BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI

5000 so'm


Boshlang‘ich-ta’limda-tarbiya-jarayonining-mazmuni-va-mohiyati

Slayd 1

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati

Slayd 2

Reja:
1.
Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari.
2.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari.
3.
Tarbiya metodlari va vositalari.

Slayd 3

Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri – o‘quvchiga hurmatda.
R.Emerson.

Slayd 4

Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.

Slayd 5

Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.

Slayd 6

Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.

Slayd 7

Tarbiyaning umumiy vazifalari:
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
jamiyat a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanish hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
malum jins yoshi va ijtimoiy kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
01
03
02
04

Slayd 8

Tarbiya qonuniyatlari:
bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar.

Slayd 9

Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligi;
tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;

Slayd 10

Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;
tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi;
tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;
tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.

Slayd 11

Tarbiya tamoyillari – bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.

Slayd 12

Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
maqsadga qaratilganligi va g‘oyaviy yo‘nalganligi;
tarbiyaning insonparvarlashuvi;
tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog‘liqligi;
tarbiyaga yaxlit yondashuv;
jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish;

Slayd 13

Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo‘shib olib borish;
o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;
tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;
tarbiya jarayonining tizimliligi uzluksizligi.

Slayd 14

Tarbiya metodi – tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.

Slayd 15

Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Usullar – qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilariga yondashuvi.

Slayd 16

Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar.
So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika (so‘zlovchi va tinglovchi nutqlari, birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, murojaat), taqqoslash – usullar.

Slayd 17

Tarbiya metodlarining turlari:
Tarbiyada rag‘batlantirish va jazolash metodlari.
03
Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar.
02
Odatlantirish va faoliyatga mashqlantirish metodlari.
01

Slayd 18

Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar:

Slayd 19

Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish metodlari:
Mashq va o‘rgatish metodlari;
Topshiriq;
Pedagogik talab;
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari.

Slayd 20

O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari:
O‘z-o‘zini tahlil qilish;
O‘z-o‘zini nazorat qilish;
O‘z-o‘zini baholash;
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash;
O‘z-o‘zini anglash;
O‘z-o‘zini rag‘batlantirish.

Slayd 21

Pedagogik rag‘batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari
Inson tarbiyasining bosh yo‘li ishonchdir. K.D.Ushinskiy
Rag‘batlantirish bolaga ishonish, unda bo‘lgan qobiliyat va fazilatlarning kuchini e’tirof etishga asoslangan. Rag‘batlantirish o‘quvchining ko‘nglini ko‘taradi, quvonch keltiradi, yanada yaxshiroq bo‘lishga intilishga yordam beradi.

Slayd 22

Maktabda rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llanadi:
1. O‘quvchining kuchi yetadigan, mas’uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish (o‘quvchi o‘z qadr-qimmati bilan faxrlanadi);
2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
3. Esdalik sovg‘asi (kitob, ruchka, o‘quv asbobi va boshqalar);
4. Maqtov yorlig‘i berish;
5. Stipendiya bilan taqdirlash;
6. Hurmat taxtasiga fotosuratni qo‘yish;
7. Mas’uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
8. Safda birinchi o‘rinda turish;
9. Musobaqalarda bayroq ko‘tarish;
10. Gazeta-jurnal va radio-televideniyelarda e’lon berish.

Slayd 23

Tarbiyadagi eng katta xato o‘ta shoshqaloqlikdir.
Jan Jak Russo.
Jazolash – bu tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham o‘quvchining va butun sinf manfaati uchun qo‘llanadigan oxirgi tarbiya metodi.

Slayd 24

Maktablarda qo‘llashi mumkin bo‘lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:

Slayd 25

Tarbiya mazmuni.
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari:
Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Jamoaning shakllanganlik darajasi.
Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari.
01
02
03
04
05

Slayd 26

Tarbiya vositalari.
Pedagogik malakani egallaganlik darajasi.
Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari:
Tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Tarbiya vaqti.
Kutiladigan natija.
06
07
08
09
10

Slayd 27

Tarbiya vositalari
San’at turlari
Mehnat
Badiiy adabiyot
Ibrat-namuna
Pedagogik qarashlar
Xalq og‘zaki ijodi
Tabiat
OAV
Oilaviy an’analar
So‘z-nutq
Multimedia vositalari

Slayd 28

Farzand tarbiyasidagi boshqaruv uslublari:
Avtoritar;
Lebiral;
Gipper himoya;
Butkul befarqlik;
Demokratik.

Slayd 29

Yuqorida ta’riflab berilgan tarbiyaning umumiy metodlari o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini hammasini qamrab olmaydi.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.
Tarbiyaning metodini muvaffaqiyatli qo‘llanishiga, bu metod mazkur sinf jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik o‘rin olganiga, qo‘llanilayotgan tarbiya vositalari qanchalik javob berishiga bog‘liqdir.
Xulosa

Slayd 30

“SWOT-tahlil” metodi
S
Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning kuchli tomonlari
W
Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning kuchsiz tomonlari
O
Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning imkoniyatlari (ichki)
T
To‘siqlar (tashqi)

Slayd 31

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 32

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar