlari bilan baxtiyor bo’ladilar.
Grimmlarning “Quyon bilan tipratikon”, “Bo’ri va tulki” asarlari masal janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
“Yalqov Gens”, “Gansning baxti”, “Botir tikuchi”, “Yosh pahlavon”,”Bremen musiqachilari”kabi ertaklari o’zbek bolalarining ham sevimli avsarlariga aylanib qolgan.
“Yosh pahlavon” ertagidagi botirning qiyofasi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. U halol, pok inson bo’lib, rostgo’ylik, to’g’ri so’zlik shaydosi. Shu sababga ko’ra u yo’lida uchragan har qanday to’siq va g’ovni shoshilmay, jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi.
Slayd 14
Botir tikuvchi” ning syujeti ko’pchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon bir nechta pashshani nobud qilish bilan o’ziga o’zi botir, dovyurak tamg’asi-shiorini yozib, yelkasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab ko’rish, peshonasida borini qo’lga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Botir tikuvchi tadbirkor, epchil, chaqqon. “Qochib qolguncha, otib qol” qabilida dovyuraklik bilan ish ko’rishi unga katta shuhrat keltiradi. G’orda behisob devlar ustidan puxta-pishiqligi bilan g’olib chiqadi. Dev ko’tarib olgan daraxt shoxlari ustida qushdek yengil o’tirishi, devlarning bergan savollariga qo’rqmay ustalik bilan javob berishi asrlar osha kitobxonni hayratga solib kelmoqda.
Botir tikuvchi uchun og’ir sinov o’rmondagi ikki pahlavon bilan “olishuv” bo’ladi. Podshoh tomonidan ikki pahlavonlarni mag’lub qilish vazifasini olgan botir tikuvchi tavakkal qilib yo’lga tushadi. Ustlariga tosh tashlash hisobiga ular o’rtasida nifoq chiqaradi. Ikki jangchi bir-birini tosh bilan urib nobud qiladi.
Tadbirkor yigit bilimdonlik, o’ylab ish ko’rish bilan o’rmondagi shoxdor maxluq ustidan g’olib chiqadi.
Slayd 15
Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi 1805- yilda Odens shahrida dunyoga keldi.
Bolaning otasi kavushdo’z, onasi esa kir yuvuvchi bo’lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambag’allar maktabiga o’qishga kiradi. Oradan uncha ko’p vaqt o’tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko’chadi. Bolaning yashash sharoiti va o’qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi bo’ladi. Bo’lajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga o’ishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda ta’lim oladi. 1828- yilda esa Kopengagen universitetiga o’qishga kiradi.
Andersen juda ko’plab mamlakatlarni kezib chiqadi. Frantsiya, Shvetsariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi.
Andersenning ijodi 20-yillarning boshlarida boshlanadi. U dastlab lirik she’rlar, roman, drama, yo’l ocherklari, biografik etyudlar yaratadi.
Hans Andersen
Slayd 16
“Daniyalik Xolger”, “Qor malikasi”, vatanparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan “Daniya-mening vatanim”, ozodlik g’oyasi mujasamlangan “Soqchi”, “Shilyon asiri” va boshqa she’rlari she’riy janrda yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.
Andersen o’z romanlarida (“Improvizator”, “O.T” bo’lgan yoki bo’lmaydi”) zamonasi uchun juda muhim bo’lgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.
Uning ijodi ko’p qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. “Ertaklar” (1835-1855), “Yangi ertaklar”(1843-1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qiladi va uni jahonga tanitadi.
Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanadi, ularning orzu-umidlarini qog’ozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli bo’lish bilan birga o’quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.
Andersen ertaklarida ko’pincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o’zlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq bo’ladilar. Uning “Qo’ng’iroqli girdob”, “Kolbasa sixidan sho’rva”, “Go’ng qo’ng’iz” va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo’la oladi. Ertakchining “Qo’ng’iroqli girdob” asarini olib ko’raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og’ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakening o’z xojasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi.
Slayd 17
“Bolalar gurungi” asarida avvaldan hech kim taqdirini, kichkintoy o’sib-ulg’aygach kim bo’lib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu ko’proq o’sha bolaning o’ziga, intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishga bog’liq ekanligini o’qiymiz.
Shohona qasrga to’plangan bir to’da bashang kiyingan aslzoda bolakaylar qasrni to’ldirib maqtanishar, ota-onalarining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar, kelajakda ota-onalaridan ham badavlatroq bo’lish uchun harakat qilishlarini kibor bilan ta’kidlashar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir-birlariga gap bermay maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambag’al bola tinglab, xo’rsinar, “bularga yetish bizga yo’l bo’lsin”, deb qo’yar edi, o’zicha.
Yillar o’tib o’sha juldur kiyimli bola yaxshi o’qib, rassom bo’lib yetishdi, mamlakatda eng boy odamlardan biriga aylandi, o’ziga munosib bir qasr qurdirdi. “Qasr hamda uning ichidagi xazinani ko’rish”ni hamma istardi.
Slayd 18
Ertakchining “No’xat ustidagi malika”asari ham yosh kitobxonning kulgusini qistadi, ham tannoz malikaga qahr-g’azabini qo’zg’atadi.
Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qaerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir bo’lgan, tarvuzi qo’ltig’idan tushgan shahzoda qasrga qaytadi.
Kunlardan bir kun ko’z ko’rib, quloq eshitmagan mo’’jiza yuz beradi:
“Bir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdi, yomg’ir chunonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning o’zginasi.
To’satdan qasr darvozasi taqillab qoldi. Keksa qirol borib darvozini ochibdi.
Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga o’xshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, ko’ylaklaridan sharillab oqib, to’ppa-to’g’ri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u bo’lsa pinagini buzmay,”Men haqiqiy malikaning xuddi o’ziman, derdi” .
Malikani sinab ko’rish ishlari ham g’alati bo’ldi. Tunda qirq qavat ko’rpa ostiga no’xatni yashirib joy solib berdilar. Tannoz oqbilak qiz ertalab o’rnidan turar ekan, “qanday uxlab turdingiz?” deyilgan savolga nolish ichki dard bilan javob berdi:
“Ey juda yomon!-deydi u. –Ko’zimni yummadim desam ham bo’ladi. Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun a’zoyi badanim ko’karib ketdi. Naqadar dahshat!”
Slayd 19
Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi.
Bolalar, odatda, hayvonlar,parrandalar, hashoratlar haqidagi ertaklarni sevib o’qiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda ko’pchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir.
“Dyumovichka”, “Irkit o’rdakcha”, “Botqoqlik shohining qizi”, “Baqa”, “Burga bilan professor” singari ertaklari o’zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan.
Xullas, daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarga zavq-shavq bag’ishlab kelmoqda
Slayd 20
1.”Etik kiygan mushuk”ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz?
2. “Qizil Shapkacha” ertaginng tarbiyaviy ahamiyati nimada?
3. Sh.Perro ertaklarining bolalar adabiyotida tutgan o’rni qanday?
4.Aka-uka Grimmlar bolalar adabiyotining rivojlanishiga qanday hissa qo’shdilar?
5.Grimmlar ertaklarida qanday sifatlar ulug’lanadi va qanday yaramas odamlar kulgi ostida qoladi?
6. “Botir tikuvchi” ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz?
7.Andersen ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati qanday?
8.Bolalar gurungi”dagi bolalarning o’zaro suhbatidan qanday xulosa chiqardingiz? 9.Kambag’al bolaning mashhur rassom bo’lib yetishishiga asosiy sabab nima deb o’ylaysiz?
10.“No’xat ustidagi malika” ertagida qanday g’oya ilgari surilgan?
Darsni mustahkamlash uchun savollar
Slayd 21
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.