BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI2

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Boshlang‘ich talimda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati
=== Taqdimot 2 ===
Tarbiya haqida tushuncha.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari
Tarbiya jarayonining mohiyati
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Tarbiya – aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy pedagogik jarayon. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan hissiyotlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya metodlari – pedagog-o‘qituvchilarning o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo‘llaridir.
=== Taqdimot 4 ===
O‘rgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida o‘quvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Inson ongi – uning idroki, aqli orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
=== Taqdimot 5 ===
Tarbiyaning maqsadi – ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi – barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, shu asosda amal qilib kelinmoqda.
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlar tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatishni taqozo etadi.
=== Taqdimot 7 ===
Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tatbiq etadi. Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga ega bo‘lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir.
=== Taqdimot 8 ===
Bu borada qabul qilingan “Talim to‘g‘risidagi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol avlodni shakllantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni talim tizimida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi-murabbiylar, shu yo‘nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo‘yilishi davr talabidir.
=== Taqdimot 9 ===
Yoshlarga har tomonlama puxta ta’lim-tarbiya berish, shu bilan birga milliy mentalitetni tiklashga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasining mazmuni, milliy turmush tarzimiz. Xalqimizning qadimiy an’analari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni aks ettiradi. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi; asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘  bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi; adolat erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalqimizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi; yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 10 ===
Jamiyat a’zolari. Aholining barcha qatlamlarini o‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi; millati, tili va dinidan qat’i nazar mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi; jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo‘l bilan singdiriladi. U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, etayotganini belgilaydigan ma’naviy mezonidir. Bu  o‘zbekistonda istiqomat qiladigan va o‘z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog‘lagan har bir kishining “vatanim menga nima berdi deb emas, men vatanim ravnaqi uchun nima qilyapman” degan mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashashi kerak.
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to‘liq ta’minlaydi. Asosiy qonunimizning 12-moddasida bu qoida quyidagicha ifodalangan: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”.
=== Taqdimot 12 ===
Bu qoida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalar, harakat va ijtimoiy-siyosiy guruhlardan birortasining dasturiy g‘oyalari yagona davlat mafkurasi bo‘la olmasligini anglatadi. Mafkura  inson tarbiyasini, shu asosda shakllanayotgan axloqi, bilimi, qobiliyati va iste’dodini belgilangan maqsadlar bilan bog‘lash yo‘lidir. hech qachon ta’lim-tarbiya ishlari muayyan mafkurasiz bo‘lmagan, bo‘lishi ham mumkin emas.
=== Taqdimot 13 ===
Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim. Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohotlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to‘g‘ri keladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham o‘zgarib bormoqda.
=== Taqdimot 14 ===
Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo‘lib kirib keldi. Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada markaziy osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg‘or fikrlariga tayanib ish ko‘rish zarur bo‘ladi. Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda sharq mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim dasturi amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Muhammad al-xorazmiy, abu nasr farobiy, abu ali ibn sino, abu rayhon beruniy, ahmad farg‘oniy, imom ismoil al-buxoriy, ahmad yassaviy.
=== Taqdimot 15 ===
Bahovuddin naqshband, amir temur, muhammad tarag‘ay ulug‘bek, alisher navoiy va zahiriddin muhammad bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z o‘tmish madaniy merosini chuqur o‘rganmagan va e’zozlamagan, milliy mustaqillik yo‘lida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan xabardor. Bo‘lmagan inson o‘zligini hech qachon anglab yetolmaydi. O‘tmish madaniy merosini o‘rganish murakkab jarayon sanaladi. Madaniy meros namunalari va ularda ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
=== Taqdimot 16 ===
Tarbiya maqsadi va vazifalari. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko‘lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Maqsadsiz, ma’lumot g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi.
=== Taqdimot 17 ===
Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Tarbiya maqsadi umumiy va individual fe’l-atvorga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi. Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo‘naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir.
=== Taqdimot 18 ===
Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkurasi va siyosati bo‘lib qolaveradi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o‘zlashtirib olishlari uchun g‘amxo‘rlik qilmoqda.
=== Taqdimot 19 ===
O‘zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko‘pgina yoshlarning Turkiya, Xitoy, Yaponiya, AQSh, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini hayotga joriy etish, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash izchil vazifasidir.
=== Taqdimot 20 ===
Umumiy tibbiyot muammolarini zamon talablari darajasida olib borish, maktablarni milliylashtirish, o‘rta maxsus hamda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini test usulida o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar o‘z samarasini bermoqda.  Jamiyat ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axloqiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi.
=== Taqdimot 21 ===
Barchasining asosida yosh avlodga oila, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo‘lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy hamda jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtayi nazardan yondashish, ularning samarali yo‘llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi.
=== Taqdimot 22 ===
Tarbiya mazmuni. Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti. to‘g‘risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish)qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o‘rin tutadi.  Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, moyillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
=== Taqdimot 23 ===
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o‘zlashtirilishiga erishish;
bilishga bo‘lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish.
aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish. Bilishga bo‘lgan faollikni kuchaytirish; mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o‘rta ta’lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish.
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
=== Taqdimot 24 ===
Shuningdek, Hadisi Sharifda “Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” deydilar. Alisher Navoiy o‘zining “Farhod va Shirin” dostonidan Farhodning aql-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo‘lganligini tasvirlaydi. Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan aniq yo‘nalishni belgilab beradi.
=== Taqdimot 25 ===
Pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir,qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda.
=== Taqdimot 26 ===
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni to‘g‘ri jismoniy rivojlantirish.
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish.
ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammallashtirish.
o‘quvchilarni harakatning yangi turlariga o‘rgatish;
ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish.
=== Taqdimot 27 ===
o‘quvchilarning gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish.
ularda ma’naviy-axloqiy sifatlar (dadillik,qat’iyatlik, intizomlilik, mas’uliyatlik, jamoa bilan bo‘lish)ni tarbiyalash.
o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish;-o‘quvchilarning sog‘lom va baquvvat bo‘lishlariga erishish.
=== Taqdimot 28 ===
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashg‘ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini ta’minlovchi qo‘shimcha tadbir hisoblanadi.
=== Taqdimot 29 ===
Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog‘langan hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi. Demak, yuqorida ta’kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga da’vat etishdir.
=== Taqdimot 30 ===
Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir. Axloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
=== Taqdimot 31 ===
Axloqiy tarbiya asosini shaxsni ijtimoiy axloqiy me’yorlardan xabardor etish tashkil qiladi. ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.
=== Taqdimot 32 ===
Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi bo‘g‘in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammallikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladigan kitobdir.
=== Taqdimot 33 ===
Xuddi shu ma’noda axloq kishining xulq-atvori, e’tiqod iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo‘ladi. Axloqli inson o‘zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo‘ladi. Suhbatdoshning ko‘ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og‘ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi.
=== Taqdimot 34 ===
Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi.
=== Taqdimot 35 ===
Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, o‘quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir. Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma’naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Halol mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
=== Taqdimot 36 ===
Ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zining va o‘zgalarning qadrini biladi.
=== Taqdimot 37 ===
Ajdodlarimiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o‘rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor berishgan. o‘zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo‘lganlar. Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o‘z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o‘quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishdagi mas’uliyatni chuqur his qilish kerak.
=== Taqdimot 38 ===
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. “estetik” – “go‘zallikni his etaman” ma’nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish, to‘g‘ri tushunishni o‘rgatish, ularning estetik didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, shuningdek, go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
=== Taqdimot 39 ===
Estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
shaxsga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go‘zalliklari va ularni anglash to‘g‘risidagi bilimlarni berish;
shaxsda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go‘zalliklarini anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash.
unda mavjud go‘zalliklarni qadrlash hissi hamda estetik didni shakllantirish, go‘zallikka muhabbat uyg‘otish;
go‘zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estetik madaniyatni shakllantirish.
=== Taqdimot 40 ===
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go‘zal jihatlarini ko‘ra bilishnigina emas, balki ichki go‘zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqi go‘zallikni qadriga etishga undaydi. Alisher Navoiy o‘zining “Farhod va Shirin” dostonida Shirinni zohiriy va botiniy go‘zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi. Bilamizki, uning bu darajaga etishishda xolasi Mehribonuning tarbiyaviy ta’siri katta bo‘lgan. Shirin mamlakat obodonchiligi, kanal qazish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va o‘sha xayrli ishlarga rahbarlik qiladi.
=== Taqdimot 41 ===
Shirin eng og‘ir damlarda ham Farhodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bo‘lishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi. Shirinning bu fazilatlari minglab qizlarga o‘rnak bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Estetik tarbiya tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalarni shartli ravishda quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
o‘quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish;
ularda amaliy estetik ko‘nikmalarni shakllantirish.
=== Taqdimot 42 ===
Tarbiya jarayonining mohiyati. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi.
=== Taqdimot 43 ===
Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi.
=== Taqdimot 44 ===
Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. o‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi.
=== Taqdimot 45 ===
Xulosa qilib aytganda. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. o‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 46 ===
Please keep this slide for attribution
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI2” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar